30.01.2020 yildagi RS-01-20-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatlari tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzori haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzorini muhokama qilib, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Uzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Oliy sud Rayosati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzori 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzori 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzori 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzori 4-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi” hamda “Kuch ― adolatda” gazetasi birlashgan tahririyati (Sh. Hamroyev), “Odil sudlov” ― “Pravosudiye” jurnali tahririyati (K. Ubaydilloyev), Oliy sudning Matbuot xizmati (A. Abidov), Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi (B. Ochilov) sud amaliyoti obzorlarini Uzbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi, “Odil sudlov” ― “Pravosudiye” jurnali hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlari ― sudlov hayʼatlarining raislari I. Muslimov, X. Yodgorov va B. Isakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RS-01-20-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Rayosatining 2020-yil 30-yanvardagi RS-01-20-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obzori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining “Sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va eʼlon qilish toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi RS-44-18-sonli qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorning 2-bandiga koʻra, Oliy sudning sudlov hayʼatlari tomonidan har chorak yakunida sudlov hayʼatlarining ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va eʼlon qilish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining (bundan buyon matnda sudlov hayʼati deb yuritiladi) oʻtgan davrdagi faoliyati tahlillariga koʻra, sudlov hayʼati tomonidan Oliy sudning ish rejasi va tasdiqlangan Dasturlar, Yoʻl xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga hisobot davrida jami 15 454 ta nazorat shikoyati (protesti) kelib tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulardan 10 499 ta shikoyatni sudlov hayʼatiga oʻtkazish rad qilingan, 1 ta protest chaqirib olingan, 2 305 ta shikoyat hisobot davrining oxirida qoldiqda qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 486 ta shikoyat (protest) jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqilgan. Shundan 1 408 ta shikoyat (protest) qanoatlantirilgan, 79 ta shikoyat (protest) rad qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 981 nafar shaxsga nisbatan sud qarorlari bekor qilinib, ishlar yangidan apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida koʻrish uchun yuborilgan, 213 nafar shaxsning jinoyat malakasi oʻzgartirilgan, 204 nafar shaxsning jinoyat malakasi oʻzgartirilib, jazo chorasi kamaytirilgan, 8 nafar shaxsning jinoyat malakasi oʻzgartirilib, jazodan ozod qilingan, 218 nafar shaxsning jinoyat malakasi oʻzgartirilmay jazo chorasi kamaytirilgan, 48 nafar shaxsning malakasi oʻzgartirilmay jazodan ozod qilingan, 19 nafar shaxsga nisbatan sud qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 490-moddasining beshinchi qismida belgilangan asoslarda, 81 nafar shaxsga nisbatan sud qarorlari esa boshqa asoslarga koʻra oʻzgartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyoti obzori natijalariga koʻra, birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi), Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Oliy sud Plenumining qarorlarida berilgan tushuntirishlarga rioya qilmaslik holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligini koʻrish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sud tomonidan ish holatlari atroflicha va toʻla oʻrganilmasdan, ishda toʻplangan dalillarga toʻgʻri huquqiy baho berilmasdan sudlanuvchining talonchilik jinoyatini sodir qilganligi toʻgʻrisida barvaqt xulosaga kelinganligi sud ajrimining bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyat sudining 2008-yil 1-fevraldagi hukmiga koʻra, Sh.D. JK 167-moddasi uchinchi qismining “a”, “v” bandlari, 177-moddasi uchinchi qismining “a” bandi, 206-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b”, “v” bandlari, 209-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi, 207-moddasining birinchi qismi bilan JKning 59, 61-moddalari tartibida 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2010-yil 12-noyabrdagi ajrimi bilan hukm oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hukmiga koʻra, Sh.D. “Surxonoziqovqatsanoat” AJ raisi lavozimida ishlab kelib, boshqa shaxslar bilan uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab, “Surxonoziqovqatsanoat” AJ paxta yogʻi ombor mudiri X.J.ga har oyda ortiqcha ishlab chiqarilgan paxta yogʻini yuqori narxlarda sotib, sotuvdan tushgan pullarni qonunga xilof ravishda chet el valyutasiga almashtirib olib kelib berish toʻgʻrisida topshiriq bergan va ushbu topshiriq boʻyicha X.J. har oyda juda koʻp miqdordagi pullarni qonunga xilof ravishda chet el valyutasiga almashtirib, har oyda Sh.D.ga berib kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Sh.D. harakatlarini davom ettirib, mansab vakolati doirasidan chetga chiqib, uyushgan guruh manfaatlari yoʻlida laboratoriya mudiri A.A.ga “Surxonoziqovqatsanoat” AJga keltirilgan paxta chigitini laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazishda paxta chigitining namligini 0,5 foizga kamaytirgan holda xulosa tuzish boʻyicha tazyiq oʻtkazib, paxta chigitining namligini kamaytirib koʻrsatishga majbur qilib, “Surxonoziqovqatsanoat” AJ manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh.D. harakatlarini davom ettirib, yem mahsulotlari ombor mudiri B.M.ga topshiriq berishi natijasida 10-15 vagon yem mahsulotlarini hech bir hujjatsiz yoki soxta hujjatlar bilan chiqarib, Sh.D.ning tanishiga berib kelib, yem mahsulotidan 300.000 soʻmdan 500.000 soʻmgacha pul mablagʻlari, AJ raisining iqtisodiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari A.Sh. jamiyatda ishlab chiqarilgan sovun mahsulotining narxi ustiga 10 foizdan ustama qoʻyib mijozlarga sotib, 10.000.000 soʻmdan 15.000.000 soʻmgacha pul mablagʻlarini olib, Sh.D.ga berishi natijasida shuncha miqdordagi mablagʻ oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh.D. ish faoliyati davrida texnik chigitdan mahsulot chiqishi foizini kamaytirib koʻrsatishi natijasida uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab, “Surxonoziqovqatsanoat” AJning 4.771.037.644 soʻm 43 tiyin juda koʻp miqdordagi mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Sh.D. mansabiga sovuqqonlik bilan qarab, jamiyat manfaatlariga 29.030.681 soʻmlik juda koʻp miqdordagi iqtisodiy jarima qoʻllanishiga sababchi boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud Sh.D.ning aybi isbotlanganligi haqida asosli xulosaga kelgan boʻlsa-da, ish boʻyicha yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlashda hamda uning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda xatoga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPKning 22-moddasida ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi, ushbu Kodeksning 463-moddasida ayblov hukmi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emasligi va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqarilishi, ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish boʻyicha barcha mumkin boʻlgan holatlarini tekshirish, ish materiallarida maʼlum boʻlib qolgan barcha kam-koʻstni toʻldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yigʻilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozimligi koʻrsatilgan, JPKning 467-moddasiga koʻra, ayblov hukmining tavsif qismida sud isbot etilgan deb eʼtirof etgan jinoiy qilmishning tavsifi, sodir etilgan joyi, vaqti, usuli, aybning shakli, jinoyatning sabablari, maqsadlari va oqibatlari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 167-moddasi uinchi qismining “v” bandi, 206-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi va 209-moddasi ikkinchi qismining “b” bandida mazkur jinoyatlarni uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 29-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun mazmuniga koʻra, uyushgan guruhning xususiyati bir necha shaxslar birlashishining qatʼiyligida, guruh jinoiy faoliyatining davomiyligida, uning jinoiy ixtisoslashuvida, oʻxshash guruhlarning faoliyat doirasini boʻlib olishda, har bir ishtirokchining rollari va vazifalarini aniq taqsimlashda, tashkilotchining mavjud boʻlishida, jinoiy faoliyatning muayyan muddatga rejalashtirishda ifodalanadi. Uyushgan guruh manfaatlari deganda, uyushgan guruhni u yoki bu ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etishga undaydigan yoxud ularni muvaffaqiyatli sodir etishga sharoit yaratuvchi holatlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha aniqlangan holatlarga koʻra, Sh.D. 2005-yil yanvar oyidan 2007-yil mart oyiga qadar “Surxonoziqovqatsanoat” AJ raisi lavozimida ishlab kelib, jamiyat mulkini talon-toroj qilishdan iborat umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan jinoiy qilmishlarni sodir etib, oʻziga xizmat vazifasidan boʻysunib, jamiyatda ombor mudiri vazifasida ishlab kelgan X.J.ga va boshqa xodimlarga noqonuniy topshiriqlar berib, rasmiy hujjatlarga bila turib, soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib, oʻzining ixtiyorida boʻlgan jamiyatning juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishida Sh.D. yoki boshqa shaxslar tomonidan “Surxonoziqovqatsanoat” AJ mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj maqsadida uyushgan guruh tashkil qilinganligi yoki biron-bir uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab, sud hukmida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tergov organi va sudning xulosasiga koʻra, jinoyat uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb topilgan boʻlsa-da, jinoyatlarni amalga oshirish rejasi va yoʻl-yoʻrigʻi ishlab chiqilmaganligi, ishtirokchilar oʻrtasida vazifalar taqsimlanmaganligi kabi holatlar inobatga olinmagan, jinoyatning har bir ishtirokchisi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan jinoiy harakatlar ayblov xulosasida hamda sud hukmining tavsif qismida aniq koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, dastlabki tergov davrida “Surxonoziqovqatsanoat” AJning 4.771.037.644 soʻm 43 tiyinlik mulkining oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilinishi holati boʻyicha jinoyat ishining boshqa ishtirokchilariga oid bir qismi alohida ish yurituvga ajratilgan va ish ayblov xulosasi bilan sudga yuborilib, jinoyat ishlari boʻyicha Denov tuman sudining 2010-yil 23-martdagi hukmi bilan A.R. va boshqalarning ayblovidan JK 167-moddasi uchinchi qismining “v” bandi chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPKning 491-moddasida ishni nazorat tartibida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi JKni notoʻgʻri qoʻllagani yoxud jinoyatning ogʻirlik darajasiga va mahkumning shaxsiga muvofiq kelmaydigan jazo belgilagani aniqlansa, sud ishni yangidan koʻrib chiqishga yubormasdan, JPKning 494-moddasi talablariga rioya etgan holda hukmga zarur oʻzgartirishlar kiritishga haqli ekanligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼatining ajrimi bilan Sh.D.ning aybidan JK 167-moddasi uchinchi qismining “v” bandi hamda 206-moddasi ikkinchi qismining “b”, “v” bandlari chiqarilib, unga qilmishiga muvofiq meʼyorda jazo tayinlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonun oʻzgarishi munosabati bilan shaxsning harakatlari qayta malakalanib, jazo yengillashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasining 2017-yil 21-iyuldagi ajrimi bilan oʻzgarishsiz qoldirilgan, jinoyat ishlari boʻyicha Sirgʻali tuman sudining 2017-yil 15-fevraldagi hukmiga koʻra D.K. JK 168-moddasining uchinchi qismining “v” bandi, 228-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b” bandlari bilan JKning 59, 61-moddalari tartibida 4 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmiga koʻra, D.K. 2015-yil 27-dekabr kuni soat 12:00 da B.I.ga tegishli “Kobalt” rusumli avtomashinani pulini boʻlib-boʻlib toʻlab berish sharti bilan sotib olib avtomashinaga tegishli hujjatlarni qalbakilashtirgan holda avtomashinani F.A.ni egaligi davlat roʻyxatida qayd etilgani haqidagi texnik pasportni olishga erishib, X.M.ga 7.200 AQSh dollariga sotib, B.I.ga qolgan 11.150 AQSh dollari miqdoridagi pullarni bermasdan talon-toroj qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud D.K.ning sodir etgan firibgarlik jinoyati yuzasidan yetkazilgan zarar toʻliq qoplanganini inobatga olib JK 168-moddasi uchinchi qismining “v” bandi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlab toʻgʻri xulosaga kelgan holda aynan shu jinoyati bilan bogʻliq holda sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan turdagi jinoyati uchun, yaʼni JK 228-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b” bandlari bilan, garchi modda sanksiyasida muqobil turdagi jazo nazarda tutilgan boʻlsa-da, unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlashni qanchalik maqsadga muvofiq ekanligini muhokama qilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 4-sonli qarorining 13-bandidagi sud iqtisodiyot sohasidagi har bir ish boʻyicha moddiy zararni qoplagan shaxsga nisbatan talon-toroj qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlar ekan, ishning muayyan holatlarini inobatga olib, uning boshqa jinoyatlari uchun, agar bu jinoyatlarni sodir etganlik uchun qonunda muqobil jazolar nazarda tutilgan boʻlsa, ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosini tayinlash qanchalik maqsadga muvofiq ekanligini muhokama etishi shartligi haqidagi rahbariy tushuntirishga rioya etmasdan JK 228-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b” bandlari bilan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab xatolikka yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud D.K.ni ilgari sudlanmagani, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni toʻliq qoplagani, ijobiy tavsiflanishi kabi jazoni yengillashtiruvchi holatlariga eʼtibor qaratmasdan JK 228-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b” bandlari bilan qilmishiga nomuvofiq bir qadar ogʻir jazo tayinlagani bois sud qarorlari oʻzgartirilib, JK 228-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b” bandlari bilan muqobil turdagi jazo tayinlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud fuqaroviy daʼvo bilan bogʻliq qoʻshimcha hisob-kitob talab qilib, uni sud majlisida bartaraf etishning imkoniyati boʻlmasa va bu sud qaroridagi jinoyat kvalifikatsiyasi, jazo meʼyori va hukm chiqarishda yuzaga keladigan boshqa masalalarga taʼsir qilmasa, fuqaroviy daʼvo boʻyicha undiriladigan zarar miqdori masalasi fuqarolik ish yurituvi tartibida hal qilinishini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Paxtakor tuman sudining 2016-yil 14-noyabrdagi hukmiga koʻra, M.M.ga JK 165-moddasi uchinchi qismining “a” bandi, 168-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi, 28, 209-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan JKning 57, 59-moddalari tartibida 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B.K.ga JK 165-moddasi uchinchi qismining “a” bandi, 28, 209-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan JKning 57, 59-moddalari tartibida 10 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2017-yil 3-oktabrdagi ajrimi bilan hukm oʻzgartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hukmiga koʻra, M.M. boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktirib, 2005-yil mart oyida fuqaro B.K. undan qarzga pul soʻraganligidan foydalanib, 1.500.000 soʻm pulni har oyda 10 foiz ustama toʻlovi tariqasida berib turish sharti bilan qarzga pul berishi evaziga B.K.ning turmush oʻrtogʻi R.K.ning nomida boʻlgan Jizzax shahar, Zargarlik mahallasida joylashgan 19-uy, 1-xonadonni garovga qoʻyishga majbur boʻladigan sharoitga solib qoʻyib, uni “garov shartnomasi tuzamiz” deb aldab, R.K.ga tegishli boʻlgan uyni Jizzax shahar 1-sonli davlat notarial idorasi orqali M.M.ga sotilganligi haqida 2005-yil 2 mardagi “uy-joyni oldi-sotdi” shartnomasini rasmiylashtirib olishga erishib, fuqaro B.K. va R.K.ning 12.661.604 soʻmlik uy-joylarini tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan va oʻzlarining jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida B.K.ga fuqaro O.X.ga tegishli boʻlgan Jizzax shahar, Koʻtarma mahallasida joylashgan ikki xonali 83-uyni 3.000.000 soʻmga sotib olib rasmiylashtirib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M.M. takroran 2005-yil aprel oyining boshlarida X.M.ga 3.000 AQSh dollari miqdorida pullarni har oyda 10 foiz ustama toʻlovi sifatida berib turish sharti bilan qarzga pul berish evaziga X.M.ning turmush oʻrtogʻi A.X.ning nomida boʻlgan Jizzax shahar, Xalqobod mahallasi, E.Xudoykulov koʻchasida joylashgan 40-uyni garovga qoʻyish talabini qoʻyib, unga tegishli boʻlgan uyni Jizzax shahar 1-sonli davlat notarial idorasi orqali 1.800.000 soʻmga M.M.ga sotilganligi haqida 2005-yil 25-apreldagi uy-joyni oldi-sotdi shartnomasi bilan oʻzining nomiga rasmiylashtirib olishga erishib, garchi X.M. qarzga olgan 3.000 AQSh dollarini foiz hisobida 4.000 AQSh dollari miqdorida qaytarib bergan boʻlsa-da, unga yuqorida koʻrsatilgan uy-joyga boʻlgan huquqini qaytarib berish evaziga yana 10.000.000 soʻm pul talab qilib, qoʻrquv taʼsiri ostida harakat qilish holatiga solib qoʻyib, oʻzining jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida X.M.ga turmush oʻrtogʻi D.M. nomida boʻlgan Jizzax shahar, Zargarlik mahallasida joylashgan 2005-yil aprel oyidagi bahosi 8.984.063 soʻmlik 37-uy, 18-xonadonini rasmiylashtirib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yildagi 27-dekabrdagi “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 26-sonli qarorining 9-bandida mulkiy ziyon yetkazilgan har bir jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarilayotganda, sud fuqaroviy daʼvoni hal etishi, daʼvo qoʻzgʻatilmagan boʻlsa, mulkiy ziyonni qoplash masalasini oʻz tashabbusi bilan muhokama qilishi lozim, deb tushuntirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlarida M.M. fuqaro R.K.dan olgan Jizzax shahar, Zargarlik mahallasida joylashgan 19-uy, 1-xonadonni kelgusida ushbu uyni qaytarib olish uchun R.K. va B.K. sudga daʼvo kiritishi, natijada uy boʻyicha nizo kelib chiqishini bilgani holda, oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida jabrlanuvchi B.Y.ga ushbu uyni qay tartibda qoʻlga kiritganligini aytmasdan, 2007-yil 30-noyabrda Gʻ.Y.ga oldi-sotdi shartnomasi asosida 18.500 AQSh dollariga (23.865.000 soʻm) sotganligi, oʻz navbatida B.Y. mazkur xonadonni 2012-yil 13-dekabrda fuqaro G.M.ga 22.000 AQSh dollariga sotganligi natijasida G.M.ga 43.565.500 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi, xuddi shu kabi M.M. oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, X.M.dan tovlamachilik bilan tortib olgan, Jizzax shahar, Xalqobod mahallasi, E.Xudoyqulov koʻchasida joylashgan 40-uyni kelgusida ushbu uyni qaytarib olish uchun X.M. sudga daʼvo kiritishi, natijada uy boʻyicha nizo kelib chiqishini bilgani holda A.X.ga ushbu uyni qay tartibda qoʻlga kiritganligini aytmasdan, 2008-yil 25-oktabrda 30.000 AQSh dollariga (40.443.000 soʻm) sotib, ushbu pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi 07-sonli qarorining 10-bandida “JPKning 471-moddasi 1-bandiga asosan ayblov hukmi chiqarishda, sudlar ish boʻyicha keltirilgan fuqaroviy daʼvo masalasini hal qilishlari lozim. Faqatgina sud fuqaroviy daʼvo bilan bogʻliq qoʻshimcha hisob-kitob talab qilib, uni sud majlisida bartaraf etishning imkoniyati boʻlmasa va bu sud qaroridagi jinoyat kvalifikatsiyasi, jazo meʼyori va hukm chiqarishda yuzaga keladigan boshqa masalalarga taʼsir qilmaganda, sud fuqaroviy daʼvoning undiriladigan miqdori masalasi fuqarolik ish yurituvi tartibida hal qilinishini tushuntirishi lozim”, deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga koʻra, sudlov hayʼatining ajrimi bilan sud qarorlari oʻzgartirilib, Jizzax shahar, Zargarlik mahallasida joylashgan 19-uyning 1-xonadoni R.K.ga, Jizzax shahar, Xalqobod mahallasi, E.Xudoyqulov koʻchasida joylashgan 40-uyni A.X.ga qaytarish hamda manfaatdor taraflarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish boʻyicha fuqarolik tartibida sudga daʼvo qoʻzgʻatish huquqi borligini tushuntirish haqidagi qismini bekor qilib, taraflarga nizoli uy-joyni oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish va yetkazilgan zararlarni undirish masalasida fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlarga asoslangan fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik, oʻzgalar mulkini egallashda huquqqa xiloflilik belgisi boʻlmaganligi tufayli firibgarlik deb baholanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi tuman sudining 2017-yil 10-maydagi hukmiga koʻra, T.S. JK 168-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bilan JKning 57-moddasi qoʻllanilib, eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida 2.604.800 soʻm jarima jazosiga, T.E. JK 168-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bilan JKning 57-moddasi qoʻllanilib, eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida 1.953.600 soʻm jarima jazosiga sudlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Qashqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2017-yil 11-iyuldagi ajrimi bilan sud hukmi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish materiallariga koʻra, T.S. va E.T. jabrlanuvchi A.Q.dan dehqonchilik bilan shugʻullanishlari uchun qarzga pul soʻrashib, evaziga E.T.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinani 42.700.000 soʻmga baholab, notarial idora orqali uning nomiga sotish huquqi bilan 3 yil muddatga ishonchnoma rasmiylashtirishib, E.T. A.Q.dan 42.700.000 soʻm pulni olgan, ushbu pulni avgust oyining oxirida qaytara olmasa “Damas” rusumli avtomashinani A.Q.ning nomiga rasmiylashtirilishiga roziligi haqida tilxat yozib, E.T., A.Q. va T.S. imzolagan. Biroq, ular 2016-yil sentabr oyi kutilgan hosilni ololmagach, A.Q.dan olgan 42.700.000 soʻm pulni qaytara olmasligini bildirib, unga kelishuvga koʻra, “Damas” rusumli avtomashinani olishni taklif qilganda, jabrlanuvchi A.Q. T.S. va E.T.ga “Damas” avtomashinasini dehqonchilik faoliyatida foydalanishgani sababli eskirganligi uchun bozor bahosini 30.000.000 soʻmga hisoblab, yana qoʻshimcha ravishda 12.700.000 soʻm berishlari lozimligini bildirgan, biroq ular oʻzaro kelisha olmaganliklari sababli A.Q. E.T., T.S.ning taklifiga rozi boʻlmasdan ikki oy ichida olgan 42.700.000 soʻm pulini qaytarib berishni talab qilgan, E.T. va T.S. ushbu talabni bajarmaganligi sababli u huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 736-moddasida qarz oluvchi tomonidan qarz shartnomasini buzish oqibatlari belgilangan boʻlib, agar qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda foizlar toʻlangan boʻlishidan qatʼi nazar, qarz qaytarib berilishi kerak boʻlgan kundan boshlab, to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan ushbu Kodeks 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar toʻlanishi kerakligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan qonun talablariga koʻra, E.T. A.Q.dan 42.700.000 soʻm pulni olganligi va ushbu pulni avgust oyining oxirida qaytara olmasa, “Damas” rusumli avtomashinani A.Q.ning nomiga rasmiylashtirilishiga roziligi haqida yozib bergan tilxati E.T., A.Q. va T.S. tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab ular oʻrtasida qarz shartnomasi yozma ravishda tuzilganligidan dalolat beradi, shuningdek E.T. va T.S.da qarz oluvchi sifatida A.Q.dan olgan 42.700.000 soʻm qarz summasini shartnomada nazarda tutilgan muddatda, 2016-yil avgust oyida qaytarish majburiyatini vujudga keltirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlangan T.S. sudda jiyani E.T. bilan birga dehqonchilik bilan shugʻullanish maqsadida Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumaniga borishgani, dehqonchilik ishlarini yuritish uchun pul zarur boʻlganligi uchun 2016-yil avgust oyining oxirida qaytarish sharti bilan qarzga pul berib turishni soʻrashganida, A.Q. qarzga pul berishi uchun garovga avtomashina qoʻyishlarini aytgani, kelishuvga koʻra E.T.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinani 42.700.000 soʻmga hisoblab, notarial idora orqali A.Q.ni nomiga sotish huquqi bilan 3 yil muddatga ishonchnoma rasmiylashtirib berishib, undan 30.000.000 soʻm olishgani, “Damas” avtomashinasidan dehqonchilikda foydalanishgani, 2016-yil sentabr oyiga kelib kutilgan hosilni olmaganliklari sababli, A.Q.ga qarzga olgan pulni foizi bilan hisoblangan 42.700.000 soʻmni qaytara olmasliklarini aytib, “Damas” rusumli avtomashinani olishni taklif qilishgani, A.Q. ularning taklifiga rozi boʻlmasdan 2 oy ichida pulni qaytarib berishni soʻraganligi haqida koʻrsatuv bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holatda E.T. va T.S.ning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud boʻlmay, balki fuqarolik huquqiy munosabatlar mavjudligi koʻrinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, jinoyat ishida toʻplangan va sud majlisida tekshirilgan holatlarga koʻra E.T. va T.S.ning A.Q.ni mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qonunga xilof ravishda va tekin qoʻlga kiritishda ifodalangan harakatlarni sodir etishdagi qasdning mavjudligi biron-bir dalil bilan isbotlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki E.T. va T.S. A.Q.dan qarz sifatida olgan pul mablagʻlarini qaytarmagan taqdirda garov tariqasida “Damas” rusumli avtomashinani kelgusida A.Q.ning nomiga rasmiylashtirish huquqini beruvchi notarial tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnoma hech kim tomonidan bekor qilinmaganligining oʻzi ham E.T. va T.S. A.Q. bilan oʻzaro qarz shartnomasiga asoslangan fuqarolik huquqiy munosabatga kirishganligini toʻliq isbotlaydi. E.T. va T.S. keyinchalik shartnoma shartlarida belgilangan majburiyatni bajarmaganliklari A.Q.ni oʻz huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarorining 9-bandida qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalarga asoslangan fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik ham, bunday holda oʻzgalar mulkini egallashda huquqqa xiloflilik belgisi boʻlmaganligi tufayli firibgarlik deb baholanishi mumkin emasligi, chunki mulk bitim, shartnoma boʻyicha bir tarafdan ikkinchi tarafga, jumladan taraflar uchun oʻzaro moddiy manfaatni nazarda tutuvchi muayyan shartlar bilan berilishi, agar bitim, shartnoma shartlari bajarilmasa, qonunga koʻra (FK 2, 9, 24-boblari, FPK II boʻlimining 2-kichik boʻlimi, XPK 15-bobi) buzilgan huquq faqat fuqarolik ishlari boʻyicha sud yoki iqtisodiy sud tomonidan tiklanishi mumkin boʻlib, ularda majburiyatlar ijrosini taʼminlash uchun yetarli huquqiy vositalar mavjudligi, shu munosabat bilan, qonun talablariga muvofiq tuzilgan fuqarolik-huquqiy bitim, shartnoma boʻyicha jinoyat belgilari mavjud boʻlmagan barcha hollarda, nizo fuqarolik, iqtisodiy ishlar boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqilishi lozimligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining ajrimi bilan T.S. va E.T.ga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari bekor qilinib, jinoyat ishi JPK 83-moddasining 2-bandiga muvofiq ularning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmaganligi uchun tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqarolar mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qatʼi nazar kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Oltinkoʻl tuman sudining 2017-yil 10-maydagi hukmiga koʻra Oʻ.K. JK 168-moddasi ikkinchi qismining “b”, “v” bandlari bilan JKning 45-moddasi qoʻllanib, 1 yil 6 oy rahbarlik va moddiy-javobgarlik lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining 20 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2017-yil 29-avgustdagi ajrimi bilan hukm bekor qilinib, jinoyat ishi sudlanganlarning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmaganligi uchun JPK 83-moddasining 2-bandiga asosan tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmiga koʻra Oʻ.K. boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktirib, Oltinkoʻl tumanida tashkil qilingan noqonuniy bozorga oziq-ovqat, kundalik ehtiyoj mollari, qoramol va boshqa buyumlarni sotish maqsadida kelgan fuqarolarga bozor sharoitlarini yaxshilash va patta toʻlovlar uchun deb, ularni aldab, har biridan 1.000 soʻmdan 5.000 soʻmgacha pul yigʻib olib, firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilganlikda aybli deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarorining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandida firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan bila turib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan yolgʻon maʼlumotlar xabar qilinishi yoki ish holati boʻyicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga maʼlum qilinishi lozim boʻlgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushunilishi lozimligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bandida qonunga koʻra fuqarolar mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qatʼiy nazar kelib chiqadi. Ayni paytda, talon-toroj miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan har bir holda surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsiga va moddiy zarar qoplanishiga oid maʼlumotlarni inobatga olgan holda JK 65, 66, 70, 71-moddalarini qoʻllash masalasini muhokama etishlari shartligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, ish boʻyicha qonun talablari va qayd etilgan Oliy sud Plenumining qarori tushuntirishlariga rioya qilinmay, sud hukmining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini toʻla hajmda tekshirilmasdan jinoyat ishi JPK 83-moddasining 2-bandiga asosan tugatilishi haqida barvaqt xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun mazmuniga koʻra, talon-toroj qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining oʻttiz baravaridan oshmagan boʻlsa-da, fuqarolar mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qatʼi nazar kelib chiqishi, yaʼni zarar summasi ahamiyatga ega emasligi, bunday holda JKning 36-moddasida koʻrsatib oʻtilgan kam ahamiyatli qilmish emas, balki firibgarlik jinoyatining tarkibi mavjudligi apellyatsiya instansiyasining eʼtiboridan chetda qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ushbu holatda surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsiga va moddiy zarar qoplanishiga oid maʼlumotlarni inobatga olgan holda jinoyat ishini JKning 65 va 66-moddalariga asosan tugatish masalasini muhokama etishlari shart edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov davrida jabrlanuvchi tariqasida soʻroq qilingan X.E. “Hasan-Husan mahallasida noqonuniy tashkil etilgan bozorda sabzavot mahsulotlari bilan savdo qilishi, D.I., A.J., M.M. va I.N.ning bozorni obodonlashtirish, qonuniylashtirish haqida bergan vaʼdalariga ishonib, ularga har bozor 5.000 soʻmdan pul bergani” haqida, X.E. “noqonuniy tashkil etilgan bozorda un savdosi bilan shugʻullanganligi, D.I., A.J., M.M. va I.N. undan har bozorda joy haqi, yaʼni “patta toʻlovi uchun” va “bozorni qonuniylashtiramiz” deb, 1.500 soʻmdan pul olishgani” haqida, A.Q. noqonuniy tashkil etilgan bozorda sudlanuvchilar D.I., A.J., M.M. va I.N.ga joy haqi va bozorni keyinchalik qonuniylashtirish uchun deb, 1.000 soʻmdan toʻlovlarni amalga oshirib kelganligi haqida va Z.U. D.I., A.J., M.M. va I.N.ga bozor sharoitlarini yaxshilash, obodonlashtirish va qonuniylashtirish uchun deb, 1.000 soʻmdan pul bergani haqida koʻrsatuvlar berishgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, D.T. dastlabki tergov davrida Oʻ.K. bilan maslahatlashib, D.I., A.J., M.M. va I.N.ga Hasan-Husan mahallasidagi bozorga savdo qilish uchun kelgan fuqarolardan patta toʻlovlari va tozalov ishlari uchun deb, pul yigʻish haqida koʻrsatma berganligini bayon etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bozorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni bir meʼyorda faoliyat koʻrsatishini nazorat qilish davlat soliq idoralariga yuklatilgan boʻlsada, dastlabki tergov va sud tomonidan holat aniqlangunga qadar nima sababdan soliq xodimlari tomonidan bu noqonuniy bozorning faoliyati yuzasidan tegishli choralar koʻrilmaganligiga aniqlik kiritilmagan va davlat soliq xizmati organi xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holatlarga apellyatsiya instansiyasi sudi yetarli baho bermasdan, faqatgina ayrim jabrlanuvchilarning “pullarni oʻz xohishimiz bilan berganmiz” degan mazmundagi arizalariga asosan sudlanuvchilarning harakatlarini kam ahamiyatli qilmish deb hisoblab, JPK 83-moddasining 2-bandiga asosan tugatish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼatining ajrimi bilan Oʻ.K. va boshqalarga nisbatan chiqarilgan apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi bekor qilinib, ish yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab besh yil oʻtib ketgan boʻlsa, shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Jomboy tuman sudining 2017-yil 10-maydagi hukmiga koʻra J.X. JK 168-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bilan eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida 11.440.000 soʻm jarima jazosiga sudlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2017-yil 3-avgustdagi ajrimi bilan hukm oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmiga koʻra, J.X. R.Z.ning uyiga kelib, unga tegishli boʻlgan bahosi 400.000 soʻm boʻlgan bir dona beton simyogʻochning oʻrniga oʻziga oʻxshaydigan simyogʻochni yoki pulini berishini aytib, uning ishonchiga kirib, uni aldab, firibgarlik yoʻli bilan bahosi 400.000 soʻm boʻlgan bir dona beton simyogʻochni qoʻlga kiritib, oʻz ehtiyojlariga ishlatganlikda, fuqarolarga yakka tartibda tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun yer ajratib berish vakolatiga ega boʻlmasa-da, 2011-yil avgust oylarida A.J.ga Pulimugʻob mahalla hududida joylashgan 6 sotix yer maydonini mahalla hisobida ekanligini aytib, uni aldab, takroran firibgarlik yoʻli bilan 6.000.000 soʻm pulni qoʻlga kiritganlikda aybli deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JKning 15-moddasiga koʻra, J.X. tomonidan sodir etilgan JK 168-moddasi ikkinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyat uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar toifasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 64-moddasi birinchi qismining “b” bandida uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab besh yil oʻtib ketgan boʻlsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan jinoyat ishini koʻrishda qonunning bu talabiga rioya qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
J.X. tomonidan jinoyat 2011-yil avgust oyida sodir etilgan boʻlib, sud tomonidan hukm 2017-yil 10-may kuni, yaʼni jinoyat sodir etilgan kundan boshlab 5 yil 9 oy oʻtib ketgandan soʻng chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrishda ushbu holatlarga eʼtibor bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
J.X.ni javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi tufayli, jinoyat ishi JPK 84-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq tugatilishi kerak. Biroq, ish hujjatlaridan koʻrinishicha, J.X. dastlabki tergov va sud davomida aybiga iqror boʻlmagan. Bunday holatda JPK 84-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, J.X.ga nisbatan ayblov hukmi jazo tayinlanmasdan chiqarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼatining ajrimi bilan sud qarorlarining J.X.ga nisbatan jazo tayinlash qismi bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Rayosatining 2020-yil 30-yanvardagi RS-01-20-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obzori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining “Sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va eʼlon qilish toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi RS-44-18-sonli qarorining 2-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati (bundan buyon matnda sudlov hayʼati deb yuritiladi) tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzori tayyorlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati tomonidan oʻtgan davrda Oliy sudning ish rejasi va tasdiqlangan Dasturlar, Yoʻl xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida viloyat sudlarining apellyatsiya instansiyasida 5925 ta, kassatsiya instansiyasida 7368 ta fuqarolik ishi koʻrilgan. Apellyatsiya instansiyasida tumanlararo sudlarida chiqarilgan hal qiluv qarorlarining 694 (1036) tasi yoki 0,4 foizi, kassatsiya instansiyasida 965 (1419) ta yoki 0,6 foiz ishlar boʻyicha jami 1659 ta hal qiluv qarori bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida birinchi instansiya sudi qarorlarining bekor qilinishi Toshkent shahrida 380 ta, Toshkent viloyatida 244 ta, Surxondaryo viloyatida 189 ta, Qashqadaryo viloyatida 163 ta, Fargʻona viloyatida 168 ta, Samarqand viloyatida 154 tani tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat sudlari apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari vakolatidan toʻgʻri foydalanish, oʻz vaqtida sud xatoliklarini toʻgʻrilash oʻrniga, ayrim hollarda oʻzlari qoʻpol xatolikka yoʻl qoʻyib, mazmunan toʻgʻri boʻlgan sud qarorlarining bekor qilinishiga yoʻl qoʻygan holatlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oliy sudda nazorat tartibida bekor qilingan jami 158 ta apellyatsiya va 124 ta kassatsiya instansiyasi sudlari ajrimlaridan 94 ta ish boʻyicha birinchi instansiya sudi qarorlari oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu koʻrsatkich Qashqadaryo viloyatida 18 ta, Xorazm viloyatida 13 ta, Samarqand viloyatida 12 ta, Fargʻona viloyatida 11 ta va Toshkent shahrida 12 tani tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida nazorat instansiyasida 322 ta ish boʻyicha tumanlararo sudlari qarorlari bekor qilingan. Shundan 211 tasi yoki 78 foizi boʻyicha yangi hal qiluv qarorlari chiqarilgan, 71 tasi yoki 22 foizi boʻyicha taraflarni jalb qilish lozimligi sababli ishlar yangidan koʻrish uchun yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatida koʻrilgan ishlar boʻyicha quyi sudlar tomonidan ishni koʻrishda yoʻl qoʻyilgan qoʻpol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 23 ta xususiy ajrim chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo sudlarining barcha sud instansiyalarida koʻrilgan ishlar boʻyicha jami 1 986 ta yoki 1,2 foiz sud qarorlari bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, Toshkent shahar sudlarining 380 ta, Toshkent viloyat sudlarining 244 ta, Surxondaryo viloyat sudlarining 189 ta va Fargʻona viloyat sudlarining 168 ta va Qashqadaryo viloyat sudlarining 163 ta sud qarori bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekor qilingan sud qarorlarining tahlili shuni koʻrsatadiki, sudlar tomonidan meros, bitimlar, uy-joy, mehnat, yer va zarar undirish bilan bogʻliq nizolar bilan bogʻliq fuqarolik ishlarini koʻrishda moddiy va protsessual huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash natijasida xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyoti obzori natijalariga koʻra, birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan ishlarni koʻrishda amaldagi qonun hujjatlari, shuningdek Oliy sud Plenumining qarorlarida berilgan tushuntirishlarga rioya qilmaslik holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligini koʻrish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻn yoshga toʻlgan farzandlarning kim bilan yashash haqidagi fikri eʼtiborga olinmaganligi va tegishli ekspertiza tayinlanmaganligi sud qarorlarini bekor boʻlishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N. Islamova javobgar A. Islamovga nisbatan sudga daʼvo bilan murojaat qilib, uch nafar voyaga yetmagan farzandlarini yashash joyini belgilash hamda ularning moddiy taʼminoti uchun aliment undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo sudining 2018-yil 5-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, 2007-yilda tugʻilgan Anvarxoʻja, 2009-yilda tugʻilgan Asilaxon hamda 2011-yilda tugʻilgan Akbarxoʻja onasi N. Islamovaga olib berilib, ularning moddiy taʼminoti uchun A. Islamovning har oylik ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining ½ qismi miqdorida farzandlari voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasining 2018-yil 9-oktabrdagi ajrimi bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining 2019-yil 23-oktabrdagi ajrimi bilan quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlari bekor qilinib, daʼvoni rad qilish haqida yangi qaror chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, N. Islamova va A. Islamov 2006-yil 14-iyunda qonuniy nikohdan oʻtib turmush qurganlar. Birgalikdagi turmushidan toʻrt nafar, yaʼni 2007-yilda tugʻilgan Anvarxoʻja, 2009-yilda tugʻilgan Asilaxon, 2011-yilda tugʻilgan Akbarxoʻja va 2017-yilda tugʻilgan Nodirxoʻja ismli farzandlari bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular oilaviy kelishmovchilik sababli 2018-yil fevraldan boshlab alohida yashab kelgan. Sudga murojaat qilgunga qadar 2007-yilda tugʻilgan Anvarxoʻja, 2009-yilda tugʻilgan Asilaxon hamda 2011-yilda tugʻilgan Akbarxoʻja otasi A. Islamov bilan, 2017-yilda tugʻilgan Nodirxoʻja esa, N. Islamova bilan alohida uy-joyda yashagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar daʼvoni qanoatlantirishda bolalarga koʻproq ona tarbiyasi va mehri ahamiyatli ekanligi, bolalar faqat soʻnggi yetti oy davomida ota tarbiyasida ekanligi, bu holatda otaning taʼsiri ostida bolalarda uning tarbiyasida qolish istagi shakllanganligiga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 23-sonli qarorining 3-bandiga koʻra, sud 10 yoshga toʻlgan bolaning ota-onasining qaysi biri bilan yashash istagi borligini ham eʼtiborga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 68-moddasiga asosan oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola oʻz fikrini ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki maʼmuriy muhokama davrida soʻzlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati sud majlisida 10 yoshga toʻlgan Anvarxoʻja va Asilaxon otasi bilan yashash istagini bildirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudlov hayʼatiga taqdim etilgan sud psixologik ekspertizasining xulosasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- 2007-yilda tugʻilgan Anvarxoʻja, 2009-yilda tugʻilgan Asilaxon, 2011-yilda tugʻilgan Akbarxoʻjaning onasiga boʻlgan munosabati betaraf boʻlib, ruhiy bogʻlanish mavjud emasligi, ularning otasiga boʻlgan munosabati ijobiy boʻlib, tadqiqot davrida aniqlangan holatlar va ota-onaning individual-psixologik xususiyatidan kelib chiqib, bolalarning onasiga boʻlgan munosabati otaning taʼsiri ostida yuzaga kelmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- otaning bolalariga nisbatan munosabati yuqori refleksli hissiyotga ega boʻlib, ona bolalari bilan hissiy yaqinligi kamligi bilan bogʻliq. Ekspert kuzatuvida, ona yuzaga kelgan vaziyatdan foydalangan holda moliyaviy koʻrinishdagi masala yechimi bilan mashgʻul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- voyaga yetmaganlar Anvarxoʻja, Asilaxon va Akbarxoʻjaning ukasi Nodirxoʻja bilan ruhiy bogʻliqlik mavjud va ukasini oʻzlari bilan birga yashashlarini istaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- bolalarning yashash joyini oʻzgartirish ularning ruhiy holatiga taʼsir oʻtkazib, bolalarda ruhiy zoʻriqish kelib chiqishiga (stress) olib keladi, bu esa ularning sogʻligʻiga, shaxsning rivojlanishi va qadriyatlar shakllanishi, ijtimoiy moslashuviga salbiy taʼsir koʻrsatishi xulosa qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga qaramasdan, sudlar bolalar manfaatiga zid holatda daʼvoni qanoatlantirish haqida asosiz xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-526-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mulkdor boʻlmagan, lekin koʻchmas mol-mulkka oʻn besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N. Axmanova javobgar V. Sherovga nisbatan sudga daʼvo bilan murojaat qilib, 39-uy, 53-xonadonga nisbatan egalik huquqini belgilashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo sudining 2018-yil 23-apreldagi hal qiluv qarori bilan N. Axmanovaning daʼvosi qanoatlantirilib, 39-uy, 53-xonadonga nisbatan egalik huquqi belgilanib, N. Axmanovadan 843.230 soʻm davlat boji undirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2019-yil 15-martdagi ajrimi bilan sudning hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvoni rad qilish haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining 2019-yil 28-noyabrdagi ajrimi bilan kassatsiya instansiyasining ajrimi bekor qilinib, tumanlararo sudining hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, shaharning Nodirabegim koʻchasida joylashgan 39-uy, 53-xonadon 1992-yil 24-sentabrda notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasiga koʻra V. Sherovga tegishli boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N. Axmanova shaharning Nodirabegim koʻchasida joylashgan 39-uy, 53-xonadonni 1992-yil 20-dekabrda ogʻzaki kelishuv asosida V. Sherovdan sotib olib, turmush oʻrtogʻi M.Voxidov va oila aʼzolari bilan birga yashab kelishgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N. Axmanova 2014-yil 20-avgustda, turmush oʻrtogʻi M. Voxidov 2008-yil 25-aprelda nizoli xonadonga doimiy roʻyxatga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ish holatlariga baho berib, xonadon qonunda belgilangan muddat davomida egallab kelinganligi maqbul dalillar bilan tasdiqlanishini asos qilib, daʼvoni qanoatlantirish haqida xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi xonadon yuzasidan oldi-sotdini oʻzida ifodalagan tilxat soxtalashtirilganligi va bu halol egallab kelinganligini inkor etishini asos qilib, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, MFY 2013-yil 21-iyundagi hamda 2018-yil 29-martdagi dalolatnomalarga koʻra, er-xotin N.Axmanova va M.Voxidov ushbu xonadonda 1993-yildan buyon oila aʼzolari bilan yashab, kommunal va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlab kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatni sudlov hayʼatida guvoh sifatida soʻralgan qoʻshnilar hamda MFY raisi ham tasdiqlashgan, shuningdek daʼvogar nizoli uy-joy uchun kommunal, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlab kelayotganligi haqidagi hujjatlarni sudlarga taqdim qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, IIBning 2013-yil 28-avgustdagi 27/62-19857-sonli xatida, javobgar V. Sherov jinoyat sodir etganligi boʻyicha qidiruvda emasligi, DNIning 2018-yil 12-apreldagi 2-488-sonli xatida, nizoli uy-joy yuzasidan meros ishi ochilmaganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatiga taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha Davlat qoʻmitasining 2019-yil 13-noyabrdagi № 1/2-1546-sonli xatiga koʻra, N. Axmanova va M. Voxidov nomiga shahar va viloyat hududida uy-joy rasmiylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo sudining 2009-yil 21-dekabrdagi hal qiluv qaroriga koʻra, M. Voxidovning javobgarlar V. Sherov va tuman hokimiyatiga nisbatan nizoli uy-joy boʻyicha oldi-sotdi bitimini haqiqiy deb topish haqidagi daʼvo talabi rad qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu daʼvo talabiga asos sifatida keltirilgan tilxat qalbakilashtirilganligi bois M. Voxidovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi sudning 2009-yil 6-noyabrdagi ajrimi bilan amnistiya aktiga asosan tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi ushbu sud ajrimi bilan uy-joyning halol egallab kelinganligi inkor etilishini asos qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, kassatsiya instansiyasi jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimi daʼvogar N. Axmanovaga emas, balki M. Voxidovga tegishli ekanligini inobatga olmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda birinchi instansiya sudi qonun talablari va aniqlangan ish holatlaridan kelib chiqib, nizoli uy-joyga nisbatan egalik huquqini belgilashga asos boʻluvchi qonunda nazarda tutilgan barcha holatlar mavjudligi, yaʼni daʼvogar nizoli uy-joyda uzoq vaqtdan buyon uzluksiz yashab kelayotganligi, mazkur uy-joyni halol va oshkora yoʻl bilan egallab kelganligi, mulkka oʻziniki kabi munosabatda boʻlib kelayotganligini inobatga olib, daʼvoni qanoatlantirish haqida xulosaga kelgan boʻlsa-da, kassatsiya instansiyasi ushbu holatlarni eʼtiborga olmasdan, daʼvoni rad qilish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-1746-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kadastr hujjatidagi qayd etilgan faktlar inobatga olinmaganligi bois sud qarorlari bekor qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M. Baratov sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, tumanning Sarmich MFYdagi uy-joyni marhum onasining ulushiga oʻzini, akasi J. Baratov va otasi X. Baratovni merosxoʻr deb topib, ulushini ajratib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo sudining 2018-yil 26-sentabrdagi hal qiluv qaroriga koʻra, daʼvo qanoatlantirilib, tumanning Sarmich MFYda joylashgan X. Baratovga tegishli boʻlgan uy-joy marhuma A. Baratov va X. Baratovning umumiy mulki deb topilib, M. Baratov uy-joyning ½ qismiga merosxoʻr deb topilgan va uy-joyni ushbu qismi natura shaklda ajratib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2018-yil 27-noyabrdagi ajrimi bilan sud qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining 2019-yil 24-dekabrdagi ajrimi bilan quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlari bekor qilinib, daʼvoni rad qilish haqida yangi qaror chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, A. Baratova X. Baratov bilan 1979-yil 27-yanvarda qonuniy nikohdan oʻtib turmush qurgan. Birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar, yaʼni 1981-yilda tugʻilgan J. Baratov va 1984-yilda tugʻilgan M. Baratova ismli farzandlari tugʻilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Baratova 1987-yilda vafot etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Baratov 1988-yilda M.Norkulova bilan qonuniy nikohdan oʻtib turmush qurgan va undan 2 nafar farzandli boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanning Sarmich MFYda joylashgan uy-joyga tuman hokimining 2016-yil 10-avgustdagi 2047Q-sonli qarori bilan X.Baratovning egalik huquqi belgilangan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nizoli uy-joylar A. Baratova va X. Baratovning turmushlari davrida qurilgan deb hisoblab, uy-joyni umumiy mulk deb topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, sudlar 2018-yil 12-noyabrdagi tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan berilgan X. Baratovga tegishli uy-joyga 2016-yilda kadastr hujjati tayyorlanib, tuman hokimining 2016-yil 10-avgustdagi 2047Q-sonli qaroriga asosan 2016-yil 11-avgustda davlat roʻyxatiga olinganligi, hujjatga asosan 0001-liter uy-joy maydoni 85,5 m2 qismi 1983-yilda, 0002-liter uy-joy maydoni 55,58 m2 qismi 2008-yilda qurilganligi, qolgan yordamchi imoratlar 1989, 2009, 2012-yillarda qurilganligi haqidagi maʼlumotnomani inobatga olmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxs M. Norkulova sud majlisidagi tushuntirishlarida nizoli uy-joyga kelin boʻlib tushganligini, oʻsha vaqtlarda ikki xona va bitta dahliz boʻlganligi, keyinchalik qoʻshimcha qurilishlar qilishganligini, uy-joyning ikkita xonasini qaytadan taʼmirlaganliklarini, uy-joydan 30 yildan beri foydalanib kelayotganligini, uy-joyda uning ham hissasi borligini bayon qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga binoan, kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi va tasdiqlanishining yuridik hujjati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, sudlar qayd etilgan qonun talabi va ish holatlarini eʼtiborga olmasdan daʼvoni asossiz ravishda qanoatlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-1843-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kasaba uyushmasi rayosati ish beruvchining tashabbusiga koʻra, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish yoki bermaslik masalani hal qilishga vakolatli emasligi bois sud qarori bekor qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Nozimov javobgar institutga nisbatan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, unda institut rektorining buyrugʻini gʻayriqonuniy deb topib, uni bekor qilish va ishga tiklash, majburiy progul kunlari uchun ish haqi hamda maʼnaviy zararni undirish soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo sudining 2018-yil 10-maydagi hal qiluv qarori bilan A. Nozimovning daʼvo talablari qanoatlantirilib, buyruq bekor qilingan va A. Nozimov lavozimiga ishga tiklangan, institutdan A. Nozimovning foydasiga majburiy progul vaqti uchun ish haqi va maʼnaviy zarar undirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2019-yil 18-iyundagi ajrimi bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvoni rad qilish haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining 2019-yil 18-dekabrdagi ajrimi bilan apellyatsiya instansiyasining ajrimi bekor qilinib, tumanlararo sudining hal qiluv qarorini ishga tiklash qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan hamda majburiy progul kunlari uchun ish haqi va maʼnaviy zarar undirishga oid qismlari oʻzgartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, A. Nozimov 2016-yildan boshlab mehnat shartnomasi asosida institut qoshidagi “Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi” direktori lavozimida ishlab kelib, institutning 2018-yil 23-martdagi buyrugʻi bilan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 100-moddasi ikkinchi qismining 7-bandiga asosan bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyruqqa Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 100-moddasi ikkinchi qismining 7-bandi, ogohlantirish xati hamda institut birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi rayosatining 2018-yil 15-martdagi 1-4 “O”-sonli yigʻilish qarori asos qilib koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Nozimov mehnat shartnomasini bekor qilishda mehnat qonunchiligi buzilganligi, xususan kasaba uyushma qoʻmitasining roziligi olinmaganligi, unga yigʻilish oʻtkaziladigan sana va joy haqida oldindan yozma ravishda xabardor qilinmaganligini vaj qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvoni qanoatlantirishda ish beruvchi tomonidan daʼvogar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 102-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar asosida bekor qilinmaganligiga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi daʼvogar A. Nozimov mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantirilganligini hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasi yigʻilishida ishtirok etganligini asos qilib, sud qarorini bekor qilish va daʼvogarning daʼvo talablarini rad qilish haqida xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 101-moddasining birinchi qismida basharti jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa-da, shartnomani bunday rozilikni olmay bekor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi rayosatining 2018-yil 15-martdagi 1-4 “O”-sonli qarori bilan A. Nozimov bilan mehnat shartnomasi bekor qilishga rozilik berilgan boʻlsa-da, ammo institutning 2017 ― 2020-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 3.4-bandida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi faqatgina kasaba uyushma qoʻmitasining oldindan roziligini olib amalga oshirilishi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2013-yil 26-yanvardagi 9-15-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomning 9.2-bandida boshlangʻich tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasining vakolatlarida, jamoa shartnomasida nazarda tutilgan hollarda ish beruvchining tashabbusiga koʻra, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish yoki bermaslik masalani hal qilishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga daʼvogar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda javobgar vakillari yuqoridagi Nizomning 9.4-bandida Rayosat saylangan kasaba uyushma qoʻmitasi oʻzining ayrim shu jumladan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish vakolati ham Rayosatga berilganligini, kasaba uyushmasining aynan qanday vakolatlarni rayosatga berganligi institut boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi yigʻilishi bayonnomasida koʻrsatilganligini bayon qilib, 2017-yil 3-apreldagi bayonnomani taqdim etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, sudlov hayʼati ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda kasaba uyushmasining roziligi olinishi qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilganligi, ushbu holatda kasaba uyushmasining qonunda nazarda tutilgan vakolatni kasaba uyushmasi qoʻmitasi yigʻilishi bayonnomasi asosida rayosatga berishi qonun talabiga zid degan xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sudlov hayʼati tomonidan bunday xulosaga kelishda, A. Nozimov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining 2018-yil 23-martdagi 66-sh-sonli buyrugʻi bilan bekor qilingan va birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi rayosatining 2018-yil 15-martdagi 1-4 “O”-sonli qarori bilan rozilik berilgan boʻlsa-da, ushbu qaror 2018-yil 30-martda, yaʼni, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin, institut boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi yigʻilish qarori bilan qaytadan tasdiqlanganligini inobatga olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi qayd etilgan mehnat qonunchiligi talablari va ish holatlarini eʼtibordan chetda qoldirib, daʼvoni asossiz ravishda rad qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-1767-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh. Barnoyev mansabdor shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va viloyat bojxona boshqarmasiga nisbatan sudga shikoyat bilan murojaat qilib, Respublika Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 2-oktabrdagi xizmat tekshiruvi oʻtkazishdagi xatti-harakatlarini qonunga xilof deb hisoblash va xizmat tekshiruvi xulosasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo sudining 2019-yil 9-oktabrdagi ajrimi bilan ariza ish yuritishdan tugatilgan va Sh. Barnoyevga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga murojaat etishi, murojaatiga nisbatan berilgan javobdan norozi boʻlgan taqdirda tegishli tartibda maʼmuriy sudga shikoyat berish huquqi tushuntirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining 2019-yil 29-oktabrdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining ajrimi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining 2019-yil 25-dekabrdagi ajrimi bilan boʻyicha sud ajrimlari bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, arizachi Sh. Barnoyev viloyat bojxona boshqarmasida inspektor lavozimida ishlab kelib, Respublika Davlat bojxona qoʻmitasi raisining 2006-yil 4-dekabrdagi 365 sh/t-sonli buyrugʻiga asosan Sh. Barnoyev Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona organlari intizomiy Ustavining 16-bandi “j” kichik bandiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh. Barnoyev ishdan boʻshatilganligi va mehnat daftarchasi oʻz vaqtida berilmaganligidan norozi boʻlib yuborgan shikoyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2012-yil 27-sentabrdagi xatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan va 2012-yil 2-oktabrda xulosa tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat tekshiruvi xulosasida viloyat davlat bojxona boshqarmasi kadrlar boʻlimi masʼul xodimlari Y.Sh va N.M tomonidan Sh. Barnoyev ishdan boʻshatilganidan keyin unga mehnat daftarchasi oʻz vaqtida berilmagan va “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma talablari buzilganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh. Barnoyev shikoyatida xizmat tekshiruvi oʻtkazishdagi xatti-harakatlarni qonunga xilof va xizmat tekshiruvi xulosasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar ushbu talab mehnat nizosi emasligi va nizo maʼmuriy sudga tegishli ekanligini asos qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 124-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritishni tugatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga oʻz huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati tomonidan aniqlanishicha, viloyat maʼmuriy sudi kassatsiya instansiyasining 2018-yil 22-dekabrdagi ajrimi bilan oʻzgarishsiz qoldirilgan tuman maʼmuriy sudining 2018-yil 2-noyabrdagi ajrimi bilan Sh. Barnoyevning shikoyatini qabul qilish rad etilib, unga fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar ishni koʻrgunga qadar (2018-yil 11-oktabrda) amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 26-moddasi birinchi qismining 6-bandiga binoan, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlaridan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taaalluqli ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, ushbu shikoyatdagi talablarda mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari va qarorlari oqibatida buzilgan mehnatga oid huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda tiklashdan iborat ekanligi sudning eʼtiboridan chetda qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-2126-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Turar-joyda doimiy yashab, roʻyxatda turgan shaxs uydan koʻchirilganligi sababli sud qarorlari bekor qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar T. Qosimov javobgar I. Ibragimovaga nisbatan uy-joydan majburiy tartibda chiqarish haqidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Ibragimova T. Qosimov va Qashqadaryo viloyat davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish hududiy boshqarmasiga nisbatan T. Qosimov nomiga 1993-yil 15-fevralda berilgan 800-sonli xususiylashtirish orderini haqiqiy emas deb topish haqida qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha Qashqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2019-yil 16-maydagi ajrimi bilan oʻzgarishsiz qoldirilgan Kasbi tumanlararo sudining 2019-yil 19-martdagi hal qiluv qaroriga koʻra, daʼvogarning daʼvo talabi qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unga koʻra, I. Ibragimovani oila aʼzolari bilan hamda manfaatdor shaxslar A. Ibragimov, D. Xasanova va R. Rustamovni Mirishkor tumani, Oʻzbekiston koʻchasi, 11-uy, 15-xonadondan majburiy tartibda chiqarish belgilangan. Qarshi daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan. I. Ibragimovadan T. Qosimovning foydasiga 419.650 soʻm sud xarajatini undirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining 2019-yil 26-noyabrdagi ajrimi bilan sud qarorlarining I. Ibragimovani oila aʼzolari va mol-mulklari bilan uydan chiqarish hamda T. Qosimovning foydasiga 419.650 soʻm sud harajatlarini undirish qismlari bekor qilingan va shu qismi boʻyicha daʼvogar T. Qosimovning javobgar I. Ibragimovaga nisbatan uy-joydan oila aʼzolari va mol-mulklari bilan majburiy tartibda chiqarish haqidagi daʼvo arizasini qanoatlantirish rad qilingan. Sud qarorlarining qarshi daʼvoni rad etish qismi oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Qashqadaryo viloyati davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish hududiy boshqarmasining 1993-yil 15-fevraldagi 800-sonli davlat orderiga koʻra, Oʻzbekiston koʻchasi, 11-uy, 15-xonadon T. Qosimovning nomiga xususiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish hududiy boshqarmasining 1993-yil 8-iyundagi 18821-sonli davlat orderiga koʻra, Oʻzbekiston koʻchasi, 11-uy, 15-xonadon I. Ibragimovaning nomiga xususiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 1993-yil 8-iyunda I. Ibragimovaning nomiga berilgan 18821-sonli davlat orderi Qashqadaryo viloyat davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻining 1993-yil 19-iyundagi 175-sonli buyrugʻi bilan bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyi sudlar daʼvo muddatini qoʻllab, qarshi daʼvoni rad qilish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan boʻlsa-da, biroq, sudda I. Ibragimova nizoli uyda 1998-yildan buyon roʻyxatda turib yashab kelayotganligi aniqlanganligini eʼtibordan chetda qoldirib, uy T. Qosimovga tegishli ekanligi va unga berilgan order haqiqiy emas deb topilmaganligiga asoslanib, I. Ibragimovani oila aʼzolari va mol-mulklari bilan birgalikda uydan chiqarish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu bilan quyi sudlar ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻliq aniqlanmagan va moddiy huquq normasini notoʻgʻri qoʻllagan (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 375-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati uydan koʻchirish haqidagi daʼvo talabini rad etishda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 172-moddasi mulkdorning oʻz huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shartligi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasi uy, kvartira mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqliligi toʻgʻrisidagi normalarga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-1946-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moddiy huquq normasining notoʻgʻri qoʻllanganligi sababli maʼnaviy zarar undirishni rad etish haqidagi sud qarori bekor qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar Ch. Tirkachov javobgarlar Q. Qaxxorov va R. Rasulovga nisbatan huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan maʼnaviy zararni undirish haqidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2019-yil 9-iyuldagi ajrimi bilan oʻzgarishsiz qoldirilgan Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2019-yil 23-apreldagi hal qiluv qaroriga koʻra, daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining 2019-yil 31-oktabrdagi ajrimi bilan sud qarorlari bekor qilinib, Ch. Tirkachovning daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unga koʻra, javobgarlar Q. Qaxxorov va R. Rasulovdan daʼvogar Ch. Tirkachovning foydasiga 1.000.000 soʻm maʼnaviy zarar, 405.460 soʻm davlat boji va 14.190 soʻm pochta xarajatlari, jami 1.419.650 soʻmni solidar tartibda undirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Jarqoʻrgʻon tuman maʼmuriy sudining 2018-yil 2-oktabrdagi qaroriga koʻra, 2018-yil 6-may kuni Q. Qaxxorov bila turib, yolgʻon uydirmalar tarqatib, tuhmat qilganlikda, shu kuni R. Rasulov bila turib, yolgʻon uydirmalar tarqatib, tuhmat qilganligi va uni haqorat qilib, shaʼni va qadr-qimmatini kamsitganligi yuzasidan surishtiruv organi tomonidan 2018-yil 2-iyunda jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilib, maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish qoʻzgʻatish haqida qaror chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy ish hujjati tuman sudining ish yurituviga 2018-yil 2-oktabrda kelib tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon tuman maʼmuriy sudining 2018-yil 2-oktabrdagi qarori bilan Q. Qaxxorovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40-moddasi bilan hamda R.Rasulovga nisbatan ushbu Kodeksning 40 va 41-moddalari bilan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish ushbu Kodeks 271-moddasining 7-bandiga asosan (maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish paytiga kelib ushbu Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtib ketgan boʻlsa) harakatdan tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyi sudlar javobgarlarning ayblilik masalasi muhokama qilinmasdan, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish muddati oʻtib ketganligi sababli ish yuritishdan tugatilganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021-moddasiga koʻra, maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybi boʻlgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanishi belgilanganligiga asoslanib, daʼvo talablarini rad etish haqida notoʻgʻri xulosa qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati javobgarlarning huquqbuzarlik sodir etganliklari sud qarori bilan tasdiqlanganligi, biroq ularni javobgarlikka tortish muddati oʻtib kelganligi sababli ish yuritish tugatilganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 75-moddasi talablariga asosan qilmish isbotlangan deb hisoblab, daʼvo arizasini qisman qanoatlantirish toʻgʻrisida xulosa qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-1733-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi, sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi sud hujjatlarini bekor qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O. Meliyeva javobgar A. Meliyevga nisbatan sudga daʼvo bilan murojaat qilib, onasi Z. Xoliqova va otasi A. Meliyev 1979-yil 27-yanvarda qonuniy nikohdan oʻtib oila qurganligi, turmushlaridan ikki nafar farzandlari borligi, onasi 1987-yilda vafot etganligi, ota-onasi birga yashagan davrlarida Tayloq tumani, Nayman mahallasidagi uy-joyni qurganliklari, ushbu uy-joyga Tayloq tuman hokimining 2016-yil 10-avgustdagi 2047Q-sonli qarori bilan A. Meliyevning egalik huquqi belgilanganligi, uy-joyni marhum onasi otasi bilan birga yashagan davrida qurishganliklarini koʻrsatib, marhum onasini ulushiga oʻzini, akasi Sh. Meliyev va otasi A. Meliyevni merosxoʻr deb topib, ulushini ajratib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2018-yil 27-noyabrdagi ajrimi bilan oʻzgarishsiz qoldirilgan Tayloq tumanlararo sudining 2018-yil 26-sentabrdagi hal qiluv qaroriga koʻra, O. Meliyevaning daʼvo talabi qanoatlantirilib, Tayloq tumani, Nayman mahallasida joylashgan A.Meliyevga tegishli boʻlgan uy-joy marhum Z. Xoliqova va A. Meliyevning umumiy mulki deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O. Meliyeva Tayloq tumani, Nayman mahallasida joylashgan A. Meliyevga tegishli boʻlgan uy-joyning ½ qismiga merosxoʻr deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O. Meliyevaga Tayloq tumani, Nayman qishlogʻida joylashgan uy-joyning (lit.0002) turar joyning 1, 3-xonalari maydoni 23,43+11,18=34,61 m2, yaʼni tegishli hissa bilan 34, 61-34,30=0,31 m2 koʻp u ham boʻlsa, umumiy yashash maydonini 34,61/(68,60/100)=50,50 %, yordamchi maydoni (lit.0001) turar joyning 2-xonasining maydoni 5,86 m2 (lit.0003) ayvonning bir qismi maydoni 41,99 m2 (lit.0006) hojatxonaning maydoni 3,68 m2, (lit.a) darvozaning bahosi va yer maydoni 827,0 m2 qismi ajratib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining 2019-yil 24-dekabrdlagi ajrimi bilan sud qarorlari bekor qilinib, O. Meliyevaning daʼvosini rad etish haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, Z. Xoliqova A. Meliyev bilan 1979-yil 27-yanvarda qonuniy nikohdan oʻtib turmush qurgan. Birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar, 1981-yilda tugʻilgan Sh. Meliyev va 1984-yilda tugʻilgan O. Meliyeva ismli farzandlari bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Z. Xoliqova 1987-yilda vafot etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Meliyev 1988-yilda E. Eminova bilan qonuniy nikohdan oʻtib turmush qurgan. Birgalikdagi turmushlaridan 2 nafar farzandlari bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayloq tumani, “Nayman” MFYda joylashgan uy-joyga Tayloq tuman hokimining 2016-yil 10-avgustdagi 2047Q-sonli qarori bilan A. Meliyev nomiga egalik huquqi belgilangan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo talabiga asos qilib, uy-joylar marhum onasi otasi bilan birga yashagan davrida qurilganligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi nizoli uy-joylar Z. Xoliqova bilan A. Meliyevning turmushida davrida qurilgan deb hisoblab uy-joyni umumiy mulk deb topgan. Apellyatsiya instansiyasi ham sudning ushbu xulosasi bilan kelishgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, A. Meliyevga tegishli uy-joyga 2016-yilda kadastr hujjati tayyorlanib, tuman hokimining 2016-yil 10-avgustdagi 2047Q-sonli qaroriga asosan 2016-yil 11-avgustda davlat roʻyxatiga olinganligi, hujjatga asosan 0001-liter uy-joy maydoni 85,50 kv.metr 1983-yilda qurilganligi, 0002-liter uy-joy maydoni 55,58 kv.metr 2008-yilda qurilganligi, qolgan yordamchi imoratlar 1989, 2009, 2012-yillarda qurilganligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, manfaatdor shaxs E. Erkinova sud majlisidagi tushuntirishlarida nizoli uy-joyga kelin boʻlib tushganligini, oʻsha vaqtlarda ikki xona va bitta dahliz boʻlganligini, keyinchalik qoʻshimcha qurilishlar qilishganligini, uy-joyning ikkita xonasini taʼmirlaganliklarini, uy-joydan 30 yildan beri foydalanib kelayotganligini bayon qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatlar sudlarning eʼtiboridan chetda qolib, daʼvo asossiz ravishda qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-1843-19 sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Rayosatining 2020-yil 30-yanvardagi RS-01-20-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obzori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining “Sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va eʼlon qilish toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi RS-44-18-sonli qarori 2-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati (bundan buyon matnda sudlov hayʼati deb yuritiladi) tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzori tayyorlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining oʻtgan davrdagi faoliyati tahlillariga koʻra, sudlov hayʼati tomonidan Oliy sudning ish rejasi va tasdiqlangan Dasturlar, Yoʻl xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistik tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, sudlov hayʼati tomonidan 2019-yil davomida kelib tushgan 3 754 ta shikoyat va protestlar oʻrganilgan. Oʻrganilgan shikoyatlarning 582 tasi qaytarilgan boʻlsa, ularning 304 tasini esa qabul qilish rad etilgan, 1 230 tasini sudlov hayʼatiga oʻtkazish rad qilingan, 304 tasi boʻyicha tushuntirishlar berilgan, 84 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan, 539 tasi boʻyicha Oliy sud raisining oʻrinbosari tomonidan rad javobi berilgan, 704 ta ish boʻyicha esa, nazorat tartibidagi shikoyatlar va protestlar sudlov hayʼatida koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur 704 ta ishning 403 tasini ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar tashkil etgan boʻlsa, 301 tasini maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlar tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil davomida sudlov hayʼati tomonidan koʻrilgan jami ishlarning 135 tasi boʻyicha chiqarilgan sud hujjatlari bekor qilinib, ish birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrish uchun yuborilgan boʻlsa, 34 tasi boʻyicha chiqarilgan sud hujjatlari bekor qilinib, ish yangidan kassatsiya instansiyasi sudiga (shundan 12 tasi apellyatsiya instansiyasi sudiga) koʻrish uchun yuborilgan, 106 tasi boʻyicha sud qarorlari bekor qilinib, yangi qaror qabul qilingan, 34 tasi boʻyicha kassatsiya (apellyatsiya) instansiyasi sudining qarorlari bekor qilinib, birinchi instansiya sudining qarorlari oʻzgarishsiz qoldirilgan. 58 ta ish boʻyicha esa, sud qarorlari oʻzgartirilgan, 22 ta ish boʻyicha ish yuritish tugatilgan, 266 ta ish boʻyicha sud hujjatlari oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatida koʻrib chiqilgan 704 ta ishning 190 tasini Toshkent shahar, 72 tasini Xorazm viloyati, 58 tasini Qashqadaryo viloyati, 50 tasini Toshkent viloyati, 53 tasini Fargʻona viloyati, 46 tasini Samarqand viloyati, 40 tasini Sirdaryo viloyati, 39 tasini Buxoro viloyati, 36 tasini Surxondaryo viloyati, 31 tasini Jizzax viloyati, 27 tasini Namangan viloyati, 23 tadan Navoiy va Andijon viloyatlari va 16 tasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudlari sud hujjatlari ustidan berilgan nazorat shikoyatlari va protestlariga asosan koʻrilgan ishlar tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatida nazorat tartibida koʻrilgan Namangan viloyati maʼmuriy sudlarining 81 foiz, Toshkent viloyati maʼmuriy sudlarining 80 foiz, Xorazm viloyati maʼmuriy sudlarining 70 foiz, Samarqand viloyati maʼmuriy sudlarining 66 foiz sud hujjatlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur davrda sudlov hayʼati tomonidan “Maʼmuriy sudlar tomonidan maxsus huquqdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan tayinlangan jazo muddatini Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 343-moddasiga asosan qisqartirish bilan bogʻliq sud amaliyoti”, “Maʼmuriy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 271-moddasini qoʻllash bilan bogʻliq sud amaliyoti”, “Maʼmuriy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 10 va 11-boblariga muvofiq ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilgan va ariza (shikoyat) boʻyicha ish yuritish tugatilgan ishlarga doir sud amaliyoti”, “Maʼmuriy sudlarda davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini koʻllash bilan bogʻliq sud amaliyoti”, “Davlat boshqaruvi organlari, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlar hamda fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga majburiyat yuklash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish bilan bogʻliq sud amaliyoti”, “Maʼmuriy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining maʼmuriy qamoqqa olish bilan bogʻliq moddalarini koʻllashga oid sud amaliyoti” umumlashtirishlari oʻtkazilib, ularning natijalari yuzasidan Oliy sud Rayosatining tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, joriy yilning yanvar, aprel, iyul va oktabr oylarida sudlov hayʼati tomonidan nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzorlari tayyorlanib, Oliy sud Rayosatida muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyoti obzori natijalariga koʻra, birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Oliy sud Plenumining qarorlarida berilgan tushuntirishlarga rioya qilmaslik holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligini koʻrish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsni MJtKning 1972-moddasi bilan aybli deb topishda u notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilganligi, shu jumladan, notariusga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etmaganligi holatlari oʻz tasdigʻini topishi lozim. Aks holda, shaxsni MJtKning 1972-moddasi bilan javobgarlikka tortib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining qarori bilan fuqaro L.M. MJtKning 41 va 1972-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan MJtKning 33-moddasi qoʻllanilib, MJtKning 41-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida 861 200 soʻm, 1972-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida 344 480 soʻm jarima tayinlanib, MJtKning 34-moddasi tartibida uzil-kesil eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida, yaʼni 861 200 soʻm jarima solingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror bilan fuqaro L.M.ning oʻgʻli S.L. ham MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va ushbu Kodeksning 33-moddasi qoʻllanilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida, yaʼni 861 200 soʻm jarima solingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining hal qiluv qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati birinchi va kassatsiya instansiyasi sudlari qarorlarini oʻzgartirib, sud qarorlarining L.M.ni MJtKning 1972-moddasi bilan aybli deb topish qismini ushbu Kodeks 271-moddasining 1-bandiga asosan tugatgan va L.M.ga MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ushbu Kodeksning 33-moddasi koʻllanilib, unga nisbatan tayinlangan 861 200 soʻm jarima 172 240 soʻm jarimaga keltirilgan. Sud qarorining S.L.ga oid qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati bunda L.M.ning harakatlarida MJtKning 1972-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb hisoblagan. Chunki, birinchi va kassatsiya instansiyasi sudlari qarorlarida L.M. aynan qaysi harakatlar bilan notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilganligi, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qanday maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etmaganligi, notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish bilan bogʻliq uning harakatlari nimadan iboratligi koʻrsatilmagan. Ish hujjatlarida ham L.M. tomonidan bunday harakatlar amalga oshirilganligi aniq koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati maʼmuriy ishning L.M.ga nisbatan MJtKning 1972-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan qismini tugatishni, uning yoshi va moddiy ahvolini inobatga olib, MJtKning 33-moddasini qoʻllab, ushbu Kodeksning 41-moddasiga asosan tayinlangan 861 200 soʻm jarimani 172 240 soʻmga oʻzgartirishni va sud qarorlarining qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-1022-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Huquqbuzarga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish boʻyicha MJtK 36-moddasining ikkinchi qismida belgilangan maʼmuriy jazo qoʻllash muddati oʻtib ketgan hollarda, huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanilmaydi, balki qoʻzgʻatilgan ishning maʼmuriy jazo qoʻllash qismi boʻyicha ish yuritish MJtK 271-moddasining 7-bandiga asosan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro M.N. 2018-yil 13-martda soat 11-20 larda oʻziga shartnoma asosida tegishli boʻlgan “Matiz” rusumli davlat raqami 01 B 111 AA avtomashinani Toshkent shahar, Yashnobod tumani, TXAY koʻchasi boʻylab Yangiobod bozori tomonga harakatlanib, svetoforning yashil chiroq ishorasiga asosan chapga qayrilayotgan vaqtda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan va svetoforning yashil chirogʻida yoʻlni kesib oʻtayotgan haydovchi L.D.ning boshqaruvidagi “D” MChJga qarashli boʻlgan “Neksiya” rusumli davlat raqami 01 222 VVV boʻlgan avtomashinaning yoʻliga chiqib, u bilan toʻqnashuv sodir etib, uning chap yon qismiga zarar yetkazgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2019-yil 15-fevraldagi qarori bilan fuqaro M.N. MJtKning 133-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, eng kam ish haqining bir baravari 172 240 soʻm miqdorida jarima jazosiga tortilgan. M.N.dan jabrlanuvchi “D” MChJ foydasiga 3 500 000 soʻm miqdorida zarar undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining hal qiluv qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati birinchi va kassatsiya instansiyasi sudlari qarorlarini oʻzgartirib, sud qarorlarining M.N.ni maʼmuriy javobgarlikka tortish qismi boʻyicha ish yuritish MJtK 271-moddasining 7-bandiga asosan tugatilgan. Sud qarorlarining M.N.dan jabrlanuvchi foydasiga undirilgan zarar qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati M.N.ni maʼmuriy javobgarlikka tortish qismi boʻyicha ish yuritishni MJtK 271-moddasining 7-bandiga asosan tugatishda unga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash muddati oʻtib ketganligiga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Toshkent shahar IIBB YHXB boʻlimi katta inspektori tomonidan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan 2018-yil 26-aprelda jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqida qaror qabul qilingan boʻlsa-da, birinchi instansiya sudining qarori MJtKning 36-moddasida belgilangan maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash muddatlariga rioya qilinmasdan, oʻn oy oʻtib qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, MJtK 36-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlsa, maʼmuriy jazo chorasi jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida, agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati asosli ravishda maʼmuriy ishning M.N.ni maʼmuriy javobgarlikka tortish qismi boʻyicha ish yuritishni tugatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-1009-1903/353-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. MJtKning 170-moddasi mazmuniga koʻra, valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish predmeti boʻlib, aynan ayirboshlangan pul mablagʻlari hisoblanadi. Shu sababli, ashyoviy dalil sifatida davlat daromadiga ushbu pul mablagʻlari musodara qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-iyunda Xiva shahri boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahrining “Markaziy dehqon bozori” oldida fuqarolarning qonunga xilof ravishda chet el valyutasi qimmatliklari bilan savdo qilish holatiga aniqlik kiritish va hujjatlashtirish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida oʻtkazilgan nazorat xaridida fuqaro D.R. xaridor sifatida jalb qilingan Farhod ismli fuqaro taqdim qilgan 150 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda ayirboshlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D.R. shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda, uning yonidan (choʻntagidan) tadbir uchun foydalanilgan 150 AQSh dollaridan tashqari 450 AQSh dollari, 5000 Rossiya rubli va 4 800 000 soʻm pul mablagʻlari borligi aniqlangan. Ushbu 450 AQSh dollari, 5000 Rossiya rubli va 4 800 000 soʻm pul mablagʻlari ashyoviy dalil sifatida saqlash uchun olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining qarori bilan fuqaro D.R. MJtKning 170-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan oʻn sutka maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan. Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida saqlash uchun olingan 450 AQSh dollari, 5000 Rossiya rubli va 4 800 000 soʻm pul mablagʻlari davlat foydasiga musodara qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining hal qiluv qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgartirib, ularning 450 AQSh dollari, 5000 Rossiya rubli va 4 800 000 soʻm pul mablagʻlari davlat foydasiga musodara qilish qismini bekor qilib, mazkur pul mablagʻlarini D.R.ga qaytarishni va sud qarorlarining qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati bunday toʻxtamga kelishda valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish predmeti boʻlmagan, yaʼni ayirboshlash predmeti boʻlmagan pul mablagʻlari ham ashyoviy dalil sifatida olinib davlat daromadiga musodara qilinganligiga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-1401-1901/4401-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Huquqbuzar muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan, u oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan boʻlsa va uning qilmishida maʼmuriy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlmasa, unga nisbatan MJtK tegishli moddasining sanksiyasida nazarda tutilgan eng ogʻir jazo qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-noyabrda soat 22-50 larda fuqarolar J.Z. va O.R. Uchtepa tumani, 21-kvartal, 56 va 57-uylar oraligʻida ketayotganlarida Uchtepa tuman ichki ishlar organi xodimlari tomonidan gumon qilinib, shu joyning oʻzida xolislar ishtirokida tekshirilgan. Tekshirishda J.Z.ning egnida boʻlgan qora rangli shimning oʻng choʻntagidan 1000 soʻmlik kupyuraga oʻralgan yashil rangli oʻtsimon oʻtkir hidli modda hamda O.R.ning egnida boʻlgan sport kiyimining oʻng choʻntagidan shaffof polietilenga oʻralgan yashil rangli oʻtsimon oʻtkir hidli modda mavjudligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza muassasasi tomonidan taqdim etilgan kimyoviy ekspertiza xulosasida J.Z.dan olingan oʻsimlik tarkibida giyohvand modda tetregidrokannabinol mavjud boʻlib, “Marixuana” ekanligi va uning quruq holdagi ogʻirligi 0,05 grammga teng ekanligi, O.R.dan olingan oʻsimlik tarkibida giyohvand modda tetregidrokannabinol mavjud boʻlib, “Marixuana” ekanligi va uning quruq holdagi ogʻirligi 0,04 grammga teng ekanligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining qarori bilan huquqbuzar J.Z. va O.R. MJtKning 56-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan oʻn besh sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati birinchi va kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Sud qarorlarining J.Z. va O.R.ga nisbatan tayinlangan oʻn besh sutka maʼmuriy qamoq jazosi sakkiz sutka maʼmuriy qamoq jazosiga oʻzgartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati bunday xulosaga kelishda maʼmuriy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud emasligiga, yaʼni huquqbuzarlar muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilmaganligiga, ular oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlganligiga, bunday hollarda MJtKning 56-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan ushbu modda sanksiyasida nazarda tutilgan eng ogʻir jazoni qoʻllab boʻlmasligiga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-1001-1902/5127-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qamoqqa olish tariqasidagi maʼmuriy jazoning qoʻllanilishiga alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi. Huquqbuzarga nisbatan jazoni qoʻllashda sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar hisobga olinishi kerak. Agar jazo tayinlashda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar mavjud boʻlsa, huquqbuzarga nisbatan ushbu holatlardan kelib chiqib jazo tayinlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro K.R. 2019-yil 23-oktabrda soat 12-45 larda Navoiy koʻchasidagi 14-uy oldida “Neksiya” rusumli davlat raqami 01 A 222 VV boʻlgan avtomashinada harakatlanib kelayotganda, “S” MChJga qarashli savdo doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlaydigan fuqaro D.D. ishga borish uchun K.R. boshqarib kelayotgan avtomashinani toʻxtatgan. K.R. avtomashinada D.D.ni manziliga olib borayotgan vaqtda unga shilqimlik qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining qarori bilan huquqbuzar K.R. MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan oʻn besh sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati K.R.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi bilan qoʻllanilgan oʻn besh sutka maʼmuriy qamoq jazosini toʻqqiz sutka maʼmuriy qamoq jazosiga oʻzgartirishni lozim topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati bunda K.R.ning harakatlarini birinchi va kassatsiya instansiyasi sudlari toʻgʻri kvalifikatsiya qilgan boʻlsa-da, unga nisbatan jazo qoʻllashda huquqbuzarning mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar mavjudligi hisobga olinmaganligiga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati huquqbuzarning qilgan qilmishidan pushaymonligini, qaramogʻida uch nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, qizi ogʻir kasallikka duchor boʻlganligini uning aybini yengillashtiruvchi holatlar deb hisoblagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtKning 30-moddasiga muvofiq jazoni qoʻllash chogʻida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, birinchi va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan mazkur qonun talablariga rioya qilinmasdan, huquqbuzarga nisbatan birmuncha ogʻirroq jazo qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-1010-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolarga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti obzori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fermer xoʻjaligi rahbari yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilmagan boʻlsa, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan yer uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilishga asos boʻlgan boshqa holatlar mavjud boʻlmasa-da, tuman hokimligi tomonidan yer uchastkasi ijara shartnomasining bekor qilinishi va bu haqda tuman hokimining qarori qabul qilinishi qonun hujjatlariga zid harakat hisoblanadi. Qonun hujjatlariga zid tarzda qabul qilingan tuman hokimining qarori sud tomonidan haqiqiy emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2015-yil 11-martdagi 222-sonli qarori bilan “R” fermer xoʻjaligiga paxta-gʻallachilik yoʻnalishida faoliyat yuritish uchun tuman hokimligi zaxira yer maydonidan 22, 33-konturlaridan jami 55 gektar, shundan 48,5 gektar sugʻoriladigan ekin yer, 1,0 gektar bogʻ, 2,2 gektar tutzor, 0,8 gektar suv osti, 0,4 gektar qurilish bilan band yer, 2,1 gektar boshqa yer maydonlari 49 yil muddatga ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2019-yil 14-yanvardagi 333-sonli qarori bilan tuman hududidagi 22, 33-konturlaridan jami 55 gektar yer maydonlari zaxiraga qaytarilib, “R” fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, “R” fermer xoʻjaligi tuman hokimligiga nisbatan maʼmuriy sudga murojaat qilib, tuman hokimining 2019-yil 14-yanvardagi 333-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan “R” fermer xoʻjaligining arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati sud qarorlarini bekor qilib, tuman hokimining 2019-yil 14-yanvardagi 333-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni lozim topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati bunda tuman hokimligi tomonidan yer ijara shartnomasini bekor qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi talablariga rioya qilinmaganligiga asoslangan. Chunki, “R” fermer xoʻjaligi rahbari yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilmagan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan yer uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilishga asos boʻlgan boshqa holatlar mavjud boʻlmasa-da, tuman hokimligi ijara shartnomasini bekor qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati tuman hokimligi oʻzining 2019-yil 14-yanvardagi 333-sonli qarori bilan qonun hujjatlariga zid tarzda “R” fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan yer uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilgan deb hisoblab, tuman hokimining ushbu qarorini haqiqiy emas deb topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-1812-1901/257-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Arizachi uzoq muddat shifoxonada davolanganligi uchun kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻlmaganda, bu holat kassatsiya shikoyati berish muddatini oʻtkazib yuborishning uzrli sababi boʻlib hisoblanadi. Shu sababli, mazkur holatda, arizachi tomonidan kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilinganda, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini uni berish muddati oʻtkazib yuborilganligi asosi bilan qabul qilishni rad etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi K.A. maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining 2018-yil 16-apreldagi 222-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni va ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishning oʻtkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish va ushbu muddatni tiklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2019-yil 11-maydagi ajrimi bilan ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma rad etilib, ariza qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, birinchi instansiya sudining 2019-yil 11-maydagi ajrimini bekor qilishni soʻragan. Kassatsiya shikoyatiga kassatsiya shikoyatini berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish haqidagi iltimosnoma ilova qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2019-yil 9-sentabrdagi ajrimi bilan arizachining kassatsiya shikoyatini berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish haqidagi iltimosnomasi rad etilib, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi nazorat shikoyati bilan murojaat qilib, kassatsiya instansiyasi sudining 2019-yil 9-sentabrdagi ajrimini bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini bekor qilib, ishni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrish uchun yuborgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati bunda MSIYUtKning 227 va 247-moddalariga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtKning 227-moddasiga koʻra, kassatsiya shikoyati (protesti) sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtKning 247-moddasida birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilishi mumkin boʻlgan davrda uzoq muddat shifoxonada davolangan. U sudga bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilgan. Sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bu holatlar asossiz ravishda uzrli topilmagan, deb hisoblagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini bekor qilishni va ishni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishni lozim topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-1120-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hokimlik zimmasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan yer uchastkasi berish va mulk huquqini tan olish majburiyatini yuklash talabi maʼmuriy sud sudloviga taalluqli boʻlganligi uchun bu talab boʻyicha ish yuritish tugatilmaydi, balki talab mazmunan koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi R.A. maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining 2018-yil 15-iyundagi 333-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni hamda Mustaqillik koʻchasi, 11-uyni R.A. nomiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan yer uchastkasi berish va mulk huquqini tan olish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talablar qanoatlantirilib, tuman hokimining 2018-yil 15-iyundagi 333-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan hamda tuman hokimligi zimmasiga Mustaqillik koʻchasi, 11-uyni R.A. nomiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan yer uchastkasi berish va mulk huquqini tan olish majburiyati yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori bilan birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori oʻzgartirilgan. Hal qiluv qarorining tuman hokimligi zimmasiga Mustaqillik koʻchasi, 11-uyni R.A. nomiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan yer uchastkasi berish va mulk huquqini tan olish majburiyatini yuklatish qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan, hal qiluv qarorining qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasi sudi qarorining birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining tuman hokimligi zimmasiga Mustaqillik koʻchasi, 11-uyni R.A. nomiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan yer uchastkasi berish va mulk huquqini tan olish majburiyati yuklatish qismi boʻyicha ish yuritishni tugatish qismini bekor qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati bunday xulosaga kelishda bu talab maʼmuriy sudga taalluqli boʻlganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 12-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq sud hujjatni haqiqiy emas deb topgan taqdirda, buzilgan huquq ushbu Kodeksning 11-moddasida nazarda tutilgan usullarda, shu jumladan huquqni tan olish usulida himoya qilinishi kerak deb hisoblagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, MSIYUtK 27-moddasi birinchi qismining 2-bandida maʼmuriy sud davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni hal qilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-879-19-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar boshqa ishni koʻrayotgan maʼmuriy sud uchun ishda ishtirok etuvchi shaxslarga daxldor boʻlgan holatlarga doir masalalar boʻyicha majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2009-yil 10-avgustdagi 222-sonli qaroriga asosan Navroʻz MFYda joylashgan umumiy foydalanish maydoni 75,50 kvadrat metr, yashash maydoni 45,25 kvadrat metr, umumiy yer maydoni 210,20 kvadrat metr boʻlgan uy-joy N.M.ga tegishli deb eʼtirof etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N.M. 2009-yil 12-oktabrda notarial tartibda tuzilgan uy-joyni hadya qilish haqidagi shartnomaga asosan oʻziga tegishli boʻlgan ushbu uyni turmush oʻrtogʻi L.M.ga hadya qilgan va uning nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, N.M.ning akasi K.M. maʼmuriy sudga murojaat qilib, tuman hokimining 2009-yil 10-avgustdagi 222-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talabni qanoatlantirish rad qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼatining qarori bilan birinchi va kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati bunday xulosaga kelishda MSIYUtK 72-moddasining uchinchi qismiga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtK 72-moddasining uchinchi qismida fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan maʼmuriy sud uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga daxldor boʻlgan holatlarga doir masalalar boʻyicha majburiyligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, N.M.ning fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudning 2018-yil 18-iyundagi hal qiluv qarori bilan hadya shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo arizasini qanoatlantirish rad qilingan, fuqarolik ishlari boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudining 2018-yil 29-iyuldagi ajrimi bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan. Shuningdek, N.M.ning L.M.ga nisbatan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga bergan boshqa daʼvolarini ham qanoatlantirish rad qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati arizachining tuman hokimining qarorini haqiqiy emas deb topish uchun keltirgan barcha vajlari va holatlar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinganligi uchun birinchi va kassatsiya instansiyasi sudlarining arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-639-19-sonli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Rayosatining 2020-yil 30-yanvardagi RS-01-20-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 2019-yilning toʻrtinchi choragida nazorat tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud amaliyoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obzori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining (bundan buyon matnda sudlov hayʼati deb yuritiladi) 2019-yildagi ish faoliyati tahlillariga koʻra, sudlov hayʼati tomonidan Oliy sudning ish rejasi va tasdiqlangan Dasturlar, Yoʻl xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan, shu jumladan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari nazorat shikoyatlari (protestlari) asosida nazorat tartibida qayta koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida hisobot davrining boshiga qoldiqdagi nazorat shikoyatlari soni 110 tani tashkil etib, hisobot davrida jami 2009 ta (32 ta protest) nazorat shikoyati (protesti) kelib tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulardan 653 ta shikoyat qaytarilgan, 180 ta shikoyatni qabul qilish rad etilgan, 423 ta shikoyat boʻyicha ularni koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazish rad etilgan, shundan 59 ta ajrim bekor qilingan, 672 ta shikoyat (protest) ish yurituvga qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida sudlov hayʼati tomonidan 675 ta shikoyat (protest) koʻrib chiqilgan boʻlib, shulardan 215 tasi boʻyicha sud qarorlari oʻzgarishsiz qoldirilgan, 115 ta sud qarorlari oʻzgartirilgan, 345 ta sud qarorlari esa bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 75 ta ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilgan, 189 tasi boʻyicha yangi qaror qabul qilingan, 45 tasi boʻyicha avval qabul qilingan sud hujjati oʻz kuchida qoldirilgan, 10 tasi boʻyicha sud hujjatlari bekor qilinib, daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan, 26 tasi boʻyicha sud hujjatlari bekor qilinib, ish yuritish tugatilgan, 188 ta shikoyat hisobot davrining oxiriga qoldiqda qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati sudyalari tomonidan sud taʼsir choralari sifatida jami 32 ta (shundan 5 tasi intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida) xususiy ajrim chiqarilgan, 118-marta huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilgan. Oliy sud Plenumi qarorlari loyihasi boʻyicha 10 ta taklif berilgan, 37 ta qonun loyihasi muhokamasida ishtirok etilgan, 17 ta normativ-huquqiy hujjat (6 ta qonun va 11 ta qonunosti hujjati) loyihalari ishlab chiqilib, ulardan 2 ta qonun va 1 ta qonunosti hujjati loyihalari qabul qilingan. Sud amaliyoti yuzasidan 7 ta umumlashtirish oʻtkazilib Oliy sud Rayosatining muhokamasiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyoti obzori natijalariga koʻra, birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan ayrim ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Oliy sud Plenumining qarorlarida berilgan tushuntirishlarga rioya qilmaslik holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligini koʻrish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Protsessual huquq normalarini qoʻllash amaliyoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga taʼsir qiluvchi qaror qabul qilinganligi ushbu qarorning bekor qilinishiga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Peshku tuman prokuraturasi davlat manfaatida Peshku tuman hokimligi (bundan buyon matnda tuman hokimligi deb yuritiladi), Peshku tuman Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi (bundan buyon matnda davlat kadastri deb yuritiladi), “Koʻchmas mulk savdo xizmati” MChJ Buxoro viloyati filiali (bundan buyon matnda savdo tashkiloti deb yuritiladi) va “O” xususiy korxonasiga (bundan buyon matnda xususiy korxona deb yuritiladi) nisbatan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, tuman hokimining 2010-yil 13-dekabrdagi qarorini, savdo tashkilotining 2015-yil 22-yanvardagi 008-sonli gʻoliblik bayonnomasini, tuman hokimining 2015-yil 12-sentabrdagi 737-sonli qarorini, davlat kadastri tomonidan 2015-yil 6-oktabrda xususiy korxonaga berilgan BU 1 va BU 2-sonli guvohnomalarini haqiqiy emas deb topish hamda “Maʼmuriy va ishlab chiqarish” bino va inshootlarini toʻliq davlat egaligiga qaytarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2018-yil 23-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari toʻliq qanoatlantirilgan. Tuman hokimining 2010-yil 13-dekabrdagi qarori, savdo tashkilotining 2015-yil 22-yanvardagi 008-sonli gʻoliblik bayonnomasi, tuman hokimining 2015-yil 12-sentabrdagi 737-sonli qarori, davlat kadastri tomonidan 2015-yil 6-oktabrda xususiy korxonaga berilgan BU 1 va BU 2-sonli guvohnomalar haqiqiy emas deb topilib, Peshku tumani, Yangibozor QFY, Ittifoq koʻchasida joylashgan umumiy yer maydoni 28020,0 kv.m boʻlgan bino va inshootlar toʻliq davlat egaligiga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2018-yil 21-iyundagi qarori bilan hal qiluv qarorining xususiy korxonadan 6 889 600 soʻm davlat boji undirish qismi xususiy korxonadan 11 387 000 soʻm davlat boji va 5 000 soʻm pochta xarajati undirilsin deb oʻzgartirilgan. Hal qiluv qarorining qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat shikoyatida bino va unga tutashgan yer ajratilgan paytda hech qanday ishlab turgan korxona boʻlmaganligi, vayron qilingan va oʻz holiga tashlab qoʻyilgan eski qurilish tashkilotidan qolgan axlatxona berilganligi, bajarilgan ishlar taqdim etilgan fotosuratlarda aks ettirilganligi, korxonaning ishlab chiqarish faoliyat turi oʻzgartirilmaganligi, ajratilgan joydan 12 oy ichida toʻliq foydalanib kelinganligi, 10 mlrd. soʻmdan ortiq pul mablagʻi sarflanganligi, ishchilarning ishdan boʻshatilishi korxonani bankrotlik holatiga olib kelishi bayon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlariga koʻra, xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi ijroiya qoʻmitasining 1978-yil 11-sentabrdagi 7p214-sonli qarori bilan “D”ga ishlab chiqarish bazasi qurishi uchun yer maydoni ajratilgan va xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasining 1978-yil 26-sentabrdagi 18p-588-sonli qarori bilan ushbu qaror tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Peshku tuman hokimining 2010-yil 13-dekabrdagi qarori bilan “D” OTAJga qarashli bino-inshootlarga va ular joylashgan yer maydoniga egalik qilish va doimiy foydalanish huquqi berilgan hamda davlat kadastri tomonidan 2010-yil 5-avgustda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyat xoʻjalik sudida qoʻzgʻatilgan 20-1402/2478-sonli ish buyicha 2014-yil 28-aprelda chiqarilgan ijro varaqasi ijrosini taʼminlash maqsadida, savdo tashkilotining 2015-yil 22-yanvardagi 008-sonli gʻoliblik bayonnomasiga koʻra “D” OTAJga (MChJ) qarashli Peshku tumani, Yangibozor QFY, Doʻstlik koʻchasida joylashgan “Maʼmuriy va ishlab chiqarish” bino va inshootlari “O” MChJga sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Peshku tuman hokimining 2015-yil 12-sentabrdagi 737-sonli qarori bilan Peshku tumani, Yangibozor QFI, Doʻstlik koʻchasida joylashgan “Maʼmuriy va ishlab chiqarish” bino va inshootlariga nisbatan xususiy korxonaga egalik va doimiy foydalanish huquqi berilgan hamda bu haqda 2015-yil 6-oktabrda BU 1 va BU 2-sonli guvohnomalar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan ishga “S” AJ javobgar sifatida jalb etilmagan, vaholanki, daʼvo arizasida davlat egaligiga qaytarilishi soʻralgan mulk ommaviy savdoda xususiy korxonaga sotilishidan oldin “S” AJga tegishli boʻlgan va ushbu mulkni “S” AJning tasarrufidan davlat egaligiga olib qoʻyish toʻgʻrisida sud qarori yoki boshqa biror huquqiy hujjat qabul qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, davlat egaligiga qaytarilgan mulk Buxoro viloyat xoʻjalik sudining 2014-yil 28-apreldagi ijro hujjatiga asosan Peshku tuman sud ijrochilar tomonidan xatlangan va savdoga quyilgan hamda nizoli mulk xususiy korxona tomonidan sotib olingan boʻlsa-da, “S” AJning qarzi evaziga ushbu mulkni xatlagan va savdoga chiqargan sud ijrochilar boʻlimining huquqiy vorisi hisoblangan Majburiy ijro byurosi ishga jalb etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual huquq normalari buzilgan, yaʼni ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan. Ushbu protsessual huquq normasining buzilishiga kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan huquqiy baho berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sudlar tomonidan daʼvo arizasi talabiga aniqlik kiritilmagan, yaʼni qaysi davlat organiga ushbu mulk qaytarilishi lozimligi va ushbu davlat organini ishga jalb qilish masalasi hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 322-moddasining birinchi qismiga koʻra, sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni nazorat tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 321-moddasi birinchi qismining 2-bandiga koʻra, sud ishni nazorat tartibida koʻrib chiqqanda ushbu Kodeks 302-moddasi toʻrtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasi birinchi qismining 4-bandiga koʻra, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati xususiy korxona vakillarining tushuntirishlarini tinglab, prokurorning fikrini eshitib, nazorat shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini bekor qilish va ishni yangidan qoʻrib chiqish birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2003-1801/342-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻliq yoxud qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“J” MChJ (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) Nukus tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan javobgar “Oʻ” AJ (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialiga nisbatan murojaat qilib, G. Qallibekovaga sudning hal qiluv qarori asosida toʻlangan 256 837 109 soʻm, A.Allambergenovaga sudning hal qiluv qarori asosida toʻlangan 192 918 640 soʻm, A.Allambergenovaning voyaga yetmagan farzandlari Sarsenbayeva Mexribon Baltabayevna (20.05.2002-yil), Sarsenbayeva Gulmira Baltabayevna (13.09.2003-yil), Sarsenbayev Oybek Baltabayevich (04.10.2009-yil)ning taʼminoti uchun har oyda 1 367 821,52 soʻm miqdoridan kelib chiqib, ularning voyaga yetgan vaqtiga qadar undirishni, G. Qallibekovaning voyaga yetmagan qizi A. Jumaberganovaga (09.01.2013-yil) har oyda 1 504 384,64 soʻm miqdoridan kelib chiqib, nafaqani voyaga yetguniga qadar undirishni, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanishi lozim boʻlgan jami 35 725 368,38 soʻmni, voyaga yetmagan farzdandlari uchun har oyda toʻlanadigan G. Qallibekovaga 442 320 soʻm va A.Allambergenovaga tayinlangan 1 278 885,93 soʻm miqdoridan kelib chiqib undirishni, “Sovetnik” advokatlik firmasiga toʻlangan 4 000 000 soʻm xizmat haqini, fuqarolik ishlari boʻyicha Nukus tumanlararo sudining 2018-yil 27-apreldagi hal qiluv qaroriga asosan davlat foydasiga undirilgan jami 9 081 234 soʻm davlat bojini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2019-yil 25-fevraldagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvogarning daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat shikoyatida, sudlar tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari notoʻgʻri qoʻllanilganligi, ish uchun ahamiyatli holatlarga aniqlik kiritilmaganligi, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan avtoavariya ishlab chiqarish bilan bogʻliq deb topilganligi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining ajrimi inobatga olinmaganligi koʻrsatilib, mazkur ish boʻyicha qabul qilingan kassatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini kuchda qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 73-moddasining birinchi va uchinchi qismlariga koʻra, ishning iqtisodiy sud tomonidan hammaga maʼlum deb topilgan holatlari isbotlashga muhtoj emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan iqtisodiy sud uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan holatlarga doir masalalar boʻyicha majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha Nukus tumanlararo sudining 2018-yil 27-apreldagi hal qiluv qarori bilan daʼvogardan G.Qallibekovaga 256 837 109 soʻm, A.Allambergenovaga 192 918 640 soʻm undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining 2017-yil 19-sentabrdagi ajrimi bilan daʼvogar xodimlari A. Davletov va B. Jumabayev ishlab chiqarish bilan bogʻliq holda vafot etgan deb topilgan. Shu bois daʼvogarning javobgardan sudning hal qiluv qarori asosida toʻlangan G. Qallibekovaga 256 837 109 soʻm, A. Allambergenovaga toʻlangan 192 918 640 soʻmni undirish haqidagi talabi asosli boʻlib, uni qanoatlantirish lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 66-moddasiga koʻra, ish boʻyicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, daʼvo talabining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanishi lozim boʻlgan jami 35 725 368,38 soʻmni undirish toʻgʻrisidagi qismi ishdagi hujjatlar bilan toʻliq oʻz isbotini topgan. Yaʼni, 2018-yil 3-avgustdagi 650-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan daʼvogar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachilik boshqarmasiga 10 896 891,20 soʻm, 651-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan 24 828 477,18 soʻm, jami 35 725 368,38 soʻm toʻlab berilgan. Shu bois daʼvogarning mazkur talabi ham asosli boʻlib, uni qanoatlantirish lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 48-bandida majburiy sugʻurta qilish shartnomasining ish beruvchining xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning sogʻligʻi yomonlashganligi yoxud vafot etganligi tufayli kelib chiqqan qoʻshimcha xarajatlarining kompensatsiya qilinishiga doir qismi boʻyicha sugʻurta tovoni ish beruvchiga, u shunday xarajatlarni amalga oshirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning A. Allambergenovaning voyaga yetmagan farzandlari Sarsenbayeva Mexribon Baltabayevna (20.05.2002-yil), Sarsenbayeva Gulmira Baltabayevna (13.09.2003-yil), Sarsenbayev Oybek Baltabayevichning (04.10.2009-yil) taʼminoti uchun har oyda 1 367 821,52 soʻm miqdoridan kelib chiqib, ularning voyaga yetgan vaqtiga qadar undirish, G. Qallibekovaning voyaga yetmagan qizi A. Jumaberganovaga (09.01.2013-yil) har oyda 1 504 384,64 soʻm miqdoridan kelib chiqib nafaqani voyaga yetguniga qadar undirish, voyaga yetmagan farzdandlari uchun G. Qallibekovaga har oyda toʻlanadigan 442 320 soʻm va A. Allambergenovaga tayinlangan 1 278 885,93 soʻm miqdoridan kelib chiqib undirish, “Sovetnik” advokatlik firmasiga toʻlangan 4 000 000 soʻm xizmat haqini, fuqarolik ishlari boʻyicha Nukus tumanlararo sudining 2018-yil 27-apreldagi hal qiluv qaroriga asosan davlat foydasiga undirilgan jami 9 081 234 soʻm davlat bojini undirish toʻgʻrisidagi talablari asoslab berilmaganligi, yaʼni daʼvogar tomonidan sudga daʼvo arizasi taqdim qilgunga qadar ushbu summalarni yuqorida koʻrsatilgan shaxslarga toʻlab berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar sudga taqdim qilinmaganligi, shuningdek advokat xizmati va fuqarolik sudiga toʻlangan davlat bojini undirish talablari asossiz boʻlganligi bois sudlov hayʼati daʼvogarning mazkur talablarini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvogarning A.Allambergenovaning voyaga yetmagan farzandlari Sarsenbayeva Mexribon Baltabayevna (20.05.2002-yil), Sarsenbayeva Gulmira Baltabayevna (13.09.2003-yil), Sarsenbayev Oybek Baltabayevich (04.10.2009-yil)ning taʼminoti uchun har oyda 1 367 821,52 soʻm miqdoridan kelib chiqib, ularning voyaga yetgan vaqtiga qadar undirish, G. Qallibekovaning voyaga yetmagan qizi A. Jumaberganovaga (09.01.2013-yil) har oyda 1 504 384,64 soʻm miqdoridan kelib chiqib nafaqani voyaga yetguniga qadar undirish, voyaga yetmagan farzandlari uchun har oyda toʻlanadigan G. Qallibekovaga 442 320 soʻm va A. Allambergenovaga tayinlangan 1 278 885,93 soʻm miqdoridan kelib chiqib undirish haqidagi talablarini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa-da, ushbu talablarini qanoatlantirish toʻgʻrisida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi esa ishdagi dalillarga tegishli huquqiy baho bermasdan, nima sababdan ushbu dalillar maqbul dalil sifatida inobatga olinmasligini qarorda koʻrsatmasdan, daʼvogarning daʼvo talablarini toʻliq qanoatlantirishni rad etish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli qarorining 1-bandida sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual huquq normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerakligi, qayd etilgan talablarga rioya etmaslik IPKning 279, 302 va 322-moddalariga muvofiq qarorning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlishi mumkinligi, sud tomonidan IPKning 177-moddasida nazarda tutilgan barcha masalalarni hal etmaydigan, yuzaki, asoslantirilmagan qarorlarning qabul qilinishi mumkin emasligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 322-moddasining birinchi qismiga binoan sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni nazorat tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda shikoyat qisman qanoatlantirilishi, ish yuzasidan qabul qilingan sud qarorlari bekor qilinishi, daʼvoni qisman qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilinishi, yaʼni javobgardan daʼvogar foydasiga jami 485 481 116 soʻm undirish, daʼvo talablarining qolgan qismini qanoatlantirishni rad etish, sud xarajatlari daʼvo talabining qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda taqsimlash, ekspertiza xarajatlarini daʼvogar zimmasida qoldirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida olib borish bilan bogʻliq xarajatlarini IPKning 118-moddasi talablaridan kelib chiqib, javobgar zimmasiga yuklash lozim. Binobarin, taraflar tomonidan oldindan toʻlangan davlat bojlarini inobatga olib, ishni birinchi, kassatsiya va nazorat instansiya sudida koʻrish uchun javobgardan daʼvogar foydasiga 953 966,68 soʻm davlat boji va 17 840 soʻm pochta xarajatlarini hamda respublika budjetiga 1 303 799,86 soʻm davlat boji, ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 111 500 soʻm xarajatlari va 17 840 soʻm pochta xarajatlari undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asosan sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini hamda prokurorning sud qarorlarini fuqarolik ishlari boʻyicha sudi tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi fikrini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qisman qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni, shikoyatni esa qisman qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2301-1801/2927-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kredit shartnomasi boʻyicha bir taraf ― bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablagʻlari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 118-moddasining ikkinchi va toʻqqizinchi qismlariga muvofiq hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga ish boʻyicha qilingan barcha sud xarajatlarining oʻrni, garchi boshqa taraf davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya, nazorat shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda palata deb yuritiladi) AT “Xalq banki” Buxoro viloyat Amaliyot boʻlimi (bundan buyon matnda bank boʻlimi deb yuritiladi) manfaatida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “A” xususiy korxonasidan (bundan buyon matnda xususiy korxona deb yuritiladi) bank boʻlimi foydasiga muddatidan oldin 57 787 810 soʻm kreditdan asosiy qarz, 18 941 190 soʻm kredit foizi, jami 75 729 000 soʻm undirishni, undiruvni “SH” fermer xoʻjaligiga (bundan buyon matnda fermer xoʻjaligi deb yuritiladi) tegishli boʻlgan Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Soʻfikorgar QFY, Urganjixona qishlogʻida joylashgan “bolalar bogʻchasi binosi”ga (bundan buyon matnda garov mulki deb yuritiladi) qaratishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2016-yil 18-oktabrdagi ajrimi bilan ishga AT “Xalq banki” (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) daʼvogar sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2016-yil 17-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilgan. Xususiy korxonadan bank foydasiga 18 941 190 soʻm kredit foizi undirilgan. Undiruvni garov mulkiga qaratish qismini qanoatlantirish rad etilgan. Daʼvo talabining 56 787 810 soʻm asosiy qarz undirish va bank boʻlimiga nisbatan qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining 2017-yil 1-fevraldagi qarori bilan hal qiluv qarori xulosa qismining ikkinchi xatboshisidagi ― xususiy korxonadan bank foydasiga 18 941 190 soʻm kredit foizi undirish, undiruvni garov mulkiga qaratish qismini qanoatlantirishni rad etish qismi ― daʼvo talabining undiruvni garov mulkiga qaratish hamda 18 941 190 soʻm kredit foizi undirish qismini qanoatlantirish rad etilsin deb oʻzgartirilgan. Hal qiluv qarori xulosa qismining toʻrtinchi xatboshisi (xususiy korxonadan budjetga davlat boji undirish qismi) bekor qilingan. Hal qiluv qarorining qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2017-yil 17-maydagi qarori bilan apellyatsiya instansiyasi sudining qarori bekor qilingan. Hal qiluv qarorining ― undiruvni garov mulkiga qaratish qismini qanoatlantirishni rad etish qismi bekor qilinib, undiruvni garov mulkiga qaratish haqida yangi qaror qabul qilingan. Hal qiluv qarorining qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat shikoyatida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar oʻrganilmaganligi, ishdagi mavjud hujjatlarga huquqiy baho berilmaganligi, xususiy korxona tomonidan 2016-yilda kredit qarzdorlik toʻliq qoplanganligi, shu sababli sud ijrochilari tomonidan ijro ishi boʻyicha ish yuritish tamomlanganligi, biroq, kredit qarzdorlik toʻliq qoplangandan keyin ham asossiz ravishda 18 941 190 soʻm kredit foizi hisoblanganligi haqida vajlar keltirilib, kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻz kuchida qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, bank va xususiy korxona oʻrtasida 2013-yil 10-aprelda 22-sonli kredit shartnomasi tuzilgan boʻlib, unga koʻra, bank xususiy korxonaga “DX225LCASLR” rusumli zanjirli ekskavator sotib olishi uchun, yillik 18 foiz toʻlash sharti bilan 3 (uch) yil muddatga 420 000 000 soʻm kredit ajratish, xususiy korxona esa olingan kreditdan foydalanib, kredit va unga hisoblangan foizlarni shartnomaga ilova qilingan toʻlov grafigi asosida qaytarish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bank, xususiy korxona va fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2013-yil 11-aprelda tuzilgan ipoteka shartnomasiga asosan garov mulki birgalikda tuzilgan 2013-yil 15-martdagi baholash dalolatnomasiga asosan 200 000 000 soʻmga oʻzaro baholanib, garovga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit shartnomasida xususiy korxona olingan kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni oyma-oy toʻlov jadvali asosida toʻlab borish majburiyatini olgan boʻlsa-da, biroq toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Palataning bank boʻlimi manfaatida bergan daʼvo arizasi boʻyicha Buxoro viloyat xoʻjalik sudida qoʻzgʻatilgan 20-1403/8628-sonli ish yuzasidan 2014-yil 19-dekabrda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan xususiy korxonadan bank foydasiga 401 500 000 soʻm kredit qarz, 12 078 000 soʻm kredit foizi, 1 467 359 soʻm penya, 2500 soʻm pochta xarajati, jami 415 047 859 soʻm undirilgan. Undiruv garov mulki va kredit evaziga sotib olingan “DX225LCASLR” rusumli zanjirli ekskavatorga qaratilib, garov mulkining kim oshdi savdosidagi boshlangʻich sotuv bahosi 200 000 000 soʻm, kredit evaziga sotib olingan “DX225LCASLR” rusumli zanjirli ekskavatorning kim oshdi savdosidagi boshlangʻich sotuv bahosi esa 375 000 000 soʻm etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida xususiy korxonadan qaytarilmagan 56 787 810 soʻm kredit qarzi va unga mutanosib hisoblangan 18 941 190 soʻm foiz (2016-yil 5-oktabr holatiga) undirish, shuningdek undiruvni fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan garov mulkiga qaratish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 47-moddasining uchinchi qismiga muvofiq vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ular oʻzlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish koʻrilgan vaqtda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 86-moddasining 1 va 2-bandlariga koʻra, xoʻjalik sudi nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, umumiy sud, xoʻjalik sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi yuqorida qayd etilgan 20-1403/8628-sonli ish yuzasidan 2014-yil 19-dekabrda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan xususiy korxonadan bank foydasiga nizoli ish boʻyicha soʻralgan 56 787 810 soʻm kreditdan asosiy qarz undirilib, undiruv fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan garov mulkiga qaratilganligini, shuningdek bank boʻlimi yuridik shaxs maqomiga ega emasligini inobatga olib, daʼvo talabining 56 787 810 soʻm kreditdan asosiy qarz undirish va bank boʻlimiga nisbatan qismlari boʻyicha ish yuritishni tugatish, undiruvni fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan garov mulkiga qaratish qismini qanoatlantirishni rad etish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan boʻlsa-da, biroq xususiy korxonadan bank foydasiga 18 941 190 soʻm kredit foizi undirish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, daʼvo arizasida xususiy korxonadan 18 941 190 soʻm kredit foizi undirishni talab qilishda FK 734 va 736-moddasining birinchi qismiga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq boshqa shaxslarning pul mablagʻlarini gʻayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni toʻlashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamgʻarish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablagʻlar summasiga foiz toʻlanishi kerak. Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs boʻlganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud boʻlgan bank foizining hisob stavkasi bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida sud kreditorning talabini daʼvo qoʻzgʻatilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. Ushbu qoidalar qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgilangan boʻlmasa qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 734-moddasining birinchi qismiga muvofiq, agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 736-moddasining birinchi qismiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda ushbu Kodeksning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar toʻlangan boʻlishidan qatʼiy nazar, qarz qaytarib berilishi kerak boʻlgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar toʻlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 744-moddasining birinchi qismiga muvofiq kredit shartnomasi boʻyicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablagʻlari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 20-dekabrdagi 13/150-sonli qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisida kredit shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi kredit tashkilotini kredit shartnomasini bekor qilish paytidan boshlab qaytarish kuniga qadar pul mablagʻlaridan foydalanilgan butun davr uchun FKning 734-moddasida nazarda tutilgan foizlarni olish huquqidan mahrum qilmasligi, toʻrtinchi xatboshisida FKning 736-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasi hisoblanishi, koʻrsatilgan, qarz summasini qaytarishni kechiktirish munosabati bilan undiriladigan foizlar, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun qaytarish kuniga hisoblangan foizlarsiz ushbu summaga hisoblanishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, xususiy korxonaga nisbatan hisoblangan 18 941 190 soʻm kredit foizning tegishli hisob-kitobi mavjud emas, agar foizni hisoblashda FKning 734-moddasiga asoslangan boʻlsa, shartnomada belgilangan qaysi miqdordan kelib chiqqanligi, FK 736-moddasining birinchi qismiga asoslangan boʻlsa, u holda FK 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qaysi miqdordan kelib chiqqanligi, pul mablagʻlarini gʻayriqonuniy ushlab qolganligi, ularni qaytarib berishdan bosh tortganligi yoki foydalanganligi isbotlanmagan. Qolaversa, xususiy korxona tomonidan qaytarilmagan 56 787 810 soʻm kreditdan asosiy qarz 20-1403/8628-sonli ish boʻyicha chiqarilgan ijro hujjatiga asosan undirib olinishi mumkin. Shuningdek, bankning Buxoro tuman sud ijrochilari boʻlimiga yoʻllagan 2016-yil 24-martdagi 126/03-03-sonli maʼlumotida 2016-yil 22-martda qarzdorlik toʻliq qoplanganligi inobatga olinib, qoldiq summa, yaʼni 27 714 749,01 soʻm qaytarilganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi esa qayd etilganlarni inobatga olmasdan, hal qiluv qarorini oʻzgartirish, kassatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorining - undiruvni garov mulkiga qaratish qismini qanoatlantirishni rad etish qismini bekor qilib, undiruvni garov mulkiga qaratish haqida yangi qaror qabul qilib, notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 321-moddasining 3-bandiga koʻra, sud ishni nazorat tartibida koʻrib chiqqanda hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga hamda ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 322-moddasining birinchi qismiga muvofiq sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni nazorat tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 118-moddasining ikkinchi va toʻqqizinchi qismlariga muvofiq hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga ish boʻyicha qilingan barcha sud xarajatlarining oʻrni, garchi boshqa taraf davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya, nazorat shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati, nazorat shikoyatini qisman qanoatlantirishni, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlarini toʻliq, hal qiluv qarorining - xususiy korxonadan bank foydasiga 18 941 190 soʻm kredit foizi va 5000 soʻm pochta xarajati hamda respublika budjetiga 189 412 soʻm davlat boji undirish qismlarini bekor qilishni, hal qiluv qarorining bekor qilingan qismi boʻyicha yangi qaror qabul qilishni, xususiy korxonadan bank foydasiga 18 941 190 soʻm kredit foizi undirish haqidagi daʼvo talabini qanoatlantirish rad etishni, hal qiluv qarorining qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ish koʻrilgan vaqtda amalda boʻlgan 330-moddasining 6-bandiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari - palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan shikoyatlar boʻyicha davlat bojidan ozod etilganligi sababli ishni birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida koʻrish uchun undirilishi lozim boʻlgan davlat bojini undiruvsiz qoldirishni, pochta xarajatlari oldindan toʻlanganligini inobatga olishni, bankdan fermer xoʻjaligi foydasiga ishni nazorat instansiyasi sudida koʻrish uchun oldindan toʻlangan 94 705,95 soʻm davlat boji va 17 000 soʻm pochta xarajati undirishni, shuningdek sud majlisini kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlarida videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq 85 750 (30 000+55 750) soʻm sud xarajatlarini bank zimmasiga yuklashni lozim topish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-1606/13307-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Moddiy huquq normalarini qoʻllash amaliyoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sud qarorlari moddiy va protsessual huquq normalariga toʻliq mos holda qabul qilingan boʻlib, javobgar tomonidan keltirilgan vajlar sud qarorlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, qarori faqat yuzaki asoslar boʻyichagina bekor qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat xoʻjalik sudining 15-1606/9732-sonli ishi boʻyicha 2017-yil 10-iyunda qabul qilingan hal qiluv qaroriga asosan “TAʼMIR” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan (bundan buyon matnda qarzdor deb yuritiladi) Unitar korxonasi (bundan buyon matnda arizachi deb yuritiladi) foydasiga 320 209 350 soʻm asosiy qarz, 32 020 935 soʻm penya, 3 552 303 soʻm davlat boji va 3 000 soʻm pochta xarajatlari, jami 355 755 588 soʻm undirilgan va ijro varaqasi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning sud qaroriga asosan qarzdorlikni toʻlash uchun toʻlov qobiliyati yoʻqligi, pul mablagʻlarini oʻz vaqtida oʻtkazib bermaganligi, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjudligi sababli, arizachi sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, qarzdorni bankrot deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 7-iyundagi hal qiluv qarori bilan qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangan. B. Joʻrayev qarzdorni tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat iqtisodiy sudi apellyatsiya instansiyasining 2019-yil 7-avgustdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor tomonidan mazkur sud qarorlari ustidan nazorat shikoyati berilgan boʻlib, unda jamiyatda 20 nafardan ortiq ishchi-xodimlar ishlab kelayotganligi, jamiyat faoliyatini tiklash va yuritish uchun imkoniyati mavjudligi, arizachi bilan oʻzaro kelishuvga erishish va hamkorlikda ishlash choralari koʻrilganligi inobatga olinmaganligini koʻrsatib, sud qarorlarini bekor qilib, sud sanatsiyasi joriy qilish haqida ajrim chiqarish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, viloyat xoʻjalik sudining 15-1606/9732-sonli ishi boʻyicha 2017-yil 10-iyunda qabul qilingan hal qiluv qaroriga asosan qarzdordan arizachi foydasiga jami 355 755 588 soʻm undirilgan va ijro varaqasi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrish vaqtida amalda boʻlgan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga koʻra, qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) toʻlovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan eʼtiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan boʻlsa, uning bankrotlik alomatlari deb eʼtirof etiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ushbu Qonunning 5-moddasida bankrotlik toʻgʻrisidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan boʻlsa, iqtisodiy sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno ekanligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning tuman davlat soliq inspeksiyasi oldida 56 535 133 soʻm, arizachi oldida 309 653 941 soʻm qarzdorligi mavjudligi, Fargʻona viloyat xoʻjalik sudining 15-1606/9732-sonli ishi boʻyicha 2017-yil 10-iyunda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan tasdiqlanganligi, qarzdorlik miqdori eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan oshib ketganligi, toʻlov majburiyati yuzaga kelgan kundan eʼtiboran qarzdor tomonidan bajarilmaganligi holati ishdagi hujjatlar va taraflar vakillarining koʻrsatmalari bilan toʻliq oʻz isbotini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachining qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi sudning 2019-yil 15-apreldagi ajrimi bilan ish yuritishga qabul qilinib, qarzdorga nisbatan kuzatuv taomili joriy etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor kreditorlarining 2019-yil 8-maydagi qarori bilan qarzdorga nisbatan bankrotlikning tugatish taomili joriy etish suddan soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2019-yil 7-iyundagi hal qiluv qarori bilan qarzdor bankrot deb topilgan va unga tugatishga doir ish yuritish boshlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 322-moddasining birinchi qismiga binoan sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni nazorat tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini muhokama etib, ularga tegishli huquqiy baho berib, moddiy hamda protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab, ish holatlariga muvofiq qonuniy va asoslantirilgan qarorlar qabul qilgan. Shu sababli ularni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati qarzdorning sud sanatsiyasi joriy qilish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirish uchun asoslar yoʻq deb hisoblaydi. Chunki, arizachi sudga qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgunga qadar boʻlgan davrda ham qarzdor arizachi oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish choralarini koʻrmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati qarzdorning nazorat shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud qarorlarini esa oʻzgarishsiz qoldirishni, ishni nazorat tartibida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlari qarzdor tomonidan oldindan toʻlanganligini inobatga olib, undan ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1504-1903/853-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishda, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi aholi yashash joylari atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya meʼyor va qoidalariga soʻzsiz rioya etishi shart. Bunga rioya etmaslik ularning faoliyatini sud tartibida toʻxtatishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (bundan buyon matnda viloyat DSENM deb yuritiladi) “N” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) nisbatan ariza bilan murojaat qilib, MChJga tegishli boʻlgan, atrof-muhitga zarar keltirayotgan obyekt faoliyatini toʻxtatishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2018-yil 4-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirilgan. MChJ aniqlangan sanitariya qoidalari, normalarining buzilishlari bartaraf etgunga qadar uning polipropilen qoplardan ikkilamchi xom ashyo ishlab chiqarish faoliyati toʻxtatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining 2018-yil 20-noyabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ nazorat shikoyati bilan murojaat qilib, mamlakatda tadbirkorlikka keng koʻlamda shart-sharoit yaratib berilayotganligi, shunga koʻra polipropilen qoplardan ikkilamchi xom ashyo (polipropilen granulalari) ishlab chiqarish boʻyicha tadbirkor sifatida faoliyatni boshlaganligi, faoliyatni boshlashdan oldin shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining (bundan buyon matnda shahar DSENM deb yuritiladi) 2018-yil 25-iyundagi 01-08/735-sonli ruxsatnomasi mavjud boʻlsa-da, viloyat DSENM tomonidan ushbu ruxsatnoma 2018-yil 4-oktabrda bekor qilingani va tadbirkorlikka toʻsqinlik qilinganligini, shuningdek viloyat DSENM sudga ariza bilan murojaat qilib, tadbirkorning faoliyatini toʻxtatilishiga erishganligi, MChJ tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati asossiz ravishda rad etilganligini bildirgan va sud qarorlarini bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar rahbari nazorat shikoyatida bayon qilingan vajlarni quvvatlab, uni qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakili sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati nazorat shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga koʻra, davlat sanitariya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 42-moddasining birinchi xatboshisiga koʻra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi, toʻrtinchi xatboshisiga koʻra, faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno, faqat sud tartibida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan maʼlum boʻlishicha, viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, shahar DSENM, “Z” MFY, MChJ va ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirokida 2017-yil 23-24-oktabr kunlari MChJning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda monitoring oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoringda MChJ “Z” MFY, “Z” koʻchasi, 3-uyda polipropilen qoplardan ikkilamchi xom ashyo ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanishi, ushbu faoliyat 0350-17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi aholi yashash joylari atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya meʼyor va qoidalari” SanQ va Mning 6.1.1-bandiga muvofiq 4-sinfga mansub boʻlib, uning sanitariya himoya mintaqasi 100 metr etib belgilangan boʻlsa-da, MChJ bilan aholi yashash hududigacha boʻlgan masofa 75 metrni tashkil etishi aniqlangan va bu toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ rahbari R.Abdullayev monitoring davomida bergan tushuntirishida ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan salbiy holatlarni oldini olish choralarini koʻrishi hamda kelajakda faoliyatini boshqa joyga koʻchirishini bildirgan boʻlsa-da, MChJ tomonidan chora koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilgan asoslarga koʻra, viloyat DSENM sudga ariza bilan murojaat qilib, MChJning faoliyatini toʻxtatib qoʻyishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0350-17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi aholi yashash joylari atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya meʼyor va qoidalari” SanQ va Mning 6.1.1-bandiga muvofiq plastmassani qayta ishlovchilar 4-xavflilik sinfiga mansub boʻlib, ushbu toifadagi ishlab chiqarish korxonalari va aholi yashash xonadonigacha 100 metrli sanitariya muhofaza masofasi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJning polipropilen qoplardan ikkilamchi xom ashyo ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanishi natijasida hududdagi aholining sanitariya-epedimiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, MChJga shahar DSENMning 2018-yil 25-iyundagi 01-08/735-sonli xati asosida faoliyat koʻrsatishlariga ruxsat berilgan boʻlsa-da, ushbu ruxsatnomaning qonuniyligi viloyat DSENM tomonidan oʻrganilib, 2018-yil 4-oktabrdagi 143-i/f-sonli qarori bilan bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat DSENMning 2018-yil 4-oktabrdagi 143-i/f-sonli qarori ustidan MChJ maʼmuriy sudga murojaat qilish va uni haqiqiy emas deb topishni soʻrash huquqi mavjud boʻlsa-da, MChJ bu huquqdan foydalanmagan va viloyat DSENMning yuqorida qayd etilgan qarori qonuniy kuchda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan koʻrinadiki, MChJga sud tomonidan toʻxtatilishi belgilangan faoliyatni amalga oshirish yuzasidan vakolatli organning ruxsati mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi viloyat DSENMning ariza talabini qanoatlantirib, MChJning polipropilen qoplardan ikkilamchi xom ashyo ishlab chiqarish faoliyatida aniqlangan sanitariya qoidalari, normalari buzilishlari bartaraf etilguniga qadar toʻxtatish toʻgʻrisida asosli hulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirib, toʻgʻri toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ham birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va pellyatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, MChJning nazorat shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1601-1802/5413-sonli ish