O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ShAHARSOZLIK KODEKSINI AMALGA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi 2021-yil 22-fevraldagi O‘RQ-676-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 23-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (O‘. Sultonov) o‘z qarorlarini O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar mazkur Kodeksga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Arxitektura va shaharsozlik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 264-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-aprel,
354-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y.,4-5-son, 64-modda)