14.08.2020 yildagi 486-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)larda xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga muvofiq quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)larda xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari (keyingi o‘rinlarda xotin-qizlar kengashlari) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari — xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari raislari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashlarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashlarining tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi, shuningdek, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning mohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashlarining davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar xotin-qizlar kengashlarining asosiy vazifalari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularning bu boradagi savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish hamda yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga o‘z vaqtida ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish yuzasidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga hamda vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlarini tashkillashtirishga ko‘maklashish orqali ularning bandligini ta’minlash uchun vakolatli organ va tashkilotlarga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va islohotlarning mazmun-mohiyatini xotin-qizlar e’tiboriga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni har tomonlama tahlil qilish, ularni bartaraf etishning eng maqbul yo‘llarini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti hamda “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibalarini ayollar va qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish, ularni mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlariga keng jalb etish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyalarga hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga uslubiy-amaliy ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashlari o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat va jamoat tashkilotlaridan jamoat kengashiga jalb etilgan vakil bilan hamkorlikda amalga oshiradi hamda ushbu vakil tegishli vazifalarning quyi tizimda amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashlari o‘z faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiradi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarib kelayotgan xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining faol va tashabbuskor a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy, tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirilishi mumkin;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari tegishli xotin-qizlar kengashlari faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan javobgar hisoblanadi.
(4-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari 2020-yil 30-avgustga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni hamda xotin-qizlar kengashlari zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, ularning ish rejalarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi davlat organlari va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarida namunali faoliyat olib borayotgan, obro‘-e’tiborli va tashabbuskor xotin-qizlardan, fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislaridan iborat jamoatchilik kengashlari tarkibini shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
486-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 486-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining (keyingi o‘rinlarda — xotin-qizlar kengashlari) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xotin-qizlar kengashlari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xotin-qizlar kengashlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hujjatlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lar xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xotin-qizlar kengashlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xotin-qizlar kengashlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularning bu boradagi savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlari hamda dasturlarning ishlab chiqilishi va ularning ijrosi ta’minlanishida to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish hamda yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga o‘z vaqtida ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish yuzasidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga hamda vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlarini tashkillashtirishga ko‘maklashish orqali ularning bandligini ta’minlash uchun vakolatli organ va tashkilotlarga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va islohotlarning mazmun-mohiyatini xotin-qizlar e’tiboriga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni har tomonlama tahlil qilish, ularni bartaraf etishning eng maqbul yo‘llarini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti hamda “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibalarini ayollar va qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish, ularni mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlariga keng jalb etish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyalarga hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga uslubiy-amaliy ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xotin-qizlar kengashlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish natijalari asosida yordamga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga hamda vakolatli davlat organlariga takliflar kiritadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi kelishmovchiliklarni to‘g‘ri hal qilish hamda oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish, kreditlar ajratish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni vakolatli davlat organlarga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda xotin-qizlar ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlarlarni tashkillashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yaqindan ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarilishi yuzasidan jamoatchilik fikrini tahlil qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi, shuningdek, ushbu masalalarda konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda huquqbuzarliklar sodir etishga moyilligi bo‘lgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, og‘ir ruhiy holatga va ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qiladi va amalga oshiriladigan zarur amaliy chora-tadbirlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xotin-qizlar kengashlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, davlat organlari, xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning yig‘ilishlari va boshqa ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lar hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlariga xotin-qizlar kengashlari vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash ishlarini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun tegishli davlat organlaridan zarur bo‘lgan axborotlar, statistika va boshqa materiallarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashlari majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar haqidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning murojaatlariga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan berilgan javoblarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun konferensiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar kengashlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(7-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xotin-qizlar kengashlarining o‘z faoliyatini amalga oshirish doirasidagi majburiyatlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga rioya etishi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan bo‘lsa, maxfiyligiga rioya qilishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar kengashlari o‘z zimmasiga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xotin-qizlar kengashlarining tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xotin-qizlar kengashlarining tarkibi tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari) boshliqlari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xotin-qizlar kengashlari tuman (shahar)larda 15 — 25 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 30 — 40 nafar a’zodan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar kengashlarini mazkur nizomga 1a va 1b-ilovalarga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantirish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat xotin-qizlar kengashi tarkibiga, qoida tariqasida, hududdagi har bir tuman (shahar) xotin-qizlar kengashlari raislari kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xotin-qizlar kengashlarining tarkibi har uch yilda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xotin-qizlar kengashlarining tarkibiga uning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari bir vaqtning o‘zida xotin-qizlar kengashlariga raislik qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Viloyatlarda oila va xotin-qizlar boshqarmasining Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi, tuman (shahar)larda oila va xotin-qizlar bo‘limining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish va boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi bir vaqtning o‘zida xotin-qizlar kengashlarining kotiblari hisoblanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xotin-qizlar kengashlari raislarining o‘rinbosarlari xotin-qizlar kengashlari a’zolari orasidan yig‘ilish ishtirokchilarining uchdan ikki qismining ovozi bilan saylab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagi holatlarda xotin-qizlar kengashlari raislarining o‘rinbosarlari va a’zolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan xotin-qizlar kengashlari tarkibidan chiqish to‘g‘risida ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashlarining majlislarida uch va undan ortiq marotaba ishtirok etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash ishlarida muntazam qatnashmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar kengashlarining raisi va kotibi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalarida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda xotin-qizlar kengashlaridagi vakolatlarini ham o‘zidan soqit qiladi.
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xotin-qizlar kengashlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va unga kiritilgan o‘zgartirishlar ular tasdiqlangan paytdan boshlab besh kun ichida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xotin-qizlar kengashining raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlislarni chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlislarda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish rejalarni, majlis bayonnomalarini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorlari ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a’zolarni mahallalarga hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib tegishli yo‘nalishlarga biriktiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a’zolar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining rasmiy veb-saytlarida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan xotin-qizlar kengashlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarkibi bo‘yicha takliflar kiritadi hamda ularni Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari boshliqlari bilan kelishadi;
(18-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorlarini bajarish masalalari yuzasidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
(18-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashlarining samarali ishini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xotin-qizlar kengashlarining raisi o‘rnida bo‘lmagan taqdirda, uning vazifasini rais o‘rinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xotin-qizlar kengashi raisining o‘rinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais yo‘qligida xotin-qizlar kengashining majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, xotin-qizlar kengashi faoliyatiga taalluqli murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashining samarali ishlarini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xotin-qizlar kengashining kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashining faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari xodimlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi;
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibiga muvofiq xotin-qizlar kengashlarining majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashining tadbirlari o‘tkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini xotin-qizlar kengashining raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashining a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni xotin-qizlar kengashi majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring olib boradi va uning natijalarini xotin-qizlar kengashi majlisida ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashi majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning xotin-qizlar kengashlari a’zolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga yuborilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashining samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa choralarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xotin-qizlar kengashlarining a’zolari o‘z majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda o‘z vakolatini boshqalarga o‘tkazish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar kengashlarining majlisida ishtirok etish imkoni bo‘lmagan hollarda, kengash a’zosi majlis kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda uning fikri majlisda ko‘rib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar kengashining a’zosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashining ish rejalariga takliflar beradi hamda tasdiqlangan ish rejalari bajarilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashi majlislarining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqadi va natijalari bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi va ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflarni xotin-qizlar kengashiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar kengashining zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xotin-qizlar kengashlari faoliyati mazkur nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatning asosiy masalalari kengashning majlisida ko‘rib chiqiladi. Xotin-qizlar kengashlarining majlisi uning ish rejalari asosida har oyda kamida bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar kengashlari raisining tashabbusi, shuningdek, xotin-qizlar kengashlari a’zolarining uchdan bir qismining yozma murojaati asosida uning navbatdan tashqari majlisi chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xotin-qizlar kengashlarining majlislariga davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va jamoat tashkilotlaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning raislari, shuningdek, boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, mahalla faollari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xotin-qizlar kengashlari majlisi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan uning a’zolari takliflari va raisining topshirig‘i asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xotin-qizlar kengashlarining majlisini uning raisi olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar kengashlarining majlisida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xotin-qizlar kengashlarining majlisi, agar unda kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xotin-qizlar kengashlarining qarori majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xotin-qizlar kengashlarining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xotin-qizlar kengashlarining har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘zining fikrini yozma shaklda ifodalashga haqli. A’zolarning fikri xotin-qizlar kengashlari majlisining bayonnomasiga majburiy tartibda qo‘shib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xotin-qizlar kengashlarining majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar kengashlari majlisining bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga, mahallalardagi xotin-qizlar faollariga, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga, xotin-qizlar kengashlari a’zolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar kengashining bevosita uning vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va bayonnomalaridagi ko‘rsatmalar xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan bajarilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Zarur hollarda xotin-qizlar kengashlarining raisi tashabbusi bilan qaror xotin-qizlar kengashlarining a’zolari bilan kelishilgan holda so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari xotin-qizlar kengashlarining qabul qilgan qaroriga qo‘shilmagan hollarda, qarorni olgan sanadan boshlab o‘n kundan kechikmay unga o‘zining asoslantirilgan e’tirozini yozma shaklda yuboradi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xotin-qizlar kengashlarining kotibi kengash a’zolari ko‘magida xotin-qizlar kengashlari qarorlari ijrosining borishini o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarur hollarda xotin-qizlar kengashlarining raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Xotin-qizlar kengashlarining faoliyati ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib boriladi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari xotin-qizlar kengashlarining faoliyatini mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Matbuot xizmati xotin-qizlar kengashlarining faoliyatini markaziy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilishini ta’minlaydi va ushbu maqsadda xotin-qizlar kengashlarining kotiblari bilan tezkor ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tuman (shahar)lar xotin-qizlar kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar kengashlariga amalga oshirilgan ishlar va mavjud takliflar yuzasidan yilning har choragi yakunida axborot taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar kengashlari raislari O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga har chorak yakunidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar va mavjud takliflar yuzasidan axborot taqdim etib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparatining Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘limi tomonidan xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari faoliyati muntazam monitoring qilinadi hamda ularga uslubiy va amaliy ko‘maklashiladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xotin-qizlar kengashlarining davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlash, tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirish, milliy, ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar xotin-qizlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Xotin-qizlar kengashlari davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xotin-qizlar kengashlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar orqali xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi, ularga uslubiy-amaliy ko‘maklashadi hamda faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar majlislariga davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi boshqa xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning raislari va xotin-qizlar kengashlarining a’zolari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41 . Xotin-qizlar kengashlari o‘z ish rejalari va qarorlarini uch kun ichida boshlang‘ich tashkilotlariga foydalanish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42 . Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlash, tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirish, milliy, ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ishlarini amalga oshirish, mavjud muammolarini bartaraf etish yuzasidagi takliflarini xotin-qizlar kengashlariga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Xotin-qizlar kengashlari a’zoligiga davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning faol raislari ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Xotin-qizlar kengashlarining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari xotin-qizlar kengashlarining faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Xotin-qizlar kengashlarining hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlarining xotin-qizlar kengashlari faoliyati bilan bog‘liq qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Xotin-qizlar kengashlarini tugatish va qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri xotin-qizlar jamoatchilik kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi

2.

Xotin-qizlarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilot rahbari, xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi (kelishuv asosida)

4.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati (kelishuv asosida)

5.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari deputati (kelishuv asosida)

6.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshlig‘ining o‘rinbosari

7.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari mas’ul xodimi

8.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ul xodimi

9.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari mas’ul xodimi

10.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari mas’ul xodimi

11.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar bo‘limlari mas’ul xodimi

12.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Markaziy banki bosh boshqarmasi mas’ul xodimi (kelishuv asosida)

13.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar teleradiokompaniyasi mas’ul xodimi (kelishuv asosida)

14.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gazetasi tahririyati mas’ul xodimi (kelishuv asosida)

15.

Respublika “Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari raisi

16.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari rahbari

17.

Respublika zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, o‘z joniga qasd qilishni oldini olish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallari rahbari

18.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti hamda “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibalari

19.

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning faol, tajribali va tashabbuskor raislari

20.

Xotin-qizlarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlarning faol, tajribali va tashabbuskor rahbarlari (kelishuv asosida)

21.

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari — tuman (shahar) xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari raislari.

22.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi, xotin-qizlar jamoatchilik kengashining kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 30 — 40 nafar a’zodan iborat tarkibda shakllantiriladi. Mazkur namunaviy tarkib tavsiyaviy bo‘lib, xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari tarkibiga tegishli hududdagi boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarida namunali faoliyat olib borayotgan, obro‘-e’tiborli hamda tashabbuskor, sohaning yetuk mutaxassislari bo‘lgan xotin-qizlar ham kiritilishi mumkin.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomga
1b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) xotin-qizlar jamoatchilik kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi

2.

Xotin-qizlarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilot rahbari, xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari

3.

Xalq deputalari tuman (shahar) Kengashlari deputati (kelishuv asosida)

4.

Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori

5.

Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi mas’ul xodimi

6.

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mas’ul xodimi

7.

Tuman (shahar) aholiga ko‘maklashish markazlari mas’ul xodimi

8.

Tuman (shahar) tijorat banklari filiallari mas’ul xodimi (kelishuv asosida)

9.

Tuman (shahar) FHDY organi mudiri

10.

Tuman (shahar) gazetasi tahririyati mas’ul xodimi (kelishuv asosida)

11.

Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari mas’ul xodimi

12.

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, o‘z joniga qasd qilishni oldini olish markazi tuman (shahar) filiallari rahbari

13.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti hamda “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibalari

14.

Faol, tajribali va tashabbuskor fuqarolar yig‘ini raisi (kelishuv asosida)

15.

Mahallalardagi faol, tajribali va tashabbuskor xotin-qizlar faollari

16.

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning faol, tajribali va tashabbuskor raislari

17.

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish va boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, xotin-qizlar jamoatchilik kengashining kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari tuman va shaharlarda 15 — 25 nafar a’zodan iborat tarkibda shakllantiriladi. Mazkur namunaviy tarkib tavsiyaviy bo‘lib, xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari tarkibiga tegishli hududdagi boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining institutlarida namunali, obro‘-e’tiborli hamda tashabbuskor, sohaning yetuk mutaxassislari bo‘lgan xotin-qizlar ham kiritilishi mumkin.
(1b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar Kengashlari faoliyatini tashkil etish sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar)lar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari)

Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 30 — 40 nafar, tuman (shahar)larda 15 — 25 nafar a’zodan iborat tarkibda tashkil etiladi.

Doimiy

2-bosqich

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari

Xotin-qizlar kengashlarining tarkibi tegishliligi bo‘yicha Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Har uch yilda tasdiqlanadi

3-bosqich

Xotin-qizlar kengashlari

Xotin-qizlar kengashlari faoliyatining asosiy masalalari uning majlisida ko‘rib chiqiladi.

Har oyda kamida bir marotaba

4-bosqich

Xotin-qizlar kengashlari

Xotin-qizlar kengashlari a’zolarining uchdan bir qismining yozma murojaati asosida navbatdan tashqari majlisini chaqirishi mumkin.

Yozma murojaat taqdim qilinganda

5-bosqich

Xotin-qizlar kengashi raisi

Xotin-qizlar kengashlarining majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Majlis o‘tkazilgan sanada

6-bosqich

Xotin-qizlar kengashlari

Xotin-qizlar kengashlari majlisining bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga, mahallalardagi xotin-qizlar faollariga, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga, xotin-qizlar kengashlari a’zolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi.

Uch kun muddatda

7-bosqich

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari xotin-qizlar kengashlarining qabul qilgan qaroriga qo‘shilmagan hollarda, unga o‘zining asoslantirilgan e’tirozini yozma shaklda yuboradi.

Kengash qarori olingan sanadan boshlab o‘n kunda

8-bosqich

Xotin-qizlar kengashi kotibi va a’zolari

Xotin-qizlar kengashlarining kotibi kengash a’zolari ko‘magida xotin-qizlar kengashlari qarorlari ijrosining borishini o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarur bo‘lgan hollarda raisga tegishli takliflar kiritadi.

Doimiy

9-bosqich

Tuman (shahar)lar xotin-qizlar kengashlari raislari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar kengashlariga qilingan ishlar va mavjud takliflar yuzasidan axborot taqdim etib boradi.

Har chorak yakunida

10-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar kengashlari raislari

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga qilingan ishlar va mavjud takliflar yuzasidan axborot taqdim etib boradi.

Har chorak yakunidan keyingi oyning beshinchi sanagacha

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2020-y., 09/20/486/1180-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)