1-ILOVA
1. | R.Q. Davletov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Vasiylik kengashi raisi |
2. | Z.B. Maxkamova | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
3. | A.J. Tashkulov | — | adliya vaziri |
4. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
5. | U.K. Abidxadjayev | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
6. | S.D. Toshboyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi |
7. | F.F. Abduxalikov | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori |
8. | M.M. Kamilov | — | Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori |
9. | Sh.A. Ayupov | — | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti |
10. | G.S. Ismailova | — | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori |
11. | O.A. Xasanov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
12. | Sh.Yu. Ziyodov | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
13. | Lavozim boʻyicha | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, Vasiylik kengashi kotibi |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼullar |
|
I. Tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
|
1. |
Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini oʻrgangan mahalliy va xorijiy olimlar hamda tadqiqotchilar, ularning ilmiy tadqiqotlari haqida maʼlumotlar bazasini tashkil etish. |
1. Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini oʻrgangan mahalliy olim va tadqiqotchilar roʻyxatini shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), |
|
2. Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini oʻrgangan xorijiy olim va tadqiqotchilar roʻyxatini shakllantirish. |
2020-yil oktabr | |||
|
3. Mahalliy va xorijiy olim hamda tadqiqotchilar, ularning Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti boʻyicha yozgan maqola, risola, kitob, monografiya, ilmiy tadqiqotlari haqida elektron baza yaratish. |
2021-yil may | |||
|
2. |
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga doimiy asosda faoliyat yurituvchi xorijiy yetakchi moturidiyshunos olim va mutaxassislarni jalb etish. |
1. Markazda faoliyat yuritishi mumkin boʻlgan xorijlik yetakchi moturidiyshunos olimlar roʻyxatini shakllantirish. |
2020-yil noyabr |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), |
|
2. Xorijlik yetakchi moturidiyshunos olimlarni Markaz faoliyatiga jalb etish choralarini koʻrish. |
2021-yil oktabr | |||
|
3. |
Markaz ilmiy xodimlarining moturidiylik taʼlimoti boʻyicha jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida malaka oshirishini tashkil etish. |
1. Jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlari roʻyxatini shakllantirish. |
2020-yil oktabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), |
|
2. Malaka oshirishda ishtirok etish uchun yosh tadqiqotchilar, doktorant va magistrlarni jalb qilish. |
2021-yildan | |||
|
3. Markaz ilmiy xodimlarini tanlov asosida xorijiy taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarga doktorantura va magistraturaga oʻqishga, stajirovka oʻtashga yoki malaka oshirishga yuborishni tashkil etishga koʻmaklashish. |
reja asosida | |||
|
4. |
Yurtimiz moturidiyshunos olimlarining xorijiy mamlakatlarda moturidiylik taʼlimotiga bagʻishlab oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalarda doimiy ishtirokini taʼminlash. |
1. Xorijiy mamlakatlarda moturidiylik taʼlimotiga bagʻishlab oʻtkaziladigan konferensiyalar roʻyxatini shakllantirish. |
2020-yil noyabr |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), |
|
2. Oʻzbekistondagi moturidiyshunos olimlarning reja asosida xalqaro konferensiyalarda ishtirokini taʼminlash. |
2021-yildan reja asosida | |||
|
5. |
Markazga dunyoning turli mamlakatlarida nashr etilgan islomiy ilmlar, jumladan, Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotiga oid kitoblarni xarid qilish va keltirish choralarini koʻrish. |
1. Islomiy ilmlar, Imom Moturidiy |
2020-yil oktabr |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), |
|
2. Moliya vazirligi tomonidan Markaz taqdimnomasiga asosan kitoblarni xarid qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratish. |
2021-yil fevral | |||
|
3. Xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan kitoblarni bojxona bojlaridan ozod etish. |
alohida reja asosida | |||
|
6. |
“Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida onlayn konferensiya va seminarlar oʻtkazish. |
1. Onlayn konferensiya va seminarlar oʻtkazish rejasini ishlab chiqish. |
2020-yil dekabr |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), |
|
2. Konferensiya va seminarlar oʻtkazishni xorijiy mamlakatlardagi markazlar bilan muvofiqlashtirish. |
2021-yildan | |||
|
3. “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida onlayn konferensiya va seminarlar oʻtkazish. |
reja asosida | |||
|
7. |
Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Imom Moturidiy” nomidagi xalqaro stipendiyani taʼsis etish. |
1. “Imom Moturidiy” nomidagi xalqaro stipendiyani taʼsis etish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil sentabr |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), |
|
2. Stipendiyani moliyalashtirish boʻyicha xalqaro donor mamlakatlar mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb etish. |
alohida reja asosida | |||
|
8. |
Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosiga bagʻishlangan oʻzbek, ingliz, arab tillarida faoliyat yurituvchi veb-sayt yaratish. |
1. Markaz faoliyatini keng targʻib etish maqsadida oʻzbek, ingliz, arab tillarida faoliyat yuritadigan veb-sayt yaratish. |
2020-yil dekabr |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), |
|
2. Markaz veb-saytini Imom Moturidiy |
muntazam | |||
|
9. |
Diniy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturiga Imom Moturidiy taʼlimoti boʻyicha maxsus kurslar kiritish. |
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2020-yil sentabr |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), |
|
2. Oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. |
2020-yil sentabr | |||
|
3. 2020/2021 oʻquv yilidan diniy taʼlim muassasalari oʻquv rejasiga kiritish. |
2020-yil oktabr | |||
|
II. Ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida amalga oshiriladigan ishlar | ||||
|
10. |
“Moturidiylik” maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy choraklik jurnalini tashkil etish. |
1. “Moturidiylik” maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy jurnalini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2020-yil dekabr |
Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov), |
|
2. Jurnalni nashr etish bilan bogʻliq moliyaviy xarajatlarni Markazga budjetdan ajratiladigan xarajatlar smetasiga kiritish. |
2021-yil fevral | |||
|
11. |
Imom Moturidiy, Umar Nasafiy, Abu Muin Nasafiy, Abu Barakot Nasafiy kabi moturidiylik taʼlimoti ulamolarining hayoti va ilmiy merosiga oid xalqchil risolalar tayyorlash. |
1. Ajdodlarimiz hayoti va ilmiy merosiga oid xalqchil risolalar tayyorlash boʻyicha Ijodiy guruhni tuzish. |
2020-yil dekabr |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), |
|
2. Risolalarni har bir hududga mos tarzda tayyorlash, tahrir qilish. |
2021-yil mart | |||
|
3. Risolalarni nashr etish. |
2021-yil may | |||
|
12. |
Imom Moturidiyning “Kitob at-tavhid” (Tavhid haqida kitob) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish. |
1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat tarjimonlar guruhini shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), |
|
2. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish. |
2022-yil noyabr | |||
|
3. Asarni nashr etish choralarini koʻrish. |
2022-yil dekabr | |||
|
13. |
Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” (Qurʼoni karim oyatlarining taʼvili) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish. |
1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat tarjimonlar guruhini shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), |
|
2. Tarjimani amalga oshirish uchun davlat loyihasini ishlab chiqish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish. |
2021-yil yanvar | |||
|
3. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish. |
2021 — 2024-yillar | |||
|
4. Asarni nashr etish choralarini koʻrish. |
2024-yil noyabr | |||
|
14. |
Saʼduddin Taftazoniyning “Sharhu aqoidi Nasafiya” (Nasafiyning Aqida asariga sharh) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish. |
1. Ijodiy guruhni shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), |
|
2. Tarjimani amalga oshirish uchun davlat loyihasini ishlab chiqish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish. |
2020-yil dekabr | |||
|
3. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish. |
2020 — 2023-yillar | |||
|
4. Asarni nashr etish choralarini koʻrish. |
2023-yil avgust | |||
|
15. |
Kamoliddin ibn Bayoziyning aqida ilmiga oid “Ishorotul marom” (Maqsadga ishoralar) kitobini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish. |
1. Ijodiy guruhni shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (U. Uvatov), |
|
2. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish. |
2020 — 2022-yillar | |||
|
3. Asarni nashr etish choralarini koʻrish. |
2022-yil iyul | |||
|
16. |
Ibn Humomning “Kitobul musayara” asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish. |
1. Ijodiy guruhni shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), |
|
2. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish. |
2020 — 2022-yillar | |||
|
3. Asarni nashr etish choralarini koʻrish. |
2022-yil avgust | |||
|
17. |
Dunyo qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotiga oid qoʻlyozma asarlarning elektron nusxalarini jamlash hamda ularning katalogini yaratish. |
1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat ishchi guruhni shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi (R. Baxodirov), |
|
2. Qoʻlyozmalarni aniqlash, roʻyxatini tuzish, elektron nusxalarini homiylik mablagʻlari asosida mamlakatimizga olib kelish choralarini koʻrish. |
2021-yildan reja asosida | |||
|
3. Olib kelingan qoʻlyozmalarni tadqiq etish. |
reja asosida | |||
|
18. |
Moturidiylik taʼlimotiga oid Umar Nasafiyning “Aqoid”, Usmon Oʻshiyning “Badʼul amoliy”, AbuBarakot Nasafiyning “Umda” kabi aqidaviy matnlarning kompleks tarjima va sharhini yaratish. |
1. Tarjimonlar guruhini shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), |
|
2. Tarjimani tayyorlash, izoh va sharhlar berish. |
2020 — 2022-yillar | |||
|
3. Asarni nashr etish choralarini koʻrish. |
2022-yil mart | |||
|
19. |
Moturidiylik taʼlimotiga oid ensiklopediya tayyorlash va nashr etish. |
1. Ijodiy guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini tuzish. |
2020-yil sentabr |
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov), |
|
2. Maʼlumotlarni jamlash, umumlashtirish va tahrir qilish. |
2020 — 2023-yillar | |||
|
3. Ensiklopediya tomlarini nashr etish. |
reja asosida | |||
|
20. |
Moturidiylik taʼlimoti boʻyicha ilmiy tadqiqotlar (magistrlik, PhD, DSc) amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2020-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), |
|
2. Aqida masalalari bilan shugʻullanuvchi tadqiqotchi va magistrantlarning Markazda muntazam ravishda stajirovka oʻtashlarini tashkil etish. |
reja asosida | |||
|
3. Tadqiqotchilar dissertatsiyalarining himoya oldi muhokamalarini Markazda tashkil qilish va shu asosda approbatsiya va boshqa himoya uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish. |
reja asosida | |||
|
21. |
Al-Azhar majmuasi tadqiqotchilari oʻrtasida |
1. Tanlovning tashkiliy masalalarini Misr tomoni bilan kelishish. |
2020-yil sentabr |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), |
|
2. Tanlovni oʻtkazish. |
2021-yil oktabr | |||
|
3. Tanlov gʻoliblari tomonidan Oʻzbekistonlik tadqiqotchilar uchun seminar-treninglar tashkil etish. |
reja asosida | |||
|
22. |
Jahonning yetakchi moturidiyshunos olimlari tomonidan Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan yirik tadqiqotlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish. |
1. Tadbirlar rejasi va tarjimonlar guruhini shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), |
|
2. Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan yirik tadqiqotlarni saralash. |
2020-yil | |||
|
3. Tarjima ishlarini amalga oshirish va nashr etish. |
reja asosida | |||
|
III. Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot yoʻnalishida amalga oshiriladigan ishlar | ||||
|
23. |
Ijtimoiy-maʼnaviy muhit ogʻir boʻlgan mahallalarda “Sogʻlom eʼtiqod asoslari”, “Aqidada adashmaylik”, “Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosi”, “Moturidiylik taʼlimoti asoslari” mavzularida davra suhbatlari hamda uchrashuvlar tashkil etish. |
1. Tadbirlar rejasi va targʻibotchilar guruhini shakllantirish. |
2020-yil noyabr |
Mahalla va oilani |
|
2. Targʻibot guruhi aʼzolari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etish, targʻibot materiallarini tayyorlash. |
2020-yil noyabr | |||
|
3. Targʻibot tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish. |
reja asosida | |||
|
24. |
Tele- va radiokanallar orqali Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Nuriddin Sobuniy kabi yurtimiz allomalarining ibratli hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi haqida koʻrsatuvlar, davra suhbatlari va eshittirishlar tayyorlash. |
1. Yurtimiz allomalarining ibratli |
2020-yil noyabr |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), “Ziyo” media markazi (A. Muxtorov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxoliqov) |
|
2. Media reja asosida koʻrsatuvlar, davra suhbatlari va eshittirishlarni tasvirga olish va qulay efir vaqtlarida namoyishini tashkil etish. |
reja asosida | |||
|
25. |
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiyning hayoti va ilmiy merosi haqida badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash. |
1. Ijodiy guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2020-yil noyabr |
“Oʻzbekkino” milliy agentligi (F. Abduxoliqov), Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov) |
|
2. Filmlar ssenariylarini ishlab chiqish. |
2021-yil aprel | |||
|
3. Tasvirga olish ishlarini tashkil etish. |
reja asosida | |||
|
4. Filmlarning taqdimotlarini oʻtkazish, respublika boʻyicha namoyishlarini yoʻlga qoʻyish. |
reja asosida | |||
|
5. Badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash bilan bogʻliq moliyaviy xarajatlar har yili Davlat budjetidan “Oʻzbekkino” milliy agentligiga filmlar tayyorlash uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi. |
reja asosida | |||
|
26. |
Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini oʻrganish va keng targʻib etishni ragʻbatlantirish maqsadida diniy taʼlim muassasalarida musobaqa, viktorina va tanlovlar oʻtkazish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2020-yil oktabr |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), |
|
2. Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish. |
reja asosida | |||
|
27. |
Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi haqida badiiy asarlar yaratishni ragʻbatlantirish. |
1. Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti davomchilari sanalgan olimlar haqida badiiy asarlar yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilish. |
2020-yil oktabr |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), |
|
2. Tanlovda ishtirok etish uchun yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar va aholining keng qatlamini jalb qilish. |
2021-yil may-iyun | |||
|
3. Tanlov natijalari boʻyicha tanlangan asarlarni nashr etish ishlarini amalga oshirish. |
2021-yil oktabr | |||
|
28. |
Rasmiy internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda aqida masalalariga oid savol-javobli videoroliklar, chiqishlar eʼlon qilib borish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2020-yil oktabr |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), |
|
2. Aqidaga doir masalalarni saralab, savollar shakllantirish va bunga mutaxassislarni jalb etgan holda javoblar tayyorlash. |
2020-yil noyabr | |||
|
3. Savol-javoblarni suratga olish va 2-3 daqiqalik videorolik va chiqishlar tashkil qilish. |
reja asosida | |||
|
4. Tayyor boʻlgan rolik va chiqishlarni rasmiy saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda eʼlon qilib borish. |
reja asosida | |||
|
29. |
Juma tezislariga dolzarb aqidaviy masalalarning moturidiylik taʼlimotidagi talqini boʻyicha mavzular kiritish. |
1. Dolzarb aqidaviy masalalar boʻyicha juma tezislariga kiritiladigan mavzular roʻyxatini shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), |
|
2. Mavzular asosida juma tezislarini tayyorlash. |
2020-yil sentabr | |||
|
3. Juma tezislari asosida namozxonlarga yetkazish. |
reja asosida | |||