28.11.2018 yildagi PQ-4037-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-9-oktabri kunlari Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi Oʻzbekiston va Fransiya xalqlarining oʻzaro aloqalari tarixida mutlaqo yangi sahifani ochib berdi, ikki mamlakat oʻrtasida koʻptomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda doʻstlik va hamfikrlikni yanada mustahkamlashda katta turtki boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq, doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan oliy darajadagi sermahsul muzokaralar, parlament, hukumat, ishbilarmon doiralari hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar tomonlarning Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida ikki mamlakat xalqlarining uzoq muddatli va tub manfaatlariga xizmat qiluvchi oʻzaro hamkorlik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishga boʻlgan qatʼiy intilishlarini yana bir bor tasdiqladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro hamkorlikni har tomonlama kengaytirish boʻyicha qoʻshma qarorlar muhokama etildi va qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarning soʻzsiz hamda toʻlaqonli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kuyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama shartnomalar va erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilishni taʼminlash mexanizmi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan investitsiya loyihalari va savdo bitimlarini amalga oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasidagi 2018-2019-yillarga moʻljallangan koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning YUNESKO Bosh direktori O. Azule bilan uchrashuvi yakunlari boʻyicha tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan muddatlarda investitsiya bitimlarini va savdo shartnomalarini amalga oshirish tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5565-son Farmoni bilan tuzilgan Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini taʼminlash masalalari boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fransiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida imzolangan hujjatlarni, erishilgan kelishuvlarni ogʻishmay va sifatli amalga oshirish, shu jumladan ayrim hujjatlarning kuchga kirishi boʻyicha davlat ichki tartib-taomillarni oʻz vaqtida bajarish yuzasidan doimiy va tizimli monitoring hamda nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) soʻzsiz bajarish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari — masʼul ijrochilarning oylik hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fransiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni amalga oshirish, shuningdek, yuqorida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiya faoliyati doirasida fransuz tomoni bilan muntazam va samarali hamkorlikni tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar — masʼul ijrochilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini hamda ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “Ijro.gov.uz” tizimiga doimiy ravishda kiritib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har hisobot oyidan keyingi oyning 3 sanasiga kadar tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarining ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning 2, 4 va 5-ilovalar boʻyicha — Tashqi ishlar vazirligiga, 3-ilova boʻyicha — tegishliligi boʻyicha Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarining ijrosi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni har hisobot oyidan keyingi oyning 7 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi ushbu qaror hamda tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalari ijrosining tanqidiy tahlilini har hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 28-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4037-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 07/20/4037/0881-son)