13.02.2017 yildagi PQ-2772-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoati boshqaruvini jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektrotexnika tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, elektrotexnika sanoatini barqaror rivojlantirish va diversifikatsiya qilishni taʼminlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha respublikada yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilishga xorijiy investitsiyalar va taniqli xorijiy texnologik sheriklarni keng jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” AK tomonidan ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) maʼqullansin, Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda yuqori qoʻshilgan qiymatli elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha topshiriq 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab turganlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha istiqbolli ustuvor investitsiya loyihalari roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika sanoatida mahalliy ishlab chiquvchilarning innovatsion loyihalari roʻyxati 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengashga, zarur hollarda, 4*, 5* va 6-ilovalarga* Dasturga kiritilgan yangi investitsiya loyihalarini chiqarib tashlash va kiritish, shuningdek, investitsiya loyihalarining asosiy parametrlarini aniqlashtirish yuzasidan tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3 — 6 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzeltexsanoat” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 4-ilovada* koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, ularda zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan loyiha yechimlarini tanlagan holda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishning aniq muddatlarini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik xorijiy investorlar bilan, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda muzokaralar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzeltexsanoat” AK bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish maxsus jamgʻarmasini tashkil etish, uning mablagʻlarini “Oʻzeltexsanoat” AKning ulushli ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik xorijiy investorlarni jalb etgan holda elektrotexnika tarmogʻidagi investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun kredit liniyalari, shu jumladan xorijiy valyutada kredit liniyalari ochish manbalari, shartlari va mexanizmi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy resurslar hisobiga xorijiy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan kredit liniyalari doirasidagi kreditlar faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yillik imtiyozli davr bilan va qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 0,5 foizdan koʻp boʻlmagan marjasi bilan 7 yildan kam boʻlmagan muddatga zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilmaydigan materiallar va butlovchi buyumlarni 12 oydan ortiq boʻlmagan davrda, keyinchalik ularni mahsulot eksportidan valyuta tushumlari hisobiga xarid qilishni taʼminlashni nazarda tutgan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq kredit liniyalari doirasida moliyalashtirish nazarda tutilayotgan elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari tarmoq Ilmiy-texnik kengashida, ularni amalga oshirish doirasida tuziladigan zamonaviy import asbob-uskunalari va texnologiyalarini xarid qilish boʻyicha import shartnomalari esa Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Dastur doirasida foydalanilmayotgan davlat mulki, ishlab chiqarish binolari va obyektlari orasidan raqobatbardosh elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni aniqlash va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga, shu jumladan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish uchun berishda koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda belgilangan tartibda unga mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlari va manbalarini aniqlashtirgan holda kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, materiallar va butlovchi buyumlar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3594-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar 2022-yil 1-yanvarga qadar, joylashgan joyidan qatʼi nazar, barcha yangi tashkil etiladigan elektrotexnika sanoati korxonalariga tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika sanoati korxonalarining majburiy sotilishi lozim boʻlgan chet el valyutasidagi tushumi asosiy qarzni va valyuta kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash, shuningdek elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar sotib olish boʻyicha valyuta xarajatlari summasiga kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy faoliyat turi boʻyicha xodimlarining oʻrtacha yillik soni toʻrt yuz kishidan oshmaydigan (shu jumladan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilishda xodimlarning oʻrtacha yillik sonining belgilangan meʼyordan oshishi) elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi kichik korxonalar kichik tadbirkorlik subyektlari toifasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Oʻzeltexsanoat” AK va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan “Motor zavodi” AJ mulkiy kompleksining bir qismini investorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2123-son qarorida nazarda tutilgan investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushgan mablagʻlarni tugatilayotgan “Motor zavodi” AJ kreditorlarining talablarini qanoatlantirishga, elektrotexnika tarmogʻining yangi quvvatlarini tashkil etish, mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” AK va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda bir oy muddatda tugatilayotgan “Motor zavodi” AJ mulkiy kompleksining bir qismini sotish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzeltexsanoat” AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2772-son