30.05.2019 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi hududidagi 66-pavilonda “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida doʻstona munosabatlarni inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 7-oktabrdagi Butunrossiya koʻrgazma markazi negizida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi aʼzo davlatlarining doimiy faoliyat yurituvchi koʻrgazmalarini ochish toʻgʻrisidagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining qarori hamda ushbu maqsadlar uchun shartnomaviy-huquqiy asosni ishlab chiqish zaruriyatiga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, madaniy, ilmiy va taʼlimga oid aloqalarni rivojlantirish maqsadida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning maqsadi Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi hududidagi 66-pavilonda “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan maqsadga asosan Rossiya tomoni Oʻzbekiston tomoniga Moskva shahri “Mir” shoh koʻchasi, 119-uy, 66-binoda joylashgan, umumiy maydoni 1478,5 kv. metrdan iborat boʻlgan, federal ahamiyatga ega madaniy meros obyekti hisoblanadigan “Sovetskaya kultura” 66-sonli pavilonini (keyingi oʻrinlarda ― obyekt) ijara haqi yiliga 1 rossiya rubli miqdorida va obyekt egallab turgan hamda u bilan tarixan va vazifaviy bogʻliq, kadastr raqami 77:02:0018011:354 boʻlgan yer uchastkasini (keyingi oʻrinlarda ― yer uchastkasi) 49 yil muddatga ijara haqi yiliga 1 rossiya rubli miqdorida ijaraga berilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya tomoni obyekt joylashgan yer uchastkasi chegaralarini shakllantirish va uni Oʻzbekiston tomoniga yer uchastkasi uchun ijara shartnomasini tuzish huquqini haq olmasdan taqdim etish uchun zarur protseduralarni amalga oshirishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amalga oshirish uchun quyidagilar Tomonlarning vakolatli tashkilotlari hisoblanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya tomonidan ― Moskva shahri Hukumati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan ― Toshkent shahar hokimiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon oʻzining vakolatli tashkiloti oʻzgargani toʻgʻrisida boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 -modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim kuchga kirgan kundan boshlab uch oy muddatda Tomonlarning vakolatli tashkilotlari mazkur Bitimning 2-moddasida nazarda tutilgan shartlar asosida obyekt va yer uchastkasi uchun Rossiya Federatsiyasining qonunchiligiga muvofiq ijara shartnomalarini tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 11-moddasi qoidalariga muvofiq Bitimning amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda, Tomonlar kelgusi 49 yil muddatga xuddi shu shartlarda yangi ijara shartnomalarini tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 -modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya tomoni “ROSIZO” FDMBM DMKM (“ROSIZO” FGBUK GMBS)ning obyektga nisbatan huquqlari tugatilishini, shuningdek, ijara shartnomalarini tuzish sanasiga qadar obyekt va shakllantirilgan yer uchastkasi qarzlardan, boshqa uchinchi shaxslarning huquqlaridan holi, garovga qoʻyilmagan va ulardan mazkur Bitimda nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan biror boshqacha tarzda qiyinchilik tugʻdirmaydigan holda boʻlishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt va yer uchastkasi faqat mazkur Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan maqsad uchun, koʻrgazma-savdo faoliyatini amalga oshirish, ommaviy madaniy va konsert tadbirlarini tashkillashtirish, milliy oshxona restorani (kafe) ochish yoʻli bilan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt va yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan, obyektning ichki va tashqi qismlarini taʼmirlash protseduralari va muddatlari, uni asrash va madaniy meros obyektlarining asl holatini saqlash Toshkent shahar hokimiyati va Moskva shahri Hukumati oʻrtasida tuziladigan ijara shartnomalari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni asrash, saqlash, undan foydalanish, davlat tomonidan muhofaza qilish va obyektning holati, uni saqlash, asrash, undan foydalanish, uni ommalashtirish va madaniy meros obyektlarining davlat muhofazasi ustidan davlat nazorati sohasidagi yerdan foydalanish va shaharsozlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar Rossiya Federatsiyasining yer qonunchiligi, Rossiya Federatsiyasining shaharsozlik va arxitektura faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligi, Rossiya Federatsiyasining atrof muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi xalqlarining madaniy meros obyektlarini (tarixiy va madaniy yodgorliklarni) saqlash, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya tomoni obyektning Oʻzbekiston tomoniga topshirilguniga qadar uning ichki qismini taʼmirlash va taʼmirlash-tiklash ishlarini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek tomoni obyektning tashqi qismini (obyektning tashqi fasadi) joriy taʼmirlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 -modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amalga oshirishda Tomonlar oʻrtasida kelib chiqadigan nizoli masalalar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelishuviga asosan mazkur Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim imzolangan kundan 30 kun oʻtgach vaqtinchalik qoʻllanila boshlaydi va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim 49 yil muddatga tuziladi, basharti Tomonlardan biri mazkur Bitimni tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni keyingi muddat tugashidan bir yil oldin yozma shaklda xabardor qilmasa, u oʻz-oʻzidan keyingi xuddi shunday muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt va yer uchastkalari uchun ijara shartnomalari muddatidan avval tugatilganda yoki bekor qilingan taqdirda mazkur Bitimning amal qilishi tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahrida 2019-yil 30-mayda ikki nusxada oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda ikkala matn bir xil kuchga ega.

(imzolar)