16.02.2017 yildagi PQ-2784-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Orol dengizi havzasi uchun iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqlim oʻzgarishlarining salbiy taʼsirini kamaytirish, qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2015-yil 3-noyabrda Jahon banki Direktorlar kengashi “Iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning Orol dengizi havzasi uchun oqibatlarini yumshatish dasturi” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (keyingi oʻrinlarda — XTU) 10,0 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 14,0 mln AQSH dollari ekvivalentidagi qarz olish maxsus huquqlari summasini qaytarish muddati 25 yil, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan berishni maʼqullaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonining loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi ekvivalenti 6,71 mln AQSH dollarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi ekvivalenti 3,55 mln AQSH dollarini va loyiha ishtirokchilari (benefitsiarlar) ning hissasi ekvivalenti 3,16 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davri 9 yil (2017 — 2025-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, shuningdek, XTU bilan kelishilgan holda Buxoro va Navoiy viloyatlarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi loyihani oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyasini boshqarish, kreditni oʻz vaqtida oʻzlashtirish va undan maqsadli foydalanish, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha monitoring va hisobotlarni yuritish uchun masʼuliyat ishtirok etuvchi tijorat banklariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning Orol dengizi havzasi uchun oqibatlarini yumshatish dasturi” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Iqlim oʻzgarishiga moslashish va Orol dengizi havzasi uchun uning oqibatlarini yumshatish dasturi” loyihasi boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasining kreditiga xizmat koʻrsatish sxemasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning Orol dengizi havzasi uchun oqibatlarini yumshatish dasturi” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan kreditni soʻndirish hamda u boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda kreditni qayta moliyalashtirish tartibi, muddatlari va shartlarini, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda loyiha doirasida XTU kredit liniyalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga loyiha tadbirlarini samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, XTU tartib-taomillari va talablariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash va taqdim etishni tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan quyidagi hujjatlarni imzolash vakolati berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTU bilan moliyalashtirish toʻgʻrisida bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi hamda ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan XTU kreditini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim, shuningdek, zaruratga koʻra unga tegishli oʻzgartirishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTU oʻrtasidagi moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Loyihani amalga oshirish doirasida XTUning kredit va grant mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan loyihaning qayta moliyalashtiriladigan mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2784-son