05.08.2020 yildagi 463-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakati qoidalariga soʻzsiz rioya etilishi va mazkur turdagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, shuningdek, yoʻl harakati qoidalariga qatiy rioya etilishi boʻyicha nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilari yoki boshqa shaxslardan tegishli jarimalarni ushbu avtotransport vositalari respublika hududidan olib chiqib ketayotilganda bojxona organlari tomonidan ichki ishlar organlari “onlayn” rejimda taqdim etgan maʼlumotlar asosida undirish mexanizmi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qoidalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining, shuningdek, ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning avtotransport vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirgan yoki tranzit harakatlanishda boʻlgan xorijiy rasmiy delegatsiyalar avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga respublika hududida yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun toʻlanmagan jarimalarni avtotransport vositalari respublika hududidan olib chiqib ketilayotganda undirish, jarima toʻlanmagan taqdirda esa jarima summasi toʻliq undirilgunga qadar avtotransport vositalarini hududiy ichki ishlar organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 291-moddasida belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan hamda respublika hududi boʻylab tranzit harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtishida, ularning respublika hududida yoʻl harakati qoidalarini buzganligini real vaqt rejimida aniqlash maqsadida Ichki ishlar vazirligining maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya maʼlumotlar bazasini bir oy muddatda Davlat bojxona qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilari yoki boshqa shaxslar tomonidan toʻlanmagan jarimalarni ushbu avtotransport vositalari respublika hududidan olib chiqib ketilayotganda undirib olish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara bojxona postlarini zamonaviy kameralar bilan jihozlasin, shu jumladan “Avtotransport vositalari raqamlarini aniqlash tizimi” va dasturiy taʼminotlar bilan taʼminlasin hamda ushbu texnik vositalarni yangilab borish, axborot tizimlarining doimiy ishlab turishini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilaridan bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima summasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga ajratilishi belgilangan qismning 50 foizi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilaridan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 7-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
463-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-avgustdagi 463-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilaridan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilaridan jarimalarni undirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus maʼlumotlar bazasi ― Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda ― Ichki ishlar vazirligi) respublika hududida yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini qayd etish hamda ularning hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy avtotransport vositalari ― xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatda turgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet el fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, yuklar va yoʻlovchilarni xalqaro tashish maqsadida vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi ― Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy avtotransport vositasini boshqaradigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqish (kirish) bojxona posti ― oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda ― Davlat bojxona qoʻmitasi) hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligida amalga oshiradigan va uning tarkibiga kiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining oʻtish punktida joylashgan davlat bojxona organi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom qoidalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining, shuningdek, ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning avtotransport vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirgan yoki tranzit harakatlanishda boʻlgan xorijiy rasmiy delegatsiyalar avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsdan tegishli jarimalar ushbu avtotransport vositalari respublika hududidan olib chiqib ketilayotganda bojxona organlari tomonidan ichki ishlar organlari onlayn rejimda taqdim etgan maʼlumotlar asosida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bojxona organlari xorijiy avtotransport vositasi haydovchisi yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsdan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni undirishda Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar bazasidan Davlat bojxona qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga kelib tushgan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar organining jarima solish toʻgʻrisidagi qarori, bojxona organlari tomonidan onlayn rejimda taqdim etilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” maʼlumotlari asosida real vaqtda avtomatik shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima, Davlat bojxona qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga kelib tushgan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda qayd etilgan miqdorda xorijiy avtotransport vositasi egasi, haydovchisi yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsdan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarimani undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxs respublika hududidan chiqish uchun davlat bojxona organiga murojaat qilganda, davlat bojxona xizmati organi xodimi ushbu xorijiy avtotransport vositasi ishtirokida respublika hududida sodir etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlari mavjudligini ichki ishlar organi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar bazasi orqali mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat bojxona xizmati organi xodimi respublika hududida yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositasining haydovchisini yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsni transport vositasining jarima summasini toʻlash sharti bilan respublikadan olib chiqilishiga yoʻl qoʻyilishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar bazasidan Davlat bojxona qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga kelib tushgan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqish bojxona posti xodimi tomonidan ikki nusxada chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning birinchi nusxasi toʻlov amalga oshirilgan kvitansiya bilan birgalikda chiqish bojxona posti ish yurituvida qoladi, ikkinchi nusxasi esa xorijiy avtotransport vositasi haydovchisiga yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxs jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda qayd etilgan jarima summasini chegara bojxona postidagi bank kassalari yoki elektron toʻlov tizimlari yoxud oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish terminallari orqali toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Chegara bojxona postlaridagi bank kassalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsdan jarima summasini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima summasi qabul qilinganligi haqida xorijiy avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini koʻrsatgan holda kvitansiya rasmiylashtiradi va uning bir nusxasini xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kassasi xodimi jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning patta va xazinachi qismlarini oʻz imzosi va muhri bilan tasdiqlaydi, patta qismi ish yurituvida qoladi, qolgan qismi esa xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jarima summasi elektron toʻlov tizimlari yoxud oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish terminallari orqali toʻlanadi, bojxona posti xodimi elektron toʻlov tizimlari orqali mustaqil tekshiradi va jarima summasi toʻlangan taqdirda, bu toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni Davlat bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda ― DBQ YAAAT) shakllantirgan holda, xorijiy avtotransport vositasining respublika hududidan chiqishiga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ichki ishlar organi toʻlangan jarima summasi boʻyicha maʼlumotlarni davlat bojxona xizmati organi tomonidan DBQ YAAATda onlayn rejimda koʻrish imkoniyatini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasi toʻlanmagan taqdirda, davlat bojxona xizmati organi hududiy ichki ishlar organlari bilan birgalikda avtotransport vositalarini ushbu jarima summasi toʻliq undirilgunga qadar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 291-moddasida belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar eksport yuklarini tashish jarayonida yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi boʻyicha jarima summasini toʻlash imkoniyati boʻlmaganda, keyinchalik toʻlash sharti bilan, shu jumladan jarima summasi toʻlanmagan taqdirda mazkur transport vositasi yoki mulkdorga (haydovchiga) tegishli boshqa transport vositasi kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlovga olinishi toʻgʻrisida 2-ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida yozma ravishda ogohlantirilib, vaqtincha saqlovga olinmasdan bojxona postining respublikadan chiqish yoʻnalishi orqali harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda chiqish bojxona posti xodimi Davlat bojxona qoʻmitasining maʼlumotlar bazasida ushbu bandga muvofiq transport vositasi haydovchisi ogohlantirilganligi toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogohlantirish berilganlik boʻyicha jarima summasi toʻlanmagan transport vositasi yoki mulkdorga (haydovchiga) tegishli boshqa transport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganda vaqtincha saqlovga olinadi va toʻlanmagan qarzdorlik summasini mazkur Nizom hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq undirib olish choralari koʻriladi.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashqi savdo yuklari tashuvlari amalga oshirilayotgan boʻlsa, toʻlanmagan qarzdorlik summasini undirib olish choralari chegara yoki tashqi savdo yuklari yetkazib beriladigan manzildagi bojxona postlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit tashuvlarni amalga oshirishda esa yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi boʻyicha qarzdorlik summalari toʻlanmagunga qadar respublika hududiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nizomga 1-ilovadagi dalolatnoma uch nusxada tuzilib, uning birinchi nusxasi ― transport vositasini vaqtincha saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxsda, ikkinchi nusxasi ― chiqish bojxona posti ish yurituvida qoladi, uchinchi nusxasi esa transport vositasining haydovchisiga yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 2-ilovadagi dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, uning birinchi nusxasi ― chiqish bojxona posti ish yurituvida qoladi, ikkinchi nusxasi esa transport vositasining haydovchisiga yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomalar uni toʻldirgan davlat bojxona xizmati xodimi imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi va bu toʻgʻrisida DBQ YAAATga tegishli maʼlumotlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomalar hisobi DBQ YAAATda yuritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasi toʻlanmagan avtotransport vositasi belgilanadigan joylarda 60 kalendar kuni saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jarima summasi 60 kalendar kuni ichida toʻlanmagan taqdirda, toʻlanmagan qarzdorlik summasini amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy ijro va sud organlari bilan hamkorlikda transport vositasi hisobidan undirish choralari koʻriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qarzdorlik boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmasdan, davlat budjetiga undirilgan summadan qarorda belgilangan miqdordagi mablagʻ Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilaridan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


‎‎‎Jarima summasi toʻliq undirilgunga qadar avtotransport vositasini vaqtincha
‎saqlovga olish toʻgʻrisida

D A L O L A T N O M A
‎___________-son

‎bojxona posti kodi/sana /raqami

______________________________‎‎

20___ y. “____” __________ ‎‎

(hudud)

‎‎Transport vositasi rusumi ____________________ davlat belgisi _________________________
__________________________________________________________________________________‎‎

‎‎Transport vositasini vaqtincha saqlovga olish sababi (jarima summasi toʻlanmaganligi, jarima solish toʻgʻrisidagi qaror raqami va sanasi, jarima summasi (raqamda hamda soʻz bilan) va boshqa maʼlumotlar)

__________________________________________________________________________________‎‎

‎‎Vaqtincha saqlovga olingan transport vositasi va unga tegishli hujjatlar (Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, ishonchnoma (agar mavjud boʻlsa), sugʻurta polisi va boshqa)

(transport vositasi vaqtincha saqlovga olingan joy (manzili, nomi))‎‎

‎‎Transport vositasining tashqi koʻrinishi: ‎‎3. Antenna __________________________
‎‎1. Oyna tozalagich ____________________ 4. Balonlar holati ___________________
‎‎2. Yon oynasi ________________________ 5. Kuzov holati ______________________
‎‎Salon:
‎‎1. Orqa koʻrinish oynasi ______________ 5. Bar ______________________________
‎‎2. Magnitofon ______________________ 6. Oʻrindiqlar holati ________________
‎‎3. Bosh qoʻygich _______________________ 7. Boshqa buyum va jihozlar ___________
‎‎4. Parda ____________________________
‎‎Bagajda:
‎‎1. Ehtiyot balon _______________ 2. Domkrat ________________ 3. Temir kalitlar ______________
__________________________________________________________________________________

‎‎(transport vositasida pul va qimmatbaho buyumlar, agar bunday buyumlar boʻlgan taqdirda nomi koʻrsatiladi)

‎‎Jarima summasi 60 kalendar kuni ichida toʻlanmaganda, qarzdorlik summasini transport vositasi hisobidan undirish choralari koʻrilishi yuzasidan ogohlantiriladi.

‎‎Haydovchi: _________________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)

‎‎Qabul qiluvchi: _____________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi) ‎‎

‎‎Bojxona xodimi: ____________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi) ‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilaridan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Eksport yuklar tashuvini amalga oshirayotgan transport vositasini
‎yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima
‎summasini kelgusida toʻlash sharti bilan respublika hududidan
‎olib chiqilishiga ruxsat berishda, transport vositasini
‎amalda olib chiqayotgan shaxsni
(egasi, mulkdor, haydovchi)
‎ogohlantirish toʻgʻrisida
‎D A L O L A T N O M A

‎‎___________-son
‎bojxona posti ‎kodi/sana/raqami

‎‎__________________________

‎‎20___ y. “____” __________

(hudud)‎

Transport vositasi rusumi ________________ davlat belgisi ____________________

‎‎__________________________________________________________________________________

‎‎Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror raqami va sanasi, jarima summasi (raqamda hamda soʻz bilan)

‎‎__________________________________________________________________________________

‎‎Respublika hududidan olib chiqilishiga ruxsat berilgan , eksport yuklar tashuvini amalga oshirayotgan transport vositasi va unga tegishli hujjatlar (Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, ishonchnoma (agar mavjud boʻlsa), sugʻurta polisi va boshqa)

‎‎‎‎__________________________________________________________________________________

‎‎Tashilayotgan eksport tovarlari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (nomi, qiymati, vazni), BYD va YUYEBNK raqami.

‎‎Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima summasini toʻlash imkoniyati boʻlmaganda, keyinchalik toʻlash sharti bilan, shu jumladan jarima summasi toʻlanmagan taqdirda mazkur transport vositasi yoki mulkdor (haydovchi)ga tegishli boshqa transport vositasi kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlovga olinishi hamda 60 kalendar kuni ichida toʻlanmaganda, qarzdorlik summasini transport vositasi hisobidan undirish choralari koʻrilishi yuzasidan ogohlantiriladi.

‎‎__________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________
‎‎Haydovchi: _________________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)

‎‎Bojxona xodimi: ____________________________________________________________________

‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)

Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2020-y., 09/20/463/1141-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)