11.02.2005 yildagi PQ-5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.02.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMMUNAL XIZMATLAR TARIFLARINING ASOSSIZ RAVISHDA OʻSIB KETISHIGA YOʻL QOʻYMASLIK HAMDA ULAR UCHUN OʻZ VAQTIDA VA TOʻLIQ HISOB-KITOB QILINISHI UCHUN ISTEʼMOLCHILARNING MASʼULIYATINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmatlar uchun isteʼmolchilarning oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish va masʼuliyatini oshirish, tariflarning asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek kommunal tarmoqlardan foydalanish, ularni texnik jihatdan zamonaviylashtirish va qayta jihozlash, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tariflar va uy-joy-kommunal xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlar dasturi bajarilishi monitoringini olib borish respublika komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlarning raqobat bozorini shakllantirishga, ushbu sohada xususiy korxonalarni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar uchun tariflarning asossiz ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kommunal xizmatlar qiymati va ular uchun tariflar miqdorini belgilashda xarajatlar tarkibini yilning har choragida hududlar boʻyicha tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta va past bosimli gaz quvurlarida tabiiy gaz, tegishli kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari tomonidan issiq suv va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga yetkazib berishda ular isrof boʻlishining cheklangan normalarini ishlab chiqishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan dasturga muvofiq kommunal xizmatlarni yakka va umumfoydalaniladigan tartibda hisobga olish asboblarini oʻrnatishni nazorat qilish va ulardan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va kommunal xizmatlar koʻrsatish jarayonida zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq qilish va nazorat oʻrnatishni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha yuridik shaxslar — kommunal xizmatlar isteʼmolchilari isteʼmol qilingan kommunal xizmatlar uchun kalendar oy tamom boʻlgandan keyin 30 kun mobaynida toʻliq hisob-kitob qilishlari shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada belgilangan muddatlardan oʻtib ketgan har bir kun uchun yuridik shaxslardan muddati oʻtkazib yuborilgan summaning 0,4 foizi, aholidan esa 0,1 foizi miqdorida, ammo 50 foizdan oshmaydigan mikdorda, penya qoʻshib undiriladi. Olingan penya summalari kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash uchun toʻliq va maqsadli foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlamagan isteʼmolchilar oʻrnatilgan tartibda ushbu manbalardan uzib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz va suv tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olgan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv, issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazgan, shuningdek hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashishga yoʻl qoʻygan qoida buzuvchilar qonunchilikka muvofiq to jinoiy javobgarlikkacha tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2005-yil 1-iyuldan boshlab uy-joylar ichidagi suv oʻtkazgichlari, kanalizatsiya, issiqlik, elektr tarmoqlari va qurilmalarga texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari uy-joy mulkdorlari shirkatlari (UMSH)da jamlangan uy-joy mulkdorlarining mablagʻlari hisobidan qoplanadi va, tegishli ravishda, sovuq suv, issiqlik va elektr energiyasi yetkazib beruvchi korxonalarning xarajatlariga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 26-fevraldagi PF-3038-son Farmoniga muvofiq uy-joy mulkdorlari shirkatlariga berilgan soliq imtiyozlari uy-joy mulkdorlari shirkatlarining professional boshqaruvchi kompaniyalariga joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qaroriga muvofiq 2005-yil 1-yanvardan boshlab olingan kommunal xizmatlar uchun aholi tomonidan haq toʻlash isteʼmolchilarning ixtiyoriga koʻra barcha tijorat banki boʻlimlari va toʻlovlarni qabul qilish kassalari orqali cheklovlarsiz amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal xizmatlar koʻrsatish korxonalariga ular tomonidan koʻrsatilgan kommunal xizmatlar, shu jumladan uy-joylarning ekspluatatsiya xarajatlari uchun aholidan naqd pul mablagʻlarini kassalarni chetlab mustaqil yigʻish taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.H. Toʻxtayev Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” Agentligi, “Oʻzbekenergo” DAK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni puxta koʻrib chiqsin va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda uy-joy mulkdorlari va undan foydalanuvchilarning kommunal xizmatlar haqini, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlarini oʻz vaqtida toʻlash uchun javobgarligi masalalariga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uy-joy mulkdorlari va undan foydalanuvchilar tuzilgan shartnomalarga muvofiq, kommunal xizmat, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlarini toʻlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va boshqa qonun hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda buzgan hollarda shahar va tumanlarning hokimliklari kommunal xizmat koʻrsatuvchilar yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq, toʻlanmagan qarzlarni aybdor shaxslardan belgilangan tartibda undirib olish toʻgʻrisida fuqarolik sudlariga daʼvo arizalari kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda boʻsh turgan egasiz uy-joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning hokimliklari boʻsh yotgan uy-joylarni uch oy muddatda xatlab qoʻysinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh yotgan egasiz uy-joylar aniqlanganida ularni belgilangan tartibda davlat mulkiga oʻtkazish uchun sudga murojaat etish maqsadida ularni hisobga olib qoʻyish taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olti oydan ortiq kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlari uchun haqi toʻlanmagan boʻsh yotgan uy-joylar aniqlangan taqdirda qonunchilikka muvofiq uy-joy mulkdorlarining muayyan javobgarligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun fuqarolik sudlariga daʼvo arizalari kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda sud organlari ushbu qaror ijrosi boʻyicha qabul qilgan qarorlarni sud ijrochilari tomonidan ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal sohasidagi normativ-huquqiy boshqarish avvalo qonun hujjatlari bilan amalga oshirilishini nazarda tutgan holda tegishli idoraviy normativ hujjatlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqsin va ularni keskin kamaytirish hamda tartibga keltirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda; 45-son, 337-modda; 2007-y., 11-son, 95-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son; 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)