Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Qayd etilsinki, keyingi yillarda kommunal xo‘jaligini isloh qilish, uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha zarur qonunchilik va normativ-huquqiy baza yaratildi, uy-joy mulkdorlari bilan kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlar mustahkamlanmoqda.
Shu bilan birga uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil qilish jarayoni va ularning faoliyati yuzaki olib borilmoqda, amalda tasodifiy kishilar ixtiyoriga berib qo‘yilgan, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ularni saqlash nihoyatda qoniqarsiz ahvolda, ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun iste’molchilarning to‘lov intizomi hamon pastligicha qolmoqda.
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mahalliy hokimiyat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi ekspluatatsiya va ta’mirlash tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar—viloyat markazlarida, Toshkent shahri tumanlarida, shuningdek aholisi 60 ming kishidan oshadigan, ko‘p xonadonli uylarga ega bo‘lgan shaharlarda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uyushmalarini (bundan buyon matnda XUMSh Uyushmalari deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, tashkil etiladigan XUMSh Uyushmalarining muassislari tarkibiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (bundan buyon matnda — XUMSh deb yuritiladi), kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ta’mirlash-qayta tiklash, avariya xizmatlari, shuningdek tegishli hududlardagi ko‘p xonadonli uy-joylarni boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi boshqa pudrat tashkilotlari kiradilar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joylar hamda uylar yaqin atrofidagi hududlarni texnikaviy va sanitariya jihatdan yaxshi holatda saqlash, uy-joy fondini kuz-qish fasliga tayyorlash va undan foydalanish masalalarida XUMShning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
uy-joy fondining texnikaviy holatini saqlash, uy-joylarni kapital va joriy ta’mirlash, shuningdek avariya-qayta tiklash ishlarini o‘tkazish masalalari bo‘yicha XUMShning xizmat ko‘rsatish, avariya-ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish;
XUMShning moddiy-texnika resurslari va sifatli uy-joy kommunal xizmatlariga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondiradigan to‘laqonli bozor infratuzilmasini tashkil qilishga ko‘maklashish;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining kadrlari hamda rahbarlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti, “O‘zkommunxizmat” Agentligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda UMSh shahar va tuman Uyushmalarining Namunaviy nizomini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1 va 2-ilovalarga* muvofiq shahar, tuman Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati tuzilmasi;
3-ilovaga* muvofiq xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat ro‘yxatiga olish tartibi va hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi nizom.
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda beriladi.
Belgilansinki, XUMSh Uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi ishtirokchilari, Uyushmaga kiruvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari, ta’mirlash-tiklash va avariya xizmatlari, uy-joyni boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot vakillari hisoblanadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari zimmasiga XUMSh Uyushmalari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha quyidagi vazifa hamda vakolatlar yuklatilsin:
uy-joy fondidan foydalanish, joriy va kapital ta’mirlashni o‘z vaqtida saqlash masalalarida XUMSh faoliyati samaradorligini muntazam tahlil qilib borish;
ko‘p xonadonli uy-joy fondida o‘tkaziladigan ta’mirlash-qayta tiklash ishlarining tasdiqlangan qurilish norma va qoidalariga muvofiqligini nazorat qilish;
XUMSh tomonidan amaldagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan hollarda uy-joy mulkdorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishlarini chaqirish;
XUMSh raislari va ijrochi direktorlarini tayinlash to‘g‘risida tavsiyanomalar, shuningdek ularni uy-joy mulkdorlarining qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etmagan, amaldagi qonunchilikni buzgan taqdirda lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida takliflar kiritish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shahar va tumanlarda uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi hokim o‘rinbosari boshchiligida uy-joy fondini saqlash monitoringi Komissiyalarini tuzsinlar, ularning tarkibiga kadastr, soliq, moliya xizmatlarining, arxitektura-qurilish nazorati, ichki ishlar organlarining, mahallalar, UMSh Uyushmalarining vakillarini jalb etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.O‘. To‘xtayev, Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zkommunxizmat” Agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, UMSh Uyushmalari bilan birgalikda 2005-yilning birinchi yarmida UMSh rahbar xodimlarini, jumladan tarmoq kollejlari bazasida o‘qitishni tashkil qilsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 5-iyuldagi F–1992-son Farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh (R.S. Azimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlarning hokimliklari:
2005-yilning fevral-mart oylarida bitta UMShga birlashtiriladigan xonadonlar (uylar) sonini qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish maqsadida ko‘p xonadonli uylardagi uy-joy egalarining navbatdan tashqari yig‘ilishlarini o‘tkazishni ta’minlasin;
2005-yilning 1-apreliga qadar muddatda UMSh hududiy uyushmalarining ta’sis yig‘ilishlarini o‘tkazsin;
2005-yilning 1-mayiga qadar muddatda tuzilayotgan UMSh Uyushmalarini zarur xonalar, anjomlar, shuningdek tashkiliy texnika bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
1991-yilgacha bo‘lgan davrda qurilgan ko‘p xonadonli uy-joy binolarini kapital ta’mirlash dasturlariga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan uy-joy binosini kapital ta’mirlash umumiy smeta qiymatining kamida 30 foizi hajmida moliyalashtirilgan uylar kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
ko‘p xonadonli uy-joy binolarida joylashgan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan xonalarning egalari joy binosining umumiy mulkini saqlash va ta’mirlashda ishtirok etishlari majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari mahalliy budjetlarga rejadan ortiqcha tushgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlash-qayta tiklash ishlari uchun XUMShga budjetdan ssudalar bersin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi “O‘zkommunxizmat” Agentligi, “Sanoatkontexnazorat”, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda belgilangan tartibda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
ko‘p xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiyalash, o‘zgartirish va qayta uskunalash bo‘yicha binolar xavfsizligini ta’minlaydigan qurilish norma va qoidalari;
har bir xonadonda sovuq va issiq suv uchun bittadan oshmaydigan hisoblagich asbob o‘rnatilishini ko‘zda tutadigan uy ichi va xonadon ichi kommunal tarmoqlarining sxemalari eng maqbul bo‘lgan ko‘p xonadonli uylarning namunaviy loyihalari.
hududiy kommunal-foydalanish birlashmalarini tugatib, ularning vazifalarini kommunal xizmatini rivojlantirish masalalariga mas’ul bo‘lgan hokim o‘rinbosari kotibiyati ixtiyoriga topshirsinlar;
viloyat “Kommundrenaj” ishlab chiqarish korxonalarini shahar va tuman hokimliklari bilan shartnomalar asosida ixtisoslashtirilgan drenaj ishlarini bajaruvchi pudrat korxonalariga aylantirsinlar.
Shahar va tumanlarni obodonlashtirish, ko‘chalarni yoritish, drenaj ishlarini bajarish masalalari nodavlat mulkchilik shaklida barpo etilayotgan korxonalar tomonidan mahalliy hokimiyat organlari, UMSh Uyushmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnoma asosida hal etilishi belgilab qo‘yilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zkommunxizmat” Agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar;
ikki oy muddatda — “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonuni loyihasi.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.