10.02.2005 yildagi PQ-3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.02.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, keyingi yillarda kommunal xoʻjaligini isloh qilish, uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish boʻyicha zarur qonunchilik va normativ-huquqiy baza yaratildi, uy-joy mulkdorlari bilan kommunal xizmat koʻrsatuvchilar oʻrtasida shartnomaviy munosabatlar mustahkamlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil qilish jarayoni va ularning faoliyati yuzaki olib borilmoqda, amalda tasodifiy kishilar ixtiyoriga berib qoʻyilgan, koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ularni saqlash nihoyatda qoniqarsiz ahvolda, koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun isteʼmolchilarning toʻlov intizomi hamon pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mahalliy hokimiyat organlari hamda xizmat koʻrsatuvchi ekspluatatsiya va taʼmirlash tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar—viloyat markazlarida, Toshkent shahri tumanlarida, shuningdek aholisi 60 ming kishidan oshadigan, koʻp xonadonli uylarga ega boʻlgan shaharlarda Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uyushmalarini (bundan buyon matnda UMSH Uyushmalari deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, tashkil etiladigan UMSH Uyushmalarining muassislari tarkibiga uy-joy mulkdorlarining shirkatlari (bundan buyon matnda — UMSH deb yuritiladi), kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning taʼmirlash-qayta tiklash, avariya xizmatlari, shuningdek tegishli hududlardagi koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi boshqa pudrat tashkilotlari kiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar UMSH Uyushmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylar hamda uylar yaqin atrofidagi hududlarni texnikaviy va sanitariya jihatdan yaxshi holatda saqlash, uy-joy fondini kuz-qish fasliga tayyorlash va undan foydalanish masalalarida UMSHning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondining texnikaviy holatini saqlash, uy-joylarni kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek avariya-qayta tiklash ishlarini oʻtkazish masalalari boʻyicha UMSHning ekspluatatsiya, avariya-taʼmirlash va xizmat koʻrsatish korxonalari bilan oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMSHning moddiy-texnika resurslari va sifatli uy-joy kommunal xizmatlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qondiradigan toʻlaqonli bozor infratuzilmasini tashkil qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMSHning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kadrlari hamda rahbarlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti, “Oʻzkommunxizmat” Agentligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda UMSH shahar va tuman Uyushmalarining Namunaviy nizomini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 2-ilovalarga* muvofiq shahar, tuman Uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaga* muvofiq uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatiga olish tartibi va hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-3-ilovalar rus tilidagi matnda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Uyushmaga kiruvchi uy-joy mulkdorlari shirkatlarining rahbarlari, taʼmirlash-qayta tiklash va avariya xizmatlarining, uy-joylardan foydalanish va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari (tashkilotlari)ning vakillari UMSH Uyushmalari aʼzolari umumiy yigʻilishining qatnashchilari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari zimmasiga UMSH Uyushmalari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha quyidagi vazifa hamda vakolatlar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondidan foydalanish, joriy va kapital taʼmirlashni oʻz vaqtida amalga oshirish masalalarida UMSH faoliyati samaradorligini muntazam tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uy-joy fondida oʻtkaziladigan taʼmirlash-qayta tiklash ishlarining tasdiqlangan qurilish norma va qoidalariga muvofiqligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMSH tomonidan amaldagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan hollarda uy-joy mulkdorlarining navbatdan tashqari yigʻilishlarini chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMSH raislari va ijrochi direktorlarini tayinlash toʻgʻrisida tavsiyanomalar, shuningdek ularni uy-joy mulkdorlarining qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etmagan, amaldagi qonunchilikni buzgan taqdirda lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shahar va tumanlarda uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi hokim oʻrinbosari boshchiligida uy-joy fondini saqlash monitoringi Komissiyalarini tuzsinlar, ularning tarkibiga kadastr, soliq, moliya xizmatlarining, arxitektura-qurilish nazorati, ichki ishlar organlarining, mahallalar, UMSH Uyushmalarining vakillarini jalb etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Oʻ. Toʻxtayev, Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” Agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, UMSH Uyushmalari bilan birgalikda 2005-yilning birinchi yarmida UMSH rahbar xodimlarini, jumladan tarmoq kollejlari bazasida oʻqitishni tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 5-iyuldagi F–1992-son Farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh (R.S. Azimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlarning hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilning fevral-mart oylarida bitta UMSHga birlashtiriladigan xonadonlar (uylar) sonini qayta koʻrib chiqish va maqbullashtirish maqsadida koʻp xonadonli uylardagi uy-joy egalarining navbatdan tashqari yigʻilishlarini oʻtkazishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilning 1-apreliga qadar muddatda UMSH hududiy uyushmalarining taʼsis yigʻilishlarini oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilning 1-mayiga qadar muddatda tuzilayotgan UMSH Uyushmalarini zarur xonalar, anjomlar, shuningdek tashkiliy texnika bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yilgacha boʻlgan davrda qurilgan koʻp xonadonli uy-joy binolarini kapital taʼmirlash dasturlariga uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan uy-joy binosini kapital taʼmirlash umumiy smeta qiymatining kamida 30 foizi hajmida moliyalashtirilgan uylar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uy-joy binolarida joylashgan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan xonalarning egalari turar-joy binosining umumiy mulkini saqlash va taʼmirlashda ishtirok etishlari majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari mahalliy budjetlarga rejadan ortiqcha tushgan mablagʻlar hisobidan taʼmirlash-qayta tiklash ishlari uchun UMSHga budjetdan ssudalar bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “Oʻzkommunxizmat” Agentligi, “Sanoatkontexnazorat”, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda belgilangan tartibda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiyalash, oʻzgartirish va qayta uskunalash boʻyicha binolar xavfsizligini taʼminlaydigan qurilish norma va qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir xonadonda sovuq va issiq suv uchun bittadan oshmaydigan hisoblagich asbob oʻrnatilishini koʻzda tutadigan uy ichi va xonadon ichi kommunal tarmoqlarining sxemalari eng maqbul boʻlgan koʻp xonadonli uylarning namunaviy loyihalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy kommunal-foydalanish birlashmalarini tugatib, ularning vazifalarini kommunal xizmatini rivojlantirish masalalariga masʼul boʻlgan hokim oʻrinbosari kotibiyati ixtiyoriga topshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat “Kommundrenaj” ishlab chiqarish korxonalarini shahar va tuman hokimliklari bilan shartnomalar asosida ixtisoslashtirilgan drenaj ishlarini bajaruvchi pudrat korxonalariga aylantirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tumanlarni obodonlashtirish, koʻchalarni yoritish, drenaj ishlarini bajarish masalalari nodavlat mulkchilik shaklida barpo etilayotgan korxonalar tomonidan mahalliy hokimiyat organlari, UMSH Uyushmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnoma asosida hal etilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzkommunxizmat” Agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonuni loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3-son