Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISROIL DAVLATIDAGI KONSULLIGINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISROIL DAVLATIDAGI ELCHIXONASIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Isroil davlati oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 23-iyundagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi Konsulligi Isroil davlatining Tel-Aviv shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasiga aylantirilsin.
*2-ilova berilmaydi.
1997-yil uchun Elchixona xodimlari soni 5 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 3 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 2 kishi — maʼmuriy-texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1997-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi 192-son qaroriga 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 4-mart,
119-son
Isroil Davlatidagi (Tel-Aviv shahri) Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining
SHTAT JADVALI
| | | | | | |
| | | | (hisob-kitoblar AQSH dollarida) | ||
| tar-tib raqami |
|
Shtatdagi xodimlar soni |
Elchining maoshi (1700) ga nisbatan xodimlarning maoshi |
|
|
|
Diplomatik tarkib |
| | |||
|
1. |
Elchi |
1 |
100% |
1700 |
20400 |
|
2. |
Birinchi kotib |
1 |
75% |
1275 |
15300 |
|
3. |
Ikkinchi kotib |
1 |
70% |
1190 |
14280 |
| | Hammasi |
3 |
|
4165 |
49980 |
|
Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi |
| | |||
|
1. |
Katta buxgalter, ayni paytda kanselyariya mudiri |
|
|
|
|
|
2. |
Xoʻjalik mudiri, ayni paytda komendant va kassir |
|
|
|
|
|
3. |
Joyning oʻzida yollanadigan yoki xodimlarning oila aʼzolaridan iborat boʻladigan xodimlar: avtomobil haydovchisi, oshpaz, farrosh, qorovul, bogʻbon va boshqalar (soatbay haq toʻlanadi) | | |
|
|
| | Hammasi |
2 |
|
4105 |
49260 |
| | Jami |
5 |
|
8270 |
99240 |
| | | | | | |
Keyingi tahrirga qarang.