Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 05.09.1992 yildagi 412-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

TOJIKISTON RESPUBLIKASI BILAN ChEGARANI QOʻRIQLASh VAZIFALARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI ZIMMASIGA VAQTINChA YuKLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikiston Respublikasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning murakkabligi munosabati bilan, chegara rayonlarida jamoat tartibini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, respublikaga jinoiy-bandit unsurlarning suqilib kirishiga, qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, narkotik moddalar olib kelinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda Oʻzbekistondan moddiy vositalarning kontrabanda yoʻli bilan tashib ketilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi toʻgʻrisida” Qonun qabul qilingunga qadar chegarani buzuvchilar, jinoiy guruhlar va transportning ehtimol tutilgan harakati yoʻllarida Tojikiston Respublikasi bilan chegarani qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklatilsin. Chegarani qoʻriqlash Milliy xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda hamda Mudofaa vazirligi bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimliklari IIV boʻlinmalarini joylashtirish va ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun zarur maishiy sharoitlar yaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida alohida operativ batalon negizida operativ polk tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlarining Termiz shahridagi operativ polkining tuzilmasi va shtatlari soni tasdiqlansin (1, 2-ilovalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi IIVning tuzilmasidagi oʻzgarishlar munosabati bilan uni mablagʻ bilan taʼminlasinlar, 1992-1993-yillarda Termiz shahrida ikkita 56 kvartirali uy qurilishiga zarur mablagʻlar, shuningdek, harbiy shaharchani qayta qurishga va 30 ta yengil avtomobil sotib olishga 37 mln soʻm ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412-son

Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-sentabrdagi 412-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlarining Termiz shahridagi operativ polki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILIShI

Boshqarma

Qoʻmondonlik
ShTAB‎
Tarbiyaviy va ijtimoiy-huquqiy ishlar boʻlimi
Jangovar tayyorgarlik boʻlimi
Xizmatlar
Moliyaviy qism
Texnikaviy qism
Orqa tomon

Asosiy boʻlimlar‎‎

Patrul bataloni

— 2‎

Moto-oʻqchi batalon

— 1‎

Maxsus vazifani bajaruvchi oʻquv rotasi — 1‎

Taʼminot boʻlinmalari‎‎

Moddiy va texnika taʼminoti rotasi
Aloqa vzvodi
Harakatni tartibga solish va komendantlik xizmati vzvodi‎
Muhandislik-sapyorlik vzvodi
Itlar xizmati mutaxassislari vzvodi
Tibbiy punkt
Klub‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-sentabrdagi 412-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlarining Termiz shahridagi operativ polkining
ShTATLARI SONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— zobitlar

— 105 nafar

— praporshchiklar — 70 nafar
— serjantlar (ulardan belgilangan muddat tugagandan keyin xizmat qilayotganlar) — 152 nafar
— askarlar (ulardan belgilangan muddat tugagandan keyin xizmat qilayotganlar) — 737 nafar
— ishchilar va xizmatchilar — 3 nafar
Jami —1067 nafar