Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 04.09.1992 yildagi 407-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA BUDJETDAGI MUASSASALAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh ChORALARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalar 1992-yil 1-sentabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13-oktabr 1993-yil 505-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy o‘quv yurtlarining talabalariga, texnikumlarning hamda kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlanmaydigan hunar-texnika bilim yurtlarining o‘quvchilariga, imtiyozli ovqatlanish uchun amaldagi oylik qo‘shimcha to‘lovlarni bekor qilgan holda, ilovaga muvofiq 50 foizga oshirilgan miqdorlarda stipendiyalar o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Talabalar oshxonalari va tamaddixonalaridagi tushlik qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Xalq ta’limi vazirligi bir hafta muddat ichida oliy o‘quv yurtlari talabalariga hamda texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgarishlar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilgari ular uchun cho‘l va suvsiz joylarda; baland tog‘li joylarda hamda og‘ir tabiiy-iqlim sharoitlarida mehnat qilinadigan rayonlarda ishlaganlik uchun respublika hududida belgilangan eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida imtiyozlar joriy qilingan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xodimlari ish haqiga 1992-yil 1-sentabrdan boshlab koeffitsiyentlarni qo‘shib hisoblash uchun eng yuqori miqdor belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koeffitsiyentlarni qo‘shib hisoblash uchun eng yuqori miqdorning oshishi munosabati bilan ish haqiga sarflanadigan xarajatlar korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning o‘z mablag‘lari hisobiga va doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar va xo‘jaliklar ish haqining 1992-yil 25-avgustdagi Farmonga muvofiq belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda mehnat unumdorligini oshirish va tejamkorlik, barcha mavjud zaxiralarni jalb qilish asosida ishlab chiqarish hajmlarini tabiiy ko‘rinishda (ishlar va xizmatlar) oshirish hisobiga ishlovchilarning ish haqi yanada oshishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnat pensiyasi eng kam miqdorining 25 foizga oshishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-avgustdagi 307-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan tuzatish koeffitsiyentlari tegishli tarzda oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston respublika bo‘limi 10 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 25-avgustdagi Farmoni bilan belgilangan eng kam miqdordan kelib chiqqan holda fuqarolarning alohida xizmatlari uchun pensiyalarni oshirishning tuzatish koeffitsiyentlari to‘g‘risida asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ta’minot vazirligi o‘rtacha oylik ish haqini va belgilangan tuzatish koeffitsiyenti bo‘yicha ularning xizmatlari uchun pensiyalarni oshirishni hisoblab chiqish uchun fuqarolarning qayd qilib o‘tilgan toifalari pensiyalarining yangi miqdorlarini o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston respublika bo‘limi, shuningdek, tijorat banklari Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-apreldagi 218-son qaroriga muvofiq pensiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 25-avgustdagi Farmonida nazarda tutilgan oshirilgan miqdorlarda to‘lashni ta’minlovchi sug‘urta badallarining to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Aloqa vazirligi, O‘zbekiston respublika jamg‘armalar banki 1992-yil 1-sentabrdan boshlab pensiyalarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 10-iyuldagi 319-son qarori 2-bandi ikkinchi xatboshining imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik qo‘shimcha to‘lovlarga tegishli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 4-sentabrdagi 407-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy o‘quv yurtlarining talabalariga, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilariga beriladigan stipendiyalar
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Talabalar va o‘quvchilarning toifalari

Oyiga so‘m hisobida
Oliy o‘quv yurtlari
O‘zlashtiruvchi talabalarga 895‎
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydiganlarga 990
faqat a’lo baholarga o‘qiydiganlarga 1110
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz o‘sgan talabalarga 1185
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga 1360
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga 1550
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz o‘sgan, davlat ta’minotida bo‘lgan talabalarga 740
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga 840
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga 960
Baynalmilal burchini bajarish chog‘idagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchi bo‘lgan talabalarga 1330
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga 1455
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga 1550
Tayyorlov bo‘limlarining o‘quvchilariga 585
Sobiq baynalmilalchi jangchi bo‘lgan talabalarga 1180
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga 1300
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga 1420‎
Sobiq ittifoq organlarining buyruqlari bilan belgilangan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydigan talabalarga (SSSR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim ministrligining 1987-yil 11-maydagi 330-son, 1987-yil 12-iyundagi 420-son va SSSR Davlat xalq ta’limi Komitetining 1989-yil 20-yanvardagi 8s-son va 1990-yil 9-apreldagi 21-son buyruqlari) 1110
shulardan:
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga 1260
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarga 1420‎
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Sotsialistik Mehnat Qahramonlari bo‘lgan talabalarga 1550

Nomli stipendiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan ta’sis etilgan atoqli fan, texnika va madaniyat arboblari nomlaridagi stipendiyalar 1550
ayrim fanlarni o‘rganishdagi va fan-texnika ijodkorlariga alohida muvaffaqiyatlari uchun Ilmiy kengash qarori bo‘yicha belgilanadigan shaxsiy stipendiyalar 1280
Kar-soqov va ko‘zi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz ko‘p stipendiya berish nazarda tutiladi‎

O‘rta maxsus o‘quv yurtlari

Kar-soqov va ko‘zi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz ko‘p stipendiya berish nazarda tutiladi ‎
O‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga‎ 745‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydiganlarga‎ 810‎
faqat a’lo baholarga o‘qiydiganlarga‎ 920‎
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz o‘sgan o‘quvchilarga‎ 1185‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydiganlarga‎ 1360‎
faqat a’lo baholarga o‘qiydiganlarga‎ 1550‎
Yetimlikda va ota-ona qarovisiz o‘sgan, davlat ta’minotida bo‘lgan o‘quvchilarga‎ 585‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 675‎
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 780‎
Baynalmilalchi jangchi bo‘lgan o‘quvchilarga‎ 1030‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 1150‎
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 1260‎
Baynalmilal burchini bajarish chog‘idagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchi bo‘lgan o‘quvchilarga ‎ 1330‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 1455‎
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 1550‎
Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari bo‘lgan o‘quvchilarga‎ 1550‎
nomli stipendiyalar oluvchilarga‎ 1330‎
Kar-soqov va ko‘zi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz ko‘p stipendiya berish nazarda tutiladi‎

Hunar-texnika bilim yurtlari‎

O‘qish muddati 10 oydan ko‘p bo‘lmagan barcha xildagi hunar-texnika bilim yurtlarining (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida, suv xo‘jaligi qurilishida va o‘rmon xo‘jaligida ishlash uchun tayyorlaydiganlardan tashqari) o‘zlashtiruvchi o‘quvchilariga ‎ 585‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 675‎
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 740‎
Baynalmilalchi jangchilar bo‘lgan o‘quvchilarga ‎ 1020‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 1150‎
faqat a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 1260‎
Baynalmilal burchini �ajarish chog‘idagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirilgan kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchi bo‘lgan o‘kuvchilarga‎ 1330‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek; faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydiganlarga‎ 1455‎
faqat a’lo baholarga o‘qiydiganlarga‎ 1550‎
Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning va Ulug‘ Vatan urushining 1 va 11 guruh nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarning bolalari bo‘lgan o‘quvchilarga‎ 675‎
shulardan:‎
faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarga‎ 740‎
faqat a’lo baholarga o‘kiydigan o‘quvchilarga‎ 810‎
Oliy o‘quv yurtlarining, o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlarining davlat ta’minotida bo‘lgan talabalari, o‘quvchilari uchun stipendiyalar miqdorlari o‘zgartirilmaydi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma. Aspirantlar va doktorantlarga stipendiyalar Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-iyuldagi 332-son qaroriga muvofiq belgilanadi.