1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
2.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, fuqaroviy qurol va xizmat qurolini, ularning oʻq-dorilarini, hamda tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash, fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyundagi 455-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash (keyingi oʻrinlarda — sertifikatlash) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni (keyingi oʻrinlarda — qurol va oʻq-dorilar) sertifikatlashni soʻrab murojaat qiluvchi, maxsus organlar va harbiy qismlar, yuridik shaxslar (maxsus xizmat vazifalari bilan shugʻullanuvchi, qurol ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi, sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi, ov va oʻq otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi, qurolni kolleksiyalash yoki koʻrgazmasi bilan shugʻullanuvchi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻq-dori turi — otish uchun moʻljallangan qurol turi bilan tavsiflanadigan (silliq stvolli oʻqotar, soyli oʻqotar, gazli, signalli va boshqalar), tovar belgisi tushirilgan, kalibr, gilza uzunligi, turi, uloqtiriladigan tarkibiy qismlari materiali, oʻq turi bilan tavsiflanuvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqariladigan oʻq-dori tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻq-dori turining modifikatsiyasi — oʻq-dori tamgʻasida farqli belgisiga ega boʻlgan, tuzilishini qatʼiy oʻzgartirmaydigan, biroq texnik talablarga muvofiqligi va ishlash xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar bilan tavsiflanuvchi oʻq-dori turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻq-dorilar tamgʻasi — oʻq-dorilarning identifikatsiyasini taʼminlash maqsadida ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻq-dorilar va ularning qadogʻiga tushirilgan shartli belgilar (harflar, soʻzlar, raqamlar, geometrik shakllar va ixtiyoriy tasvirlar) majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻq-dorilar toʻpi (partiyasi) — bir xil turdagi poroxdan, bir xil massali oʻqlar va sochma oʻqlardan va bir xil modeldagi pistondan foydalangan holda, bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va tayyorlangan bir xil turdagi oʻq-dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol rusumi — aniq mahsulotga xos boʻlgan, aniq ishlab chiqaruvchi tomondan ishlab chiqariladigan va tamgʻaga ega boʻlgan aniq tarkibiy qismlar va komponentlar (mexanizmlar) majmui bilan tavsiflanadigan qurol tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol rusumining modifikatsiyasi — qurol tamgʻasida koʻrsatiladigan ajralib turuvchi indeksga (harf va/yoki raqam) yoki kalibr belgisiga ega boʻlgan, tuzilishini qatʼiy oʻzgartirmaydigan, lekin mustahkamligiga, ishlash xavfsizligiga va qurol rusumining texnik talablarga muvofiqligiga taʼsir koʻrsatadigan qurol rusumining tarkibiy qismlari va komponentlariga har qanday kiritilgan oʻzgartirish, shu jumladan kalibr oʻzgarishini qoʻshish bilan tavsiflanadigan rusum turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol rusumining bajarilishi (qurol rusumining modifikatsiyasini bajarilishi) — mustahkamlik, ishlash xavfsizligi va qurol rusumini texnik talablarga muvofiqligiga taʼsir koʻrsatmaydigan tarkibiy qismlarning dastlabki toʻplamiga kiritiladigan oʻzgartirishlar bilan farq qiluvchi qurol rusumi turi. Qurol rusumi bajarilishini farq qiluvchi indeksi qurol tamgʻasiga va (yoki) unga ilova qilinadigan hujjatga tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurollar toʻpi (partiyasi) — sertifikatlash uchun moʻljallangan aniq vaqt intervali davomida bir xil sharoitda bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan bir nomdagi va bir xil tamgʻali qurol birligi majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurol va oʻq-dorilarini sertifikatlash Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, shuningdek, mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol va oʻq-dorlarni sertifikatlash Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning muomalada xavfsiz boʻlishini taʼminlash maqsadida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlash organlari (keyingi oʻrinlarda — sertifikatlash organlari) tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash va yozma tarzda xabardor qilish, shuningdek, qurol va oʻq-dorilarning tavsiflarini texnik talablarga muvofiqligini tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol va oʻq-dorilarini sertifikatlash talabgorning sertifikatlashtirish organiga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha taqdim etilgan arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlanadigan qurol va oʻq-dorilarning har biri muayyan turdagi qurol va oʻq-dorilarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq tamgʻaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sertifikatlashda qurol va oʻq-dorilarning xususiyatlari tekshiriladi hamda qurol va oʻq-dorilarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi sinov usullari qoʻllaniladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol rusumlari (qurol rusumining modifikatsiyasi), oʻq-dori turi (oʻq-dori turining modifikatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurol va oʻq-dorilarni koʻplab ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va oʻq-dorilarning toʻpi (partiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolning yagona namunasi sertifikatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurol rusumiga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati qurol rusumining bajarilishiga qoʻshimcha sertifikatlashtirish sinovlarisiz taalluqli hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi qurol rusumiga oʻzgartirishlar kiritilgan vaqtdan boshlab bir oy muddatda qurol rusumini sertifikatlagan organga tegishli oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurol modeli va oʻq-dori turlarining yangi namunalari ishlab chiqilganda, seriyali ishlab chiqarilganda, shuningdek, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ilk bor olib kirilganda ishlash chidamliligi va xavfsizligi hamda texnik talablarga muvofiqligi boʻyicha sinov turlarini oʻz ichiga olgan holda sertifikatlash ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va eksportga moʻljallangan qurol va oʻq-dorilar eksport qilinayotgan davlatning talablariga mos keladigan texnik shartlarga asosan sertifikatlanganda, ularning ishlashi va xavfsizligi boʻyicha sinovlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol rusumini va oʻq-dori turini sertifikatlashda har bir qurol rusumi (qurol rusumining modifikatsiyasi), oʻq-dori turi (oʻq-dori turining modifikatsiyasi) uchun alohida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol rusumi (oʻq-dori turi) va (yoki) uning modifikatsiyasi bir vaqtning oʻzida sertifikatlash uchun taqdim etilgan taqdirda, bitta sertifikatni rasmiylashtirishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan aynan bir turdagi qurol rusumi (qurol rucumining modifikatsiyasi), oʻq-dori turi (oʻq-dori turining modifikatsiyasi) ishlab chiqarilganda, sertifikatlash ishlari har bir ishlab chiqaruvchi uchun alohida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qurol va oʻq-dorilarning seriyali ishlab chiqarilishini sertifikatlashda qurol rusumi (qurol rusumining modifikatsiyasi)ni, oʻq-dori turi (oʻq-dori turining modifikatsiyasi)ni sinash bilan bir qatorda, qurol va oʻq-dorilarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarning mavjudlik holati oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qurolning bitta namunasini, qurol va oʻq-dorilar toʻplamini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda, qurol modeli va oʻq-dori turiga qarab sertifikatlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustahkamligi va foydalanish xavfsizligi boʻyicha sinovlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-biologik va kimyoviy talablarga muvofiqligini tekshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik olib kirish maqsadida sovuq va uloqtirish qurollarining toʻpini sertifikatlashda ushbu qurollarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan texnik talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol hujjatlari (foydalanish yoʻriqnomasi va pasporti) asl tildagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil boʻlgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosi qoʻllangan) tarjimasi ilova qilingan holda taqdim etiladi hamda ishlab chiqaruvchilari, asosiy texnik tavsiflari, foydalanish qoidalari va saqlash muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan oʻq-dorilarni xavfsiz aylanmasiga taalluqli boʻlgan hamda oʻq-dorilarning dastlabki qadoqlash yorliqlariga tushiriladigan tamgʻasi va maʼlumotlari asl tildagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil boʻlgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosi qoʻllangan) tarjimasi ilova qilingan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sertifikatlash ishlari shartnomaga asosan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng bajariladi. Sertifikatlash ishlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularning natijalaridan qatʼi nazar, talabgor tomonidan qoplanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash organlarini va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi DUK tomonidan amalga oshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalari qurol va oʻq-dorilar sinovlarini oʻtkazadi hamda sertifikatlash maqsadlari uchun sinov bayonnomalarini rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qurol va oʻq-dorilar sertifikatlash organlari tomonidan sertifikatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlash maqsadida sinovlar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) (keyingi oʻrinlarda — sinov laboratoriyalar) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va oʻq-dorilarini sertifikatlash ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlashda tasdiqlanadigan koʻrsatkichlar nomenklaturasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Davlat qurol kadastriga kiritiladigan qurol va oʻq-dorilarning asosiy texnik xususiyatlari nomenklaturasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sertifikatlash jarayonida kelib chiqadigan nizolar ikki hafta muddat ichida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi nizolarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi vakillarini Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlashda qoʻllaniladigan chizmalar tekshirishlar hajmiga qarab, sertifikatlash chizmasining murakkabligi, mahsulotning xavfsizlik darajasiga bogʻliq holda sertifikatlash organlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir muayyan holatda sertifikatlash organi talabgorning taklifini, yetkazib beriladigan qurol va oʻq-dorilarning hajmi va muddatini, sinash usullarini, ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilish xavfi mavjudligini, shuningdek, mazkur qurol va oʻq-dorilarning potensial xavfini hisobga olgan holda sertifikatlash chizmasini tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash, bir xil qoidalar boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning sertifikatlashga ariza berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlash ishlarining bajarilishi yuzasidan shartnoma rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlash uchun kelib tushgan ariza boʻyicha ishlarni boshlash yuzasidan qaror qabul qilish, shu jumladan sertifikatlash chizmasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinash uchun namuna tanlash, identifikatsiya qilish, shuningdek, ularning sinovlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish holatini oʻrganish yoki sifatni boshqarish tizimlari sertifikatlanganini tekshirish (agar sertifikatlash chizmasida nazarda tutilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlangan qurol va oʻq-dorilar boʻyicha inspeksiya nazoratini oʻtkazish (agar sertifikatlash chizmasida nazarda tutilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va oʻq-dorilarning belgilangan talablarga muvofiqligi buzilganda va muvofiqlik belgisi notoʻgʻri qoʻllanilganida, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni yuritish va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga kiritib borish.
(16-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgor tomonidan qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash uchun berilgan arizaga quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolning pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolni yigʻish chizmasi (yigʻilish sxemasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish yoʻriqnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolning pasportining (foydalanish yoʻriqnomasining) asl tilidagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil boʻlgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosi qoʻllangan) tarjimasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va oʻq-dorilar ishlab chiqaruvchining qurol va oʻq-dorilar sifatini tasdiqlovchi hujjatlarning va sertifikatlash oʻtkazilgan davlatning muvofiqlik sertifikatlarining asl tilidagi nusxasi va uni asl tildagi nusxasi bilan bir xil boʻlgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosi qoʻllangan) tarjimasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va oʻq-dorilarini sotib olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim (shartnoma), yuklarni kuzatib borish hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qurol va oʻq-dorilarni sinash uchun sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmaganda, ularni sertifikatlash ishlari ishlab chiqaruvchining nazorat tamgʻalarini va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini eʼtirof etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qurol va oʻq-dorilarni identifikatsiya qilishda va ularning sinovlari salbiy natijalar berganda, sertifikatlash organi talabgorga muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qonuniy asoslarni aniq koʻrsatgan holda taqdim etadi va bu haqda uch ish kunidan oshmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasini, Ichki ishlar vazirligini, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini va Davlat bojxona qoʻmitasini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlash organidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlik sertifikati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet eldan olib kelinayotgan qurol va oʻq-dorilar toʻplamiga ularning yaroqlilik muddatiga, yaroqlilik muddati boʻlmagan qurol va oʻq-dorilarga esa — muddati koʻrsatilmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar toʻplamiga ularning yaroqlilik muddatiga, yaroqlilik muddati boʻlmagan qurol va oʻq-dorilarga esa — muddati koʻrsatilmasdan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida qurol va oʻq-dorilarni seriyali ishlab chiqarish uchun — uch yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sertifikatlashning umumiy muddati qurol va oʻq-dorini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarida belgilangan sinov usullariga muvofiq oʻtkaziladigan sinovlar davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Muvofiqlik sertifikatiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qurol va oʻq-dorilarga berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan, bekor qilingan va muvofiqlik sertifikatini berishda rad etilgan muvofiqlikni baholash natijalari hisobi sertifikatlash organi tomonidan yuritiladi hamda har oyda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etib boriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, zaruratga koʻra, sertifikatlash organidan qurol va oʻq-dorilarga rasmiylashtirilgan muvofiqlikni baholash natijalari boʻyicha hujjatlar toʻplamini talab qilishi mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Muvofiqlik sertifikatida keltirilgan maʼlumotlarning aniqligi, belgilangan muddatlarni va sertifikatlash qoidalarining buzilishi boʻyicha javobgarlik sertifikatlash organiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni (keyingi oʻrinlarda — qurol va oʻq-dorilar) sertifikatlashga ariza taqdim etadi.
zarurat boʻlganda
2-bosqich
Sertifikatlash organi
Arizani koʻrib chiqib, sertifikatlash ishlarini oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qiladi yoki talabgorga asoslantirilgan rad javobini beradi.
2 ish kuni davomida
3-bosqich
Sertifikatlash organi
Sinov va sertifikatlash ishlarini oʻtkazish boʻyicha shartnoma rasmiylashtiradi.
qaror qabul qilingan kunda
4-bosqich
Talabgor
Sinov va sertifikatlash ishlarini oʻtkazish uchun rasmiylashtirilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi.
shartnomada belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Sertifikatlash organi
Qurol va oʻq-dorilaridan namuna tanlaydi, identifikatsiya qiladi va sinov laboratoriyasiga topshiradi.
toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 2 ish kuni davomida
6-bosqich
Sertifikatlash organi
Ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganadi.
zarurat boʻlganda
7-bosqich
Sinov laboratoriyasi
Qurol va oʻq-dorilarining sinovlarini oʻtkazadi.
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan muddatlarda
8-bosqich
Sertifikatlash organi
Hujjatlar toʻplamini tahlil qiladi, sertifikatlashtirish boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi va muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi yoki asoslangan rad javobini beradi.
3 ish kuni davomida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyundagi 455-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini (keyingi oʻrinlarda — Qurol kadastri) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurol kadastrining obyekti — sertifikatlashning ijobiy natijalariga ega boʻlgan fuqaroviy qurol va xizmat quroli (keyingi oʻrinlarda — qurol) hamda ularning oʻq-dorilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol kadastriga tigʻli sovuq qurol va uloqtirish quroli toʻgʻrisidagi, yagona nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqiladigan qurol haqidagi maʼlumotlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qurol kadastriga kiritilganligi uchun talabgordan toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qurol kadastrini yuritish va nashr etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurol kadastri Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan elektron tarzda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda hamda 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurol kadastri quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat quroli va uning oʻq-dorilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol va oʻq-dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport uchun ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik maqsadlarda (sinovlar, tekshiruvlar yoki qurol ishlab chiqarish jarayonida) ishlatish uchun oʻq-dorilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurol kadastriga qurol va oʻq-dorilar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol (oʻq-dorilar) rusumining nomi va belgilanishi hamda ularga ishlatiladigan oʻq-dorilar (qurol) kalibri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va oʻq-dorilarning asosiy texnik tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiquvchi (loyihalashtiruvchi) va ishlab chiqaruvchining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaning rangli surati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol (oʻq-dorilar) rusumining nomi va belgilanishi hamda ularga ishlatiladigan oʻq-dorilar (qurol) kalibri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va oʻq-dorilarning asosiy texnik tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va oʻq-dorilarni ishlab chiqaruvchi tashkilot va mamlakat nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaning rangli surati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol kadastriga kiritiladigan qurol va oʻq-dorilarning asosiy texnik tavsiflari nomenklaturasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurol va oʻq-dorilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning birinchi oʻn kunligida Qurol kadastriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol va oʻq-dorilarning muvofiqligini baholash uchun texnik talablar, tamgʻalash, qadoqlash qoidalari va sinov usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organi tomonidan sertifikatlangan qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash natijalari boʻyicha qurol rusumiga (oʻq-dori turi) taalluqli hujjatlar yuritiladi va doimiy ravishda hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga maʼlumot kiritib boriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi chorakda bir marta Qurol kadastriga Oʻzbekiston Respublikasida yangi qurol rusumlarini ishlab chiqarish yoki olib kirish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib boradi. Kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar mazkur Nizomning 4-bandiga asosan Qurol kadastriga kiritiladi va qurol rusumiga (oʻq-dori turiga) roʻyxatga olish raqami beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qurol rusumi (oʻq-dori turi)ning Oʻzbekiston Respublikasida hududida muomalaga chiqarilishi taqiqlangan taqdirda, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Qurol kadastriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Qurol qadastridan chiqarilgan qurol rusumlarining (oʻq-dori turlari) roʻyxatga olish raqamlari ikkilamchi qoʻllanilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qurol kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiradi va har chorakda bir marta Davlat kadastrlari yagona tizimiga kadastr maʼlumotlari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Qurol kadastrida keltirilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat qurollari va oʻq-dorilar davlat kadastri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiquvchi (loyihalashtiruvchi), ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarilgan mamlakat nomlari
Ishlab chiqarilgan davlat
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjat belgisi
Namunaning rangli surati
Boshqa maʼlumotlar
Xizmat quroli va uning oʻq-dorilari
1.
2.
3.
...
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilari
1.
2.
3.
...
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan fuqaroviy qurol va oʻq-dorilar
1.
2.
3.
...
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol va oʻq-dorilar
1.
2.
3.
...
Eksport uchun ishlab chiqarilgan qurollar va oʻq-dorilar
1.
2.
3.
...
Texnologik maqsadlarda (sinovlar, tekshiruvlar yoki qurol ishlab chiqarish jarayonida) ishlatish uchun oʻq-dorilar
1.
2.
3.
...
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Sertifikatlash organi
Sertifikatlangan qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash natijalari boʻyicha qurol rusumiga (oʻq-dori turi) taalluqli hujjatlarni elektron shaklda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etadi.
har oyda, keyingi oyning 5 sanasiga qadar
2-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Sertifikatlashning ijobiy natijalariga ega boʻlgan fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Qurol kadastriga kiritadi.
har chorakda bir marta
3-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kadastr maʼlumotlarini taqdim etadi.
har chorakda bir marta
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 07/20/455/1118-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)