28.07.2020 yildagi 455-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, fuqaroviy qurol va xizmat qurolini, ularning o‘q-dorilarini, hamda tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash, fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyundagi 455-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash (keyingi o‘rinlarda — sertifikatlash) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni (keyingi o‘rinlarda — qurol va o‘q-dorilar) sertifikatlashni so‘rab murojaat qiluvchi, maxsus organlar va harbiy qismlar, yuridik shaxslar (maxsus xizmat vazifalari bilan shug‘ullanuvchi, qurol ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, ov va o‘q otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi, qurolni kolleksiyalash yoki ko‘rgazmasi bilan shug‘ullanuvchi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘q-dori turi — otish uchun mo‘ljallangan qurol turi bilan tavsiflanadigan (silliq stvolli o‘qotar, soyli o‘qotar, gazli, signalli va boshqalar), tovar belgisi tushirilgan, kalibr, gilza uzunligi, turi, uloqtiriladigan tarkibiy qismlari materiali, o‘q turi bilan tavsiflanuvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqariladigan o‘q-dori tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘q-dori turining modifikatsiyasi — o‘q-dori tamg‘asida farqli belgisiga ega bo‘lgan, tuzilishini qat’iy o‘zgartirmaydigan, biroq texnik talablarga muvofiqligi va ishlash xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar bilan tavsiflanuvchi o‘q-dori turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘q-dorilar tamg‘asi — o‘q-dorilarning identifikatsiyasini ta’minlash maqsadida ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘q-dorilar va ularning qadog‘iga tushirilgan shartli belgilar (harflar, so‘zlar, raqamlar, geometrik shakllar va ixtiyoriy tasvirlar) majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘q-dorilar to‘pi (partiyasi) — bir xil turdagi poroxdan, bir xil massali o‘qlar va sochma o‘qlardan va bir xil modeldagi pistondan foydalangan holda, bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va tayyorlangan bir xil turdagi o‘q-dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol rusumi — aniq mahsulotga xos bo‘lgan, aniq ishlab chiqaruvchi tomondan ishlab chiqariladigan va tamg‘aga ega bo‘lgan aniq tarkibiy qismlar va komponentlar (mexanizmlar) majmui bilan tavsiflanadigan qurol tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol rusumining modifikatsiyasi — qurol tamg‘asida ko‘rsatiladigan ajralib turuvchi indeksga (harf va/yoki raqam) yoki kalibr belgisiga ega bo‘lgan, tuzilishini qat’iy o‘zgartirmaydigan, lekin mustahkamligiga, ishlash xavfsizligiga va qurol rusumining texnik talablarga muvofiqligiga ta’sir ko‘rsatadigan qurol rusumining tarkibiy qismlari va komponentlariga har qanday kiritilgan o‘zgartirish, shu jumladan kalibr o‘zgarishini qo‘shish bilan tavsiflanadigan rusum turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol rusumining bajarilishi (qurol rusumining modifikatsiyasini bajarilishi) — mustahkamlik, ishlash xavfsizligi va qurol rusumini texnik talablarga muvofiqligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan tarkibiy qismlarning dastlabki to‘plamiga kiritiladigan o‘zgartirishlar bilan farq qiluvchi qurol rusumi turi. Qurol rusumi bajarilishini farq qiluvchi indeksi qurol tamg‘asiga va (yoki) unga ilova qilinadigan hujjatga tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurollar to‘pi (partiyasi) — sertifikatlash uchun mo‘ljallangan aniq vaqt intervali davomida bir xil sharoitda bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan bir nomdagi va bir xil tamg‘ali qurol birligi majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurol va o‘q-dorilarini sertifikatlash Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, shuningdek, mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol va o‘q-dorlarni sertifikatlash O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning muomalada xavfsiz bo‘lishini ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlash organlari (keyingi o‘rinlarda — sertifikatlash organlari) tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash va yozma tarzda xabardor qilish, shuningdek, qurol va o‘q-dorilarning tavsiflarini texnik talablarga muvofiqligini tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol va o‘q-dorilarini sertifikatlash talabgorning sertifikatlashtirish organiga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha taqdim etilgan arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlanadigan qurol va o‘q-dorilarning har biri muayyan turdagi qurol va o‘q-dorilarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq tamg‘aga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sertifikatlashda qurol va o‘q-dorilarning xususiyatlari tekshiriladi hamda qurol va o‘q-dorilarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi sinov usullari qo‘llaniladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol rusumlari (qurol rusumining modifikatsiyasi), o‘q-dori turi (o‘q-dori turining modifikatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida qurol va o‘q-dorilarni ko‘plab ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va o‘q-dorilarning to‘pi (partiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolning yagona namunasi sertifikatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurol rusumiga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati qurol rusumining bajarilishiga qo‘shimcha sertifikatlashtirish sinovlarisiz taalluqli hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi qurol rusumiga o‘zgartirishlar kiritilgan vaqtdan boshlab bir oy muddatda qurol rusumini sertifikatlagan organga tegishli o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurol modeli va o‘q-dori turlarining yangi namunalari ishlab chiqilganda, seriyali ishlab chiqarilganda, shuningdek, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar O‘zbekiston Respublikasi hududiga ilk bor olib kirilganda ishlash chidamliligi va xavfsizligi hamda texnik talablarga muvofiqligi bo‘yicha sinov turlarini o‘z ichiga olgan holda sertifikatlash ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va eksportga mo‘ljallangan qurol va o‘q-dorilar eksport qilinayotgan davlatning talablariga mos keladigan texnik shartlarga asosan sertifikatlanganda, ularning ishlashi va xavfsizligi bo‘yicha sinovlar o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol rusumini va o‘q-dori turini sertifikatlashda har bir qurol rusumi (qurol rusumining modifikatsiyasi), o‘q-dori turi (o‘q-dori turining modifikatsiyasi) uchun alohida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol rusumi (o‘q-dori turi) va (yoki) uning modifikatsiyasi bir vaqtning o‘zida sertifikatlash uchun taqdim etilgan taqdirda, bitta sertifikatni rasmiylashtirishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan aynan bir turdagi qurol rusumi (qurol rucumining modifikatsiyasi), o‘q-dori turi (o‘q-dori turining modifikatsiyasi) ishlab chiqarilganda, sertifikatlash ishlari har bir ishlab chiqaruvchi uchun alohida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qurol va o‘q-dorilarning seriyali ishlab chiqarilishini sertifikatlashda qurol rusumi (qurol rusumining modifikatsiyasi)ni, o‘q-dori turi (o‘q-dori turining modifikatsiyasi)ni sinash bilan bir qatorda, qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarning mavjudlik holati o‘rganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qurolning bitta namunasini, qurol va o‘q-dorilar to‘plamini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda, qurol modeli va o‘q-dori turiga qarab sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustahkamligi va foydalanish xavfsizligi bo‘yicha sinovlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-biologik va kimyoviy talablarga muvofiqligini tekshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlash organlarida identifikatsiya qilishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik olib kirish maqsadida sovuq va uloqtirish qurollarining to‘pini sertifikatlashda ushbu qurollarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan texnik talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol hujjatlari (foydalanish yo‘riqnomasi va pasporti) asl tildagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil bo‘lgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qo‘llangan) tarjimasi ilova qilingan holda taqdim etiladi hamda ishlab chiqaruvchilari, asosiy texnik tavsiflari, foydalanish qoidalari va saqlash muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan o‘q-dorilarni xavfsiz aylanmasiga taalluqli bo‘lgan hamda o‘q-dorilarning dastlabki qadoqlash yorliqlariga tushiriladigan tamg‘asi va ma’lumotlari asl tildagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil bo‘lgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qo‘llangan) tarjimasi ilova qilingan holda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sertifikatlash ishlari shartnomaga asosan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng bajariladi. Sertifikatlash ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularning natijalaridan qat’i nazar, talabgor tomonidan qoplanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash organlarini va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DM tomonidan amalga oshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalari qurol va o‘q-dorilar sinovlarini o‘tkazadi hamda sertifikatlash maqsadlari uchun sinov bayonnomalarini rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qurol va o‘q-dorilar sertifikatlash organlari tomonidan sertifikatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlash maqsadida sinovlar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) (keyingi o‘rinlarda — sinov laboratoriyalar) o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va o‘q-dorilarini sertifikatlash ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlashda tasdiqlanadigan ko‘rsatkichlar nomenklaturasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Davlat qurol kadastriga kiritiladigan qurol va o‘q-dorilarning asosiy texnik xususiyatlari nomenklaturasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sertifikatlash jarayonida kelib chiqadigan nizolar ikki hafta muddat ichida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi nizolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi vakillarini Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlashda qo‘llaniladigan chizmalar tekshirishlar hajmiga qarab, sertifikatlash chizmasining murakkabligi, mahsulotning xavfsizlik darajasiga bog‘liq holda sertifikatlash organlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir muayyan holatda sertifikatlash organi talabgorning taklifini, yetkazib beriladigan qurol va o‘q-dorilarning hajmi va muddatini, sinash usullarini, ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilish xavfi mavjudligini, shuningdek, mazkur qurol va o‘q-dorilarning potensial xavfini hisobga olgan holda sertifikatlash chizmasini tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash, bir xil qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning sertifikatlashga ariza berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlash ishlarining bajarilishi yuzasidan shartnoma rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlash uchun kelib tushgan ariza bo‘yicha ishlarni boshlash yuzasidan qaror qabul qilish, shu jumladan sertifikatlash chizmasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinash uchun namuna tanlash, identifikatsiya qilish, shuningdek, ularning sinovlarini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish holatini o‘rganish yoki sifatni boshqarish tizimlari sertifikatlanganini tekshirish (agar sertifikatlash chizmasida nazarda tutilgan bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlangan qurol va o‘q-dorilar bo‘yicha inspeksiya nazoratini o‘tkazish (agar sertifikatlash chizmasida nazarda tutilgan bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va o‘q-dorilarning belgilangan talablarga muvofiqligi buzilganda va muvofiqlik belgisi noto‘g‘ri qo‘llanilganida, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni yuritish va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga kiritib borish.
(16-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgor tomonidan qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash uchun berilgan arizaga quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolning pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolni yig‘ish chizmasi (yig‘ilish sxemasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish yo‘riqnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolning pasportining (foydalanish yo‘riqnomasining) asl tilidagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil bo‘lgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qo‘llangan) tarjimasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqaruvchining qurol va o‘q-dorilar sifatini tasdiqlovchi hujjatlarning va sertifikatlash o‘tkazilgan davlatning muvofiqlik sertifikatlarining asl tilidagi nusxasi va uni asl tildagi nusxasi bilan bir xil bo‘lgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qo‘llangan) tarjimasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va o‘q-dorilarini sotib olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim (shartnoma), yuklarni kuzatib borish hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qurol va o‘q-dorilarni sinash uchun sinov laboratoriyalari mavjud bo‘lmaganda, ularni sertifikatlash ishlari ishlab chiqaruvchining nazorat tamg‘alarini va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini e’tirof etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qurol va o‘q-dorilarni identifikatsiya qilishda va ularning sinovlari salbiy natijalar berganda, sertifikatlash organi talabgorga muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qonuniy asoslarni aniq ko‘rsatgan holda taqdim etadi va bu haqda uch ish kunidan oshmagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasini, Ichki ishlar vazirligini, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligini va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasini xabardor qiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlash organidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlik sertifikati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet eldan olib kelinayotgan qurol va o‘q-dorilar to‘plamiga ularning yaroqlilik muddatiga, yaroqlilik muddati bo‘lmagan qurol va o‘q-dorilarga esa — muddati ko‘rsatilmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar to‘plamiga ularning yaroqlilik muddatiga, yaroqlilik muddati bo‘lmagan qurol va o‘q-dorilarga esa — muddati ko‘rsatilmasdan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida qurol va o‘q-dorilarni seriyali ishlab chiqarish uchun — uch yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sertifikatlashning umumiy muddati qurol va o‘q-dorini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarida belgilangan sinov usullariga muvofiq o‘tkaziladigan sinovlar davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Muvofiqlik sertifikatiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qurol va o‘q-dorilarga berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, bekor qilingan va muvofiqlik sertifikatini berishda rad etilgan muvofiqlikni baholash natijalari hisobi sertifikatlash organi tomonidan yuritiladi hamda har oyda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etib boriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, zaruratga ko‘ra, sertifikatlash organidan qurol va o‘q-dorilarga rasmiylashtirilgan muvofiqlikni baholash natijalari bo‘yicha hujjatlar to‘plamini talab qilishi mumkin.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Muvofiqlik sertifikatida keltirilgan ma’lumotlarning aniqligi, belgilangan muddatlarni va sertifikatlash qoidalarining buzilishi bo‘yicha javobgarlik sertifikatlash organiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Talabgor

Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni (keyingi o‘rinlarda — qurol va o‘q-dorilar) sertifikatlashga ariza taqdim etadi.

zarurat bo‘lganda


2-bosqich

Sertifikatlash organi

Arizani ko‘rib chiqib, sertifikatlash ishlarini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki talabgorga asoslantirilgan rad javobini beradi.

2 ish kuni davomida


3-bosqich

Sertifikatlash organi

Sinov va sertifikatlash ishlarini o‘tkazish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtiradi.

qaror qabul qilingan kunda


4-bosqich

Talabgor

Sinov va sertifikatlash ishlarini o‘tkazish uchun rasmiylashtirilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi.

shartnomada belgilangan muddatlarda


5-bosqich

Sertifikatlash organi

Qurol va o‘q-dorilaridan namuna tanlaydi, identifikatsiya qiladi va sinov laboratoriyasiga topshiradi.

to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 2 ish kuni davomida


6-bosqich

Sertifikatlash organi

Ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganadi.

zarurat bo‘lganda


7-bosqich

Sinov laboratoriyasi

Qurol va o‘q-dorilarining sinovlarini o‘tkazadi.

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan muddatlarda


8-bosqich

Sertifikatlash organi

Hujjatlar to‘plamini tahlil qiladi, sertifikatlashtirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi va muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi yoki asoslangan rad javobini beradi.

3 ish kuni davomida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyundagi 455-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari davlat kadastrini (keyingi o‘rinlarda — Qurol kadastri) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurol kadastrining obyekti — sertifikatlashning ijobiy natijalariga ega bo‘lgan fuqaroviy qurol va xizmat quroli (keyingi o‘rinlarda — qurol) hamda ularning o‘q-dorilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol kadastriga tig‘li sovuq qurol va uloqtirish quroli to‘g‘risidagi, yagona nusxalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqiladigan qurol haqidagi ma’lumotlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol va uning o‘q-dorilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qurol kadastriga kiritilganligi uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qurol kadastrini yuritish va nashr etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurol kadastri O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan elektron tarzda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda hamda 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha yuritiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurol kadastri quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat quroli va uning o‘q-dorilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol va o‘q-dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport uchun ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik maqsadlarda (sinovlar, tekshiruvlar yoki qurol ishlab chiqarish jarayonida) ishlatish uchun o‘q-dorilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurol kadastriga qurol va o‘q-dorilar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol (o‘q-dorilar) rusumining nomi va belgilanishi hamda ularga ishlatiladigan o‘q-dorilar (qurol) kalibri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va o‘q-dorilarning asosiy texnik tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiquvchi (loyihalashtiruvchi) va ishlab chiqaruvchining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaning rangli surati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati to‘g‘risidagi ma’lumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol (o‘q-dorilar) rusumining nomi va belgilanishi hamda ularga ishlatiladigan o‘q-dorilar (qurol) kalibri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va o‘q-dorilarning asosiy texnik tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqaruvchi tashkilot va mamlakat nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaning rangli surati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati to‘g‘risida ma’lumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol kadastriga kiritiladigan qurol va o‘q-dorilarning asosiy texnik tavsiflari nomenklaturasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurol va o‘q-dorilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning birinchi o‘n kunligida Qurol kadastriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol va o‘q-dorilarning muvofiqligini baholash uchun texnik talablar, tamg‘alash, qadoqlash qoidalari va sinov usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organi tomonidan sertifikatlangan qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash natijalari bo‘yicha qurol rusumiga (o‘q-dori turi) taalluqli hujjatlar yuritiladi va doimiy ravishda hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ma’lumot kiritib boriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi chorakda bir marta Qurol kadastriga O‘zbekiston Respublikasida yangi qurol rusumlarini ishlab chiqarish yoki olib kirish bo‘yicha tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boradi. Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotlar mazkur Nizomning 4-bandiga asosan Qurol kadastriga kiritiladi va qurol rusumiga (o‘q-dori turiga) ro‘yxatga olish raqami beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qurol rusumi (o‘q-dori turi)ning O‘zbekiston Respublikasida hududida muomalaga chiqarilishi taqiqlangan taqdirda, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Qurol kadastriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Qurol qadastridan chiqarilgan qurol rusumlarining (o‘q-dori turlari) ro‘yxatga olish raqamlari ikkilamchi qo‘llanilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qurol kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiradi va har chorakda bir marta Davlat kadastrlari yagona tizimiga kadastr ma’lumotlari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Qurol kadastrida keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat qurollari va o‘q-dorilar davlat kadastri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ro‘yxatga olish raqami

Rusum nomi

Rusum belgisi

Kalibr

Asosiy texnik tavsiflari

Ishlab chiquvchi (loyihalashtiruvchi), ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarilgan mamlakat nomlari

Ishlab chiqarilgan davlat

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjat belgisi

Namunaning rangli surati

Boshqa ma’lumotlar

Xizmat quroli va uning o‘q-dorilari

1.

2.

3.

...

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilari

1.

2.

 

3.

...

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan fuqaroviy qurol va o‘q-dorilar

1.

2.

3.

...

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol va o‘q-dorilar

1.

2.

3.

...


Eksport uchun ishlab chiqarilgan qurollar va o‘q-dorilar

1.

2.

3.

...

Texnologik maqsadlarda (sinovlar, tekshiruvlar yoki qurol ishlab chiqarish jarayonida) ishlatish uchun o‘q-dorilar

1.

2.

3.

...

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Sertifikatlash organi

Sertifikatlangan qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash natijalari bo‘yicha qurol rusumiga (o‘q-dori turi) taalluqli hujjatlarni elektron shaklda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etadi.

har oyda, keyingi oyning
5 sanasiga qadar


2-bosqich

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Sertifikatlashning ijobiy natijalariga ega bo‘lgan fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari to‘g‘risida ma’lumotlarni Qurol kadastriga kiritadi.

har chorakda bir marta


3-bosqich

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kadastr ma’lumotlarini taqdim etadi.

har chorakda bir marta

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 07/20/455/1118-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)