29.08.2019 yildagi PF-5795-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha tashabbuslarni ishlab chiqishdagi rolini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hamda jamiyat va davlat rivojlanishi holatini tizimli tahlil qilish asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini taʼminlash, shuningdek, fuqarolar huquqlarini himoya qilish, hududlarni rivojlantirish va joylarda aholining dolzarb muammolarini hal qilish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari etib qayta tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari birlashtirilsin va ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari negizida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish holatini tizimli tahlil qilish, zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi tarkibiy oʻzgartirishlarning oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash, shuningdek, iqtisodiy oʻsish va aholi farovonligini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan yangi norma ijodkorligi va boshqa tashabbuslarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi davlat va jamiyat rivojlanishi holatini tizimli tahlil qilish, ilgʻor xalqaro standartlar va eng yaxshi xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, shuningdek, davlat va jamiyat qurilishi samaradorligini oshirish boʻyicha yangi norma ijodkorligi va boshqa tashabbuslarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi pozitsiyasini yaxshilashga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, yetakchi xorijiy ekspert va ishbilarmon doiralar vakillari orasida mamlakatning ijobiy imijini bosqichma-bosqich shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, islohotlarning barqaror va kompleks qonunchilik bazasini shakllantirish, shuningdek, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning sifatini oshirish va toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlar qabul qilish amaliyotini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni ilgari surishda toʻsiq boʻlayotgan muammolarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish hamda vazirliklar va idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi uchun joylardagi mansabdor shaxslarning masʼuliyatini tubdan oshirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish asnosida islohotlarni amalga oshirish ustidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim tarmoqlar va yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi sharoitiga maqbul boʻlgan ilgʻor xorijiy tajribani implementatsiya qilish boʻyicha tahlillar oʻtkazish va takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tashkil etilsin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash va fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investorlarning sud tizimiga nisbatan ishonchini oshirish, sudyalar korpusini shakllantirishda sudyalar hamjamiyati organlari rolini kuchaytirish, shuningdek, sud organlarining obroʻsiga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya, prokuratura va ichki ishlar organlari, shuningdek soliq va bojxona organlari mansabdor shaxslarining aholi oldidagi masʼuliyatini tubdan oshirish, ularga yuklatilgan vazifalarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash, byurokratiya va korrupsiyaning namoyon boʻlishi xavflarini yoʻq qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqqan holda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlari, soliq va bojxona organlarida davlatning kadrlar siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, ularni yuqori malakali, tartib-intizomli va halol mutaxassislar bilan toʻldirish, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini, siyosiy boshpana berish hamda Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan sudlangan shaxslarga amnistiya berish va ularni afv etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibot, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ayniqsa, yoshlar va ayollar oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini xabardor qilish, shuningdek, jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib kelayotgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha aniq choralar ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparati tuzilmasida Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli sohalar va tarmoqlar boʻyicha qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz, oʻz vaqtida va toʻgʻri ijro etilishi ustidan doimiy nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻlinmalarida, tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish holatini tizimli tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarini soʻzsiz, oʻz vaqtida va toʻgʻri ijro etishni tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining ijro intizomini taʼminlashdagi masʼuliyatini tubdan kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tuzilmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni rivojlantirish shuʼbasi tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlarini tartibga solish sohasidagi qonunchilikni ortiqcha maʼmuriy va ruxsat beruvchi tartib-taomillarni bekor qilish yuzasidan takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi tizimli muammolarni, faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik subyektlari yuzaga kelishining asosiy sabablari va omillarini joylarga borib tahlil qilish, shu asosda kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikni tahlil qilib, raqobat muhitini taʼminlash hamda tadbirkorlik subyektlarining tovar va moliyaviy bozorlarga kirish imkoniyati cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oʻrganish, mavjud sanoat zonalarini toʻla quvvat bilan ishlatish va yangilarini tashkil qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, eng avvalo, ularni innovatsion rivojlantirish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, marketing va eksport faoliyati, xususiy tadbirkorlik sohasida yangi istiqbolli yoʻnalishlarni rivojlantirishda zamonaviy usullarni qoʻllashga doir xalqaro tajribani oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan tadbirkorlikni rivojlantirish va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarni tayyorlash borasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrosanoat kompleksini rivojlantirish shuʼbasi tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada isloh qilish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini joriy etish, qishloq xoʻjaligida mehnat unumdorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, agrosanoat sektorida zamonaviy klaster usullarini rivojlantirish boʻyicha tahlillar oʻtkazish va takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, foydalanilmayotgan qishloq xoʻjaligi yerlarini ishga solish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qoʻllash va suvni tejovchi texnologiyalarni tatbiq qilish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlardagi ehtiyojni hisobga olgan holda joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashni, oziq-ovqat tovarlari narxlarida keskin tebranishlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ichki isteʼmol bozorini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan barqaror toʻldirib turishni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish, urugʻchilikni takomillashtirish, koʻchatlar va ekinlarning intensiv va serhosil navlarini yetishtirish, naslli chorvachilik, parrandachilik va qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarini kengaytirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, shu asosda ilgʻor ilmiy ishlanmalar, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq unumdorligini yaxshilash va qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda ilmiy muassasalar faoliyatini oʻrganish, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari va Departament rahbari tegishli sohalar va tarmoqlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarini soʻzsiz, oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan hamkorlikda tegishli sohalar, tarmoqlar va hududlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz, oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishini tashkillashtiradi va uning ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro etilishining borishini, shuningdek, aniqlangan muammolarni va kamchiliklarni hududlardagi ishlarning real ahvolini hisobga olgan hamda mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy holatni tahlil qilish orqali bevosita joylarga chiqib yoki tarmoq vazirliklari va idoralarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda boshqa tashkilotlarda muhokama qilishni tashkillashtirgan holda har haftalik asosda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli maslahatchisi yoki Departament rahbari tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq olib boriladi, unda nazorat chora-tadbirlarining predmeti, ularning aniq shakli va oʻtkazish muddatlari belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat chora-tadbirlari yakunlari boʻyicha aniqlangan xatoliklar haqidagi axborot, shu jumladan tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarini bajarishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari esa Departamentga kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari va Departament rahbari muntazam asosda tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari va topshiriqlari ijro etilishining borishini muhokama qiladi, zarur hollarda, mazkur masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokidagi yigʻilishlar va boshqa tadbirlarda muhokama qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro etilishining borishini muhokama qilish yakunlari boʻyicha qabul qilingan topshiriqlar tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bajarish uchun majburiy hisoblanadi, ular bir oy muddatda topshiriqlarning bajarilishi natijalari toʻgʻrisidagi batafsil axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqa tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro etilishining borishini muhokama qilish yakunlari boʻyicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishini monitoring qiladi, mazkur topshiriqlarning ijro muddatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlari bajarilishini nazorat qilishda zarur axborotlarni, hujjatlar va boshqa materiallarni soʻrab olish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari va Departament rahbari esa, shuningdek, tarmoq vazirliklari va idoralari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilmaganligi holatlari, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining yangidan tuzilgan boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Departament bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5795-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustdagi PF-5795-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi holati va tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash va yangi tashabbuslarni ishlab chiqish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi “fuqarolik jamiyati institutlari” soʻzlaridan oldin “hokimiyatning vakillik organlari va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “huquqni muhofaza qilish faoliyatini” soʻzlari “huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Administratsiya tuzilmasiga quyidagi lavozimlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari (keyingi oʻrinlarda — Administratsiya rahbari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazifalari, funksiyalari va javobgarlik sohalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 9-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari,” soʻzlaridan keyin “Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 06/20/5795/0990-son)