O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega bo‘lgan kontraktlar asosida uglevodorodlarni qazib olish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-son karori ijrosini ta’minlash, qazib olinishi murakkab va kam zaxiralarga ega bo‘lgan konlardan uglevodorodlarni qazib olish hajmlarini ko‘paytirish orqali iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash choralarini amalga oshirish maksadida Vazirlar Mahkamasi karor kiladi:
1. Neft-gaz sohasidagi xalqaro amaliyotga muvofiq murakkab yoki kam zaxiralarga ega va qazib olish ishlarining tannarxi yuqori bo‘lgan konlarda uglevodorodlar yer qa’ridan foydalanuvchilar hamda qoida tariqasida, uglevodorodlar qazib olish sohasida servis xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyalar (keyin o‘rinlarda — pudratchi) o‘rtasida taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega bo‘lgan kontraktlar asosida kazib olinishi ma’lumot uchun kabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
ushbu qarorda belgilangan taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega bo‘lgan kontraktlar asosida uglevodorodlarni qazib olish mexanizmi ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 va undan ortiq foizni tashkil qiladigan davlat korxonalari va yuridik shaxslarga, shuningdek, davlat ulushi 50 hamda undan ortik foizni tashkil qiladigan yuridik shaxsga (keyingi o‘rinlarda — yer ka’ridan foydalanuvchi) ustav fondining (kapitalining) 50 va undan ortiq foizi tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi;
taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega bo‘lgan kontraktlar (keyingi o‘rinlarda — kontrakt) asosida pudratchilarni jalb etgan holda, uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirish nazarda tutilgan konlar ro‘yxati yer ka’ridan foydalanuvchilarining takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan muntazam ravishda shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishiladi;
kontrakt uglevodorodlarning ko‘paytirilgan hajmlaridan tanlov asosida aniqlangan pudratchining sarf-xarajatlarini qoplanishi sifatida ulushning va pudratchiga beriladigan mukofotning bir qismiga ega bo‘lish huquqini belgilagan holda, pudratchi tomonidan uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish ishlarini (xizmatlarini) o‘z hisobidan hamda o‘z tavakkalchiligi asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi pudrat shartnomasini ifoda etadi;
uglevodorodlarning ko‘paytirilgan hajmi qazib olinadigan haqikiy hajm va hisoblab chiqilgan asosiy (bazaviy) qazib olish hajmi o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi;
tanlov hujjatlariga texnik talablarni belgilash uchun hisoblab chikilgan asosiy (bazaviy) qazib olish hajmi yer ka’ridan foydalanuvchi tomonidan har bir qudukni baholash yo‘li bilan tegishli konlar bo‘yicha ishlab chiqiladigan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirishning boshlang‘ich shartlari sifatida belgilanadi;
uglevodorodlar qazib olishning ko‘paytirilgan hajmida pudratchi ulushining miqdori yer qa’ridan foydalanuvchining ushbu ulushga nisbatan, shu jumladan soliqlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlarini koplash hisobga olingan holda, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq aniqlanadi va kontraktda ko‘rsatiladi;
pudratchiga kontrakt bo‘yicha tegishli bo‘lgan neft va gaz kondensatining ulushi ichki bozorda xom ashyo sifatida kontrakt asosida sotilishi yoki keyinchalik ularni kayta ishlashdan olingan mahsulotlarni ichki bozorda sotish yoki eksport qilish uchun Uzbekiston Respublikasi hududida mahsulotni qaytarib berish asosida qayta ishlanishi mumkin;
pudratchiga kontrakt bo‘yicha tegishli bo‘lgan tabiiy gaz ulushi kontrakt asosida ichki bozorda sotiladi, shuningdek, qisman pudratchining ehtiyojlari uchun ishlatilishi mumkin;
kayta ishlash quvvatlarida neft, gaz kondensati va tabiiy gazni qayta ishlash, tabiiy gazni respublika gaz-transport tizimi orqali yetkazib berish xizmatlarining narxlari neft va gazni qayta ishlash, gaz-transport tashkilotlari va pudratchi o‘rtasidagi kontrakt asosida belgilanadi;
xorijiy pudratchi uglevodorodlarni, ular O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta ishlangan hollarda esa — kayta ishlangan mahsulotlarni sotishdan tushgan milliy valyutadagi daromaddan ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish uchun foydalanish va keyinchalik xorijiy valyutada sotib olingan mablag‘larni xorijdagi o‘z hisobraqamiga o‘tkazish huquqiga ega;
pudratchi yer qa’ridan foydalanuvchining yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish, neft, tabiiy gaz va gaz kondensatini, shuningdek, yer va kon ajratmalarini qazib olish, qayta ishlash hamda sotish huqukini beradigan mavjud litsenziyalari asosida qazib olish tadbirlarini amalga oshiradi;
pudratchi tomonidan kontrakt bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar davomida olgan barcha geologik ma’lumotlar belgilangan tartibda yer ka’ridan foydalanuvchiga bepul berilishi kerak;
kontraktni amalga oshirishda barcha geologik, texnologik, texnik va moliyaviy tavakkalchiliklar pudratchi sarflagan xarajatlarni yer qa’ridan foydalanuvchi va davlat tomonidan koplab berish majburiyatlarisiz pudratchining zimmasida bo‘ladi;
kontraktlar bir yoki bir nechta konlar bo‘yicha 10 yilgacha bo‘lgan muddatga, yer ka’ridan foydalanuvchi hamda pudratchining o‘zaro kelishuviga ko‘ra ko‘shimcha 5 yil gacha uzaytirish imkoniyati bilan tuzilishi mumkin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
yer qa’ridan foydalanuvchi pudratchini tanlash bo‘yicha tanlov savdolarini o‘tkazishda korporativ buyurtmachi vazifasini amalga oshiradi;
tanlov savdolari xar bir aloxida kon bo‘yicha e’lon qilinadi;
tanlov savdolarini o‘tkazish muddatlari tanlov e’lon qilingan kundan boshlab kamida ikki oy oldin va tanlov ishtirokchilari tomonidan konlar bo‘yicha geologik-texnik ma’lumotlarni olish va tahlil qilish, shuningdek, takliflar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan vaqtdan kelib chiqqan holda belgilanadi;
kontraktga 1-ilovaga muvofiq minimal talablar qo‘yiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov savdolarini o‘tkazish, shu jumladan tanlov ishtirokchilarining takliflarini baxolash va g‘olibni aniqlash tarkibiga qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining vakillari ham kiritiladigan tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov savdolarining g‘olibi — pudratchi 100 foiz ulushli ishtiroki bo‘lgan shu’ba yuridik shaxsni tashkil qilishi va Uzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi shart, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar — rezidentlar bundan mustasno;
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yer ka’ridan foydalanuvchi pudratchi bilan tanlov savdolarining natijalari bo‘yicha kontrakt tuzadi;
yer qa’ridan foydalanuvchi va pudratchi o‘rtasida taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega bo‘lgan kontrakt 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tuziladi.
4. Yer qa’ridan foydalanuvchiga taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega bo‘lgan kontraktlarga muvofik uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish ishlarini amalga oshirish uchun pudratchilarni jalb etish bo‘yicha tanlov savdolari e’lon qilingan konlarga nisbatan maxfiylik go‘grisidagi bitimlar asosida ma’lumotlarni pudratchilarga takdim etishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi pudratchilar tomonidan ishlar amalga oshirilayotganda sanoat xavfsizligi, atrof-muxitni muhofaza qilish va metrologik attestatsiya talablariga rioya etilishining nazoratini, shuningdek, zarur bo‘lganda, uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish texnologiyalarini ko‘llashni o‘z vaqtida ekspertizadan o‘tkazish va kelishishni ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi tegishli loyiha hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishini va pudratchilar tomonidan taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega bo‘lgan kontraktlarni amalga oshirish doirasida tabiatni muhofaza qilishga oid konunchilikka rioya etilishi bo‘yicha davlat nazoratini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoklarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-iyul,
448-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-iyuldagi 448-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega bo‘lgan kontraktga qo‘yiladigan minimal talablar
Uglevodorodlarni kazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega bo‘lgan kontraktda (keyingi o‘rinlarda — kontrakt) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
konni ishlatish rejasi;
ish turlari va hajmlari, shuningdek, ularni bajarish shartlarining tavsifi;
kontraktning amal qilish muddati va uni uzaytirish mumkin bo‘lgan mexanizm;
operatsion tashkilotni (O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxsni) ta’sis etish tartibini belgilash;
kontraktni amalga oshirishda tomonlarning o‘zaro hamkorligi bo‘yicha operatsion qo‘mitani tashkil etish tartibini belgilash;
konlardagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘rsatgan holda, ishlarni amalga oshirish uchun uglevodorod konlarini pudratchilarga berish tartibini belgilash;
tomonlarning xuquk va majburiyatlari, shuningdek, tavakkalchiliklarni kontrakt tomonlari o‘rtasida taksimlamaslik to‘g‘risidagi, shu jumladan konlarni ishlatish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni, burg‘ulash va qazib olish usullarini qo‘llash orkali uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirishni ta’minlagan holda, pudratchining uglevodorodlarni o‘z hisobidan va o‘z tavakkalchiligi asosida kazib olishni ko‘paytirish ishlarini amalga oshirish majburiyatlarini nazarda tutuvchi shartlar;
qazib olingan uglevodorodlarning ko‘paytirilgan hajmlaridan pudratchiga tegishli ulush uchun unga berilgan mulk huquqlari;
qazib olingan neft va gaz kondensatining ko‘paytirilgan hajmlaridan pudratchiga tegishli ulush uchun narxlarni shakllantirish tartibi;
sug‘urtalash tartibi va shartlari;
bajariladigan ishlarning atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olishga, ushbu ta’sir oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni pudratchi tomonidan amalga oshirish tartibini belgilash, shuningdek, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilishiga sabab bo‘lgan avariyalar va baxtsiz hodisalar yuz berganda, yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni sug‘urta qilish;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliq majburiyatlarini kontrakt tomonlari o‘rtasida taqsimlash shartlari;
konlarda uglevodorodlarni qazib olish hisobini yuritish tartibi;
yer qa’ridan foydalanuvchiga pudratchi tomonidan kontrakt bo‘yicha ishlarni amalga oshirish davomida olingan barcha geologik ma’lumotni hamda uglevodorodlarni qazib olish hajmlari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish tartibi;
pudratchining kontrakt asosida suv manbalari va elektr energiyasi quvvatlaridan zarur hajmlarda, shuningdek, neft va tabiiy gazni qayta ishlash va tashish xizmatlaridan hamda yer qa’ridan foydalanuvchi ko‘rsatadigan boshqa xizmatlardan foydalanish shartlari;
pudratchining zamonaviy texnologiyalar va ishlarni samarali boshqarish, kondagi barcha ishlarni samarali va xavfsiz bajarish, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek, xalqaro neft va gaz sanoatida umumqabul qilingan standartlarga rioya etish, atrof-muhitga zararli ta’sirlarning hamda pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning kondan (quduqdan) foydalanish ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sirning oldini olishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish bo‘yicha majburiyatlari;
ishlar hajmlari, shu jumladan kontraktga muvofiq pudratchi tomonidan bajariladigan ishlarning minimal dasturi;
neft, tabiiy gaz va gaz kondensatini qazib olishning asosiy (bazaviy) hajmlari;
neft, tabiiy gaz va gaz kondensatining ko‘paytirilgan hajmidagi pudratchining ulushini aniqlash va olish tartibi;
neft, tabiiy gaz va gaz kondensatining ko‘paytirilgan hajmidagi pudratchiga tegishli ulushni sotish tartibi;
pudratchining kontrakt bo‘yicha ishlarning minimal dasturini bajarilmaganligi uchun javobgarligi;
pudratchining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, shu jumladan standartlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish, yer qa’ri, atrof-muhit va fuqarolar sog‘ligini muhofaza qilish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish soxasidagi normativ hujjatlar talablariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
kontrakt bo‘yicha ishlar yakunlangandan so‘ng barcha inshootlar, qurilmalar va boshqa mol-mulkni tugatish yoki konservatsiya kilish, shuningdek, kontrakt bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan hududlarni ifloslanishdan tozalash shartlari;
qo‘llaniladigan huquk va nizolarni hal etish tartibi;
fors-major holatlar;
tovarlarni xarid qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda ustunlikni mahalliy tashkilotlarga berish talabi;
pudratchining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirish va ularga mehnat qilishi uchun sharoitlar yaratish xamda ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha majburiyatlari;
tuziladigan kontrakt maqsadlaridan kelib chiqadigan boshqa shartlar.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-iyuldagi 448-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yer qa’ridan foydalanuvchi va pudratchi o‘rtasida taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega bo‘lgan kontraktni tuzish
SXEMASI
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 09/20/448/1089-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)