Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 22.07.2020 yildagi 449-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 22.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar takchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiii muhofaza qilish hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda ― Agentlik), “Oʻzstandart” agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 1-oktabrga qadar boʻlgan muddatda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq roʻyxatdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, puls oksimetrlari hamda sink, magniy, selen yoki vitamin “D” moddalarini saqlovchi biologik faol qoʻshimchalar import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish (import qilinganda) va realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq roʻyxatdagi dori vositalari import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan hamda 5 kunlik muddatda sertifikatlashtirish (faqat ayrim kimyoviy tahlillarni oʻtkazgan holda) asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish (import kilinganda) va realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasiga Sogʻliqni saqlash vazirligi va Agentliknipg qoʻshma xulosasi asosida mazkur qarorga ilovadagi roʻyxatga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tartib asosida tibbiy buyum, tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, biologik faol qoʻshimchalar va dori vositalari importi bilan shugʻullanuvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot sifati va xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi hamda oʻzlari tomonidan realizatsiya qilingan mahsulot haqidagi maʼlumotlarni mahsulot realizatsiya qilingan kundan boshlab 5 kun ichida Agentlikka taqdim etishlari shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni oʻtkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadogʻida halqaro patentlanmagan nomini oʻzbek yoki rus yoxud ingliz tilida koʻrsatilishini taʼminlagan holda ishlab chiqaruvchi korxonaning sinov bayonnomasini va sinov usullari koʻrsatilgan hujjatni takdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi (reeksport bojxona rejimi bundan mustasno) 2020-yil 1-oktabrga qadar vaqtinchalik toʻxtatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga ruxsat Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Agentlikning koʻshma xulosasi asosida ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qiskartirish vazirligi koronavirus pandemiyasi hamda sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning eksport qilinishiga boʻlgan cheklovning muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari respublika hududidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy olib chiqib ketilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara koʻshinlari bilan birgalikda xalqaro yuk tashuvchilar va ekspeditorlik tashkilotlariga mazkur qaror talablari, mazmun va mohiyatini tushuntirilishi va yetkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror ijrosi doirasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish yuzasidan aviareyslarni tashkil etish taklifini bildirgan tashabbuskorlarga amaliy yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qaror mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va aholi eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekistoi Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
449-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar nomi

Shakli

1.

Bakteritsid lampalar

dona

2.

Oʻmrov osti kateteri

dona

3.

Soʻrib oluvchi kateter

dona

4.

Intubatsion trubka

dona

5.

Bir marotabalik himoya kombenzoni

dona

6.

Bir marotabalik respirator N95

dona

7.

Bioboks

dona

8.

Nebulayzer

dona

9.

UTT apparati (UZI)

dona

10.

Kardiomonitor

dona

11.

Angiokatetorlar

dona

12.

Foley kateter

dona

13.

EKG

dona

14.

Endotraxeal trubka

dona

15.

Traxeoostomiya uchun toʻplam

toʻplam

16.

Kislorod kanyulasi

dona

17.

Oshqozon zondi

dona

18.

Rentgen plyonkasi

dona

19.

Tibbiyot niqobi

dona

20.

Infuzion nasos uchun shprits

dona

21.

Qon namunalari, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlarini saqlash uchun konteynerlar

dona

22.

Oksigenatorlar

dona

23.

Traxeal, endotraxeal, nafas olish, traxeostomatik trubkalar

dona

24.

Anesteziya filtrlari, nafas olish niqoblari

dona

25.

Oʻpkani sunʼiy nafas oldirish apparati (IVL)

dona

26.

Tibbiy termometrlar

dona

27.

Kontaktsiz termometrlar (pirometr)

dona

28.

Teplovizor uskunasi

dona

29.

Koʻlqoplar (steril va steril boʻlmagan)

dona

30.

Defibrillyator

dona

31.

Loringoskop

dona

32.

KSHS apparat toʻplami

toʻplam

33.

Pulsoksometr

dona

34.

Infuzion nasos

dona

35.

Kislorod konsentratori

dona

36.

Infuzion dozator

dona

37.

Kompyuter tomografiya uskunasi (KT)

dona

38.

Mobil (koʻchma) raqamli rentgen apparata

dona

39.

PSR apparati toʻplami

toʻplam

40.

Funksional krovat

dona

41.

Raqamli statsionar rentgen apparati

dona

42.

Ambu qopchasi

dona

43.

Bolalar tanometri

dona

44.

Kattalar tanometri

dona

45.

Multispiral kompyuter tomografiya uskunasi (MSKT)

dona

46.

Elektrosoʻrgʻich

dona

47.

Elektrokoagulyator

dona

48.

Xolter monitori

dona

49.

Bronxofibroskop

dona

50.

SRAR apparati

dona

51.

Chaqaloqlar uchun oʻpkani sunʼiy nafas oldirish (IVL) uskunasi (sarflov materiallari bilan)

dona

52.

Bemorlarni tashish uchun gʻildirakli arava (katalka)

dona

53.

Harorati –18 S va undan past boʻlgan, 160 ― 200 litr sigʻimli muzlatgich

dona

54.

Reagentlarni saqlash uchun haroratni boshqarish funksiyali muzlatgich

dona

55.

Laboratoriya shkafi (vityajnoy)

dona

56.

Termostat

dona

57.

Distillyatorlar

dona

58.

Avtoklav 400 litrli (bikslari bilan)

toʻplam

59.

Avtoklav 100 litrli (bikslari bilan)

toʻlam

60.

Sentrifuga

dona

61.

Quritish shkafi

dona

62.

Xirurgik otsos

dona

63.

2-kamerali muzlatgich (–18 ― +4)

dona

64.

Binokulyar mikroskop chiroqli

dona

65.

Laboratoriya uchun elektron tarozi

dona

66.

GSHR test-sistemasi (test-diagnostikum)

toʻplam

67.

PSR shkaf

dona

68.

Biokimyoviy analizator

dona

69.

Avtomatik gematologik analizator

dona

70.

Avtomatik qon ivishini aniqlash analizator (5000 bemor uchun reagentlari bilan)

dona

71.

Immunoferment analizator (IFA apparat)

dona

72.

Avtomatik peshob analizator

dona

73.

Gemodializ uskunasi

dona

74.

20 oʻrinli gemodializ uskunasi uchun suv tozalash tizimi

dona

75.

Multifiltrat uskunasi

dona

76.

Gemodializ uskunasini tozalash mikseri

dona

77.

Elektrolitli analizator

dona

78.

Duodenogastrofibroskop

dona

79.

Eritrotsitlarni choʻkish tezligini aniqlash uchun avtomatik analizator (SOE analizator)

dona

80.

Mufel pechkasi (kichik)

dona

81.

Himoya koʻzoynagi

dona

82.

Spirt saqlovchi antiseptik

dona

83.

Antiseptik dozator

dona

84.

Dezinfeksion sprey

dona

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan, majburiy sertifnkatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Dori vositalari va biologik faol moddalar nomi

Shakli

1.

Umifenovir

tabletka, kapsula, suspenziya

2.

Meglyumina akridonatsetat

tabletka, kapsula, ampula

3.

Gidroksixloroxin

tabletka

4.

Ribavirin

tabletka, kapsula

5.

Ritonavir

tabletka, kapsula

6.

Favipiravir

tabletka, kapsula

7.

Lopinavir

tabletka

8.

Sikloferon

tabletka

9.

Remdesivir

tabletka, ampula

10.

Ivermektin

tabletka

11.

Nelfinavir

kukun

12.

Prednizalon

ampula

13.

Ingaverin

kapsula

14.

Anaferon

tabletka

15.

Paratsetamol

tabletka

16.

Askorbinovaya kislota

ampula

17.

Deksametazon

ampula

18.

Siprofloksatsin

tabletka, rastvor

19.

Sefaperazon sulbaktam

flakon

20.

Aminokislota eritmalar

flakon

21.

Groprinosin

tabletka

22.

Areplivir

tabletka

23.

Sink

tabletka, kapsula, sirop, suzpensiya

24.

Magniy

tabletka, kapsula, sirop, suzpensiya

25.

Selen

tabletka, kapsula, sirop, suzpensiya

26.

Vitamin D

tabletka, kapsula, sirop, suzpensiya, tomchilar

27.

Atsetilsistein

tabletka

28.

Strofantin K 25 mkg/1 ml

ampula

29.

Epinefrin gidroxloridi 1 mg/ml

ampula

30.

Atropin sulfata 1 mg/ ml

ampula

31.

Salbutamol 1 mg/ml ing. uchun eritma

konteyner

32.

Sulfokamfokain 99,2 mg/ml

ampula

33.

Interferon

ampula, tabletka, shamcha

34.

Enoksaparin

Shprits, eritma, leofilizat

35.

Geparin

ampula, flakon

36.

Azitromitsin

tabletka, kapsula

37.

Gelofuzin

flakon

38.

Dofamin

ampula

39.

Ambroksol

ampula

40.

Dipiridamol

tabletka

41.

Albumin

flakon

42.

Furosemid

ampula

43.

Kriopretsipitat

flakon

44.

Meropenem

flakon

45.

Apiksaban

Tabletka, kapsula

46.

Rivaroksaban

Tabletka, kapsula

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 09/20/449/1090-son, 12.08.2020-y., 09/20/474/1158-son, 25.09.2020-y., 09/20/582/1319-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi,03.08.2021-y., 09/21/486/0748-son, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)