1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent metallurgiya zavodini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli metall prokatini yetkazib berish hisobiga iqtisodiyot va ichki bozorning metallurgiya mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, import oʻrnini bosuvchi yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish va yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida 2020-yil dekabr oyida birinchi sinov rulonini ishlab chiqargan va 2021-yil 31-dekabrga qadar zavodni ishga tushirgan holda yillik quvvati 500 ming tonna sovuq holda prokatlangan metall ishlab chiqaradigan yangi metallurgiya zavodini (keyingi oʻrinlarda — zavod) qurishni nazarda tutuvchi “Toshkent metallurgiya zavodini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar hisob-kitob qiymati 334,47 mln yevroga teng boʻlgan investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJning 154,77 mln yevro ekvivalentidagi oʻz mablagʻlari, shu jumladan xorijiy muassis — “Metallurgical Technology and Engineering B.V.” kompaniyasi, “SFI Management Group” MCHJ XKning 77,54 mln yevro ekvivalentidagi hissasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 77,23 mln yevro miqdoridagi hissasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Roseksimbank” AJning (Rossiya Federatsiyasi) 164,56 mln yevro miqdoridagi kreditlari, shu jumladan “Eksport kreditlari va investitsiyalarini sugʻurtalash boʻyicha Rossiya agentligi” OAJning (Rossiya Federatsiyasi) mukofoti, yetakchi bank “Asaka” ATBni belgilagan holda bank sindikatini tashkil etish yoʻli bilan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan, 10 yil muddatga, shu jumladan “Roseksimbank” AJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan kredit shartnomalari tuzilgan sanadan boshlab 36 oylik imtiyozli davr bilan, Euribor 6m + yillik 5,25 foizdan koʻp boʻlmagan foiz stavkasi, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi banklarning yillik 0,5 foiz miqdoridagi marjasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asaka” ATBning xorijiy valyutadagi 15,14 mln yevroga teng miqdordagi krediti 10 yil muddatga, shu jumladan imtiyozli davr ― moliyalashtirish ochilgan sanadan boshlab 36 oy muddatga, yillik 7 foiz stavkada beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etiladigan kreditlarni qaytarish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ va xorijiy muassis mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zavod qurilishiga kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, investitsiya loyihasini amalga oshirishni texnik kuzatib borish uchun zarur tajribaga ega boʻlgan yetakchi xalqaro kompaniyalarni jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish davrida texnik qoʻllab-quvvatlash maqsadlari uchun maʼqullash olish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotni “Jeneral Motors” standartlariga muvofiqlashtirish tartib-taomillaridan oʻtish tajribasiga ega boʻlgan poʻlat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni va boshqa jahon avtomobil ishlab chiqaruvchilarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashkilotlari bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrga qadar “Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, shuningdek, 2021-yil 1-avgustga qadar tasdiqlangan asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar asosida investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishiga tuzatishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilarga ruxsat berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ, istisno tariqasida, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-dekabrga qadar loyiha-smeta hujjatlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda qurilish-montaj ishlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqqan holda bir bosqichli tartibda loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tender savdolari oʻtkazmasdan, yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish asosida xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolari oʻtkazmasdan, metallurgiya sanoati korxonalarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish masalalarida amaliy tajribaga ega boʻlgan konsultantlarni, shu jumladan xorijiy konsultantlarni eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan tovarlarni “vaqtincha saqlash” va/yoki “bojxona ombori” bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda bosh pudrat tashkilotlarining moʻljallangan omborlariga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari mahalliy pudratchilar bilan hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi banklari orqali milliy valyutada amalga oshirishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Asaka” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ bilan bitta qarz oluvchi yoki oʻzaro bogʻliq qarz oluvchilar guruhi uchun eng yuqori tavakkalchilik boʻyicha va valyuta pozitsiyasi boʻyicha normativlarni qoʻllamasdan kredit shartnomasini tuzsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangunga qadar “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ ustav kapitaliga ulush qoʻshsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oʻxshashi boʻlmagan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, texnik va loyiha hujjatlari, xomashyo, sinov vositalari hisoblangan materiallar, texnologik, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, instrumentlar va priborlar, maxsus maqsadlarga moʻljallangan transport vositalari, kompyuter texnikasi bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) subpudratchi transport tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirganlik uchun yigʻim hamda ogʻir vaznli va yirik gabaritli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylab yurganligi uchun toʻlov toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) import qilinadigan asbob-uskunalar, priborlar, xomashyo va materiallar — respublikada akkreditatsiya qilingan tegishli sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda majburiy sertifikatlashtirish tartib-taomilidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan xizmatlar, olib kiriladigan tovarlar, asbob-uskunalar, mashinalar va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, xomashyo, materiallar va texnologik jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlashtirishda yigʻimlar, davlat bojlari va toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asaka” ATB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Roseksimbank” AJga (RF) kreditlar boʻyicha taʼminot sifatida taqdim etiladigan garov shartnomalarini notarial tasdiqlaganlik uchun davlat boji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan metallurgiya zavodi qurilishi uchun ajratilgan yerlar olib qoʻyilganligi uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash uchun tovonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — metallurgiya zavodi qurilishi uchun yer uchastkalari ajratish, shuningdek qurilishi tugallanmagan koʻchmas mulk obyektlarini garovga qoʻyish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zavod qurilishi uchun olib qoʻyilgan yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari yoki mulkdorlariga yetkazilgan zararlarni qoplash summalarini toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Suvsoz” DUK:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda oʻz mablagʻlari hisobiga vaqtincha, qurilishni amalga oshirish davrida qurilish maydonini zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda oʻz mablagʻlari hisobiga zarur doimiy tashqi, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya obyektlarini, temir yoʻllarni belgilangan tartibda, shuningdek, Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzbekenergo” AJ, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzdavenergonazorat” DI bilan birgalikda uch oy muddatda Toshkent shahrining Sergeli tumani va unga tutash hududlarni energiya bilan taʼminlashning kompleks sxemasiga muvofiq, ularning istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda zavodning tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurilishiga loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi loyiha hujjatlarini ishlab chiqish natijalari boʻyicha Toshkent shahrining Sergeli tumanida elektr taʼminoti obyektlari qurilishini moliyalashtirish manbalari, shu jumladan xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni belgilangan tartibda sertifikatlashtirish va standartlashtirishdan oʻtkazishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxona foydalanishga topshirilgandan keyin “Toshkent metallurgiya zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyatga “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobil mahsulotlarining litsenziatlar standartlariga muvofiq oʻzi ishlab chiqaradigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishdan oʻtkazishni tashkil etishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda Toshkent shahrining Sergeli tumanida avtomobil yoʻllari va suv taʼminoti tizimlari qurilishiga tegishli kapital qoʻyilmalar ajratilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining 2017 va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha respublika komissiyasi murojaat qilingan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilingan loyiha tashkilotlariga yuqori xavfli va potensial xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun zarur litsenziyalarni belgilangan tartibda bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi investitsiya loyihasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq barcha masalalar kompleksini, shuningdek, mazkur qaror talablarini oʻz vaqtida va tezkorlik bilan hal etish uchun vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyalari yuklatilgan holda, 2-ilovaga muvofiq tarkibda Investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AK “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ bilan birgalikda har yili Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida taʼlimning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun maqsadli qabul kvotalarini nazarda tutsinlar, bunda zavodning soha kadrlariga boʻlgan ehtiyojini hisobga olsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2874-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi PQ-2874-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi” loyihasi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISHCHI GURUH TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G. I. Ibragimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari
R.A. Gʻulomov
—
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijrochi direktori, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
S.X. Bekenov
—
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
J.A. Qoʻchqorov
—
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
A.I. Axmedxadjayev
—
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi
M.O. Saliyev
—
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
X.A. Shakirov
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Sh.B. Nazarov
—
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
M.I. Shodiyev
—
Davarxitektqurilish raisining oʻrinbosari
M.I. Roʻzmetov
—
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
A.A. Xaitov
—
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori
R.J. Usmonov
—
Toshkent shahar hokimi
Sh.X. Babayev
—
Toshkent viloyati hokimi
E.R. Shoismatov
—
“Oʻztransgaz” AK bosh direktori
R.G. Mubarakshin
—
“Oʻzbekenergo” AJ raisining birinchi oʻrinbosari
A.S. Shukurov
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisining birinchi oʻrinbosari
R.V. Yusupov
—
“Oʻzavtosanoat” AK raisining oʻrinbosari
R.Q. Qosimov
—
“Asaka” ATB raisining birinchi oʻrinbosari
Z.N. Toʻychiyev
—
“Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ direktori v.b.
O.B. Sharipov
—
Iqtisodiyot vazirligi Bosh boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruh kotibi