16.07.2020 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-son qaroriga muvofiq salohiyatli xorijiy investorlarga taqdim etiladigan istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish sifatini va samaradorligini oshirish, loyihalashtirish jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy usullarni joriy etish hamda loyiha institutlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “UorliParsons Oʻzbekiston Injiniring” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 31-martdagi 95-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” AJning “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasi bilan birgalikda “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti, “OʻzLITIneftgaz” AJ bilan “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasi oʻrtasida 2011-yil 17-fevralda ustav fondi 200 ming AQSh dollari mikdoridagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” qoʻshma korxonasini (keyingi oʻrinlarda ― “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” MChJ QK) tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son karoriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” ― Oʻzbekiston elektroenergetika, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va ogir sanoat davlat loyiha instituti ― Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutiga aylantirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” MChJ QK ustav fondidagi ulushi 25 foizni, “OʻzLITIneftgaz” AJning ulushi 25 foizni, “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasining ulushi 50 foizni tashkil etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-iyunda “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasi “Intecsea Group B.V.” (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasi tarkibiga qoʻshilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-iyunda “Intecsea Group B.V.” (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasi “Intecsea B.V.” (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasi tarkibiga qoʻshilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” MChJ QK ishtirokchilarining navbatdan tashkari umumiy yigʻilishining 2017-yil 17-oktabrdagi 36-son qaroriga asosan “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” MChJ QK taʼsischilarining roʻyxatiga “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasi oʻrniga “Intecsea B.V.” (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasi kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti va “OʻzLITIneftegaz” AJning “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” MChJ QK ustav fondidagi ulushlarini (jami 50 foiz) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga begʻaraz berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 690-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” MChJ QK ustav fondidagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining 0,1 foiz ulushini “Worley” kompaniyasining shuʼba xoʻjalik jamiyati “Intecsea B.V.” (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasiga sotish masalasini “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” MChJ QK ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida koʻrib chiqish boʻyicha belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “UorliParsons Oʻzbekiston Injiniring” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 31-martdagi 95-son qarori 2-bandining “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari ― investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
445-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2020-y., 09/20/445/1078-son, 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son)