Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-son qaroriga muvofiq salohiyatli xorijiy investorlarga taqdim etiladigan istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish sifatini va samaradorligini oshirish, loyihalashtirish jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy usullarni joriy etish hamda loyiha institutlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “UorliParsons O‘zbekiston Injiniring” korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 31-martdagi 95-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zbekneftgaz” AJning “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasi bilan birgalikda “UorliParsons O‘zbekiston injiniring” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son karoriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” ― O‘zbekiston elektroenergetika, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va ogir sanoat davlat loyiha instituti ― O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutiga aylantirilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 690-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi