Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarori)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 10-avgustdagi 660-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari ― investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyul,
437-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 437-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 6-maydagi 373-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida eksportga tashish, garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini toʻlash, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchiliqda nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilish”.
2. Ilovada:
a) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida eksportga tashish, garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini toʻlash, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchiliqda nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilish”;
b) 7-bandga quyidagi mazmundagi “i” kichik band qoʻshilsin:
“i) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchiliqda nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsatish sohasida:
eksport qiluvchi mahalliy tadbirkorlik subyektlari (ularning vakolatli vakillari)ga mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish boʻyicha transport xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi;
eksport qiluvchilarga ular garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi;
meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi;
vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, toʻqimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2020-y., 09/20/437/1065-son)