O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MILLIY KINOLOGIYA MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarining kinologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasi tarkibida Milliy kinologiya markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Milliy kinologiya markaziga umumiy rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasiga yuklansin.
2. Quyidagilar Milliy kinologiya markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarning kinologiya xizmatlarini uslubiy ta’minlash;
malakali kinolog-mutaxassislar tayyorlash;
bojxona organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi bo‘linmalari, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xizmat itlarini nasliga qarab tanlash va o‘rgatish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasi bir oy muddatda:
Milliy kinologiya markazi to‘g‘risida Nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
* 3 ilova berilmaydi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasiga ushbu qarorni amalga oshirish uchun budjetdan zarur mablag‘lar ajratsin.
7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining joriy yil II yarim yilligi hamda 1997-yilgi investitsiya dasturi prognozlarida Milliy kinologiya markazi qurilishini tugallash uchun moliyaviy ta’minlash manbalarini aniqlagan holda kapital qo‘yilmalarning zarur limitlarini nazarda tutsinlar.
8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi hamda “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasiga hisobdan chiqarilganlaridan o‘quv maqsadlari uchun maketlar sifatida foydalanish uchun tegishli asbob-uskunalari bilan samolyotlar, vagonlar va yuk avtomobillarini tekinga ajratsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Milliy kinologiya markazini belgilangan tartibda telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 24-oktabr,
364-son
Milliy kinologiya markazi shtatlari soni
|
Nomi |
Jami shtatlar soni |
Shu jumladan | |||||
| boshliq | boshliq o‘rinbosari | bosh inspektor kinolog | katta inspektor kinolog | inspektor kinolog | kichik inspektor kinolog | ||
|
Milliy kinologiya markazi |
19 |
1 |
1 |
1 |
2 |
8 |
6 |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
Bosh bojxona boshqarmasi kinologiya xizmatining
Bosh bojxona boshqarmasi kinologiya xizmatining
ShTATLAR SONI
|
Nomi |
Jami shtatlar soni |
Shu jumladan | |
| katta inspektor kinolog | inspektor kinolog | ||
| Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasi kinologiya xizmati | 29 | 2 | 27 |
| shu jumladan: | |||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 1 | — | 1 |
| Andijon viloyati | 2 | — | 2 |
| Buxoro viloyati | 2 | — | 2 |
| Jizzax viloyati | 2 | — | 2 |
| Qashqadaryo viloyati | 2 | — | 2 |
| Navoiy viloyati | 1 | — | 1 |
| Namangan viloyati | 2 | — | 2 |
| Samarqand viloyati | 3 | — | 3 |
| Surxondaryo viloyati | 4 | 1 | 3 |
| Sirdaryo viloyati | 2 | — | 2 |
| Toshkent viloyati | 2 | 1 | 1 |
| Farg‘ona viloyati | 2 | — | 2 |
| Xorazm viloyati | 2 | — | 2 |
| Toshkent shahri | 2 | — | 2 |