07.07.2020 yildagi 427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini samarali amalga oshirish hamda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2019-yil 27-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — QAITJ) oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda, 24 yilda soʻndirish muddati bilan eng yuqori foiz stavkasi yillik 2 foizdan oshmaydigan 9,0 million Quvayt dinori (ekvivalenti 30,0 million AQSh dollari) miqdorida Qarz bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini amalga oshirish doirasida 2020-2021-yillarda tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini qurish boʻyicha yigʻma koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasining qarz mablagʻlari yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa toʻlovlarni soʻndirishning reja jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ loyihaning umumiy amalga oshirilishi va QAITJ qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylarni Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qurish dasturini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-son qaroriga muvofiq qayta tuzilgan Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish guruhiga QAITJ ishtirokidagi loyihani amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish funksiyalari yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAITJning jalb etilayotgan qarzini, shu jumladan unga oid foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJning loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-qidiruv ishlanmalarini moliyalashtirish hamda boshqa xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-yanvardagi PQ-4565-son qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hisobidan qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAITJdan kelib tushgan qarz mablagʻlarining (koʻchirilgan kundagi) soʻmdagi ekvivalenti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank ish kuni davomida “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJning hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishini moliyalashtirish uchun bankning tegishli hududiy filiallarida ochilgan “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ hududiy filiallarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan QAITJ oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarining hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun pudrat tashkilotlari aniqlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bosh direktori Q.Z. Xoshimbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 7-iyulya,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
427-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 427-son qaroriga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini amalga oshirish doirasida 2020-2021-yillarda tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini qurish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIGʻMA KOʻRSATKIChLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi (km)*

shu jumladan:

2020 yil

2021-yil

kirish va ichki yoʻllar

ichimlik suv tarmoqlari

kirish va ichki yoʻllar

ichimlik suv tarmoqlari

kirish va ichki yoʻllar

ichimlik suv tarmoqlari

Jami:

105

197

49

95,8

56

101,2

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

12

19

6,0

9,4

6,0

9,6

2.

Qashqadaryo viloyati

19

43

9,2

21,0

9,8

22,0

3.

Samarqand viloyati

24

43

11,5

21,1

12,5

21,9

4.

Surxondaryo viloyati

17

35

8,2

16,5

8,8

18,5

5.

Toshkent viloyati

9

19

4,0

9,2

5,0

9,8

6.

Fargʻona viloyati

24

38

10,1

18,6

13,9

19,4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qurilish massivlarini tanlash, arzon uy-joylarning namunaviy loyihalarini joylarga bogʻlash va tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarining loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish yakunlariga koʻra qurilish parametrlariga aniqlik kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 427-son qaroriga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasining qarz mablagʻlari yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa toʻlovlarni soʻndirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJA JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qarz summasi:

30 000,0 ming AQSh dollari

Maksimal foiz stavkasi:

yillik 2 %

Qarzni qaytarish muddati:

24 yil, jumladan, 4 yillik imtiyozli davr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ming AQSh dollari

Toʻlov sanasi

Qarz qiymati

Asosiy qarzning toʻlov qiymati

Foiz toʻlovining qiymati

Jami toʻlov

2020-y.15-fevral

30 000,00

2020-y.15-avgust

30 000,00

300,00

300,00

2021-y.15-fevral

30 000,00

300,00

300,00

2021-y.15-avgust

30 000,00

300,00

300,00

2022-y.15-fevral

30 000,00

300,00

300,00

2022-y.15-avgust

30 000,00

300,00

300,00

2023-y.15-fevral

30 000,00

300,00

300,00

2023-y.15-avgust

30 000,00

300,00

300,00

2024-y.15-fevral

29 250,00

750,00

300,00

1 050,00

2024-y.15-avgust

28 500,00

750,00

292,50

1 042,50

2025-y.15-fevral

27 750,00

750,00

285,00

1 035,00

2025-y.15-avgust

27 000,00

750,00

277,50

1 027,50

2026-y.15-fevral

26 250,00

750,00

270,00

1 020,00

2026-y.15-avgust

25 500,00

750,00

262,50

1 012,50

2027-y.15-fevral

24 750,00

750,00

255,00

1 005,00

2027-y.15-avgust

24 000,00

750,00

247,50

997,50

2028-y.15-fevral

23 250,00

750,00

240,00

990,00

2028-y.15-avgust

22 500,00

750,00

232,50

982,50

2029-y.15-fevral

21 750,00

750,00

225,00

975,00

2029-y.15-avgust

21 000,00

750,00

217,50

967,50

2030-y.15-fevral

20 250,00

750,00

210,00

960,00

2030-y.15-avgust

19 500,00

750,00

202,50

952,50

2031-y.15-fevral

18 750,00

750,00

195,00

945,00

2031-y.15-avgust

18 000,00

750,00

187,50

937,50

2032-y.15-fevral

17 250,00

750,00

180,00

930,00

2032-y.15-avgust

16 500,00

750,00

172,50

922,50

2033-y.15-fevral

15 750,00

750,00

165,00

915,00

2033-y.15-avgust

15 000,00

750,00

157,50

907,50

2034-y.15-fevral

14 250,00

750,00

150,00

900,00

2034-y.15-avgust

13 500,00

750,00

142,50

892,50

2035-y.15-fevral

12 750,00

750,00

135,00

885,00

2035-y.15-avgust

12 000,00

750,00

127,50

877,50

2036-y.15-fevral

11 250,00

750,00

120,00

870,00

2036-y.15-avgust

10 500,00

750,00

112,50

862,50

2037-y.15-fevral

9 750,00

750,00

105,00

855,00

2037-y.15-avgust

9 000,00

750,00

97,50

847,50

2038-y.15-fevral

8 250,00

750,00

90,00

840,00

2038-y.15-avgust

7 500,00

750,00

82,50

832,50

2039-y.15-fevral

6 750,00

750,00

75,00

825,00

2039-y.15-avgust

6 000,00

750,00

67,50

817,50

2040-y.15-fevral

5 250,00

750,00

60,00

810,00

2040-y.15-avgust

4 500,00

750,00

52,50

802,50

2041 y.15-fevral

3 750,00

750,00

45,00

795,00

2041 y.15-avgust

3 000,00

750,00

37,50

787,50

2042 y.15-fevral

2 250,00

750,00

30,00

780,00

2042 y.15-avgust

1 500,00

750,00

22,50

772,50

2043 y.15-fevral

750,00

750,00

15,00

765,00

2043 y.15-avgust

0,00

750,00

7,50

757,50

Jami

30 000,00

8 250,00

38 250,00

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Izoh. QAITJ qarz bitimi boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash qiymati qarz boʻyicha haqiqiy hujjat sanasiga asosan aniqlanadi.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/427/1036-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son, 27.12.2022-y., 09/22/722/1124-son)