1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar;
2.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, hududlarda ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-trasport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020 — 2022-yillarda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarini ishga tushirishning asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning manzilli dasturlari, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda maʼmuriy, muhandislik-infratuzilma, suv xoʻjaligi, shuningdek, alohida muhim va toifalangan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda oliy taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash manzilli dasturi 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash manzilli dasturi, shuningdek, 2021-2022-yillar uchun kapital qoʻyilmalarning prognoz parametrlari 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi, shuningdek, 2021-2022-yillar uchun kapital qoʻyilmalarning prognoz parametrlari 6 va 6a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash manzilli dasturi, shuningdek, 2021-2022-yillar uchun kapital qoʻyilmalarning prognoz parametrlari 7 va 7a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturi 8-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturi 9-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi 10-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda ilmiy-tadqiqot muassasalari obyektlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturi 11-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda avtomobil yoʻllari, koʻpriklar hamda yoʻl oʻtkazgichlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, obyektlarni jihozlash hamda texnikalar xarid qilish manzilli dasturi 12-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi, shuningdek, 2021-2022-yillar uchun kapital qoʻyilmalarning prognoz koʻrsatkichlari 13 va 13a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi 14-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi 15-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2020-yilda loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini, kelishilishini va tasdiqlanishini jadallashtirish talab etiladigan loyihalar (obyektlar) roʻyxati 16-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 2020-yilda moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish, shuningdek, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish hamda tasdiqlash talab etiladigan istiqbolli loyihalar (obyektlar) roʻyxati 17-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlgan qoʻshimcha loyihalarni (obyektlarni) kiritish, shuningdek, tegishli loyihalarni (obyektlarni) chiqarib tashlash boʻyicha oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga iqtisod qilingan yoki oʻzlashtirilmagan kapital qoʻyilmalar limitlarini loyihalar (obyektlar) buyurtmachilari (tashabbuskorlari) oʻrtasida qayta taqsimlash boʻyicha oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, tanlov (tender) yakunlari yuzasidan Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) parametrlariga buyurtmachilar (tashabbuskorlar) boʻyicha belgilangan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida tuzatish va aniqlashtirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning asosiy parametrlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli takliflarini oʻrganish asosida kiritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib belgilansinki, unga koʻra Dasturga kiritilgan hududiy loyihalar (obyektlar) boʻyicha loyiha hujjatlariga asosan kapital qoʻyilmalar limitlari yetishmagan taqdirda, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2020-yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ishchi hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari)siz yoki loyiha hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlash, yaʼni parallel ravishda olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi (loyihachi) tashkilotlarni tanlov (tender) oʻtkazmasdan (agar “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa) tanlab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning tegishli sohalar boʻyicha oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari mazkur bandda koʻrsatilgan budjet intizomi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ikki oy muddatda loyihaoldi (loyiha) hujjatlari tasdiqlanmagan va (yoki) bir vaqtda ishlab chiqilayotgan holda amalga oshirilayotgan loyihalarni (obyektlarni) toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va Vazirlar Mahkamasiga ushbu loyihalar (obyektlar) boʻyicha loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish hamda tasdiqlash muddatlarini belgilashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Moliya vazirligining yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yoʻl bitumini markazlashtirilgan holda yetkazib berish tartibini bekor qilish va uning belgilangan tartibda faqat pudrat tashkilotlari tomonidan sotib olinishini taʼminlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyatida ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning samarali tizimini joriy etish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 18-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh (A.J. Ramatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻn kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar (obyektlar) boʻyicha, shu jumladan 2019-yilda ajratilgan 1,1 trln soʻm miqdoridagi mablagʻlar doirasida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ekspertizadan oʻtkazishning amaldagi tizimini oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish tannarxini pasaytirish va kelgusidagi foydalanish xarajatlarini qisqartirishni inobatga olgan holda mutlaqo yangi namunaviy ijtimoiy va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalari va ishlab chiqilgan takliflar yuzasidan taqdimot oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish sohasidagi ijobiy tajribani respublikaning boshqa hududlarida ommalashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — loyihalar tashabbuskorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda moliyalashtirish hajmlarini qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning kalendar jadvallari bilan uzviy bogʻliqlikda aniqlashtirgan holda, yildan-yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha 2020-yil uchun qurilishlarning manzilli roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga kelishish uchun kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari asosida tanlov (tender) hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazsin, yangidan boshlanadigan loyihalar boʻyicha xarid qilish tartib-taomillarini yakunlash choralarini koʻrsin va tanlov (tender) gʻoliblari bilan oʻrnatilgan tartibda pudrat shartnomalari tuzilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan keyin oʻn kun muddatda 2020-yilda yangidan boshlanadigan loyihalar boʻyicha qurilishlarning yakuniy manzilli roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga kelishish uchun taqdim etsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Dastur parametrlari ijrosi holatining tizimli monitoringi va har oylik muhokamasini, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq muammoli masalalarni hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli axborot kiritib borsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.09 (Кучини йукотган) Investitsiya jamgʻarmasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (E.M. Gʻaniyev, J.A. Qoʻchqorov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-fevralga qadar “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimining qiymatini mustaqil baholash natijalari asosida uni toʻliq joriy etish va ishlatish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandni amalga oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimini mustaqil baholash va joriy etish qismida — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimini ishlatish va unga texnik xizmat koʻrsatish qismida — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasida zamonaviy va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda foydalanishga tez topshiriladigan obyektlar qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan namunaviy loyihalar asosida 2020-yilda sinov loyihalarini amalga oshirish choralarini koʻrsin hamda 2020-yil 1-sentabrga qadar ushbu yoʻnalishdagi ijobiy tajribani ommalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni (obyektlarni) amalga oshirish sohasida buyurtmachilarning (tashabbuskorlarning) vakolatlarini aniq belgilash va masʼuliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash va qurilish sohasidagi ishlar (xizmatlar) sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan bozor tamoyillari asosida ushbu faoliyatni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash va pudrat tashkilotlari faoliyatining natijadorligini hamda ular tomonidan koʻrsatilayotgan ishlar (xizmatlar) sifatini aks ettiruvchi xolis va shaffof mezonlar asosida ushbu tashkilotlar faoliyatini reyting baholash tizimini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatovga — Dasturning sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va tasdiqlangan prognoz parametrlarining bajarilishi holati muntazam ravishda muhokama qilib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xoʻjayevga — Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning tizimli monitoringi va tahlilini, shu jumladan mablagʻlarni oʻzlashtirish samaradorligini hamda obyektlar belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirovga — qurilish-montaj ishlari va loyihaviy yechimlarning bajarilishi sifati, shuningdek, qurilish meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan lozim darajada nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim (I.U. Majidov), xalq taʼlimi (Sh.X. Shermatov), maktabgacha taʼlim (A.V. Shin), sogʻliqni saqlash (A.K. Shodmonov), suv xoʻjaligi (Sh.R. Xamrayev) vazirlariga — mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning maqsadli ishlatilishini nazorat qilishni kuchaytirish, qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha mablagʻlarni samarali va maqsadli ishlatish, qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish, obyektlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil va undan keyingi yillar uchun Dastur doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan loyihalar boʻyicha obyektlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun batafsil va atroflicha koʻrib chiqilgan texnik topshiriqlarni qurilish normalari va standartlari talablariga qatʼiy rioya qilgan holda sifatli tayyorlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4565-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PQ-4565-son qaroriga 18-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning samarali tizimini joriy etish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.J. Ramatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri, Ishchi guruhi rahbari
B.A. Xoʻjayev
—
iqtisodiyot va sanoat vaziri, Ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari
R.K. Xolmatov
—
Toshkent viloyati hokimi, Ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari
U.I. Muxammadiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari
B.I. Zokirov
—
qurilish vaziri
M.X. Saliyev
—
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
Sh.R. Hamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri
A.Q. Shadmanov
—
sogʻliqni saqlash vaziri
I.U. Madjidov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
Sh.X. Shermatov
—
xalq taʼlimi vaziri
A.V. Shin
—
maktabgacha taʼlim vaziri
D.X. Nabiyev
—
jismoniy tarbiya va sport vaziri
Sh.M. Sodiqov
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
I.R. Mahkamov
—
transport vazirining birinchi oʻrinbosari
J.T. Mirzamaxmudov
—
energetika vazirining birinchi oʻrinbosari
Yo.E. Tursunov
—
moliya vazirining oʻrinbosari
Sh.A. Vafayev
—
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari
Sh.A. Abidov
—
Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri
K.Z. Xashimbekov
—
“Qishloqqurilish invest” MCHJ IK bosh direktori
Z.G. Narzullayev
—
“Oʻzshahar qurilish invest” MCHJ IK direktori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 07/20/4565/0037-son)