Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
LATVIYA RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 22-oktabrdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Latviya Respublikasining Riga shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi taʼsis etilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
1996-yil uchun Elchixona xodimlari soni 4 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 2 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 2 kishi — maʼmuriy-texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1996-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 8-oktabr,
351-son
Latviya Respublikasidagi (Riga shahri) Oʻzbekiston Respublikasi
Elchixonasining
Elchixonasining
SHTAT JADVALI
| Tartib raqami |
Lavozimi |
Shtatdagi xodimlar soni | Elchining maoshi (1700)ga nisbatan foizlarda xodimlarning maoshi | Oylik maoshi | 1996-yil uchun ish haqi fondi |
| 1. | Elchi | 1 | 100 | 1700 | 20400 |
| 2. | Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi | 1 | 85 | 1445 | 17340 |
| Hammasi | 2 | 3145 | 37740 | ||
| Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi: | |||||
| 1. | Kanselyariya mudiri, ayni paytda referent kotib, kassir | 1 | 60 | 1020 | 12240 |
| 2. | Katta buxgalter | 1 | 65 | 1105 | 13260 |
| 3. | Joyning oʻzida yollanadigan yoki xodimlarning oila aʼzolaridan iborat boʻladigan xodimlar: avtomobil haydovchisi, oshpaz, qorovul, farrosh va boshqalar (soatbay haq toʻlanadi) | 2 | 2500 | 30000 | |
| Hammasi | 2 | 4625 | 55500 | ||
| | Jami | 4 | | 7770 | 93240 |