Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UKRAINADA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 24-yanvardagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ukrainaning Kiyev shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi taʼsis etilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
1996-yil uchun Elchixona xodimlari soni 5 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 3 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 2 kishi — maʼmuriy-texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1996-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 8-oktabr,
350-son
Ukrainadagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining
SHTAT JADVALI
| № |
Lavozim (Diptarkib) |
Shtatdagi xodimlar soni | Elchining maoshi (650)ga nisbatan foizlarda xodimlarning maoshi | Oylik maoshi | 1996-yil uchun |
| 1. | Elchi | 1 | 100 | 650 | 7800 |
| 2. | Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi | 1 | 85 | 553 | 6636 |
| 3. | Birinchi kotib | 1 | 75 | 488 | 5856 |
| Hammasi | 3 | 1691 | 20292 | ||
| Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi: | |||||
| 1. | Katta buxgalter, ayni paytda kanselyariya mudiri | 1 | 65 | 423 | 5076 |
| 2. | Xoʻjalik mudiri, ayni paytda komendant va kassir | 1 | 50 | 325 | 3900 |
| 3. | Joyning oʻzida yollanadigan yoki xodimlarning oila aʼzolaridan iborat boʻladigan xodimlar: haydovchi, oshpaz, farrosh, qorovul, bogʻbon va boshqalar (soatbay haq toʻlanadi) | | 900 | 7200 | |
| Hammasi | 2 | 1648 | 19776 | ||
| | Jami | 5 | | 3339 | 40068 |