Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3058-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 3058, 2018-yil 20-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3058/1784-son) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-iyun,
7-mh-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-iyun,
21-2020-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 7-mh, 21-2020-q/q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 15-bandda:
uchinchi xatboshi “sinf jurnali” degan soʻzlardan keyin “(bosma yoki elektron)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
2. 16 va 17-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/3058-1/1011-son)