Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2565-10]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-iyun,
150-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar — texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (bundan buyon matnda yagona elektron tizim deb yuritiladi) — idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlovchi elektron tizim;”;
toʻrtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi, bundan qonun hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mustasno.”.
3. 2-bandning ikkinchi xatboshisidan “(agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qiladi. Vazirlik va idoralarga, agar qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tegishli hujjatni qabul qilish yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish boʻyicha vakolat berilgan boʻlsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari mumkin.”.
5. 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “(xat, telefonogramma, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar)” degan soʻzlar “(texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, xatlar, telefonogrammalar, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqli.
Vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olishi hamda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga axborot berishi shart.”.
6. 19-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtiruvchi hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik, qoʻshimcha toʻlov va yigʻimlarni belgilovchi, ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutuvchi, ularga asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keluvchi, shuningdek ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan huquqiy normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi.”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan;
jinsi boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan;
jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlikni, qoʻshimcha toʻlov va yigʻimlarni, ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni belgilaydigan, ularga asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keladigan, shuningdek ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.”.
8. 26-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ikkitali raqamlar va (yoki) harflarni ishlatishga (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a”, “a.a” va h.k.);”.
9. 34-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “maʼlumotnomasiga” degan soʻz “xulosasiga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning loyihasi bilan kiritilayotgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va (yoki) hajmi katta boʻlsa, bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Qoidalarning 10 va 11-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi.”.
11. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilayotgan yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan boʻlsa, ushbu hujjatlar tegishli ravishda mazkur Qoidalarning 8, 11a, 11b va 12-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Bir vaqtning oʻzida ikkitadan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilayotgan yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan roʻyxatdan oʻtkazish raqamlarining oʻsib borishi boʻyicha joylashtiriladi.”.
12. Quyidagi mazmundagi 431-band bilan toʻldirilsin:
“431. Jumlaning, ilovaning, boʻlimning, bobning, bandning, kichik bandning, xatboshining va h.k.ning matnini sezilarli oʻzgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish lozim.”.
13. 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53. Asosiy idoraviy normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotganda, ushbu hujjatga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (ularning tegishli tuzilmaviy birliklari) ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi kerak.”.
14. 54-band “yagona yangi hujjat” degan soʻzlardan keyin “(bundan buyon matnda yagona yangi hujjat deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
15. 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning aniqliligini lozim darajada nazorat qilishni taʼminlash uchun, shuningdek yagona yangi hujjat ishlab chiqilganida vazirlik yoki idora rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadigan qiyosiy jadval tayyorlanishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan birga kiritilishi lozim.”.
16. 60-bandning ikkinchi xatboshisidagi “pastki oʻng burchagida” degan soʻzlar “yuqorisida oʻrtada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 63-bandning ikkinchi xatboshisidan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
18. 64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“64. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havolaki normalarning qoʻllanilishi asoslangan va maqsadga muvofiq boʻlgan taqdirda ushbu loyiha boʻyicha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.”.
19. 65-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65. Yuridik xizmat xulosasida quyidagilar aks ettirilishi lozim:”;
“g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
“d” kichik banddagi “gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi” degan soʻzlar “korrupsiyaga qarshi hamda gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. Yuridik xizmat mavjud boʻlmagan taqdirda, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha xulosa idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tomonidan tayyorlanishi va vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning oʻrinbosari tomonidan imzolanishi mumkin.”.
21. Quyidagi mazmundagi 661-band bilan toʻldirilsin:
“661. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga uning maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat boʻlgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Tushuntirish xati vazirlik yoki idora rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Tushuntirish xatida quyidagilar aks ettiriladi:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash, shuningdek hujjatni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi mumkin boʻlgan ijobiy oʻzgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy koʻrsatkichlar koʻrsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinayotgan masala yuzasidan boshqa davlatlarning qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasi va qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar, tegishli qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti, koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar oʻtkazilgan boʻlsa, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar maʼlumotlari;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi kelishilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi maʼlumotlar, bunda qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlarini) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadvalda mazkur Qoidalarning 12a-ilovasiga muvofiq koʻrsatilishi majburiydir;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.”.
22. 67-bandda:
birinchi xatboshining “manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim” degan soʻzlar “yagona elektron tizim orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kelishilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda uning kelishilganini koʻrsatuvchi yakuniy qoidalarni oʻz ichiga olishi lozim. Bunda, mazkur Qoidalarning 3, 4, 5, 6, 8 va 10-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha lavozim nomi, familiya, ismning bosh harfi, shuningdek kelishilish sanasi koʻrsatilishi lozim.”.
23. 71-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
24. 73 va 74-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“73. Vazirlik va idora tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan buyruq yoki qarorni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yoʻli bilan qabul qilinadi.
Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar vazirlik va idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanganda, imzolar tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlanadi.
Qoʻshma qarorlar qabul qilishda vazirlik va idoralarning nomi har bir vazirlik va idora uchun tartibga solinayotgan masalaning ahamiyatini hisobga olgan holda ketma-ket joylashtiriladi. Tartibga solinayotgan masala bir nechta vazirlik va idoralar uchun teng ahamiyatga ega boʻlgan taqdirda, ularning nomlari alfavit tartibida joylashtiriladi.
74. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Bunda, hujjatning tarjimalari boshqa tillarda ham qabul qilinishi mumkin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tarjimalari uning davlat tilidagi tahririga muvofiq boʻlishi lozim.”.
25. 76-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning lavozimi, elektron raqamli imzosi (davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazirlik yoki idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzosi), ismining bosh harfi va familiyasi;”.
26. 77-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77. Bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjati u birinchi boʻlib qabul qilayotgan vazirlik va idora tomonidan imzolangan sanadan boshlab oʻn kun ichida qabul qilinishi lozim.”.
27. 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“80. Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ikkita asl nusxada qabul qilinadi. Qoʻshma qarorning asl nusxalari soni hujjatni tasdiqlagan organlar soniga mutanosib ravishda hamda bitta asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uchun qabul qilinadi.”.
28. 81-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“81. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun idoraviy normativ-huquqiy hujjat tasdiqlangan holda uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan kundan boshlab, oʻn kun ichida yagona elektron tizim orqali taqdim etiladi. Agar koʻrsatilgan muddatning tugashi ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelsa, u holda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilish muddati keyingi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni belgilangan muddat davomida huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilish fakti yagona elektron tizim orqali kelib tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan qayd qilinadi.”.
29. 82-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“82. Kuzatuv xatida idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi lozim.”.
30. 84 va 85-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“84. Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga vazirlik va idora rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan ikkita asl nusxada taqdim qilinadi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng uning bitta asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qoladi.
85. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni taqdim etgan organning yuridik xizmati rahbari (vazirlik yoki idoraning rahbari yoki tegishli oʻrinbosari) tomonidan imzolangan yuridik xulosa ilova qilinadi. Yuridik xulosada uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi lozim.”.
31. 86 va 87-bandlardagi “maʼlumotnomada” degan soʻz “yuridik xulosada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
32. 90-bandning birinchi xatboshisidagi “Bunda mazkur” degan soʻzlar “Mazkur” degan soʻz bilan almashtirilsin.
33. 91-bandda:
“e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) shaharsozlik, ekologik normalar va qoidalar;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning “v” — “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.”.
34. 93-bandning “v” va “g” kichik bandlaridagi “yozuv” degan soʻz “maʼlumot” degan soʻz bilan almashtirilsin.
35. 98-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“98. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yagona elektron tizim orqali idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosa asosida roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilgan holda Davlat reyestriga tegishli maʼlumot kiritiladi.
Davlat reyestri elektron shaklda yuritiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi (davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami va sanasi, shuningdek davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar uchun qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri) buyruq yoki qarorning yuqori qismiga qoʻyiladi.
Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiylashtirilgan asl nusxasi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda yuboriladi.
Kelishuvchi vazirlik va idoralarga, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan vazirlik va idora tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
Vazirlik va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.”.
36. Quyidagi mazmundagi 41-bob bilan toʻldirilsin:
“41-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish
1011. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻrsatilgan talablar asosida ishlab chiqiladi.
1012. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
1013. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihasi vazirlik va idoralarning yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq rasmiylashtirilgan, shuningdek loyihada umummajburiy normalar qoʻllanilmagan boʻlsa, ushbu loyiha boʻyicha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.
1014. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi va hisobga olinishi shart.
1015. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat uni qabul qilgan vazirlik va idora rahbari tomonidan tasdiqlangan holda ushbu texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat qabul qilingan kundan boshlab, oʻn kun ichida vazirlik va idora rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan taqdim etiladi va unga yuridik xizmat xulosasi ilova qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun bitta kuzatuv xati bilan faqatgina bitta texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat taqdim etiladi.
1016. Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun yagona elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi.
1017. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar qonunchilikka, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini, ularni korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish predmeti hisoblanmaydi.
1018. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjat kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida amalga oshiriladi.
1019. Mazkur Qoidalarning 41-bobi talablariga rioya qilinmagan holda taqdim qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni hisobga olish rad etiladi.
10110. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar huquqiy ekspertiza natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijobiy xulosasi berilgan taqdirda hisobga olinadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni hisobga olish rad etilganda, vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan hisobga olish rad etilgan hujjatni oʻn kun ichida bekor qilish toʻgʻrisida tegishli hujjat qabul qilinadi va uning nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi. Ushbu hujjat huquqiy normalarni oʻz ichiga olmasligi lozim.
Hisobga olish rad etilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat bekor qilinganidan soʻng vazirlik va idoralar rad etish sabablarini bartaraf etishi va ushbu texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun takroran taqdim etishlari mumkin.
10111. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar matni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga joylashtiriladi.
10112. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat, agar qonun hujjatlarida yoki hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.”.
37. 105-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“105. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror qabul qilinganidan soʻng yagona elektron tizim orqali oʻn kun ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qilinadi.”.
38. 1051-bandning birinchi xatboshisidagi “deb hisoblanayotganda” va “deb hisoblanishi” degan soʻzlar tegishli ravishda “deb topilayotganda” va “deb topilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
39. Quyidagi mazmundagi 1101-band bilan toʻldirilsin:
“1101. Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bir xil masaladagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni bitta hujjat bilan kiritishi mumkin.”.
40. 111-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy boʻshliq” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar boʻladi.”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
41. 112-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida xulosa asosida Davlat reyestriga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish va Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumot kiritiladi.”.
42. 113-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“113. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat (tuzilmaviy birlik) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatga (tuzilmaviy birlikka) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (ularning tegishli tuzilmaviy birligi) ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.”.
43. 124 va 128-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
44. 1 — 13-ilovalardan “M.Oʻ.” degan qisqartma chiqarib tashlansin.
45. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda 11a va 11b-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga
11a-ILOVA
11a-ILOVA
NAMUNA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais X. Xxxxxxxxxx
Toshkent sh.,
2020-yil 17-sentabr,
70-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 17-sentabrdagi 70-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 429-son (roʻyxat raqami 905, 2000-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 2.3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Kredit siyosati banklarga taqiqlovchi quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olishi kerak:
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish.”.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son qarori (roʻyxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarida:
a) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada mikrokreditlar (mikroqarzlar) berish va mikrokreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olishga;
ilgari olingan mikrokreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga.”;
b) 71-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.”.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga
11b-ILOVA
11b-ILOVA
NAMUNA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri X. Xxxxxxxxxx
Toshkent sh.,
2020-yil 25-mart,
17-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi X. Xxxxxxxxxx
Toshkent sh.,
2020-yil 27-mart,
22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 25 va 27-martdagi 17, 22-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2010-yil 1-maydagi 2010-16, 36-son “Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (roʻyxat raqami 2110, 2010-yil 31-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 178-modda):
qaror nomi va 1-bandidagi “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “soliqlar va yigʻimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilovaning nomi, muqaddimasi va 1-bandidagi “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “soliqlar va yigʻimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 20-iyuldagi 85, 2017-33-son qarori bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 2902, 2017-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 749-modda) Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliqlar va yigʻimlarning toʻlanishi;”.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son)