| T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish muddatlari | Hisob-kitob qiymati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
| I. XIVA ShAHRI VA XORAZM VILOYATINING TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh |
| 1. | Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yoʻnalishi boʻylab asosiy turistik markazlarini bogʻlovchi temir yoʻl liniyasi hamda Xiva shahrida zamonaviy vokzal qurish. | 2017-2018-yillar | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
| 2. | Xiva shahriga chet ellik turistlarni jalb qilish uchun Yevropa, Osiyo va MDH davlatlaridan charter reyslarini tashkil qilish, shuningdek, Urganch shahriga Italiya, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan muntazam reyslar sonini koʻpaytirish. | 2017 — 2021yillar | - | | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 3. | Samarqand-Urganch, Buxoro-Urganch, Fargʻona-Urganch yoʻnalishlari boʻylab yangi ichki aviareyslar ochish masalasini ishlab chiqish va tegishli takliflar kiritish. | 2017-yil avgust | - | | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 4. | Urganch va Xiva shaharlariga uyushgan turistik guruhlar uchun turistik tashkilotlarga 15 foizdan kam boʻlmagan miqdorda temir yoʻl chiptalariga chegirmalar tizimini joriy etish. | 2017-yil iyundan boshlab | - | | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 5. | Uyushgan turistik guruhlarga Urganch va Xiva shaharlariga aviareyslar uchun turistik tashkilotlarga moslashuvchan chegirmalar tizimini taqdim etish masalasini koʻrib chiqish. | 2017-yil iyun | - | | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 6. | Xiva shahrida Urganch-Xiva yoʻnalishi boʻylab bir vaqtda 15 ta mikroavtobus, 4 ta trolleybus va 20 ta yengil avtomashinalar toʻxtashi uchun oxirgi bekat sifatida maxsus avtoturargoh tashkil qilish. | 2018-yil sentyabr | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari | Xorazm viloyati hokimligi, loyiha tashabbus?orlari, tijorat banklari |
| 7. | Urganch-Xiva yoʻnalishi boʻylab joylashgan obyektlarda transport xizmatlarini koʻrsatuvchi maxsus transport tashkilotini tashkil etish, unda: Urganch-Xiva yoʻnalishida alohida obyektlar boʻyicha yoʻlga qoʻygan holda 10 ta yangi turistik klassidagi avtobuslar, shu jumladan 4 ta ikki qavatli avtobuslarni sotib olish; “Dishan qalʼa” va “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxona (keyingi oʻrinlarda — “Ichan qalʼa” majmuasi) boʻyicha ekskursiyalar tashkil etish uchun 4 ta elektrmobillar xarid qilish; Avtotransport vositalarini texnik xizmat koʻrsatish punktini yaratishni nazarda tutish. | 2018-yil may | 2 211,0 mln soʻm | Tijorat banklari kreditlari | Xorazm viloyati va Urganch tumani hokimligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
| 8. | Turistik koʻrgazma obyektlariga olib boradigan umumiy uzunligi 8,9 km boʻlgan yoʻllarni qurish va kapital taʼmirlashni taʼminlash, shu jumladan: 3,0 km ichki xoʻjalik yoʻllarini (4r 158 Urganch-Xiva yoʻlining 23,5 kilometrdagi “Gouk-koʻl” koʻlining atrofi); 0,5 km ichki xoʻjalik yoʻllarini (4r 164 Xonqa-Yangiariq-Chirchiq-Xiva yoʻlining 22 kilometrdagi “Shayx Muxtor Valiy” majmuasiga kirish yoʻli); 0,5 km ichki xoʻjalik yoʻllarini (4r 265 Xiva Kompressor yoʻlining 6,0 kilometrdagi “Bogʻi shamol” obyektiga kirish yoʻli); “Ichan qalʼa” majmuasining tashqi perimetri boʻylab avtomobil yoʻlining 4,9 km.ni sugʻorish, tashqi yoritish, piyodalar oʻtish joylari va koʻkalamzorlashtirishni ishlarini taʼminlash. | 2017 — 2019-yillar | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Xorazm viloyati hokimligi, Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi |
| 9. | Suv sifatini xalqaro standartlar darajasida taʼminlaydigan zamonaviy tozalash inshootlarini qurgan holda Urganch va Xiva shaharlarida ichimlik suvini tozalash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida takliflar kiritish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash. | 2017-yil sentyabr | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar mablagʻlari, XMI grantlari | Xorazm viloyati hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
| 10. | 2017 — 2021-yillar mobaynida turizm xizmatlari eksportini 2,3 baravarga (hajmini 131,4 million dollarga yetkazgan holda), shuningdek,h turistlar sonini — 2,1 baravar (129,7 ming kishi)gaoshirishni taʼminlash. | 2017 — 2021-yillar | - | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar |
| II. TURISTIK MARShRUTLAR VA XIZMATLARNI TAKOMILLAShTIRISh |
| 11. | Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yoʻnalishi boʻyicha MDH mamlakatlari turistlarini yil boʻyi jalb qilish ishlarini faollashtirish, bundatransport turidan qatʼiy nazar marshrutlar yoʻnalishlari boʻyicha chiptalarni sotib olishda imtiyozlar berish. | 2017-yil iyundan boshlab | | | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekisto� havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
| 12. | Xiva tumanida ekzotik turizmning yangi turlarini tashkillashtirishda turistik subyektlariga koʻmaklashish: tuyada sayr qilish, ?oʻl zonalariga sayyohat qilish, koʻllarda baliq ovlash, tabiat qoʻynida dam olish va boshqalar. | doimiy ravishda | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, turistik faoliyat subyektlari |
| 13. | Turistik mavsumda Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” majmuasi va boshqa turistik koʻrgazma obyektlarida madaniy-koʻngilochar tadbirlarni (milliy raqslar, folklor va estrada guruhlarining konsert chiqishlari, oʻzbek xalqining urf-odatlari va anʼanalari haqida teatrlashtirilgan tarixiy tomoshalar va filmlar namoyishi, milliy liboslar namoyishi, milliy s�ort oʻyinlarini oʻtkazish, tungi ekskursiyalar, tabiat qoʻynida kechki ovqatlarni oʻtkazish) tashkil qilish. | doimiy ravishda | - | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sport davlat qoʻmitasi, Miliiy teleradiokompaniyasi |
| 14. | Xiva shahri va qadimiy Xorazm brendi ostida suvenir mahsulotlari va maxsus oʻralgan qadoqlarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha korxona tashkil etish toʻgʻrisida takliflarsh kiritish, bunda suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishgabank kreditlarini taqdim etish. | 2017-yil avgust | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklari |
| 15. | Turistik mavsum susaygan davrda eshlar uchun ekskursiyalar, ish beruvchi va kasaba uyushmalari mablagʻlari hisobidan jamoaviy shartnomalar va bitimlar asosida turli tashkilot xodimlari va keksalar uchun ekskursiyalar tashkil etish orqali Xiva shahrida ichki turimzni rivojlantirish. | iyul-avgust, noyabr — fevral, 2017 — 2021-yillar | - | Ijrochilar va Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, “Kamolot” YIH, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 16. | Umumiy ovqatlanish k�rxonalarida foydalaniladigan mahsulotlar va oziq-ovqat texnologiyalari sifati ustidan nazoratni taʼminlash va kuchaytirish. | doimiy ravishda | - | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi |
| 17. | Urganch-Xiva yoʻli boʻylab mahalliy aholining turmush tarzi bilan turistlarni tanishtirish uchun turistik marshrutlarni tashkil qilish, shu jumladan: trassaning 11 km da Shixmashxad qishlogʻi hududidagi namunaviy uylari; trassaning 18 km da “Xudoybergan-ota” fermer xoʻjaligi negizidagi bogʻdorchiligi; trassaning 20 km da kulolchilik va temirchilik ustaxonasi misolida. | 2018-yil avgust | 160,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, turistik faoliyat subyektlari, “Hunarmand” uyushmasi |
| 18. | Hazorasp tumanidagi “Hazorasp qalʼa” qalʼasi negizida quyidagilarni oʻz ichiga olgan turizm majmuasini tashkil qilish: qalʼaning tashqi devor yonida 600 oʻrinli ochiq amfiteatr qurish va majmua atrofini aylanib chiqish uchun yoʻlovchilar marshrutini tashkil qilish; umumiy ovqatlanish korxonalari, hunarmandlar rastalari va doʻkonlar tashkil etgan holda anʼanaviy sharq bozorini qurish; qalʼa devori yonidan oqadigan kanal va mavjud koʻlni obodonlashtirish. | 2019-yil mart | 3 000,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tadbirkorlik subyektlari, tijorat banklari |
| 19. | “Ichan qalʼa” majmuasining Karvonsaroy negizida zamonaviy mehmonxona va koʻngilochar kompleksini tashkil etish uchun belgilangan tartibda xorijiy investorlarni jalb etishni taʼminlash, bunda arxitekturaga aralashishni minimal darajaga keltirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish. | 2018-yil sentyabr | | Xorijiy investorlar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, “Davarxitekqurilish”qoʻmitasi |
| 20. | Hunarmandlar doʻkonlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, doʻkonlar va boshqa zarur infratuzilmalarni tashkil etgan holda turistlarning Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy” maqbarasini ziyorat qilish uchun sharoitlar yaratish. | 2018-yil may | 1 100,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Din ishlari qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi |
| 21. | Shovot tumanidagi “Katqalʼa” qalʼasi hududi boʻylab piyoda marshrutini tashkillashtirish, qalʼa atrofidagi ochiq drenaj tizimlarini obodonlashtirish va holatini yaxshilash hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va doʻkonlar tashkil qilish. | 2018-yil aprel | 300,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, turistik faoliyat subyektlari |
| 22. | Xiva shahri Mustaqillik koʻchasida 80 va 120 oʻrinli ikkita restoran qurish. | 2018-yil sentyabr | 1 800,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari | Xorazm viloyati hokimligi, “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi, tijorat banklari |
| 23. | Bogʻot-Urganch yoʻnalishida joylashadigan 20 oʻrinli yoʻl boʻyi motelini barpo qilish. | 2018-yil sentyabr | 350,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari | Xorazm viloyati va Bogʻot tumani hokimliklari, tijorat banklari |
| 24. | Xiva shahrida turistlar oqimiga moʻljallangan zamonaviy 3 va 4 yulduzli mehmonxonalar, doʻkonlar, restoranlar, kafe va boshqa infratuzilma obyektlarini joylashtirigan holda toʻrtta koʻcha barpo qilish. | 2019-yil mart | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 25. | “Ichan qalʼa” majmuasiga asosiy kirish yoʻlini ochish uchun “Polvon darvoza” darvozasi hududini obodonlashtirish, bunda tugatiladigan paxta punktini oʻrniga Xiva shahri yaqinidagi bozorni qayta joylashtirishni taʼminlash va paxta punkti hududini tozalash, kirish yoʻllarini ochish, avtomashinalar toʻxtash joylari va boshqa infratuzilmalarni yaratish choralarini koʻrish. | 2018-yil sentyabr | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 26. | Xiva shahrida turistlar uchun kechki boʻsh vaqtlarinimaroqli oʻtishi uchun bouling klublari, karaoke barlar, qahvaxonalar, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Koreya oshxonasi restoranlari va boshqa inshootlarni ochish. | 2017 — 2021 yillar | | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tadbirkorlik subyektlari |
| 27. | Davlat soliq qoʻmitasi viloyat boshqarmasining sobiq binosidan mehmonxona sifatida foydalanish uchun qayta taʼmirlash boʻyicha takliflar kiritish. | 2017-yil sentyabr | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari |
| 28. | Xayriya jamgʻarmalari hisobidan 2017-2018-yillarda Fargʻona vodiysi va boshqa hududlarning umumiy oʻrta maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasasi talabalari, shuningdek, yoshi ulugʻ keksalarni Xiva shahri boʻylab aylantirishni tashkil etish va ularni Pop-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yagona marshruti boʻyicha mehmonxonalarga joylashtirish. | 2017-2018 yillar | - | Xayriya jamgʻarmalari mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, vazirlik va idoralar |
| 29. | “Shovot” nazorat-oʻtish punktida turistlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari, sanitariya-gigiyena punktlari, dam olish xonalari, avtotransport toʻxtash joylari, doʻkonlar barpo etish. | 2018-yil avgust | 500,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati va Shovot tumani hokimliklari, tijorat banklari |
| 30. | Yangibozor va Urganch tumanlarining Amudaryo qirgʻogʻi hududida ekoturizm obyektlarini yaratish, ularni turistik yoʻnalishlariga kiritish. | 2018-yil iyun | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati, Yangibozor va Urganch tumanlari hokimliklari, Ekologiya davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari |
| III. HUDUDNING TURISTLIK SALOHIYATINI YUKSALTIRISh |
| 31. | Xorijiy telekanallarda, shu jumladan Rossiyaning markaziy telekanallarida Xorazm viloyatining turistik salohiyatini keng reklama kampaniyasini oʻtkazish maqsadida Xorazm viloyati va Xiva shahri toʻgʻrisida videoroliklar ishlash. | 2018-yil yanvar | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, TIV, Milliy teleradiokompaniya, Xorazm viloyati hokimligi |
| 32. | Xiva shahri va Xorazm viloyati brendlarini yanada ommalashtirish choralarini amalga oshirish, bunda Xorazm viloyatining ramzi tushirilgan reklama futb?lkalari va boshqa toʻqimachilik mahsulotlari hamda taqinchoqlar ishlab chiqarish, milliy buyumlar va suvenirlar ishlab chiqarishni tashkil etish. | 2017-yil sentyabrdan boshlabdoimiy ravishda | - | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi, “Xiva sopoli” MChJ |
| 33. | “Xorazm madaniyat kunlari”,”Xorazm vohasining milliy raqslari” festivallari, qoʻgʻirchoq festivali, Xorazm qovunlari festivali va boshqa festivallarni tashkil etish, unda respublika hududlaridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan mehmonlarni taklif etish. | Har yili tasdiqlangan grafik asosida | - | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, TIV, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 34. | Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan kurash, sambo va dzyudo boʻyicha har yili oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkil etish va musobaqa doirasida Xorazm Maʼmun akademiyasi binosida seminar-treninglarni oʻtkazish. | Har yili avgustda | - | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Davlat sport qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 35. | Xiva shahri va Xorazm viloyatining diqqatga sazovor joylari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni ommabop elektron xaritalarga joylashtirish, mintaqaning turistik salohiyatini ommabop ijtimoiy tarmoqlarda hamda butunjahon Internet tarmogʻida martabasini oshirish. | 2017-yil avgust | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 36. | Xiva shahrida matematikasohasidagi soʻnggi yutuqlar va tendensiyalarni muhokama qilish uchun ikki yilda bir marta jahonningyetakchi olimlari va Oʻzbekiston olimlari ishtirokida matematika boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazish, ushbu yoʻnalishdagi eng yaxshi ilmiy ishi uchun belgilangan tartibda kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan beriladigan Al-Xorazmiy nomidagi mukofotni topshirish boʻyicha takliflar kiritish. | 2017-yil sentyabr | - | Ijrochilar mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq taʼlim vazirligi |
| 37. | Xorij mamlakatlaridagi xalqaro turistik koʻrgazma va yarmarkalardagi “Oʻzbekiston” yagona milliy stendida Xorazm viloyati ustalari va hunarmandlari, turistlik tashkilotlari hamda mehmonxonalarining faol ishtirok etishi. | 2017-yil iyundan boshlab, doimiy ravishda | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, TIV, Xorazm viloyati hokimligi, turistik faoliyat subyektlari |
| 38. | Xorijiy ommaviy axborot vositalari va chet el turoperatorlari vakillari uchun mintaqada vaqti-vaqti bilan axborot sayohatlarini tashkil etish. | 2017-yil maydan boshlab, doimiy ravishda | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, TIV, Xorazm viloyati hokimligi |
| 39. | “Uzbekistan.travel” portalida Xorazm viloyatining turistik salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimli ravishda t�qdim etish. | 2017-yil iyundan boshlab, doimiy ravishda | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 40. | BMTning Jahon turizm tashkiloti (YNVTO)va boshqa salohiyatlixalqaro hamkorlar bilan Xiva shahrida Ipa? yoʻli yoʻnalishi boʻyicha turistlar tashrif buyuradigan eng mashhurjoylaridan biri sifatida shaharni namoyish etuvchi xalqaro tadbir oʻtkazish masalasini birgalikda ishlab chiqish. | 2017-yil oktyabr | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, TIV, Xorazm viloyati hokimligi |
| 41. | Har yili oʻtkaziladigan xalqaro turistik koʻrgazma va yarmarkalarida, xususan Oʻzbekiston xalqaro turistik koʻrgazmasi va Toshkent xalqaro turistik yarmarkasida mintaqaning turistik salohiyati keng namoyish etish. | aprel, may, yillik asosida | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, turistik faoliyat subyektlari |
| 42. | Samarqand viloyati va Toshkent shahri hamda xorijiy davlatlarning yirik turoperatorlarini jalb qilish orqali Xorazm viloyatida turistik tashkilotlar yaratish. | 2017 — 2021 yillar | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, TIV, turistik faoliyat subyektlari |
| IV. TURISTLARGA XIZMAT QILUVChI YoNDOSh INFRATUZILMA OBYEKTLARI HOLATINI YaXShILASh |
| 43. | “Ota darvoza”darvozasi atrofida yagona mehmonxona-koʻngilochar kompleksiniyaratish masalasini belgilangan tartibda ishlab chiqish hamda ekskursiyaviydam olish va koʻngilochar dasturlarni namoyish etuvchi (“Ichan qalʼa” majmuasi fonida lazer shousi, tomoshalar koʻrsatish va konsert dasturlari) 500 oʻringa moʻljallanganamfiteatr qurish. | 2018-yil avgust | 1 500,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari | Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Toshshaharnur” DUK |
| 44. | Samarqanddagi “Registon” majmuasi misolida Xiva shahriga qoʻshimcha turistik marshrutlar tashkil qilish maqsadida “Ichan qalʼa” majmuasining tarixiy obyektlari atrofida lazer shousi va hududni zamonaviy yoritish tizimlarini tashkillashtirish. | 2018-yil avgust | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Toshshaharnur” DUK |
| 45. | Urganch shahrining Xalqaro aeroportidagi axborot kiosklarining uzluksiz ishlashi va Urganch shahrining temir yoʻl vokzalidagiaxborot kioski ishini tashkil etish orqali turistlargazarur maʼlumotlar olishlarini taʼminlash. | doimiy ravishda | | Ijrochilar mablagʻlari | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, turistik faoliyat subyektlari |
| 46. | “Nurullaboy” kompleksi hovlisida badiiy galereya, Qabullaruyi, amfiteatr, hunarmandlar markazi, milliy uslubdagi restoran tashkil etgan holda turistik koʻrgazmasi obyektlarini yaratish. | 2018-yil sentyabr | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy banki, Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi |
| 47. | Gʻovuk koʻli atrofidagi hududni obodonlashtirish va milliy liboslar namoyishi, oʻyinlar va raqslar, milliy taomlar va boshqa konsert dasturlarini tashkillashtirishni nazarda tutuvchi istirohat bogʻini yaratish hamda ekologik turlar tashkil etish. | 2018-yil | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Mahalliy budjet va ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
| 48. | Xiva tumanining markaziy qismini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek muqobil energiya manbalarini joriy etish. | doimiy ravishda | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK |
| 49. | “Ichan qalʼa”majmuasi atrofida yer osti drenajlarini tiklash, shu jumladan toʻrtta drenajni kapital taʼmirlash. | 2018-yil oktyabr | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar vaOrolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi |
| 50. | Urganch va Xiva shaharlarida vaboshqa tumanmarkazlarida zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan sanitariya-gigiyena punktlarini qurgan holda hududni sanitariya tozalash tizimini tashkil etish, shuningdek termitlar bilan kurashish. | 2017-2018-yillar | loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati, shahar va tuman hokimliklari, “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, vazirlik va idoralar |
| 52. | Turistlar joylashgan joylarda Wi-Fizonalarini yaratish. | 2017-yil dekabr | - | Ijrochilar mablagʻlari | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 53. | “Ichan qalʼa” majmuasiga kirish joyida chet ellik turistlar uchun xorijiy va milliy valyutani qabul qiluvchi bankomat va terminallar oʻrnatish (Visa Card, Master Card, American Express, China Union Payva boshqalar). | 2017-yil avgust | 65,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Markaziy bank, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tijorat banklari, “Hunarmand” uyushmasi |
| 54. | “Ichan qalʼa” majmuasi hududida tibbiyot punkti va dorixona faoliyatini tashkil etish. | 2017-yil sentyabr | 100,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 55. | Xiva shahri va Xorazm viloyatining asosiy turistik joylariga olib boruvchi yoʻllarda ingliz va rus tillarida yoʻl koʻrsatish va maʼlumot belgilarini oʻrnatish. | 2017-yil sentyabr | 140,0 mln soʻm | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, IIV, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar |
| 56. | “Yoshlar koʻli” kompleksi va “Ichan qalʼa” majmuasi tashqarisida velosipedlar, roliklar va segvey (segvay)larning ijara punktlari va maxsus yoʻlaklar yaratish. | 2018-yil mart | | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, “Kamolot” YIH, tadbirkorlik subyektlari |
| V. TURIZM SOHASIDA MUTAXASSISLAR TAYYORLASh, QAYTA TAYYORLASh VA MALAKASINI OShIRIShNI TAShKIL ETISh |
| 57. | Urganch davlat universitetining turizm va iqtisodiyot fakulteti negizida chet tillarni biladigan ekskursiya yetakchisini professional tayyorlash markazini tashkil etish. | 2017-yil oktyabr | | Ijrochilar mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Urganch davlat universiteti |
| 58. | Xorijiy mutaxassislarni qisqa muddatli kurslarda dars berish uchun jalb qilish hisobiga Urganch va Xiva shaharlaridagi kasb-hunar kollejlarida va Urganch davlat universitetida chet tillari, mehmonxona va turopeatorlik faoliyati boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish, shuningdek, Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash uchun turizm sanoati rivojlangan Fransiya, Ispaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan yetakchi maslahatchilarni jalb qilish. | 2017-yil iyuldan boshlab doimiy ravishda | - | Ijrochilar mablagʻlari, XMI grantlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 59. | Urganch davlat universiteti Turizm va iqtisodiyot fakultetining yuqori ilmiy natijalarga ega boʻlgan talabalari tomonidan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashiga koʻmaklashish, shuningdek Urganch davlat universitetiga turizm sohasidagi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni ishlash uchun jalb etish. | 2017-yil sentyabrdan boshlab | - | Ijrochilar mablagʻlari, XMI grantlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TIV, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Urganch davlat universiteti |
| 60. | “Turizm sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha respublika mark�zi” DUK Xorazm filiali negizida turizm tashkilotlari mutaxassislari va gid-ekskursovodlarni xorijiy tillarga, shu jumladan koreys, yapon tillariga, shuningdek mehmonxona va turoperatorlik faoliyatiga oʻqitishni tashkil etish. | 2017-yil maydan boshlab doimiy ravishda | - | Ijrochilar mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 61. | Urganch davlat universitetida koreys va xitoy tillaridan gid-tarjimonlar tayyorlash boʻyicha kurslar tashkil qilish. | 2017-yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda | - | Ijrochilar mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Urganch davlat universiteti |
| 62. | Xorazm viloyatinda Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash. | 2017-yil iyun | - | | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Xiva shahri hokimligi, tijorat banklari |
| 63. | Aholi va turistlar oʻrtasida maxsus yutuqli lotereya tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish. | 2017-yil iyun | - | | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| | Jami: | | 11 226,0 mln soʻm | | |