Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-sonli Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻkimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofik oʻz kuchini yoʻkotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat kilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-mart,
PF-5383-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 4-martdagi PF-4707-sonli Farmonining 2- va 3-ilovalaridagi ““Oʻzbekyengilsanoat” DAK” soʻzlari ““Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-sonli Farmoni 1-ilovasining 29-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PF-5121-sonli Farmoni 1-ilovasining 37-bandidagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ” soʻzlari ““Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻkimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” yil 14-dekabrdagi PF-5285-sonli Farmonining 15-bandidagi “20” raqami “20a” rakami bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Qoʻkon toʻqimachilik kombinati” DKning qurilishi tugallanmagan mulkiy kompleksi negizida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 6-maydagi PQ-1333-sonli karori 2-bandining yettinchi xatboshi, 9, 10 va 11-bandlaridagi ““Oʻzbekyengilsanoat” DAK” soʻzlari ““Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy toʻqimachilik uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011 iil 21-fevraldagi PP-1484-sonli qarorining 7, 8 va 9-bandlaridagi ““Oʻzbekyengilsanoat” DAK” soʻzlari ““Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezilentining “Toʻkimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 28-martdagi PP-1512-sonli qarorida:
a) 1-bandidagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ korxonalari” soʻzlari ““Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasiga aʼzo korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 11- bandidagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ korxonalari” soʻzlari ““Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasiga aʼzo korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy toʻqimachilik uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 4-dekabrdagi PP-2444-sonli qarori 6-bandidagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ” soʻzlari ““Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-sonli karori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ” soʻzlari ““Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chikarishni maxalliylashtirishning istiqbolli loyixalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil dekabrdagi PQ-2698-sonli karori 1-ilovasining “Tashkilotlar nomi” grafasi 335 — 340-pozitsiyalaridagi, boʻlimi nomlanishidagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ” soʻzlari ““Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzurida Koreya Respublikasi Hukumatining begʻaraz koʻmagini jalb etgan xolda Oʻkuv-amaliy toʻqimachilik texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PQ-2759-sonli karori:
a) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi, 4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Oʻkuv-amaliy toʻqimachilik texnoparki” soʻzlari “Oʻzbek-Koreya Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandining beshinchi xatboshidagi, 9, 13, 14 va 15-bandlaridagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ” soʻzlari ““Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovasining nomlanishidagi “Oʻkuv-amaliy toʻqimachilik texnoparki” soʻzlari “Oʻzbek-Koreya Oʻkuv-amaliy toʻqimachilik texnoparki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovasining:
nomlanishidagi “Oʻkuv-amaliy toʻqimachilik texnoparki” soʻzlari “Oʻzbek-Koreya Oʻkuv-amaliy toʻqimachilik texnoparki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bandidagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ boshkaruvi raisi” soʻzlari ““Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintakasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-sonli qarori 2-ilovasining 15-bandidagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ” soʻzlari ““Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-sonli karori 1-ilovasining 45-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchkuduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3301-sonli karori 1-ilovasi “Masʼul ijrochilar” grafasining 5-pozitsiyasidagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ” soʻzlari ““Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini yanada takomillashtirishga doir koʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil noyabrdagi PQ-3403-sonli qarori 7-ilovasining “Mutasaddilik qilinadigan idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar” boʻlimi 13-bandidagi ““Oʻzbekyengilsanoat” AJ” soʻzlari ““Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun “Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi aʼzolari boʻlgan toʻqimachilik sanoati korxonalari va toʻqimachilik hamda tikuv-trikotaj tarmogʻining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan olib kelinadigan tovarlarni olib kirishda ularni bojxona toʻlovlaridan ozod etish roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”” 2018-yil 2-fevraldagi F-5194-sonli farmoyishi 1-ilovasidagi izohning uchinchi xatboshi va 2-ilovasidagi izohning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu hisob-kitob koʻrsatkichlari bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni koʻllashda cheklovlar uchun asos deb boʻlmaydi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 iil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiiiig oʻz kuchini yoʻqotgai baʼzi hujjatlari
ROʻYXATI
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni ilovasining 52-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida Dizayn markazi tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 17-iyundagi PQ-1554-sonli karori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)