27.06.2020 yildagi PQ-4760-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy, sifatli qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan ayrim qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining respublikaning tuproq-iqlim sharoitlariga mos kelmasligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda belgilangan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish vaqtida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashning samarali sinash va o‘lchash usullarini keng joriy etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinash va sertifikatlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda texnologiyalarini sinash tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurs tejaydigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda texnologiyalari sinovini texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlarini respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlarida samarali qo‘llash va ularning ishonchliligini tekshirish uchun tegishli sinovlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohani rivojlantirishga ko‘maklashuvchi innovatsion usullar, dasturlar va istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar faoliyatiga samarali ilmiy ishlanmalarni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari sinovini o‘tkazuvchi laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, sohaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarida samarali qo‘llash va ularning ishonchlilik (sifat) ko‘rsatkichlarini tekshirish maqsadida barcha turdagi qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari majburiy tartibda sinovdan o‘tkaziladi. Bunda, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar tomonidan taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari, butlovchi qismlari takomillashtirilganda hamda ularga qo‘shimcha funksiyalarni bajarish yuklatilganda takroriy sinovlarga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — yagona davlat reyestri) kiritilgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalaridan respublikada ekinlarni yetishtirishda foydalanishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining agregatlari va butlovchi qismlari uchun muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, laboratoriya asbob-uskunalari va o‘lchov vositalariga ega bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalariga sertifikat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligining 2023-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan sinov uskunalari va o‘lchash vositalarini bojxona bojidan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sinov uskunalari va o‘lchash vositalari sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya, shu jumladan xalqaro akkreditatsiya talablari asosida jihozlash uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda texnologiyalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda texnologiyalariga nisbatan talablarni belgilaydigan standartlashtirish bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-2021-yillarda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda texnologiyalari va ularni sinash usullariga nisbatan talablarni belgilaydigan zarur standartlarni xalqaro talablar asosida qabul qilish bo‘yicha tarmoq jadvalini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zstandart” agentligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari bo‘yicha tarmoq standartlarining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda amaldagi standart hamda me’yorlarga muvofiq qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining turi bo‘yicha sinov dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya asbob-uskunalari va o‘lchov vositalariga ega bo‘lgan xususiy tashkilotlarni qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalariga sertifikat berish uchun akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning sinov markazlari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, ularning ilg‘or tajribalarini respublikada bosqichma-bosqich joriy etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qishloq xo‘jaligi texnikalarini xalqaro talablar asosida sinash uchun zamonaviy sinash uskunalari va o‘lchash vositalari ro‘yxatini shakllantirsin va joriy yilning yakuniga qadar ularni xarid qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2020-yil 15-dekabrga qadar qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinash va sertifikatlash bo‘yicha xalqaro tajribadan kelib chiqib, Markazning sinov laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan bosqichma-bosqich o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xarid qilingan sinash vositalarining qurilish-montaj ishlari hamda o‘qitishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarni kirish hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi va qurilish-loyiha tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda Markazning moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Markazni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit hamda grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda yagona davlat reyestriga kiritilmagan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari va butlovchi qismlarini yetkazib berganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun, 2021-yilning 1-yanvariga qadar ishlab chiqarilgan va import qilingan texnikalar bundan mustasno, javobgarlikni belgilash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlari hisobidan 2020-yil 1-dekabrga qadar muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan va davlat sinovlaridan o‘tgan import qilingan va respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi hamda melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestri integratsiyalashgan axborot tizimini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu axborot tizimida qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining sertifikatga ega ekanligi, sinovdan o‘tganligi, balansda saqlovchi korxona haqida to‘liq ma’lumotlar aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari sinovi sinov shartlariga qat’iy rioya qilingan holda o‘tkazilishi hamda yagona davlat reyestriga kiritilgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalaridan ekinlarni yetishtirishda foydalanilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sohaga tegishli oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalarining amaliyoti qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash hamda sertifikatlash ishlariga integratsiya qilishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi faoliyatini tashkil etishga oid Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4760-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyundagi PQ-4760-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda texnologiyalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejaydigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari va texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, uslubiy hujjatlar va tartibotlarni xalqaro standartlar talablari asosida takomillashtirish

1.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 15-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), Adliya vazirligi
(R. Davletov)

2.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, uslubiy hujjatlar va tartibotlarni ishlab chiqish uchun xalqaro texnik qo‘mitaga a’zo bo‘lish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

2020-yil 15-dekabrga qadar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

3.

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilmagan, belgilangan tartibda sinovdan o‘tmagan texnikalarni yetkazib berganlik va foydalanganlik uchun, 2021-yilning 1-yanvariga qadar ishlab chiqarilgan va import qilingan texnikalar bundan mustasno, javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish

2020-yil 30-dekabrga qadar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A. Vaxabov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

5.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soha tarmoqlari bilan aloqalar o‘rnatish, hamkorlik memorandumlarini imzolash va hamkorlik ishlarini rivojlantirish. Bunda:

xalqaro markazlar, tashkilotlar va moliyaviy jamg‘armalar ko‘magida rivojlangan xorijiy davlatlarda mutaxassislar malakasini oshirish;

respublikamizga mos bo‘lgan xorij tajribalarini qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinashga joriy etish va sinov ishlarini zamonaviy talablarga moslashtirish, akkreditatsiyadan o‘tkazish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev)

6.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, texnologiyalari bo‘yicha xorij va MDH davlatlarida o‘tkaziladigan “dala kunlari”, xalqaro ko‘rgazmalar va seminarlarda O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

2020-yil 10-iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev)

7.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining davriy sinovlarini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

Ikki oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

II. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari va qismlarini sinash va sertifikatlash ishlarini xalqaro talablar darajasiga yetkazish

8.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash ishlarini xalqaro talablar asosida olib borishni tashkil qilish;

yetakchi xorijiy davlatlardan soha mutaxassislarini jalb qilish va ilg‘or sinash uslublari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish;

qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil 1-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev)

9.

Markazni xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash uchun zarur hujjatlarni shakllantirish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

2020-yil 15-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

III. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurs tejaydigan zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarning sinovini tashkil etish

10.

Tarmoqlarni intensiv rivojlantirish talabidan kelib chiqqan holda, turli tuproq-iqlim sharoitlarida zamonaviy qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejaydigan zamonaviy va ilg‘or texnika hamda texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Ikki oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Sh.Shoaxmedov)

11

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarini jalb etish orqali ochiq maydonlarda sinov ishlarini amalga oshirish maqsadida respublikaning 3 ta hududida Markazning filiallarini tashkil qilish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Besh oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Sh. Shoaxmedov)

12.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda yangi texnologiyalardan, yerlarni tekislashda lazerli boshqaruvga ega tekislagichlardan foydalanish, paxtani turli qator oralarida yetishtirish, bug‘doy ekish bilan birga o‘g‘it solish va egat ochish texnologiyalari sinovlarini tashkil qilish.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Bir oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev)

IV. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash uchun ajratilgan sinov poligoni yer resurslaridan samarali foydalanish

13.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinash uchun ajratilgan sinov poligoni ekin yerlaridan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish maqsadida almashlab ekish tizimini joriy qilish.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarining sinov poligonida texnikalarni dala sharoitida o‘rganish maqsadida fermer xo‘jaliklari ishtirokida ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilish.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

2020-yil
iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), “Davergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov)

V. Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, imitatsion laboratoriyalar qurish va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash

14.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarini jalb etish orqali Markazning mavjud bino va laboratoriyalarini ta’mirlash, yangi imitatsion laboratoriyalar binolarini qurish va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Ikki oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzaqov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Sh. Shoaxmedov)

15.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarini jalb etish orqali Markazni qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash uchun zarur sinov uskunalari va o‘lchov vositalari bilan ta’minlash.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Ikki oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Sh. Shoaxmedov)

16.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarini jalb etish orqali Markazni xalqaro talablar darajasida sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash uchun zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlari bilan to‘liq ta’minlab, xalqaro akkreditatsiyadan bosqichma-bosqich o‘tkazish.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

2020-yil
15-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Sh. Shoaxmedov)

VI. Sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash

17.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash sohasi uchun maxsus guvohnoma va sertifikatga ega bo‘lgan malakali mutaxassis va kadrlarni tayyorlash.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 07/20/4760/0999-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)