Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabr — 1-oktabr kunlari Hindiston Respublikasiga qilgan Davlat tashrifi Oʻzbekiston va Hindiston xalqlarining oʻzaro munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi, ikki davlat oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda strategik sheriklik va oʻzaro hamjihatlikni yanada mustahkamlashga kuchli turtki berdi.
Doʻstona va konstruktiv muhitda oʻtgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, parlament, hukumat va ishbilarmon doiralar vakillari bilan oʻtkazilgan uchraiguvlar tomonlarning Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi ikki mamlakat xalqlarining uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan oʻzaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga intilayotganligini tasdiqladi.
Hamkorlikning barcha sohalaridagi bahamjihat saʼy-harakatlarni kengaytirish masalalari muhokama etildi va ular yuzasidan qoʻshma qarorlar qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hindiston Respublikasi Bosh vazirining Qoʻshma bayonoti qabul qilindi, umumiy qiymati 3,2 mlrd AQSH dollariga teng miqdordagi hukumatlararo va idoralararo 20 ta hujjat hamda investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari paketi imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar hamda erishilgan ahdlashuvlarning soʻzsiz va toʻla-toʻkis amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hindiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hindiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan savdo shartnomalari va investitsiya bitimlarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
2018 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish borasida erishilgan axdlashuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch kun muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga* kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Resiublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabr — 1-oktabr kunlari Hindiston Respublikasiga qilgan Davlat tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Maxsus komissiya 4-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
4. Maxsus komissiya (A. Aripov):
5-ilovaga* muvofiq, monitoring va nazoratni taʼminlash mexanizmiga asosan tadbirlar hamda loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qattiq nazorat hamda tizimli monitoringni tashkil etishni;
* ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, mazkur masalalar boʻyicha Hindiston tomoni bilan muntazam va samarali hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiyasi doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish bilan bogliq masalalarni muvofiqlashtirishni;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari — masʼul ijrochilarning mazkur qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritalari”ni soʻzsiz amalga oshirish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borishni;
tashkilotlar — masʼul ijrochilar tomonidan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — masʼul ijrochilar ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar hamda loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar hamda ularning amalga oshirilishi toʻgrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Tashqi ishlar vazirligiga har oyda axborot berib borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ushbu qaror hamda tasdiqlangan “Yoʻl xaritalari” bajarilishining tanqidiy tahlilini taqdim etib borsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-oktabr,
PQ-3958-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 07/20/3958/0896-son)