20.08.2018 yildagi PQ-3912-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
““Oʻzbekneftgaz” AJning geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologiyali uskunalarni sotib olish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJning geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologiyali uskunalarni sotib olish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi)ni amalga oshirishni jadallashtirish, geologiya-qidiruv ishlarini yanada kengaytirish va samaradorligini oshirish, uglevodorod hom ashyosi zaxiralarini koʻpaytirish, shuningdek, valyuta mablagʻlari sarf-harajatlarini optimallashtirishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekneftgaz” AJning geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologiyali uskunalarni sotib olish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 20-iyuldagi PQ-2564-sonli qarori bilan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangan boʻlib, unda jami qiymati 138,98 million AQSH dollari miqdoridagi 117 ta geofizik va burgʻulash uskunalarini xarid qilish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan geofizik va burgʻulash uskunalari miqdori 96 tagacha optimallashtirildi, uning natijalariga koʻra narxlarni optimallashtirish boʻyicha ishlab chiqaruvchi zavodlar (ularning vakillari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borildi hamda kiymatning 45 million AQSH dollariga qadar kamaytirilganini hisobga olgan holda geofizik va burgʻulash uskunalarini yetkazib berish toʻgʻrisida “Oʻzburgʻuneftgaz” va “Oʻzbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatlari bilan import shartnomalari (keyingi oʻrinlarda — import shartnomalari) tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekneftgaz” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha import shartnomalarini moliyalashtirish ochilishini taʼminlasin, bular boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” DUKning oʻrnatilgan tartibda berilgan ijobiy xulosalari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, import shartnomalari qiymatining 75 foizini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining krediti hisobidan, qolgan 25 foizini toʻlash esa “Oʻzbekneftgaz AJ”ning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekneftgaz AJ”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import shartnomalari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 20-noyabriga kadar investitsiya loyihasining tuzatilgan texnik-iktisodiy hisob-kitobini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3912-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 07/20/3912/0890-son)