Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 01.08.2018 yildagi PQ-3893-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda respublikada ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda ularni eksportga yetkazib berish hajmlarini ko‘paytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, g‘o‘za ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish hisobiga yer va suv resurslaridan samarali hamda oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, meva-sabzavot va boshka qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda ularni eksportga yetkazib berish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishlok xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2018-yilda hosili past yerlardagi g‘o‘za ekin maydonlarini 99,4 ming gektarga qisqartirish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2018-yilda meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini 817,0 ming tonnaga ko‘paytirish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2018-yilda 266,0 ming tonna meva-sabzavot va boshka qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qo‘shimcha ravishda eksportga yetkazib berilishini ta’minlash;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 1.1-1.13-ilovalarga* muvofiq 2018-yilda hosili past paxta maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 2.1-2.13-ilovalarga* muvofiq 2018-yilda hosili past paxta maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishning prognoz hajmlari to‘grisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi, “O‘zbekozikovkatxolding” XK bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilovalar rus tili matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-sonli qarorining 15-bandi, shuningdek, qarorning 5 — 8-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga moslashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Z.T. Mirzayev va N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3893-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)