19.10.2018 yildagi PQ-3979-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha imzolangan shartnomalar va bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkmaniston Prezidentining 2018-yil 23-24-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doʻstlik munosabatlari va strategik sheriklikni rivojlantirishda muhim voqea boʻldi, ikki davlat qardosh xalqlari oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlik hamda oʻzaro hamjihatlik va yaxshi qoʻshnichilikni yanada mustahkamlashga yangi turtki berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy darajada oʻtgan uchrashuv va muzokaralar natijalari Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatga asoslangan hamkorlikning sifat jihatdan yangi bosqichga oʻtganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi hamda ular yuzasidan qoʻshma qarorlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning Qoʻshma bayonoti, 17 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, umumiy qiymati 250 mln. AQSH dollaridan ortiq boʻlgan savdo shartnomalari va bitimlari paketi imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama shartnomalar hamda erishilgan bitimlarning soʻzsiz va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Turkmaniston Prezidentining 2018-yil 23-24-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida imzolangan ikki tomonlama shartnomalar va oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha erishilgan bitimlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini qatʼiy va samarali nazorat qilish 1-ilovaga* muvofiq taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turkmaniston Prezidentining 2018-yil 23-24-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar ijrosini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkmaniston Prezidentining 2018-yil 23-24-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan savdo bitimlari va shartnomalarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2018-2019-yillarda koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish borasida erishilgan bitimlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch kun muddatda ushbu qarorning 3-ilovasiga* kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Turkmaniston Prezidentining 2018-yil 23-24-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama shartnomalar va oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish borasida erishilgan bitimlarni amalga oshirish boʻyicha Maxsus komissiya 5-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus komissiya (A. Aripov) quyidagilarni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkmaniston Prezidentining 2018-yil 23-24-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama shartnomalarning, jumladan alohida hujjatlarning kuchga kirishi boʻyicha ichki davlat tartib-taomillarini oʻz vaqtida bajarish hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha bitimlarning soʻzsiz va sifatli bajarilishi ustidan doimiy va tizimli monitoringni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — masʼul ijrochilarning mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni soʻzsiz amalga oshirish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy choralar toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishga oid imzolangan ikki tomonlama shartnomalar va erishilgan bitimlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni muvofiqlashtirish hamda mazkur masalalar, jumladan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiya doirasida turkman tomoni bilan muntazam va samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar — masʼul ijrochilar tomonidan savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — masʼul ijrochilar ushbu qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin hamda ularning amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Tashqi ishlar vazirligiga har oy axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi apparatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparatiga mazkur qaror hamda tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ning bajarilishi borasidagi tanqidiy tahlilni taqdim etib borsin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3979-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2018-y., 07/20/3979/0880-son)