06.08.2018 yildagi PQ-3900-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan sifat jihatdan yangi darajada amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohot va oʻzgartirishlar xalqaro moliya institutlari bilan amaliy munosabatlarni yoʻlga qoʻyish va ular bilan intensiv muloqot oʻrnatish, shuningdek, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning Jahon banki Guruhi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari bilan mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlarini isloh qilishda koʻmaklashish boʻyicha ustuvor investitsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirishdagi sherikligi faol rivojlanib va chuqurlashib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa va taraqqiyot banki oʻrtasida oʻzaro ishonch, hurmat va manfaatlarni inobatga olish tamoyillari asosidagi sheriklik munosabatlarida yangi bosqich boshlandi. 2017-yilning noyabrida bankning Toshkent shahridagi vakolatxonasi oʻz faoliyatini qayta tikladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi bir yarim yil mobaynida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan respublikada tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini moliyalashtirish uchun 190 million dollardan koʻproq miqdorda kredit liniyalari ajratib berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq infratuzilmasini va uy-joy qurilishini rivojlantirish, energetika tarmogʻi va kommunal xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, biznesni qoʻllab-quvvatlash sohalari va boshqa yoʻnalishlardagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish toʻgʻrisida ahdlashuvlarga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish, energetika sektorini hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotining beshta asosiy tarmoq va sohalarini isloh qilish boʻyicha uzoq muddatli dasturni ishlab chiqishda bank ekspertlarining ishtirok etishlari kelishib olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) prezidenti S.Chakrabarti bilan 2018-yil 1-avgustdagi uchrashuv chogʻida erishilgan ahdlashuvlarni soʻzsiz amalga oshirish, YETTB bilan sheriklikni yanada kengashtirish va chuqurlashtirish, ustuvor loyihalar hamda oʻzaro hamkorlik dasturlarini qoʻllab-quvvatlash va olgʻa siljitish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining YETTB bilan uzoq muddatli sherikligining asosiy yoʻnalishlari va vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyotining eng muhim tarmoq va sohalarini isloh qilish boʻyicha uzoq muddatli dasturlarni birgalikda ishlab chiqish va olgʻa siljitish, ushbu maqsadda bankning maslahat va texnik koʻmagini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika, yoʻl-transport, kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, Uy-joy qurilishi, zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish hamda mamlakatning sanoat tarmoqlari va hududlarini kompleks rivojlantirishning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga YETTBning moliyaviy mablagʻlarini hamda xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun respublikaning tijorat banklari tomonidan YETTBning moliyaviy resurslarini faollik bilan jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda investitsiyaviy iqlim va ishbilarmonlik tadbirlarni olib borish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro imijini yuksaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2018-2019-yillarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklikni kengaytirish va chuqurlashtirish doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlari zimmasiga “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar oʻz vaqtida toʻliq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi S.R. Xolmurodov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi” tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va xoʻjalik birlashmalarining ishlari samarali muvofiqlashtirilishini, shuningdek, yuzaga kelgan masalalarni tezkorlik bilan hal etishda ularga yordam koʻrsatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mintaqalarida xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etgan va davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini tatbiq qilgan holda aniq loyihalarni olgʻa siljitish boʻyicha Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan YETTBning Toshkent shahridagi vakolatxonasi oʻrtasida har oy qoʻshma maqsadli uchrashuvlar va tadbirlarni oʻtkazib tursin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan tadbirlarning toʻla miqyosda amalga oshirilishini taʼminlashda YETTB hamda uning Toshkent shahridagi vakolatxonasi bilan qalin hamkorlik oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini tizimli asosda monitoring qilib borsin, ushbu qarorning ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparatiga har oyda batafsil axborot kiritib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda YETTB hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining konsultantlarini ekspertlar sifatida jalb etgan holda tadbirkorlik subyektlari uchun mamlakat mintaqalarida seminar va treninglar oʻtkazish amaliyotini kengaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari YETTB mablagʻlari ishtirokida loyihalarni amalga oshirish, joylarda YETTB vakillarining boʻlishi va ofislarining ochilishi va faoliyat yuritishi masalalarini hal etishga butun choralar bilan koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3900-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3900-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklikni kengaytirish va chuqurlashtirish doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻL XARITASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hamkorlik yoʻnalishlari va maqsadlari, loyiha nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bosqichma-bosqich amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

Jami: YETTBning 1 042,5 mln dollarlik moliyaviy resurslarini jalb qilish hajmi

I. Hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari

1.

YETTBning Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlik qilish strategiyasini qabul qilish.

YETTBning Direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlik qilish strategiyasini maʼqullash.

2018-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

YETTBning Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlik qilish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil oktabr

2.

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish uchun normativ-huquqiy bazani yaratish.

DXSH masalalari boʻyicha YETTB maslahatchisini jalb qilish.

2018-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov, J. Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

YETTB bilan birgalikda DXSH tashkiliy-huquqiy jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha konferensiya oʻtkazish.

2018-yil oktabr

YETTBning texnik koʻmagida “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini oxiriga yetkazish.

2018-yil oktabr-noyabr

Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritish.

2018-yil noyabr

Qonunosti hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-2020 yy.

II. Iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy oʻzgarishlarni chuqurlashtirish boʻyicha hamkorlik qilish

3.

Energetika sektorini isloh qilish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi. Oʻzbekiston Respublikasi energetika sohasini isloh qilish kompleks dasturini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan YETTB, boshqa xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy maslahatchilar bilan hamkorlik qilish boʻyicha ishchi guruh tarkibini, shuningdek, kompleks dasturini birga ishlab chiqish boʻyicha dastlabki chora-tadbirlar jadvalini tasdiqlash.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov, A. Sultanov),

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafayev),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

Maslahatchilar taklifi asosida energetika sohasini isloh qilish masalalari boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2019-yil yanvar

4.

Korporativ boshqaruvni xususiylashtirish va takomillashtirish sohasida hamkorlik qilish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi.

Alohida korxonalarda davlat ulushi va ishtirokini kamaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov),

Davlat raqobat qoʻmitasi

(N. Sharipov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

5.

Banklararo pul bozori hamda milliy valyutadagi mahalliy kapital bozorini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish.

YETTB bilan Oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum imzolash.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, J. Qoʻchqorov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

YETTB maslahatchilari bilan birgalikda harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2018-yil IV-chorak

Milliy valyutada kapital bozorini ragʻbatlantirish dasturini amalga oshirish.

2018-yil 1-yanvardan

6.

Markaziy bank va boshqa manfaatdor davlat boshqaruvi organlarida makroiqtisodiy tahlil va prognozlash kompleks tizimini (FPAS) joriy etish.

Xalqaro maslahatchilarni jalb qilish boʻyicha YETTB manziliga rasmiy soʻrovnoma yuborish.

2018-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, J. Qoʻchqorov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

FPAS tizimini ishlab chiqish va joriy etish uchun xalqaro maslahatchilarni jalb

2018-yil IV-chorak

FPAS tizimni joriy qilish.

2019-yildan boshlab

7.

YETTB maslahatchilarini Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish maslahatchisi lavozimlariga jalb qilish.

Maslahatchilarning texnik vazifasini kelishi.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va YETTB oʻrtasida Maslahatchilarni jalb qilish boʻyicha shartnoma tuzish.

2018-yil oktabr

8.

Xorijiy investorlar kengashini tuzish.

Vazirlar Mahkamasiga hukumat qarori loyihasini kiritish.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

Kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha YETTBning texnik koʻmagi va maslahatchisini jalb qilish.

2018-yil oktabr

9.

Bank tizimi xodimlarini zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatish, loyihalarni moliyalashtirishda xavflarni baholash, banklarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash sohasida malakalarini oshirish.

YETTB maslahatchilarini tuzilgan shartnomalar doirasida jalb qilish (memorandumlar, kelishuvlar va boshqa).

2018-2019 yy.

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, J. Qoʻchqorov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Oʻzbekiston banklar uyushmasi

(B. Xamidov),

tijorat banklari

Bank tizimi xodimlari uchun amaliy treninglar seriyasini tashkil qilish.

2018-2019 yy.

III. Infratuzilma investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasida hamkorlik qilish

10.

“Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish” loyihasi.

Qarz bitimi loyihasini kelishish.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov)

(umumiy summa 100 mln dollar, 2019-yilda — 21 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Loyihaning TIAsini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil sentabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

(M. Saliyev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Burnashev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

YETTB bilan qarz bitimini imzolash.

2018-yil oktabr

Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil noyabr

Xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish.

2018-yil dekabrdan boshlab

11.

“Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti tizimini tiklash” loyihasi.

Qarz bitimi loyihasini kelishish.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov)

(umumiy summa 50 mln dollar, 2019-yilda — 10 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Loyihaning TIAsini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil sentabr

YETTB bilan qarz bitimini imzolash.

2018-yil oktabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

(M. Saliyev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Burnashev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil noyabr

Xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish.

2018-yil dekabrdan boshlab

12.

“Namangan shahrida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini tiklash” loyihasi.

Qarz bitimi loyihasini kelishish.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov)

(umumiy summa 60 mln dollar, 2019-yilda — 10 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Loyihaning TIAsini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil sentabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

(M. Saliyev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Burnashev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

YETTB bilan qarz bitimini imzolash.

2018-yil oktabr

Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil noyabr

Xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish.

2018-yil dekabrdan boshlab

13.

“Pitnak shahrida suv tozalash inshootlarini tiklash va Xorazm viloyatining 6ta tumanlarida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash” loyihasi.

Qarz bitimi loyihasini kelishish.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov)

(umumiy summa 60 mln dollar, 2019-yilda — 10 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Loyihaning TIAsini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil sentabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

(M. Saliyev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Burnashev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

YETTB bilan qarz bitimini imzolash.

2018-yil oktabr

Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil noyabr

Xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish.

2018-yil dekabrdan boshlab

14.

“Toshkent shahrida suv taʼminoti tizimini tiklash” loyihasi.

Qarz bitimi loyihasini kelishish.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov)

(umumiy summa 25 mln dollar, 2019-yilda — 25 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Loyihaning TIAsini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil sentabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

(M. Sachiyev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Burnashev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

YETTB bilan qarz bitimini imzolash.

2018-yil oktabr

Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil noyabr

Xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish.

2018-yil dekabrdan boshlab

15.

“Talimarjon IESni 900 MVt quvvatga ega qoʻshimcha bugʻ-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish” loyihasini birgalikda moliyalashtirish.

(umumiy summa 225 mln dollar, 2019-yilda — 60 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Qarz bitimi loyihasini kelishish.

2018-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov, A. Sultanov)

YETTB bilan qarz bitimini imzolash.

2018-yil oktabr

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafayev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

YETTBning Direktorlar kengashi tomonidan loyihani maʼqullash.

2018-yil noyabr

Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil noyabr

Xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish.

2018-yil dekabrdan boshlab

16.

“Muruntau 500/200 kVt podstansiyasini uchta transformatori bilan birga qurish” loyihasi.

(umumiy summa 82,5 mln dollar, 2019-yilda — 21 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Qarz bitimi loyihasini kelishish.

2018-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov, A. Sultanov)

Loyihaning TIAsini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil sentabr

YETTBning Direktorlar kengashi tomonidan loyihani maʼqullash.

2018-yil oktabr

YETTB bilan qarz bitimini imzolash.

2018-yil noyabr

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafayev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil noyabr

Xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish.

2018-yil dekabrdan boshlab

17.

“Obod qishloq” loyihasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi.

YETTB bilan loyihani amalga oshirish konsepsiyasini kelishish.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov, J. Qoʻchqorov)

(umumiy summa 300 mln dollar, 2019-yilda — 45 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

YETTB bilan loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi mandat bitimini imzolash.

2018-yil oktabr

YETTBning Direktorlar kengashi tomonidan loyihani maʼqullash.

2019-yil I-yarim yillik

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

18.

Samarqand viloyatida energiya samarador koʻp qavatli arzon uylar qurilishi.

YETTB bilan loyihani amalga oshirish konsepsiyasini kelishish.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov)

(umumiy summa 60 mln dollar, 2019-yilda — 20 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

YETTB bilan loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi mandat bitimini imzolash.

2018-yil oktabr

YETTBning Direktorlar kengashi tomonidan loyihani maʼqullash.

2019-yil I-yarim yillik

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Burnashev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

19.

Davlat-xususiy sheriklik asosida “Toshkent-Samarqand” alternativ pullik avtomobil yoʻlini qurish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S.Xolmuradov, J. Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

(A. Abduvaliyev)

20.

Gaz taʼminotining taqsimlash tizimini tiklash loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov, A. Sultanov),

“Oʻztransgaz” AJ

(Sh. Tursunov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

IV. Moliya sektorida hamkorlik qilish

21.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga Oʻzmilliybank uchun kredit liniyasi.

(umumiy summa 70 mln dollar, 2018-yilda — 35 mln dollardan kam boʻlmagan, 2019-yilda — 35 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Loyihalarni tanlab olish va mablagʻlarni oʻzlashtirish.

2018-2019 yy.

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov),

Oʻzmilliybank

(A. Mirsoatov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

22.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga hamda savdo moliyalashtirilishiga “Hamkorbank” ATB uchun kredit liniyasi.

(umumiy summa 30 mln dollar, 2018-yilda — 12,5 mln dollardan kam boʻlmagan, 2019-yilda — 17,5 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Loyihalarni tanlab olish va mablagʻlarni oʻzlashtirish.

2018-2019 yy.

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov),

“Hamkor bank” ATB,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

23.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga “Ipoteka-bank” AKIB uchun kredit liniyasi.

(umumiy summa 25 mln dollar, 2018-yilda — 25 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Loyihalarni tanlab olish va mablagʻlarni oʻzlashtirish.

2018-yil

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov),

“Ipoteka bank” AKIB

(O. Musayev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

24.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga “Davr bank” XATB uchun kredit liniyasi.

(umumiy summa 5 mln dollar, 2018-yilda — 1 mln dollardan kam boʻlmagan, 2019-yilda — 4 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

YETTB bilan Qarz bitimi kuchga kirishi shartlarini bajarish.

2018-yil avgust-sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov),

Loyihalarni tanlab olish va mablagʻlarni oʻzlashtirish.

2018-yil oktabrdan boshlab

“Davr bank” XATB

(A. Samadov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

25.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga, energiya samaradorlik boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish va savdo moliyalashtirilishiga “Ipak yoʻli” AITB uchun kredit liniyasi.

YETTB Direktorlar kengashi tomonidan kredit liniyasini taqdim etish masalasini maʼqullash.

2018-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov),

Qarz bitimi loyihasini YETTB bilan kelishish.

2018-yil noyabr

“Ipak yoʻli Banki” AITB

(S. Saydaxmedov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov, Sh. Vafayev)

(umumiy summa 20 mln dollar, 2019-yilda — 20 mln dollardan kam boʻlmagan holda oʻzlashtirish).

Qarz bitimini YETTB bilan imzolash.

2019-yil yanvar

Loyihalarni tanlab olish va mablagʻlarni oʻzlashtirish.

2019-yildan boshlab

V. Davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish sohasida hamkorlik qilish va boshqaruvning korporativ usullarini joriy etish

26.

Davlat korxonalarini xususiylashtirish va isloh qilish masalalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni amalga oshirish.

Davlat ulushi boʻlgan korxonalarni xususiylashtirish va isloh qilish masalalarida hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh shakllantirish.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov)

Kelgusidagi hamkorlik ishlarining asosiy yoʻnalishlarini aniqlash va YETTBga maʼlumotlarni taqdim etish uchun savollar varaqasini ishlab chiqish.

2018-yil sentabr

Davlat raqobat qoʻmitasi

(N. Sharipov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

YETTB bilan alohida korxonalarda davlat ishtiroki va uning ulushini qisqartirish bosqichlari va muddatlari boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2018-yil dekabr

Davlat korxonalarini xususiylashtirish va boshqarish sohasidagi amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish.

2019-yil yanvar

Qonunchilikka, shu jumladan xususiylashtirishni amalga oshirishning yangi uslubiyoti, xususiylashtirishni amalga oshirish jarayonining samaradorligi va shaffofligini oshirishni nazarda tutuvchi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

jadval boʻyicha

27.

Xususiylashtirish masalalari boʻyicha xorij mutaxassislarini vakolatli davlat organlarida ishlash uchun jalb etish.

Xorij mutaxassislarini tanlash va yollash.

2018-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov),

Davlat raqobat qoʻmitasi

(N. Sharipov),

Mehnat vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

28.

Davlat ulushini keyinchalik xorij investorlariga sotish uchun korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlash.

Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va davlat ulushini keyinchalik xorij investorlariga sotish uchun, shu jumladan birlamchi ommaviy taklifni oʻtkazish boʻyicha (IPO) iqtisodiyotning strategik boʻlmagan sektorlaridagi 20 dan kam boʻlmagan korxonalarini YETTB bilan birgalikda tanlash.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xalmuradov),

Tegishli hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil sentabr

Davlat raqobat qoʻmitasi

(N. Sharipov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

29.

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd.” MCHJ qoʻshma korxonasiga (Toshkent shahri) xorij investorlarini jalb qilishda YETTB ishtiroki.

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd.” MCHJ qoʻshma korxonasi ustav fondidagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK ulushini sotish toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil oktabr

Davlat raqobat qoʻmitasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov, N. Otajonov, D. Qoʻchkorov), Davlat raqobat qoʻmitasi

(N. Sharipov),

“Oʻzbekozikovkatxolding”

(T. Jalilov)

31.

YETTB koʻmagida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Agentlikni tashkil qilish boʻyicha qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov, D. Qoʻchqorov),

Agentlikni malakali xodimlar, shu jumladan chet el fuqarolari va xorijda faoliyat olib boruvchi vatandoshlar bilan toʻldirish.

Agentlik faoliyati masalalarida tavsiyanomalar ishlab chiqish uchun YETTB konsultantini jalb etish.

2018-yil sentabr-oktabr

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Agentlikni tashkil qilish boʻyicha qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil sentabr

32.

Respublika hududlarida xususiy xorij investitsiyalarini jalb etgan holda va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilgan holda aniq loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirishga koʻmaklashish.

Respublika hududlarida manfaatdor tadbirkorlik subyektlari bilan Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahridagi YETTB vakolatxonasi qoʻshma maqsadli uchrashuvlari va tadbirlarini oʻtkazish.

2018-yil avgust — 2019-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov, S. Xolmuradov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparatini uchrashuvlar va tadbirlar toʻgʻrisida muntazam xabardor etish.

har oyda

Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov),

Davlat raqobat qoʻmitasi

(L. Kudratov),

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 07/18/3983/2106-son)