21.08.2017 yildagi 653-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillarda Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat va eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini, xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish, aholining bandligi va daromadlarini oshirish asosida Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrini kompleks rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2017 — 2019-yillarda Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadli parametrlari 1-ilovaga hamda uning moliyalashtirish manbalari 1a-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport infratuzilmasini takomillashtirish, aholiga avtotransport xizmatlarini koʻrsatish tizimini yaxshilash hamda aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik va oqava suv, issiqlik va elektr energiyasi hamda tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport obyektlari hamda boshqa yoʻnalishdagi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash chora-tadbirlari 6-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fargʻona viloyati hokimligi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturdagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda tarmoq jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha nazarda tutilgan ishlarning tasdiqlangan parametrlarga muvofiq ravishda jadal bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dastur parametrlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ishchi guruhi (J. Qoʻchqorov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha parametrlar boʻyicha Dastur bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etsin va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni koʻrib chiqsin, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan chet el valyutasidagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fargʻona viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan loyihalar ijrosi doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanib sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda tegishli litsenziyalar berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Dasturga kiritilgan loyihalarni oʻrnatilgan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda ularni amalga oshirilishida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda Dastur doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish korxonalarining tabiiy gaz va elektr uzatish tarmoqlariga oʻz vaqtida ulanishini hamda ularga uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga ushbu qarorda nazarda tutilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida bajarilgan, buyurtmachilarning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha loyihalar kiritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fargʻona viloyati va Margʻilon shahar hokimliklari har chorak yakuni bilan Dasturdagi tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligi yuzasidan viloyat va shahar faollari yigʻilishlarida muhokama qilsinlar hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev va Margʻilon shahar hokimi M.M. Ubaydullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
653-son