22.06.2020 yildagi 398-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son qarori ijrosini taʼminlash, fermer xoʻjaliklarining paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish asosida paxtachilik sohasida manfaatdorlikni va qoʻshilgan qiymat hajmini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari (keyingi oʻrinlarda — kooperatsiyalar) tashkil etilganligi hamda ularning asosiy vazifalari belgilab berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatini tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga belgilangan imtiyozlar kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyalarga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkil etilmagan hududlardagi paxta tozalash korxonalari ixtiyoriy ravishda aʼzo boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyalar aʼzolari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosini paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilish, saqlash va qayta ishlash xizmati (tegirmon usulida) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining kooperatsiyalarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyishning quyidagi tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilmayotgan boʻsh yer maydonlarini belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxirasiga oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish maqsadida kooperatsiyalar tomonidan ilgʻor xorijiy tajribalar hamda resurs tejovchi innovatsion texnologiyalarning joriy etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyalar bilan paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, hosildorlikni oshirish va mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish, agrotexnik tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyalar va paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari hamda boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kooperatsiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini qabul qilib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni eksport qilish boʻyicha samarali ish yuritish tizimini joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzolariga ilmiy asoslangan agronomik, iqtisodiy-moliyaviy, huquqiy va boshqa turdagi konsultativ xizmatlar koʻrsatadi, zaruratga koʻra, soha olimlari va koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari talablari asosida urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy-texnika resurslarini yetkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda kooperatsiyalar bilan paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari oʻrtasida tuziladigan paxta xom ashyosi va urugʻlik paxta xarid qilish shartnomasining namunaviy shaklini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda paxta tozalash korxonalari va paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari oʻrtasida tuzilgan paxta xom ashyosi va urugʻlik paxtani xarid qilish boʻyicha shartnomalarning kooperatsiyalar bilan qayta tuzilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda paxta tozalash korxonalaridagi davlat ulushlarini nominal va balans qiymatlarida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda kooperatsiya tarkibiga kiritiladigan korxonalarning ustav kapitaliga kiritilmagan faoliyat yoʻnalishiga aloqador boʻlmagan yer maydonlari, bino-inshootlari va mol-mulklarini belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 398-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom paxta tozalash korxonalari negizida fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xom ashyosi yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha kooperatsiyalarni (keyingi oʻrinlarda — kooperatsiya) tashkil etish hamda faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kooperatsiya uning muassislari va aʼzolari saʼy-harakatlarini, ularning moddiy va moliyaviy resurslarini birlashtirish asosida tashkil etilib, paxta xom ashyosini yetishtirish, tashish, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish bilan bogʻliq tarmoqlarni yagona tizimga birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kooperatsiyaning asosiy vazifalari va faoliyat prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun soha olimlari va koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb qilib, ilmiy asoslangan agronomik tavsiyalarni berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari talablari asosida urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy-texnika resurslarini hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari va uskunalarni yetkazib berish, mexanizatsiya, transport va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzolari bilan tuzilgan shartnomalar asosida paxta xom ashyosini tashish, tayyorlash, saqlash, tegirmon usulida qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzolariga hisobot yuritish, konsalting, vositachilik va boshqa xizmatlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni eksport qiluvchi korxonalar bilan hamkorlik qilish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birja savdolarida ichki isteʼmolchilarga sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kooperatsiya faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyaga aʼzolikning ixtiyoriyligi va undan erkin chiqish mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzolari mehnatiga ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) hajmi va sifatiga qarab haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy daromadni (foydani) kooperatsiya aʼzolari oʻrtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorlar qabul qilishda huquqlar tengligi (kooperatsiyaning har bir aʼzosi — bir ovozga ega boʻlishi)ni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya ustavida nazarda tutilgan tartibda uning faoliyati kooperatsiya aʼzolari tomonidan nazorat qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarning muhofaza qilinishini va tuproq unumdorligi oshirilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Paxta tozalash korxonalari negizida kooperatsiyalarni tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va qayta ishlovchi hamda eksport qiluvchi korxonalar kooperatsiyalarning muassislari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kooperatsiyalar uning muassislari tomonidan ixtiyoriy tartibda paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kooperatsiyalarni taʼsis etishda uning muassislari oʻzlarining mustaqilligini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kooperatsiyalar tarkibida paxta xom ashyosini yetishtirish, saqlash, tashish, tayyorlash, qayta ishlash, ularning marketingini olib borish, ilmiy taʼminot va boshqalar boʻyicha boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari kooperatsiyaning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishiga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kooperatsiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kooperatsiyaning boshqaruv organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy boshqaruv organi — Kooperatsiya aʼzolarining umumiy yigʻilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijroiya organi — Kooperatsiya boshqaruvi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning boshqaruv organlari faoliyati va vakolatlari uning Ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kooperatsiyaning ustavi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav kooperatsiya faoliyatini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat boʻlib, unda quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyaning nomi va joylashgan manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat sohasi va maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyaga kirish va undan chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya muassislarining tarkibi va aʼzolarining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzolarining huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv organlari, ularni shakllantirish tartibi va ularning vakolatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyaning pay, boʻlinmas va boshqa jamgʻarmalarining miqdori va ularni shakllantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzolarining mehnatda ishtirok etishi va ular mehnatiga haq toʻlashning asoslangan shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyaning daromadlarini (foydasini) taqsimlash, shu jumladan mulkiy paylar boʻyicha dividendlar toʻlash uchun taqsimlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyani qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning ustaviga kooperatsiya faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kooperatsiyaning ustavi aʼzolarning umumiy yigʻilishida qabul qilinadi hamda umumiy yigʻilish qaroriga asosan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi. Ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kooperatsiya aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning faoliyati haqida maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning boshqaruvi organlariga takliflar kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning aniq dastur va loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning ijro organlari xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning axborot bazasi maʼlumotlariga kirish imkoniga ega boʻlish, ilmiy-uslubiy maʼlumotlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustavga muvofiq Kooperatsiyaning boshqaruvi organlariga nomzodlarni taklif qilish va saylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning faoliyatiga tegishli barcha masalalar boʻyicha qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning xizmatlaridan begʻaraz foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yigʻilishlarda ovoz berish paytida teng ovozlar soniga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning faoliyati boʻyicha oʻz taklifi va mulohazalarini kiritish, ushbu masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning boshqaruv organlaridan umumiy yigʻilish qarorlarining bajarilish holati va oʻz takliflari haqidagi maʼlumotlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning umumiy va navbatdan tashqari yigʻilishlari kun tartibiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning boshqaruv organlariga uning faoliyati bilan bogʻliq har qanday masalalar boʻyicha murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaga maslahat, uslubiy va boshqa yordam yuzasidan murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiya aʼzoligidan oʻz xohishiga asosan belgilangan tartibda chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kooperatsiya aʼzolarining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning ustaviga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlarda aʼzolik badallarini toʻlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaning umumiy yigʻilishi qarorlarini bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kooperatsiyaga aʼzolikning tugatilishi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzoligidan ixtiyoriy ravishda chiqilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyaning faoliyatida mehnati bilan ishtirok etishi tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzoligidan uning ustavida belgilangan hollarda va tartibda chiqarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv (rais)ning kooperatsiyaga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori umumiy yigʻilishda tasdiqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga oʻzgartirilib qayta tashkil etilganda yoki kooperatsiya tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiyaga aʼzolikni tugatish tartibi uning ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiya aʼzoligidan chiqish yoki chiqarish paytida ilgari toʻlangan aʼzolik va boshqa (moddiy) badallar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperatsiya aʼzoligidan chiqarish ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kooperatsiyaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati, mol-mulki va foydani taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kooperatsiya tomonidan koʻrilgan zararlar uning mol-mulki va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mol-mulk hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kooperatsiyaning foyda va zararlarini taqsimlash tartiblari moliyaviy yil yakunlangandan keyin ikki oy davomida kooperatsiya aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kooperatsiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kooperatsiyaning mustaqil balansida oʻz ifodasini topadigan asosiy fondlar, oborot mablagʻlari, pay badallari, shuningdek, boshqa boyliklar kooperativ mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kooperatsiyaning mol-mulki oʻz aʼzolarining pul va moddiy badallari, banklarning kreditlari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ularni sotishdan tushgan va ustavida nazarda tutilgan boshqa faoliyatlardan kelgan daromadlar hamda qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kooperatsiyaning mol-mulkini shakllantirishda, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar (tashkilotlar), shuningdek, mazkur kooperatsiyaga aʼzo boʻlmagan, ammo unda mehnat shartnomasiga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar shartnoma asoslarida pul va moddiy badallar toʻlash yoʻli bilan ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Kooperatsiyaning paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar bilan shartnomaviy-huquqiy munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Paxta xom ashyosi va urugʻlik paxtani xarid qilish shartnomasi fuqarolik qonun hujjatlari talablari asosida tuziladi, bunda mahsulot narxini haqiqiy xarajatdan kelib chiqqan holda aniqlash, mahsulot yetishtiruvchilarni urugʻ bilan taʼminlash, agrotexnika va agrokimyo xizmatlari, yangi innovatsion texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berish, axborot-maslahat xizmatlari koʻrsatish nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Paxta xom ashyosi va urugʻlik paxtani xarid qilish shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning predmeti, gʻoʻzaning seleksiya navi nomi, reproduksiyasi, urugʻlik paxtaning miqdori (tonna) va uni topshirishning soʻnggi muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning bajarilishi, paxta xom ashyosini yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish-qabul qilib olish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) punktlari va davrlari (muddatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning toʻlov, pochta va yuklab joʻnatish rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizolar, fors-major holatlarini hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan munosabatlarda kooperatsiya quyidagilarni taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada nazarda tutilgan ekin turi urugʻining navi, avlodi, hajmi boʻyicha kelishilgan muddatda yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilgan paxta xom ashyosi va urugʻlik paxtani qabul qilish, sifatini aniqlash hamda shartnomada belgilangan muddat va tartibda mahsulot uchun tegishli haqni toʻlash va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kooperatsiya bilan munosabatlarda paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari quyidagilarni taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiyadan olingan urugʻlikdan maqsadli foydalanish hamda belgilangan yer maydoniga kooperatsiyadan qabul qilib olingan gʻoʻzaning seleksion navi urugʻlik chigitini toʻliq ekish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan urugʻlik qiymati va paxta xom ashyosini yetishtirish uchun oʻziga yetkazib berilgan tovar-moddiy qiymatliklarga toʻlovlarni paxta terimi boshlangunga qadar amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada koʻrsatilgan mahsulotni kooperatsiya bilan kelishilgan manzilga topshirish-qabul qilish jadvaliga asosan belgilangan muddatda yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirilayotgan mahsulotning sifati va navi standartlar, texnik shartlar va mazkur shartnomada belgilangan majburiy shartlarga mos kelishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning majburiyatlari bajarilmagan hollarda kooperatsiya tomonidan koʻrsatilgan xizmatlardan mavjud boʻlgan qarzdorliklarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Hisob va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kooperatsiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya, statistika hisobotini va boshqa hisobotlarni yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kooperatsiyaning moliyaviy, statistik va boshqa hisoboti davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kooperatsiya tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma va litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari bilan shugʻullanishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq tegishli ruxsatnoma va litsenziya olishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kooperatsiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 09/20/398/0794; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)