22.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1584-3
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 22-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1584-3]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Adliya vazirining 2006-yil 19-iyundagi 95-mh-son “Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584, 2006-yil 19-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 239-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomi va 1-bandi “Davlat notarial idoralari” degan soʻzlardan keyin “va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “davlat notarial idoralarni” degan soʻzlar “davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi “davlat notarial idoralari” degan soʻzlardan keyin “va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomi “Davlat notarial idoralari” degan soʻzlardan keyin “va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “blanklar” degan soʻzlar “blankalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan uch kishidan (boshqarma boshligʻining notariat ishlari boʻyicha masʼul oʻrinbosari, bosh hisobchi va notariat ishlari boʻyicha masʼul xodim) iborat tarkibda tuzilgan maxsus komissiya gerbli blankalarni qabul qilayotganida oʻramlar sonini, oʻram yorligʻining butunligini, agar buzilgan boʻlsa oʻram yorligʻida koʻrsatilgan blankalar raqamlari va soni toʻgʻriligini, blankalar soni yukxat bilan toʻgʻri kelish kelmasligini tekshirishi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar (bundan buyon matnda notarial idoralar deb yuritiladi) tomonidan toʻldirilishi chogʻida buzilgan blankalarni dalolatnoma asosida qabul qilib oladi va ikki nusxada tuzilgan dalolatnoma boʻyicha har yili bir marta yoqish yoʻli bilan yoʻq qiladi hamda mazkur dalolatnomaning bir nusxasini yillik hisobot bilan Adliya vazirligiga taqdim qiladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3-banddagi va 4-bandning birinchi xatboshisidagi “blanklar” degan soʻz “blankalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 5-banddagi “daftarlari yuritiladi” degan soʻzlar “daftarlari davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar uchun alohida-alohida yuritiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “blanklarning” degan soʻz “blankalarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 11-banddagi “notarial idoralariga rahbarlik qiluvchi” degan soʻzlar “notariat ishlari boʻyicha masʼul” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Davlat notarial idorasi notariusi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda undagi gerbli blankalar dalolatnoma orqali adliya boshqarmasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning litsenziyasi bekor qilinganda yoki amal qilishi tugatilganda undagi gerbli blankalar dalolatnoma orqali adliya boshqarmasiga topshiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 1 va 2-ilovalar mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerbli blankalarni kirim qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI

Yukxat raqami va sanasi

Blanka nomi

Blanka seriyasi va raqami

Kirim qilingan sana

Soni

Imzo

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Avtomototransport vositalar bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerbli blankalarni kirim qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yukxat raqami va sanasi

Blanka nomi

Blanka seriyasi va raqami

Kirim

qilingan sana

Soni

Imzo

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerbli blankalarni tarqatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Notarial idora nomi

Notariusning F.I.O.

Blanka nomi

Blanka seriyasi va raqami

Tarqatilgan sana

Avtomototransport vositalar bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerbli blankalarni tarqatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Notarial idora nomi

Notariusning F.I.O.

Blanka nomi

Blanka seriyasi va raqami

Tarqatilgan sana

Soni

Imzo

”.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)