20.06.2020 yildagi 394-son

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masul vazirlik va idoralar

I. Iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tuzilmasini “yashirin iqtisodiyotni qisqartirish nuqtai nazaridan takomillashtirish.

1. Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining mavjud tarkibiy bo‘linma tarkibida tasdiqlangan shtat birligi doirasida quyidagi bo‘limlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi asoslantirilgan takliflar tayyorlash:

jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish bo‘limi;

elektron savdoni soliqqa tortish bo‘limi;

“yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va xalqaro iqtisodiy integratsiya bo‘limi.

2. Takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2020-yil 1 oktyabr

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

2.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish va qaytarish tizimini takomillashtirish.

1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish va qaytarish huquqi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisining guvohnomasi mavjudligi va hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish sharti bilan taqdim etishni nazarda tutgan holda, qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

2. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-sentabr

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

3.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tuzilmasini “yashirin iqtisodiyotni qisqartirish nuqtai nazaridan takomillashtirish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tarkibida tasdiqlangan shtat birliklari doirasida:

yashirin va noqonuniy faoliyatni baholash maqsadida eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish uchun bo‘linmalarni tashkil etish;

iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha haqiqiy ish vaqtini statistik hisobga olish va yashirin ishsizlikni baholashni joriy etish;

xodimlarning ushbu sohadagi kasbiy malakasini oshirish maqsadida kurslarni tashkil etish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan ichki normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2020-yil 1 sentyabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

4.

“Yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Xalqaro tashkilotlar (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqalar) ekspertlarini jalb qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida “yashirin iqtisodiyot”ni baholash va hisoblash bo‘yicha tavsiyaviy uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.

2. Iqtisodiyotning tarmoq va sohalari kesimida yashirin iqtisodiyot ko‘lamini aniqlash metodologiyasini qabul qilish.

3. Yashirin iqtisodiyotni shakllantiruvchi va uning ko‘lamini kengaytiruvchi asosiy omillarni aniqlash.

4. Hududlarda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish.

5. Amalga oshirilgan tahlil va o‘rganishlar natijasi bo‘yicha iqtisodiyotda “yashirin iqtisodiyot” ulushini baholash.

6. Baholash yakunlari bo‘yicha 2021 — 2023-yillarda “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish va unga qarshi kurashishning ta’sirchan choralarini nazarda tutuvchi kompleks dasturni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-mart




2021-yil 1-aprel







2021-yil 1-may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Markaziy bank (M. Normuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va markirovkalash

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5813-son Farmoni bilan tasdiqlangan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tkazish grafigi ijrosini ta’minlash.

1. Respublikaning barcha tadbirkorlik subyektlarini onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi bilan bosqichma-bo�qich qamrab olish.

2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda olis, yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari ro‘yxatini tasdiqlab, keyingi nazorat uchun Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etib borish.

3. Alkogol, tamaki, dori vositalari, avtomobillarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarnito‘liq onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa o‘rnatish ishlarini yakunlash choralarini ko‘rish.

4. 2019-yil yakunlari bilan taqdim etilgan moliyaviy hisobotlarda yillik oboroti 5,0 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlashtirib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa o‘rnatish choralarini ko‘rish.

5. 2020-yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) yuz million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ushbu tizimga o‘tkazish.

6. Qolgan tadbirkorlik subyektlariga onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanish afzalliklari va qulayliklari bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish orqali ularni ixtiyoriy ravishda tizimda ishtirokini tashkil qilish.

2020 yil davomida

2020-yil 1 iyul,
keyinchalik har yili
20-yanvarga qadar


2020-yil 15 iyul




2020-yil 1 sentyabr




2020-yil 25-dekabr




yil davomida

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

6.

Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga muvofiq alkogol va tamaki mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalashva kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasini yakuniga yetkazish.

1. Identifikatsiya vositalari bilan mark?rovkalash va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxatini bosqichma-bosqich kengaytirish, bunda:

birinchi bosqichda — tajriba tariqasida tamaki va alkogol mahsulotlarini markirovkalash tizimini tatbiq etish;

ikkinchi bosqichda — birinchi bosqichdagi tajriba loyihalari natijalariga ko‘ra dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash tizimi bilan qamrab olish.

2. Tajriba loyihasining natijalari yuzasidan yakuniy hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil davomida


2020-yil 15-sentabr

2020-yil 1 dekabr



2020-yil 31-dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

7.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning noqonuniy faoliyatini qisqartirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning noqonuniy faoliyatini qisqartirish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

2020-yil 1-sentabr

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Internet-savdo (elektron tijorat) sohasidagi subyektlarni aniqlash tartibini takomillashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashni hisobga olgan holda, soliqqa tortish mexanizmini ishlab chiqish.

Internet-savdo (elektron tijorat) sohasidagi subyektlarni aniqlash tartibini takomillashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashni hisobga olgan holda, soliqqa tortish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil 1 sentyabr

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

9.

O‘zbekiston Respublikasida yagona elektron bilet tizimini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasida yagona elektron bilet tizimini joriy etish va nazorat mexanizmini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Maxkamasiga kiritish.

Bunda konsert-tomosha faoliyatiga ma’lumotlarni real vaqt rejimida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etib boriladigan elektron bilet tizimini joriy etishga alohida e’tibor qaratish.

2020-yil 1 oktyabr

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

10.

Barcha kadastr hujjatlarini raqamlashtirish, milliy geoaxborot tizimini joriy etish hamda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi va Qurilish vazirligining ma’lumotlar bazalarini integratsiyalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasida barcha kadastr hujjatlarini raqamlashtirish, milliy geoaxborot tizimini joriy etish, hamda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi va Qurilish vazirligining ma’lumotlar bazalarini integratsiyalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-avgust

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi (A. Abdullayev),

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

11.

Soliq tekshiruvlarining samaradorligi va sifatini nazorat qiluvchi “Case management system” (CMS) tizimini joriy etish hamda davlat soliq xizmati xodimlarini o‘qitish.

“Case management system” (CMS) tizimini joriy etish hamda Jahon bankining texnik ko‘magi yordamida davlat soliq xizmati xodimlarini o‘qitish bo‘yicha ichki idoraviy hujjat loyihasini qabul qilish.

2020-yil 1-dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

III. Iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish

12.

“Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlarini integratsiyalashtirish.

Mavjud to‘lov tizimlari infratuzilmasidan (to‘lov terminallari, bankomatlar, infokiosklar) ikkala tizim foydalanuvchilari uchun muqobil foydalanish imkoniyatini yaratish.

2020-yil davomida

Markaziy bank (M. Nurmuratov)

13.

“QR” kod orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarning ommabopligini oshirish va ko‘lamini kengaytirish.

1. Savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalariga “QR” kodlarni shakllantirib borish hamda 2020-yil yakuni bo‘yicha maxsus kodlar sonini 3 200 tadan 50 000 ga yetkazish.

2. “QR” kod tizimi orqali to‘lovlar amalga oshirilishini jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilib borish.

2020-yil davomida

Markaziy bank (M. Nurmuratov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

14.

To‘lov tizimi subyektlari bo‘lgan to‘lov agentlari tomonidan o‘z depozit mablag‘lari doirasida mijozlarning bank kartalarini naqd pul bilan to‘ldirish imkonini beruvchi mexanizmni joriy qilish.

Agentlik shartnomasi asosida to‘lov agentlari tomonidan mijozlarga ochilgan virtual kartalarni bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorigacha to‘ldirish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan oshgan taqdirda, mijozni ichki nazorat qoidalariga muvofiq identifikatsiyalash amaliyotini ishlab chiqish.

2020-yil 1-oktabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

15.

Respublika bo‘yicha tezkor to‘lov tizimlaridan foydalanish ommabopligini oshirish choralarini ko‘rish.

1. Mamlakatda B2B (xo‘jalik subyektlaridan xo‘jalik subyektlariga) to‘lovlarini uzluksiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimiga o‘tkazish.

2. Mazkur tizimning samarali ishlashini yo‘lga qo‘yish hamda undan xo‘jalik subyektlari tomonidan foydalanish ko‘lamini kengaytirib borish.

2020-yil davomida

Markaziy bank (M. Nurmuratov), tijorat banklari

16.

Mol-mulk (ko‘chmas mulk va transport vositalari) oldi-sotdisini amalga oshirishda zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish.

Mol-mulk (ko‘chmas mulk va transport vositalari) bo‘yicha tomonlar o‘rtasidagi oldi-sotdi shartnomalarni notarial idoralar orqali rasmiylashtirishda o‘zaro hisob-kitoblarni zamonaviy bank xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirish tizimini joriy qilish bo‘yicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

IV. Bank xizmatlarining ommabopligini oshirish

17.

Aholi uchun iste’mol kreditlarini ajratish tartibini yanada soddalashtirish va takomillashtirish.

1. “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zg?rtirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini tayyorlash:

xorijda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan yoki realizatsiya qilinadigan tovarlarni hamda ikkilamchi bozordan avtomobillar, shu jumladan jismoniy shaxslardan sotib olish uchun kredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy iste’mol kreditlarini ajratishga ruxsat berish;

aholining daromadlar manbalarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish.

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 31-sentabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov)

18.

Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muqobil tashkilotlarni rivojlantirish.

1. Jahon bankining takliflari asosida mikromoliyalashning yangi turlari va ishtirokchilarini inobatga olgan holda, “Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-noyabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov)

19.

Bank xizmatlari qamrovi va ommabopligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Jahon banki bilan birgalikda moliyaviy ommaboplikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-noyabr

Markaziy bank (M. Normuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

V. “Yashirin iqtisodiyot” subyektlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish, tashqi savdoda “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish bo‘yicha samarali tizimni joriy etish hamda bu borada keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish

20.

“Yashirin iqtisodiyot” subyektlarini aniqlash mexanizmini takomillashtirish.

“Yashirin iqtisodiyot” subyektlarini aniqlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish va ularni amalga oshiruvchi shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kelishilgan taklif kiritish.

2020-yil 1-oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Tashqi savdoda “yashirin iqtisodiyot”ning holatini chuqur tahlil qilish va qisqartirish bo‘yicha amaliy takliflar hamda samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Tashqi savdoda yashirin iqtisodiyotning holatini chuqur tahlil qilish va uni samarali qisqartirish bo‘yicha amaliy takliflar hamda chora-tadbirlar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov)

22.

Respublikada noqonuniy faoliyat yuritayotgan yo‘lovchi va yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni rasmiylashtirish uchun soddalashtirilgan litsenziya berish tizimini yaratish.

“UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimida tashuvchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo‘llashni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga:

yuk tashishni amalga oshirishning boshlanishi to‘g‘risida xabardor qilish va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarini “onlayn” ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishni amalga oshirish;

jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini berish bo‘yicha takliflarni kiritish.

2020-yil 1-avgust

Transport vazirligi (E. Ganiyev), �avlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

23.

Respublikada “yashirin iqtisodiyot”ulushini qisqartirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar hamda ularning natijasida iqtisodiyotga yetkazilayotgan zararlar to‘g‘risida keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirib borish.

2. Ommaviy axborot vositalari orqali “yashirin iqtisodiyot” natijasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalariga yetkazilayotgan zarar to‘g‘risida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish.

2020-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar