OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 19-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1724-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-iyun,
2020-18-son
Kelishilgan
Moliya vaziri T. IShMETOV
2020-yil 12-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 12-iyundagi 2020-18-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 11-sentabrdagi 2007-54-son “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1724, 2007-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 422-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-son “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (roʻyxat raqami 1724-1, 2013-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 517-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-son “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (roʻyxat raqami 1724-2, 2014-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 235-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 10/20/1724-3/0786-son)