OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 13-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1724-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 12-iyundagi 2020-18-sonli ““Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1724-3, 19.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 23-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 11-sentabrdagi 2007-54-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724, 2007-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 422-modda) bilan tasdiqlangan Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-may,
2014-17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan majburiy pul toʻlovlari;”.
2. 4 — 7-bandlardagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar” degan soʻzlar “Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Hisoblangan penya summasi soliq qarzi mavjud soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha taqsimlanadi, lekin ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzi summasiga teng yoki oshib ketgan soliq turlari boʻyicha soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalarida aks ettirilmaydi.
|
Misol: |
| | | | | | | |
soʻm. |
| Soliq turi | Soliq qarzi | Ortiqcha toʻlangan summa | Qoldiq (+, -)* | Penya hisoblash davri | Hisoblangan penya | Ilgari hisoblangan penya qoldigʻi | Penya taqsimoti | Yakuniy penya summasi | |
| summasi | % da | ||||||||
|
Qoʻshilgan qiymat soligʻi |
55 000 | 17,5 | - | x | x | x | 55 000 | 238,2 | 55 000 |
|
Aksiz soligʻi |
60 000 | 19,0 | | x | x | | 65 000 | 258,7 | 65 000 |
|
Foyda soligʻi |
200 000 | 63,5 | - | x | x | x | 10 000 | 864,4 | 10 864,4 |
|
Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar |
- | - | 100 000 | x | x | x | - | - | - |
|
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar |
- | - | 50 000 | x | x | x | - | - | - |
|
Jami |
315 000 | 100 | 150 000 | -165 000 | 25 | 1 361,3 | 130 000 | 1 361,3 | 130 864,4 |
* “ +” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
“ –” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.”.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2014-yil 6-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 235-modda)