OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 18-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3245]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 14-iyundagi 2022-20-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3373, 28.06.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-may,
2020-19-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 25-maydagi 2020-19-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaxslarni (bundan buyon matnda birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar deb yuritiladi) soliq organlarida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar birja savdolarini tashkil etuvchi joylashgan joydagi soliq organida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qoʻyiladi.
2. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) bepul amalga oshiriladi.
2-bob. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobga qoʻyish
3. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar birja savdolarida qatnashishdan oldin soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
b) oʻzi taʼsis etilgan mamlakatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxasi yoxud notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi (soliq toʻlovchining xos raqami koʻrsatilgan holda);
v) vakolatli shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi;
g) vakolatli shaxsning norezident yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa hujjatning (ular mavjud boʻlgan taqdirda) davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxasi yoxud notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi.
Bunda, birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar tomonidan hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi hujjatlar soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
4. Soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobga qoʻyishda mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
5. Soliq organlari birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar asosida hisobga qoʻyish uchun ariza berilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida hisobga qoʻyishi shart.
6. Hisobga qoʻyish uchun taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmaganda soliq organlari tomonidan bu haqda ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida xabardor qilinadi.
7. Arizada keltirilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
8. Arizada keltirilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestrida ishlovdan oʻtkazilgach, birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxsga soliq organida hisobga qoʻyilganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi.
9. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarning hisob maʼlumotlari oʻzgarganda, norezident yuridik shaxsning vakolatli shaxsi tomonidan bunday oʻzgarishlar yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kalendar kundan kechiktirmay birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs tomonidan soliq organiga avval taqdim qilingan maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etiladi.
10. Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxsning hisob maʼlumotlariga uch ish kuni ichida tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
3-bob. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish
11. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar tovar-xomashyo birjalari va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda oʻz faoliyatini toʻliq tugatib, bank hisobvaraqlarini yopgandan soʻng, oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga hisobdan chiqarish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi.
Bunda, birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
12. Soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi:
Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlash majburiyati toʻliq bajarilgan va soliq qarzi mavjud boʻlmaganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Davlat soliq qoʻmitasiga elektron shaklda yuborilgan axborot asosida birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari yopilganligi tasdiqlanganda.
13. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish soliq organlari tomonidan ariza berilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.
14. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar hisobdan chiqarilgandan soʻng soliq organlari tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda maʼlumotnoma taqdim etiladi.
4-bob. Yakuniy qoida
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
* Oʻzgarish mavjud boʻlsa “+” belgisi qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3245/0782-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)