O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 18-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3245]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 14-iyundagi 2022-20-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3373, 28.06.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-may,
2020-19-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 25-maydagi 2020-19-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni (bundan buyon matnda birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar deb yuritiladi) soliq organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar birja savdolarini tashkil etuvchi joylashgan joydagi soliq organida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qo‘yiladi.
2. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) bepul amalga oshiriladi.
2-bob. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobga qo‘yish
3. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar birja savdolarida qatnashishdan oldin soliq organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
b) o‘zi ta’sis etilgan mamlakatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxasi yoxud notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi (soliq to‘lovchining xos raqami ko‘rsatilgan holda);
v) vakolatli shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi;
g) vakolatli shaxsning norezident yuridik shaxs nomidan O‘zbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa hujjatning (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxasi yoxud notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi.
Bunda, birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar tomonidan hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi hujjatlar soliq organiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
4. Soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobga qo‘yishda mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
5. Soliq organlari birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar asosida hisobga qo‘yish uchun ariza berilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida hisobga qo‘yishi shart.
6. Hisobga qo‘yish uchun taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lmaganda soliq organlari tomonidan bu haqda ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida xabardor qilinadi.
7. Arizada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
8. Arizada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrida ishlovdan o‘tkazilgach, birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxsga soliq organida hisobga qo‘yilganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi.
9. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarning hisob ma’lumotlari o‘zgarganda, norezident yuridik shaxsning vakolatli shaxsi tomonidan bunday o‘zgarishlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kalendar kundan kechiktirmay birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs tomonidan soliq organiga avval taqdim qilingan ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etiladi.
10. Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxsning hisob ma’lumotlariga uch ish kuni ichida tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
3-bob. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish
11. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar tovar-xomashyo birjalari va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda o‘z faoliyatini to‘liq tugatib, bank hisobvaraqlarini yopgandan so‘ng, o‘n besh kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga hisobdan chiqarish to‘g‘risida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi.
Bunda, birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi ariza soliq organiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
12. Soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi:
Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati to‘liq bajarilgan va soliq qarzi mavjud bo‘lmaganda;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga elektron shaklda yuborilgan axborot asosida birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari yopilganligi tasdiqlanganda.
13. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni hisobdan chiqarish soliq organlari tomonidan ariza berilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.
14. Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar hisobdan chiqarilgandan so‘ng soliq organlari tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda ma’lumotnoma taqdim etiladi.
4-bob. Yakuniy qoida
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
* O‘zgarish mavjud bo‘lsa “+” belgisi qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 10/20/3245/0782-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)