Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
«FYeRMYeR XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA»GI OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonuni 1998 yil 1 iyuldan amalga kiritilsin. Mazkur Qonunning amalga kiritilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18 martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan «1998 — 2000 yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi»da nazarda tutilgan muddatlar va tadbirlarga muvofiq ravishda taʼminlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq holga keltirsin;
amaldagi dehqon xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish tartibini tasdiqlasin;
vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998 yil 30 aprel,
603-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 87-modda)