Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 10-dekabrdagi 23-sonli “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3735, 25.12.2025-y.) asosan 2026-yil 28-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son “Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon kilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-mart,
115-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 24-martdagi 115-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son “Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun ruxsat etilgan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan dori vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida narxlarni qayd etish dori moddalari (substansiyalar), kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalariga hamda cheklangan narxlar qayd etilgunga qadar sertifikatlashtirilgan dori vositalariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
referent narx shakllantirish tizimi — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda ayni bir ishlab chiqaruvchining xuddi shunday faol moddaga ega dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda, referent mamlakatlarda va Oʻzbekiston Respublikasida sotish narxlarini tahlil qilish natijasi asosida har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlarni qayd etish tizimi;
referent mamlakatlar — Jahon bankining aholi jon boshiga nisbatan yalpi ichki mahsulotning hisoblangan daromadlar darajasidan yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi bilan makroiqtisodiy jihatdan taqqoslanadigan mamlakatlar;
dori vositalarining cheklangan narxlari (bundan buyon matnda cheklangan narxlar deb yuritiladi) — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda dori vositalarining har bir savdo nomi uchun referent narx shakllantirish tizimi doirasida qayd etilgan narx;
Keyingi tahrirga qarang.
cheklangan narxlar reyestri — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda dori vositalarining har bir savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar va ularga cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash yoʻli bilan hisoblangan ulgurji va chakana narxlarning elektron (onlayn) reyestri;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) — arizalarni qabul qilish, referent narx shakllantirish tizimi doirasidagi maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash, cheklangan narxlarni qayd etish va cheklangan narxlar reyestrini yuritish uchun moʻljallangan maxsus elektron tizim;
vakolatli organ — cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi;
ishchi organ — cheklangan narxlarni qayd etish uchun arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish hamda axborot tizimining uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ariza — dori vositalarining cheklangan yoki ilgari qayd etilgan cheklangan narxlarini qayta qayd etish haqidagi murojaat;
Keyingi tahrirga qarang.
ariza beruvchi — dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egasi boʻlgan yuridik shaxs yoki uning ishonchli vakili;
mahalliy ishlab chiqaruvchi — Oʻzbekiston Respublikasida dori vositalarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs;
mahalliy dori vositalari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari;
import dori vositalari — xorijiy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilib, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan va ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz erkin muomalaga chiqarilgan dori vositalari;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) — dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat.
3. Vakolatli organ doimiy tarzda Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytida xronologik tartibda qayd etilgan va qayta qayd etilgan cheklangan narxlar haqidagi maʼlumotlarni joylashtirib boradi. Bunda avvalgi maʼlumotlar saqlangan holda oʻzgartirishlar kiritiladi va cheklangan narxlar haqidagi maʼlumotlardan erkin foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qayd etilgan cheklangan narxlar haqidagi maʼlumotlar axborot tizimida besh yil davomida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish
5. Ariza beruvchi cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish uchun elektron raqamli imzo bilan axborot tizimiga kiradi, shundan soʻng real vaqt rejimida cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini (xat, shartnoma yoki ishonchnoma) hamda cheklangan narxlar qayd etiladigan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan dori vositalari roʻyxatini yuboradi.
6. Ishchi organ ariza qabul qilingan sanadan boshlab ikki ish kuni ichida ariza beruvchining guvohnoma egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tekshiradi.
Ishchi organ ariza beruvchini haqiqatdan ham guvohnomaning egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tasdiqlagandan soʻng uni axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazadi va bu haqidagi maʼlumotni ariza beruvchiga darhol axborot tizimi yoki elektron pochta manzili orqali yuboradi.
Ariza beruvchi axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng arizada koʻrsatilgan dori vositalariga cheklangan narxlarni qayd etish uchun maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega boʻladi.
Agarda ariza beruvchining guvohnoma egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan boʻlsa, ishchi organ roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi toʻgʻrisidagi elektron xabarni darhol axborot tizimi orqali ariza beruvchiga joʻnatadi.
7. Ariza beruvchi (mahalliy dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda dori vositalarining har bir savdo nomi uchun Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilangan cheklangan narxlarni axborot tizimiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ariza beruvchi (import dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda dori vositalarining har bir savdo nomi uchun ariza beruvchining xati bilan tasdiqlangan quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent mamlakatlarga Inkoterms xalqaro qoidalarining CIP (tashish va sugʻurta haqi toʻlangan) shartida (bundan buyon matnda Inkoterms CIP sharti deb yuritiladi) dori vositalarini yetkazib berish narxlari;
Keyingi tahrirga qarang.
dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda distribyuterlar uchun ushbu mamlakat valyutasida belgilangan narxlar;
soʻnggi olti oy davomida import qilingan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish valyutasida belgilangan shartnomaning Inkoterms CIP sharti asosida koʻrsatilgan narxlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Agarda mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan narxlarni taqdim etish imkoni boʻlmasa, ariza beruvchi tomonidan taqdim etish imkoni yoʻqligining aniq sabablari koʻrsatib oʻtiladi va qayd etilishi lozim boʻlgan cheklangan narxlar taklifi kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Axborot tizimi import dori vositalari narxlari boʻyicha maʼlumotlarni qabul qilib, quyidagilarni avtomatik tarzda hisoblab chiqadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
soʻngi olti oy davomida import qilingan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish valyutasida belgilangan shartnomalarning Inkoterms CIP sharti asosida koʻrsatilgan narxlarning oʻrtacha miqdori;
Keyingi tahrirga qarang.
dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatdagi distribyuterlar uchun ushbu mamlakat valyutasida belgilangan narxga mahsulot narxining 15 foizdan koʻp boʻlmagan sugʻurta va transportda tashish xarajatlari qoʻshilgan hamda referent mamlakatlardagi narxlarning umumlashtirilgan oʻrtacha miqdori.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot tizimi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisoblangan oʻrtacha miqdorlardan eng kam miqdorni, ariza toʻldirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha ariza beruvchining tanloviga asosan AQSH dollari, yevro yoki Rossiya rublida cheklangan narxlar sifatida qabul qilishni tavsiya etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ariza beruvchi axborot tizimi orqali tavsiya etilgan cheklangan narxlarni tasdiqlash yoki rad etish huquqiga ega.
11. Agarda ariza beruvchi axborot tizimi orqali tavsiya etilgan cheklangan narxni tasdiqlashni rad etsa, u holda oʻzi tomonidan kiritilgan cheklangan narxni qaytadan koʻrib chiqishi hamda arizani takroran topshirishi mumkin.
12. Ishchi organ axborot tizimi orqali yetti ish kuni ichida arizani koʻrib chiqib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan cheklangan narxlarni qayd etish uchun vakolatli organga tavsiya beradi.
13. Axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa yoki taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish zarurati mavjud boʻlsa, ishchi organ kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomani darhol ariza beruvchiga yuboradi.
14. Ishchi organ tomonidan xabarnoma yuborilgan kundan boshlab yigirma ish kuni ichida ariza beruvchi hujjatlardagi noaniqliklar va kamchiliklarni bartaraf etgan holda ikki martagacha cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish uchun arizani topshirishi mumkin.
15. Ishchi organ tomonidan talab qilingan maʼlumotlar axborot tizimiga oʻz vaqtida kiritilmasa yoki toʻliq boʻlmasa, kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi uchinchi xabarnomadan soʻng vakolatli organ cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etishni rad etadi va bu haqidagi maʼlumotni darhol ariza beruvchiga yuboradi.
16. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilgandan soʻng vakolatli organ ishchi organning tavsiyasiga binoan uch ish kuni ichida taklif etilgan cheklangan narxlarni qayd etadi yoki qayta qayd etadi hamda cheklangan narxlar reyestriga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Import qilinadigan, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Import qilinadigan dori vositalarining sotib olingan qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
SOQ = Shn + B + Bx, bunda:
SOQ — import qilingan dori vositalarining sotib olingan qiymati;
Shn — Inkoterms CIP shartlarida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilingan dori vositalarining bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida belgilangan shartnomadagi narxi;
B — Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisoblangan bojxona toʻlovlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Bx — boshqa xarajatlar (shartnomadagi Inkoterms CIP shartida koʻrsatilgan narxning 1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilingan dori vositalarining narxlari cheklangan narxlardan yuqori boʻlmasligi kerak.
Agarda shartnoma narxi cheklangan narx koʻrsatilgan valyutada boʻlmasa, unda shartnomaning bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha AQSH dollarida qayta hisoblangan narxi cheklangan narxdan yuqori boʻlmasligi kerak.
19. Cheklangan narxlar reyestri axborot tizimida qayd etilgan cheklangan narxlarni, shuningdek ariza toʻldirilgan kunga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash yoʻli bilan hisoblangan ulgurji va chakana narxlarni aks ettiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Ariza beruvchi vakolatli organ tomonidan cheklangan narxlar qayd etilgan sanadan eʼtiboran uch oydan kam boʻlmagan muddatda cheklangan narxlarni qayta qayd etish uchun ariza topshirishga haqli.
Cheklangan narxlarni uch oydan kam boʻlgan muddatda qayta qayd etish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
cheklangan narxlarni qayta qayd etish uchun ariza topshirilgan sanada cheklangan narx qayd etilgan sanaga nisbatan chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga nisbatan kursining kamida 5 foizga oʻsishi;
dori vositalari ishlab chiqariladigan mamlakatda yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlarining yuz berishi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Ariza beruvchi tomonidan notoʻgʻri yoki ishonchli boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlansa, cheklangan narxlar reyestrida koʻrsatilgan dori vositalarining narxlari darhol ushbu reyestrdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Ishchi organ ariza beruvchi tomonidan cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni oshkor qilishi mumkin emas.
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. SHARIPOV
2020-yil 17-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2020-yil 12-mart
Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining raisi R. IZAMOV
2020-yil 19-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
2020-yil 20-mart
Keyingi tahrirga qarang.
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent mamlakatlar
ROʻYXATI
1. Vengriya
2. Rossiya Federatsiyasi
3. Ukraina
4. Polsha Respublikasi
5. Tojikiston Respublikasi
6. Sloveniya Respublikasi
7. Qozogʻiston Respublikasi
8. Bolgariya Respublikasi
9. Belarus Respublikasi
10. Qirgʻiziston Respublikasi
Keyingi tahrirga qarang.