Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2026 10.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3242
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3242]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 10-dekabrdagi 23-sonli “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3735, 25.12.2025-y.) asosan 2026-yil 28-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon kilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. SHADMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 24-martdagi 115-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan mahalliy va import dori vositalari narxlarini qayd etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan retsept bilan beriladigan dori vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida narxlarni qayd etish dori moddalari (substansiyalar), kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan Orfan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalariga hamda retseptsiz beriladigan dori vositalariga tatbiq etilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referent narx shakllantirish tizimi — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda ayni bir ishlab chiqaruvchining xuddi shunday faol moddaga ega dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda, referent mamlakatlarda va O‘zbekiston Respublikasida sotish narxlarini tahlil qilish natijasi asosida har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlarni qayd etish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referent mamlakatlar — Jahon bankining aholi jon boshiga nisbatan yalpi ichki mahsulotning hisoblangan daromadlar darajasidan yuqori, o‘rtachadan yuqoriroq va o‘rtachadan pastroq bo‘lgan davlatlar guruhiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi bilan makroiqtisodiy jihatdan taqqoslanadigan mamlakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retsept bilan beriladigan dori vositalarining cheklangan narxlari (bundan buyon matnda cheklangan narxlar deb yuritiladi) — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun referent narx shakllantirish tizimi doirasida qayd etilgan narx;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklangan narxlar reyestri — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar va ularga cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash yo‘li bilan hisoblangan ulgurji va chakana narxlarning elektron (onlayn) reyestri;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) — arizalarni qabul qilish, referent narx shakllantirish tizimi doirasidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash, cheklangan narxlarni qayd etish va cheklangan narxlar reyestrini yuritish uchun mo‘ljallangan maxsus elektron tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — cheklangan narxlarni qayd etish uchun arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish hamda axborot tizimining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retsept bilan beriladigan dori vositalari — iste’molchilarga qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq shakldagi retsept taqdim etilgandan keyingina realizatsiya qilinadigan dori vositalari;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza — retsept bilan beriladigan dori vositalarining cheklangan yoki ilgari qayd etilgan cheklangan narxlarini qayta qayd etish haqidagi murojaat;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — dori vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasi bo‘lgan yuridik shaxs yoki uning ishonchli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqaruvchi — O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy dori vositalari — O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import dori vositalari — xorijiy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilib, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan va ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz erkin muomalaga chiqarilgan dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasi (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) — dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli organ doimiy tarzda Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida xronologik tartibda qayd etilgan va qayta qayd etilgan cheklangan narxlar haqidagi ma’lumotlarni joylashtirib boradi. Bunda avvalgi ma’lumotlar saqlangan holda o‘zgartirishlar kiritiladi va cheklangan narxlar haqidagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyati yaratiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qayd etilgan cheklangan narxlar haqidagi ma’lumotlar axborot tizimida besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qo‘llanadi (dori moddalari (substansiya) ishlab chiqaruvchilarida farq bo‘lgan hollar bundan mustasno).
(41-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish uchun elektron raqamli imzo bilan axborot tizimiga kiradi, shundan so‘ng real vaqt rejimida cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini (xat, shartnoma yoki ishonchnoma) hamda cheklangan narxlar qayd etiladigan O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalari ro‘yxatini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishchi organ ariza qabul qilingan sanadan boshlab ikki ish kuni ichida ariza beruvchining guvohnoma egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ ariza beruvchini haqiqatdan ham guvohnomaning egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tasdiqlagandan so‘ng uni axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazadi va bu haqidagi ma’lumotni ariza beruvchiga darhol axborot tizimi yoki elektron pochta manzili orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng arizada ko‘rsatilgan dori vositalariga cheklangan narxlarni qayd etish uchun ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda ariza beruvchining guvohnoma egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan bo‘lsa, ishchi organ ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi to‘g‘risidagi elektron xabarni darhol axborot tizimi orqali ariza beruvchiga jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi (mahalliy dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilangan cheklangan narxlarni (QQSni qo‘shmagan holda) axborot tizimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga retsept bilan beriladigan dori vositasining sotish qiymatini shakllantirish bo‘yicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq hisob-kitob va boshqa narxni shakllantirishga oid hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kiritilgan cheklangan narxlarning to‘g‘ri shakllanganligi yuzasidan javobgarlik ariza beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi (import dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun ariza beruvchining xati bilan tasdiqlangan quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, o‘rtachadan yuqoriroq va o‘rtachadan pastroq bo‘lgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent mamlakatlarga Inkoterms xalqaro qoidalarining CIP (tashish va sug‘urta haqi to‘langan) shartida (bundan buyon matnda Inkoterms CIP sharti deb yuritiladi) dori vositalarini yetkazib berish narxlari;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda distribyuterlar uchun ushbu mamlakat valyutasida belgilangan narxlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘nggi olti oy davomida import qilingan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish valyutasida belgilangan shartnomaning Inkoterms CIP sharti asosida ko‘rsatilgan narxlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ariza beruvchi tomonidan axborot tizimiga narx QQS summasi qo‘shilmagan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki va undan ortiq referent mamlakatlarda narxlar mavjud bo‘lmagan hollarda ishlab chiqaruvchi mamlakatning eksport bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etiladi. Agar eksport bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning qiymati ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning qonunchilik hujjatlarida tovarni olib chiqishda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, u holda eksport bojxona yuk deklaratsiyasi o‘rniga tovarni olib chiqishda ishlab chiqaruvchi mamlakatda rasmiylashtirilgan hamda eksportyor va importyorning nomi, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning qiymati va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat (ishlab chiqaruvchi va distribyuterlar o‘rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi) taqdim etilishi mumkin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda cheklangan narxni qayd etish va qayta qayd etish rad etiladi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Axborot tizimi retsept bilan beriladigan import dori vositalari narxlari bo‘yicha ma’lumotlarni qabul qilib, quyidagilarni avtomatik tarzda hisoblab chiqadi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referent mamlakatlardagi narxlarning umumlashtirilgan o‘rtacha miqdori;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘ngi olti oy davomida retsept bilan beriladigan import qilingan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish valyutasida belgilangan shartnomalarning Inkoterms CIP sharti asosida ko‘rsatilgan narxlarning o‘rtacha miqdori;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retsept bilan beriladigan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatdagi distribyuter uchun ushbu mamlakat valyutasida belgilangan narxga mahsulot narxining 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan sug‘urta va transportda tashish xarajatlari qo‘shilgan miqdori.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimi mazkur bandning ikkinchi-to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha hisoblangan miqdorlardan eng kam miqdorni, ariza to‘ldirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha ariza beruvchining tanloviga asosan AQSH dollari, yevro yoki Rossiya rublida cheklangan narxlar sifatida qabul qilishni tavsiya etadi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi axborot tizimi orqali tavsiya etilgan cheklangan narxlarni tasdiqlash yoki rad etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agarda ariza beruvchi axborot tizimi orqali tavsiya etilgan cheklangan narxni tasdiqlashni rad etsa, u holda o‘zi tomonidan kiritilgan cheklangan narxni qaytadan ko‘rib chiqishi hamda arizani takroran topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi organ axborot tizimi orqali yetti ish kuni ichida arizani ko‘rib chiqib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan cheklangan narxlarni qayd etish uchun vakolatli organga tavsiya beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa yoki taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish zarurati mavjud bo‘lsa, ishchi organ kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnomani darhol ariza beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishchi organ tomonidan xabarnoma yuborilgan kundan boshlab yigirma ish kuni ichida ariza beruvchi hujjatlardagi noaniqliklar va kamchiliklarni bartaraf etgan holda ikki martagacha cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish uchun arizani topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishchi organ tomonidan talab qilingan ma’lumotlar axborot tizimiga o‘z vaqtida kiritilmasa yoki to‘liq bo‘lmasa, kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi uchinchi xabarnomadan so‘ng vakolatli organ cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etishni rad etadi va bu haqidagi ma’lumotni darhol ariza beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilgandan so‘ng vakolatli organ ishchi organning tavsiyasiga binoan uch ish kuni ichida taklif etilgan cheklangan narxlarni qayd etadi yoki qayta qayd etadi hamda cheklangan narxlar reyestriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan retsept bilan beriladigan dori vositalarining referent narxlari vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining tegishli ariza taqdim etishidan qat’i nazar qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, dori vositalarining cheklangan narxlarini qayd etish mazkur Nizomning 9-bandi ikkinchi xatboshisiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu dori vositasi referent mamlakatlarda mavjud bo‘lmagan taqdirda uning cheklangan narxi tarkibi va qadoqlanishi bir xil bo‘lgan boshqa nomdagi dori vositasiga qayd etilgan eng past narxdan kelib chiqib belgilanadi.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Import qilinadigan, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan retsept bilan beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinadigan dori vositalarining sotib olingan qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOQ = Shn + B + Bx, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOQ — import qilingan dori vositalarining sotib olingan qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shn — Inkoterms CIP shartlarida O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan dori vositalarining bojxona yuk deklaratsiyasi to‘ldirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida belgilangan shartnomadagi narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B — O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisoblangan bojxona to‘lovlari (QQSdan tashqari);
(17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bx — boshqa xarajatlar (shartnomadagi Inkoterms CIP shartida ko‘rsatilgan narxning 2 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).
(17-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklangan narxlar reyestrida chet el valyutasidagi narxlar butun sondan so‘ng yuzdan bir qismgacha, milliy valyutadagi narxlar butun songacha yaxlitlangan holda aks ettiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan dori vositalarining narxlari cheklangan narxlardan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda shartnoma narxi cheklangan narx ko‘rsatilgan valyutada bo‘lmasa, unda shartnomaning bojxona yuk deklaratsiyasi to‘ldirilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha AQSH dollarida qayta hisoblangan narxi cheklangan narxdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Cheklangan narxlar reyestri axborot tizimida qayd etilgan cheklangan narxlarni, shuningdek ariza to‘ldirilgan kunga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash yo‘li bilan hisoblangan ulgurji va chakana narxlarni aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklangan narxlar reyestrida cheklangan ulgurji va chakana narxlar QQS summasi qo‘shilgan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ tomonidan cheklangan narxlar reyestrida ko‘rsatilgan retsept bilan beriladigan import dori vositalarining cheklangan narxlari har yili 1-yanvar va 1-iyul sanalarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasiga avtomatik tarzda indeksatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, avtomatik tarzda indeksatsiya qilish faqat xorijiy valyutaning milliy valyutadagi qiymatiga nisbatan o‘sishi natijasida oxirgi qayd etilgan cheklangan narxi kamida 3 foizga oshadigan dori vositalariga nisbatan tadbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xorijiy valyutaning milliy valyutadagi qiymatiga nisbatan o‘sishi natijasida oxirgi qayd etilgan cheklangan narx 5 foizdan oshgan hollarda avtomatik indeksatsiya belgilangan muddatdan qat’iy nazar amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan ikkinchi — beshinchi xatboshlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi vakolatli organ tomonidan cheklangan narxlar qayd etilgan sanadan e’tiboran kamida olti oy o‘tgandan so‘ng ishchi organga cheklangan narxlarni qayta qayd etish uchun ariza topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ariza beruvchi tomonidan arizada narxlar o‘sishining aniq sabablarini ko‘rsatgan holda tasdiqlovchi hujjatlarni arizaga ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklangan narxlarni olti oydan kam bo‘lgan muddatda qayta qayd etish uchun faqat dori vositalari ishlab chiqariladigan mamlakatda yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarining yuz berishi asos bo‘lishi mumkin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchi tomonidan noto‘g‘ri yoki ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlansa, cheklangan narxlar reyestrida ko‘rsatilgan dori vositalarining narxlari darhol ushbu reyestrdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Vakolatli organ tomonidan import ma’lumotlari va boshqa ochiq manbalar orqali o‘rganish natijasida retsept bilan beriladigan dori vositalarining narxlari qayd etilgan narxlarga nisbatan 20 va undan yuqori foizga pasayganligi aniqlansa, vakolatli organ axborot tizimi yoki elektron pochta manzili orqali ariza beruvchiga ko‘rsatilgan dori vositalariga cheklangan narxlarni qayta qayd etish lozimligi to‘g‘risida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ariza beruvchi o‘n ish kuni ichida ushbu dori vositasiga cheklangan narxlarni qayta qayd etish to‘g‘risida ishchi organga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan mazkur muddat ichida cheklangan narxni qayta qayd etish to‘g‘risida ariza taqdim etilmasa, vakolatli organ tomonidan retsept bilan beriladigan dori vositasining pasaytirilgan narxi cheklangan narxlar reyestrida qayd etiladi va e’lon qilinadi.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishchi organ ariza beruvchi tomonidan cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 17-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 12-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining raisi R. IZAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 19-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ishlab chiqaruvchining retsept bilan beriladigan dori vositasini sotish qiymatini shakllantirish bo‘yicha hisob-kitob shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

Dori vositasining bir qadog‘i uchun to‘g‘ri keladigan qiymat

(so‘mda)

I

Dori vositasining tannarxi, shu jumladan:

1.1

Asosiy xom ashyo

1.2

Yordamchi moddalar

1.3

Qadoqlash materiallari

1.4

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari

1.5

Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar

1.6

Kommunal to‘lovlar

1.7

Boshqalar

II

Boshqa xarajatlar, shu jumladan:

2.1

Ma’muriy xarajatlar

2.2

Sotish xarajatlari

2.2.1

shu jumladan, marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar

2.3

Boshqa operatsiya xarajatlari

2.4

Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar

III

Jami xarajatlar (I + II satrlar)

Sof foyda (%)

Dori vositasining sotish qiymati, QQSsiz

Dori vositasining sotish qiymati, QQS bilan


 

Rahbar Bosh hisobchi __________________________ reja-iqtisod bo‘limi boshlig‘i (yoki rejalashtirish funksiyasini amalga oshiruvchi boshqa shaxs)

 

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, o‘rtachadan yuqoriroq va o‘rtachadan pastroq bo‘lgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent mamlakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vengriya Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Rossiya Federatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ukraina Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Polsha Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Turkiya Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ruminiya Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qozog‘iston Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bolgariya Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belarus Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Misr Arab Respublikasi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/3242/0752-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)